Ko’rinmas Qo’l
1.33K subscribers
13 photos
1 video
1 file
28 links
Shahzod Yo’ldoshboyev

Iqtisodiyot va jamiyat mavzularidagi mulohazalarim.

Bog’lanish uchun: @korinmasqol_feedback_bot
Download Telegram
Iqtisodiy tengsizlik iqtisodiy o’sishdan muhimroq masalami?

Yaqinda bir qiziq voqea sodir bo’ldi. Do’stim bilan Toshkent ko’chalaridan birida ketayotganimizda bir yosh lo’li qizni ko’rib qoldik. U nimadirdan xafa bo’lib yig’layotgandi. Shunda biz uni chaqirdik-da, qo’liga 50,000 so’m tutqizdik. Oldidagi do’sti buni ko’rib qolib, yonimizga yugurib keldi va unga ham pul berishimizni so’radi. Men 10,000 so’m chiqarib, qo’liga berdim. Pulni olib u “aka, menga ham 50,000 bering, unga berdingizku,” deb turib oldi va juda uzoq vaqt oldimizdan ketmay, ko’proq pul talab qilaverdi. Biz so’rovlariga ko’nmayotganimizni oxiri tushunib yetgach, kayfiyati tushkun holatda ketib qoldi.

U bolakay yo’q joydan 10,000 so’mlik bo’lib qolganiga xursand bo’lishni o’rniga, do’stidan kamroq olganligi uchun xafa bo’ldi. Ya’ni, unga qo‘shimcha 10,000 so‘m olib kelgan baxt, do‘stidan 40,000 so‘m kam olgani uchun paydo bo‘lgan tushkunlikdan sifat jihatidan pastroq edi. O’ylashimcha, u bolakay hozirgi tengsiz taqsimotdan ko’ra ikkalasi ham umuman pul olishmaganini afzalroq ko’rgan bo’lar edi.

Ushbu fenomen iqtisodiyotda “inequality aversion” deb ataladi. Unga ko’ra, insonlar tengsizlikdan jabr ko’rishadi va uni oldini olish uchun to’lashga ham tayyor bo’lishadi. Agar iqtisodiy o’sish suratlari yetarlicha baland bo’lmasa, saylovchilar iqtisodiy o’sishni sekinlashtiradigan va shuni evaziga jamiyatdagi tengsizlik darajasini pasaytiradigan choralar uchun ovoz berishga moyil bo’lishadi.

Yoshi katta avlod Sovet Ittifoqi davrini sog’inib eslashlarining bir sababi ham shu deb o’ylayman. Deyarli har bir oila bugun Sovet davriga qaraganda yaxshiroq hayot kechiryapti. Ammo, daromadlardagi tafovut hozirgi kunda ancha kattaroq bo’lganligi sababli, ba’zilar “hamma o’sha paytlar bir xilroq edi” deb nostalgik fikrga borishadi. Ya’ni, kambag’alroq ammo tengsizlik darajasi pastroq bo’lgan davrni sog’inch bilan eslashadi.
Stanford universiteti talabalari va bitiruvchilari Parijdagi Olimpiya o’yinlarida jami 39ta medalni (12ta oltin, 14ta kumush va 13ta bronza) qo’lga kiritib, umumiy jadvalda 11-o’rinni egallashibdi. Ya’ni, birgina universitet sportchilari dunyoning 190dan ortiq mamlakat sportchilaridan yaxshiroq natija qayd etishgan.

Bu, albatta, Stanford sportchilarni yetishtirib chiqaradi degani emas. Balki, Stanford ularni tanlab oladi degani. Top darajadagi sportchilarning Stanfordga qabul qilinishlik ehtimolligi ancha baland. Shuning uchun ham, agar farzandingiz AQShning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olishini istasangiz, uni matematika to’garagigadan ko’ra professional sportga berishingiz afzalroq.
Forwarded from if
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💫 Learn, dream, watch and change your life!

''Top universitetlarga grant yutish sirlari'' dasturi. Tez kunda...

😎 YouTube orqali ko'rish

👉 @if_platform
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM