Ko’rinmas Qo’l
1.37K subscribers
12 photos
1 file
25 links
Shahzod Yo’ldoshboyev

Iqtisodiyot va jamiyat mavzularidagi mulohazalarim.

Bog’lanish uchun: @korinmasqol_feedback_bot
Download Telegram
Tanlab kuzatish xatosi (selection bias) haqida

Kundalik hayotimizdagi har xil kuzatuvlar bizni sabab va oqibat bog’liqliklari to’g’risida o’ylantirishi tabiiy holat. Ammo ko’pchilik statistika fanining eng bazaviy va, mening nazarimda, eng muhim konsepsiyasini shunday kuzatuvlarni tahlil qilayotganda qo’llamaydi. Bu esa xulosalardagi xatolarga olib keladi.

Men aytayotgan konsepsiya quyidagicha ifodalanadi: “ikki hodisa bir biri bilan bog’liq bo’lishi ularning orasida sababiyat mavjudligini anglatmaydi” (correlation doesn’t imply causation).

Bog’liqlik sababiyat orqali emas, balki tanlab olish tufayli vujudga kelishi mumkin.

Misol uchun: Harvard va u kabi nufuzli universitetlarning bitiruvchilari ko’pincha o’ta aqlli va muvaffaqiyatli insonlar. Shuning uchun, aksariyat odamlar Harvardda o’qishni muvaffaqiyat sababi deb hisoblaydi. Aslida esa, Harvard tasodifan talabalarini tanlab olmaydi, balki o’ta raqobatli jarayon asosida hujjat topshirganlarning orasida eng aqllilarini o’qishga qabul qiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, nufuzli universitetlarning bitiruvchilari bilan o’sha oliygohlarga qabul qilingan lekin u yerda o’qimagan insonlarning daromadlari orasida farq mavjud emas. Ya’ni, Harvardga kelganda, eng muhim omil - bu u yerga o’qishga qabul qilinish uchun yetarli qobiliyatlarga ega bo’lish, u yerda o’qish emas.

Boshqa misol: basketbol bo’yni o’stiradi deb hisoblash. To’g’ri, professional basketbolchilar ko’pincha baland bo’yli bo’ladi. Ammo bu ular yoshligidan basketbol o’ynagani sababli degani emas. Baland bo’yli insonlar basketbolda tabiiy ustunlikka ega bo’lgani uchun, ular ushbu sport turi bilan professional darajada shug’ullanishga moyilroq bo’ladi. Ya’ni, professional basketbol bo’ydor o’yinchilarni, xuddi Harvard aqlli talabalarni tanlaganday, tanlab oladi. Bu degani esa, farzandingizni bo’yi baland bo’lishini xohlasangiz, uni basketbolga berishingiz sizga katta ehtimollik bilan yordam bermaydi.

Tanlab kuzatish xatosi asosida qabul qilingan qarorlar keng ko’lamli fojialarga olib kelishi ham mumkin. Masalan, bugungi kunda dunyoning ko’pgina rivojlangan mamlakatlarida davlatning iqtisodiyotdagi ulushi katta va soliqlar stavkasi baland. Bunday bog’liqlikni kuzatib, biz “davlatning ulushini oshirish iqtisodiy rivojlanish uchun foydali” degan xulosaga borishimiz mumkin. Bu, albatta, tanlab kuzatish xatosi tufayli butunlay noto’g’ri fikr bo’ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar shunday xato tufayli davlatning iqtisodiyotdagi ulushini oshirsalar, iqtisodiy o’sishning o’rniga jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishadi.
Shaxsiy tajribamdan bir qiziq kuzatuv: o’ta iqtidorli insonlar kamdan kam holatlarda yaxshi ustoz bo’lishadi. Ustozning asosiy vazifasi - bu talabalarni A nuqtadan B nuqtagacha bo’lgan fikriy jarayon davomida yo’naltirishdir. Ya’ni, xuddi shu yo’lni o’zi qachondir bosib o’tgan odamgina boshqalarga shunda yordam bera oladi. O’ta iqtidorli insonlar esa, aksincha, B nuqtagacha bo’lgan yo’l xaritasini yaxshi bilishmaydi. Ular to’monidan o’sha nuqtada bo’lish ko’pincha elementar masaladek qabul qilinadi.

Bu degani, qandaydir murakkabroq mavzuni yaxshiroq tushunmoqchi bo’lsangiz, o’qimasdan turib osonlikcha a’lochi bo’lgan insonlardan emas, balki qiynalib va o’z ustida ishlabgina a’lochi bo’la olgan insonlardan yordam so’rang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Birinchi mifga nisbatan nazariy fikr shuki “valyuta chiqib ketishi” degan qo’rquv asossiz. Hech bir mamlakat o’zi ishlab chiqarganidan ko’proq tashqaridan sotib ola olmaydi. Agar farqni ko’rsangiz, savol bering, nima hisobdan shunday? Katta ehtimol bilan, o’sha farq investitsiyalar yoki transfertlar orqali moliyalashtiriladi. Bu narsa esa albatta yaxshi. Albatta davlat o’z valyutasini suniy tarzda “kuchli” qilib turmasligi kerak.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Meni doim o’ylantiradigan narsa, O’zbekiston nihoyatda savdoga yopiq mamlakat bo’lishiga qaramasdan, undan ham yomon ya’ni undan ham yopiqroq bo’lishini xohlaydigan lar bor. Men tepadagi birinchi toifani emas - ya’ni yopiq siyosatdan manfaat oladiganlarni emas, aynan bilmasdan shunday o’ylaydigan qaror qabul qiluvchilar mavjudligiga hayron qolaman.

Menimcha, dunyodagi eng yopiq iqtisodlardan ekanligimiz hammaga ayon. 98% dunyo iqtisodiyotlari a’zo bo’lgan JSTni a’zosi ham emasmiz, bojlarimiz ham dunyoda eng balandlardan. Buni ustiga dengizlardan uzoqda joylashaganmiz, ya’ni tabiiy savdo chegaralari ham mavjud, bizga tovarlarni chetdan olib kelishni o’zi bir mushkulot va juda qimmat. Bu narsa baxtimiz emas - omadsizligimiz (proteksionist mantig’iga ko’ra, import kelishi qancha qiyin bo’lsa shuncha yaxshi, absurd mantiq albatta).

Bunga ham qo’shib, juda samarasiz va davlatga tegishli bo’lgan logistika: temir yo’llari va havo yo’llari, rivojlanmagan infratuzilma va o’ta sekin ishlaydigan bojxona xizmatlari ham bor.

Aytmoqchimanki, shundoq ham dunyodagi erkin savdoga eng yopiq mamlakatlar qatoridamiz, lekin shunda ham, mahalliy samarasiz ishlab chiqaruvchilarni samarasizligini vaj qilib, savdoga cheklovlarni yanada ko’tarmoqchi bo’lamiz. Bu falsafamiz mana 1995 yildan beri ish bermay kelmoqda, lekin qayta qayta shu xatoni qilishni va har gal o’zimizcha yangi argumentlar bilan xato qilishni davom ettirmoqdamiz.

Mayli ekan, Singapur yoki Gonkongdek savdoga ochiq mamlakat bo’lganimizda, tushunar edim “sal pal” boj qo’ymoqchi bo’lganlarni hissiyotlarini (xato mantiq bo’lar edi Singapurda ham), eng proteksionist mamlakatlardan birida bo’lib, undan ham qattiq yopilishni xohlaydigan qaror qabul qiluvchilar borligi, meni to’g’risi taajubga soladi.
​​Energiya subsidiyalari va ko’rinmas xarajatlar haqida

Bundan ikki yarim yil avval Kun.uz uchun yozgan maqolamda nega energiya subsidiyalari O’zbekistonning rivojlanishini sekinlashtirib, mamlakatda iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirayotganini tushuntirgan edim.

O’tgan hafta e’lon qilingan elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi haqidagi xabar, tabiiyki, kamchilik tomonidan olqishlandi. Xususiylashtirish asosiy yechim bo’lsada, narx liberalizatsiyasi albatta og’riqli lekin o’ta zarur jarayon.

Ma’lumotlarga ko’ra, 1 kilovatt-soat elektr energiyasining tannarxi 970 so’mni, gazning 1 kub metrinng tannarxi 1,890 so’mni tashkil etadi. Amaldagi aholi uchun tariflar esa 1 kilovatt-soat uchun 295 so’m va 1 kub metr gazga 380 so’m darajasida o’rnatilgan edi.

Bu degani, o’zbekistonliklarning soliqlari va chet eldan jalb etilgan qarzlar tannarx bilan tariflar orasidagi farqni qoplash uchun ishlatiladi. Ya’ni, biz har bir iste’molchining qo’shimcha 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 675 so’m, 1 kub metr gaz iste’moli uchun esa 1,510 so’m to’lab beramiz. Lekin boyroq qatlam ko’proq gaz va elektr energiya iste’mol qilgani tufayli, ular shunday “moliyaviy yordamni” kambag’allarga qaraganda ko’proq olishadi. Bu esa, iqtisodiy mantiq yuzasidan, butunlay regressiv tizim. Subsidiyalarni davlat kam ta’minlangan iste’molchilarga vaucher ko’rinishida yo’naltirishi kerak.

2023-yilning davlat budjetidan energiya subsidiyasi uchun qariyb 20 trillion so’m ($1.5 millard), ya’ni, jami budjet defitsitining 33% ajratilgan.

Subsidiyalarning ko’zga ko’rinadigan narxi o’ta katta. Ammo, ko’rinmaydigan xarajatlari ham xalqning gardaniga og’ir yuk bo’lib yotadi.

Sir emas, davlat subsidiyalashgan narxda aholiga elektr energiyasini va gazni yetkazib berish uchun tez-tez tizimli o’chirishlarni amalga oshirib turadi. Ayniqsa yozning chillasida va qishning qahratonida bu holat kuchayadi.

Gaz va elektrning o’chirishlari turli xil xarajatlarni vujudga keltiradi: elektr jihozlari ishdan chiqadi, xolodilnikda elektrsiz oziq-ovqat mahsulotlari uvol bo’ladi, isitkichlarsiz odamlar kasal bo’lib qolish ehtimoli oshadi, va hokazo. Korxonalar ishlab chiqarish to’xtab qolmasligi uchun generatorlar o’rnatishadi. Quyidagi rasmda ko’rishingiz mumkin, generatordan olinadigan elektr energiyasi rivojlanayotgan mamlakatlardagi korxonalar uchun markazlashgan elektr tarmog’ining narxidan 3-7 barobar qimmatroq.

Bunday ko’rinmas xarajatlarning iqtisodiy qiymatini qanday chamalasa bo’ladi?

Tasavvur qiling: siz uyingizni gaz va elektr energiyasi o’chishidan bir yilga sug’urtalash imkoniyatiga egasiz. Shunday imkoniyatni nechi pulga baholagan bo’lardingiz? O’rtacha o’zbekistonlik kamida $20 to’lashga tayyor deb olsak ham, bu yiliga $740 millionni tashkil qilyapti. Korxonalarni qo’shsak, ushbu summa $1 milliardga bemalol boradi. Demak, subsidiyalashgan tizimning iqtisodiyotimizga yetkazadigan yillik ziyoni kamida naqd $1 milliardni tashkil qiladi.

Biz energiyani arzonlashtiramiz deb nafaqat iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirib yuboryapmiz, balki bunga keragidan ortiq bir necha barobar ko’proq to’layapmiz. Tizimda zudlik bilan shaffof xususiylashtirish islohotini amalga oshirishimiz zarur.
​​Bunyodkorona vayronalik (creative destruction) haqida

Sog’lom raqobatli bozorlarda korxonalarning yoshi o’sgan sari, ularning hajmi ham o’sib borishi zarur. Ya’ni, shartli 20 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonaning ishchilar soni shartli 5 yil davomida ishlab kelayotgan korxonaning ishchilar sonidan ancha ko’proq bo’lishi kerak. Nimaga? Chunki raqobat jarayonida kuchli korxonalar yutib chiqib, mag’lublarning resurslarini, shu jumladan ularning ishchilarini, o’ziga jalb etishi kerak. Bu jarayon iqtisodchilar tomonidan bunyodkorona vayronalik (creative destruction) deb ataladi.

Korxonalar o’zidan-o’zi yutib chiqmaydi, ularning raqobatchilariga nisbatan muvaffaqiyati odatda yaxshiroq sifat va/yoki pastroq narx taklif etish qobiliyati bilan bog’liq bo’ladi. Bu degani esa, yutib chiqadigan korxonalar resurslarni ancha effektivroq ishlatadi. Demak, agar unumdorligi pastroq bo’lgan korxonalarning resurslari unumdorligi baland firmalarga o’tsa, butun iqtisodiyot bundan manfaat ko’radi, va mamlakat rivojlanadi. Muammo shunda-ki, biz qaysi korxona unumdor va qaysi biri unumdor emasligi haqida oldindan axborotga ega emasmiz. Biz faqatgina ishlab chiqaruvchularga bir-biri bilan raqobatlashishi uchun sharoit yaratib berib, buni aniqlab olishimiz mumkin.

O’zbekistonda bunyodkorona vayronalik jarayoni kuzatiladimi?

Boy mamlakatlar bilan emas, bizga o’xshagan rivojlanayotgan mamlakat bo’lmish Vyetnam bilan solishtirsak, ko’rishimiz mumkin-ki: O’zbekistondagi korxonalar ulg’ayib borgan sari, ularning hajmi unchalik o’smaydi. Jahon Banki tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko’ra, ikki mamlakat korxonalarining hajmidagi tafovut, ularning yoshi o’sishi qadar kattalashib boraveradi. Demak, O’zbekistonda unumdorsiz korxonalarning uzoq muddat davomida “jon saqlab qolish” ehtimolligi balandroq.

Buning sabablari:
1. Importga cheklovlar: xorijiy korxonalar bizga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni olib kiradi, importni cheklash ortidan esa, bizdagi mavjud korxonalar uchun o’sish uchun bosim paydo bo’lmaydi.

2. Davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kattaligi: davlat tomonidan boshqariladigan korxonalarning unumdorligi xususiy firmalarnikiga qaraganda pastroq bo’ladi, ularga ajratiladigan preferentsiyalar esa xususiy investitsiyalarni kamaytiradi (crowding out).

3. Rivojlanmagan kapital va pul bozorlari: kengayish uchun kichik va o’rta hajmdagi korxonalarga mablag’ talab etiladi, bizning sharoitimizda esa katta investitsiyalarni jalb etish uchun bozorlar deyarli mavjud emas.
Ta’limning atrof-muhitga ta’siri haqida

Bu semestr men olayotgan ekonometrika fanidan har bir talaba katta mustaqil empirik tadqiqot o’tkazishi kerak edi. Men tanlagan mavzu: mamlakatlarning ta’lim darajasining atrof-muhitga (aholi jon boshiga CO2 emissiyasiga va cho’llanishga) ta’siri. Jahon Banki tomonidan beriladigan ma’lumotlarga tayanib, jami 219 mamlakat uchun 24 yillik davr (1991-2014) mobaynida har xil ko’rsatkichlarni yig’dim va tahlil qildim.

Mening natijalarim shuni ko’rsatadi-ki:
1. Oliy ta’lim maskanlarida tahsil oladigan aholi darajasining o’sishi yashillikni ko’paytiradi, o’rmonlarning maydonini kengaytiradi. Bundan tashqari, ushbu ko’rsatkichning oshishi iqlimga salbiy ta’sir o’tkazadigan CO2 emissiyalarini qisqartiradi.

2. Davlatning ta’limga kiritadigan sarmoyasi ham aholi jon boshiga CO2 emissiyasini kamaytiradi.

Sabab: oliy ta’lim va davlat tomonidan ta’limga kiritiladigan sarmoya nafaqat aholi orasida atrof-muhit haqida to’g’ri ma’lumotlarni yoyadi, balki odamlarning qadriyatlarni ham shakllantiradi. Ya’ni, ilmli insonlar atrof-muhit va iqlim o’zgarishi haqida ko’proq qayg’urishadi. Jamiyatda shunday insonlar soning ko’payishi esa katta ehtimollik bilan mamlakat miqyosida ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotimni shu po’stning tagiga yuklayman, o’qib chiqishingiz mumkin.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Talabalar protestlari AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi.

Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada.

Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi.

Muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.
Bugun LinkedIn ijtimoiy tarmog’ida shunday post ko’rib qoldim: mamlakatimizda 200dan ortiq xodimi mavjud bo’lgan “AX Technology” kompaniyasi yangi IT mutaxassislarni ishga olish jarayonida suhbat vaqtida ularning dini haqida savol berar ekan. Nomzod musulmonligini tasdiqlaganidan keyin, Katya Makarchenko ismli HR-menejer suhbatni yakunlagan ekan. Postning tagida ushbu kompaniya bilan xuddi shunday holatga uchragan hamyurtlarimiz ko’plab izohlar qoldirishibdi.

Katya Makarchenkoning LinkedIn sahifasiga ko’ra, u o’tgan yili Rossiyadan O’zbekistonga muhojir bo’lib kelgan. Sahifasida Isroilning G’azodagi genotsidini olqishlaydigan postlar ham mavjud.

Makarchenko O’zbekiston qonunchiligi xuddi Isroilnikiday diskriminatsion deb o’ylashi mumkin. Ammo, O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining 4-moddasiga binoan, ish beruvchilar shaxslarga nisbatdan ularning dinga bo’lgan munosabati va e’tiqodi asosida cheklovlar qo’llashi noqonuniy hisoblanadi.

Shunday ekan, “AX Technology” va Katya Makarchenkoga O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi doirasida choralar ko’rilishi zarur.

Mehnat Kodeksiga oid qoidabuzarliklarni o’rganadigan mas’ullar ushbu holatga e’tibor qaratishlarini istagan bo’lar edim.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi.

Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan.

Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi.

Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi.

Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda.

https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
Forwarded from Zuck Academy
10-DAY MARATHON BY ZUCK ACADEMY 🥳

We extend our sincere welcome to join our FREE Admissions Marathon bot. By registering, you will get access to the exclusive channel that we designed specifically for this marathon. Below are all the speakers, and the short introduction thereof.

While selecting the speakers, we have made sure to invite the best speakers that most possibly provide the best admissions insights, and the life at higher education institutions of the United States! Without further ado, take a look at our speakers:

• Sherbek - Colby College '28
• Feruza - Princeton University '26
• Nur - Georgetown University in Qatar '24
• Nasiba - NYU Abu Dabi'27
• Shakhzodbek - Master's Degree at Tufts '24
• Yusufbek - Carnegie Mellon University in Qatar '23
• Sayfullo - Princeton University '28
• Nigina - University of Minnesota '26, EYUF Scholar
• Nodir - Istanbul University '28, Turkiye Burslari Scholar
• Doniyor - Duke Kunshan University '27
• Zukhriddin - NYU Abu Dabi '27

To join the marathon, use the bot below👇🏻

@zuckacademy_marathonbot
@zuckacademy_marathonbot
@zuckacademy_marathonbot
Ko’rinmas Qo’l
10-DAY MARATHON BY ZUCK ACADEMY 🥳 We extend our sincere welcome to join our FREE Admissions Marathon bot. By registering, you will get access to the exclusive channel that we designed specifically for this marathon. Below are all the speakers, and the short…
20-iyun kuni ushbu marafonning spikeri bo’laman. AQShning oliy ta’lim maskanlariga o’qishga kirish, u yerdagi akademik muhit, iqtisodiyot fanini o’rganish, bitiruvdan keyin ochiladigan imkoniyatlar va boshqa mavzular haqida so’z boradi. Qiziqqanlarga qo’shilishni tavsiya qilaman!
​​Bozor iqtisodiyoti va barqarorlik haqida

Yaqinda bir qiziq grafikka ko’zim tushib qoldi. Unda keltirilgan ma’lumotga ko’ra, insoniyat 2016-2021 yillar orasida butun 20-asr davomida ishlatilgan materiallarning 75%dan ortig’ini iste’mol qilgan emish. Ya’ni, biz oldin 100 yilda iste’mol qilgan resurslarimizni hozirgi davrga kelib 10 yilga bormay ishlatib qo’yyapmiz.

“The Circularity Gap Report 2024” mualliflarining fikriga ko’ra, bu juda achinarli trend. Ular keltirayotgan sabab: “Yer sayyorasida yangi resurslar chegaralangan, biz esa bunday ketishda davom etsak, oxir-oqibat resurs zaxiralarimizni tezda bo’shatib qo’yamiz.”

Avvalambor, bu grafikni ko’rib men xavotirga tushishni o’rniga juda xursand bo’ldim. Oldin ham aytganimday, mamlakatlarning boylik darajasi ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulot va xizmatlarning hajmi bilan o’lchanadi. Insoniyat ancha ko’proq materiallar ishlatayotgani biz boyroq hayot kechirayotganimizni bildiradi.

Mualliflarning xavotiriga keladigan bo’lsak esa, insoniyatning resurslari tugab qoladi deb o’ylash ham noo’rin. Hisobotni tuzgan ekspertlarning tavsiyasi- mamlakatlar ko’proq qayta ishlashga urg’u berishlari kerak. Ammo, bozor mexanizmlari to’g’ri ishlaydigan bo’lsa, qachon yangi materiallardan qayta ishlashga o’tish kerakligini narxlar belgilab beradi.

Hozirgi kunda qayta ishlash darajasi pastmi? Demak, qayta ishlash bilan bog’liq xarajatlar yangi resurslarni ishlatishga ketadigan xarajatlardan balandroq. Agar yangi resurslar tanqis bo’lib qolsa, shunda ular qimmatlashishni boshlaydi, va biz qayta ishlashga o’tamiz. Buning uchun narxlar hukumatlar tomonidan emas, balki erkin bozor orqali belgilanishi kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: bozor mexanizmlari bizni nafaqat boyroq qiladi, balki barqarorroq hayot kechirishimizni ham ta’minlab beradi.