Ko'ngil 🌸🍃
283 subscribers
429 photos
228 videos
4 files
896 links
​Bu qalb yig’lamasin dunyo dardiga,
Uchmasin nafs ila kibr domiga,
Bu dunyo ôtmishdir, kechmishdir bilgil,
Bir damga kôzni yum, kôzlaring yumgil.

Ôsha on kôzlarga aylansin kôngil... 🌸🍃

Tanqidlar uchun: @Kongil_konglim_bot
Download Telegram
​​Yuragim qoʻridan toʻkilgan dardim,
Ayt, yorim majnunlarga men ham tengmidim.
Sening koʻzlaringda Baxt soʻzin koʻrdim,
Uning yonidagi ism menmidim?

• Xayrulla Hamidov

@kongil kônglim...
Forwarded from Shiringina Orzuyim
BIZ BAXTLI BO‘LAMIZ

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik...

Rayhon hidlaringni
Yo‘llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko‘kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig‘lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O‘zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O‘rtanma g‘amda.
G‘iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug‘ olamda.

Men esa
Oshig‘ing sening —
Eng g‘arib.
Tundan so‘z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho‘kaman
Hozir oldingda,
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!...

Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

#Ishq

@ShiringinaOrzuyim
​​​​Hayot falsafasi

Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta Xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib qo’yib, bir gapni ko’p aytardi.
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol,bolam. Odamning u yelkasida ham, bu yelkasida ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi qilgan savob ishlaringni, chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga borganingda hisob-kitob qilib ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga, gunohing ortiq bo’lsa, do’zaxga tushasan…

Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi tushunyapman.


@kongil kônglim...
​​​​Bahor kuzdan nishona bu boĝim meni,
Muhabbatdan yodgor yoshlik choĝim meni,
Xazon rangdek sariq yurak doĝim meni,
Bir kam dunyo, har kun bayram emas ekan,
Kòngil qolsa, qaytib kóngil bòlmas ekan...

•-?

@kongil kônglim...
​​​​TUSHLARIMGA KIR

Kapalakday kelib,
Qoshingga qo'nib,
Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi…
Nima ham ko'ribman men yigit bo'lib?
Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Tovoning o'padi ariqdagi suv,
Ko'ylaging etagin o'padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo'lolmadim-ku,
Ey, ko'zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Ko'chib borayotir bu umr – karvon,
Kunlarning bo'ynida yurak qo'ng'iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko'nglimning to'rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,
Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi.

Qoldingku bag'rimda jonimdek bo'lib,
Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...

• Muhammad Yusuf

@kongil kônglim...
Har tong 150 mingta odam uyg’onmas ekan...

Ôlim qôrqinchli emas. Gap, nima amallarni orqalab olib, manzilga yetganingda...
Oqshom chiroqlari yongan bir mahal
Yuragim ôzingni qumsar - kôz mahtal...
​​GUNOH

Siniq oy sargʻayib kezarkan koʻkda,
Tomlarda shuʼlalar arpasin ilgʻab,
Zanjirini siltab, ayqirdi koʻppak:
– Xavf!
– Xavf!!
– Xavf!!!
Ayol miskin edi.
His qildi ayol –
Qaydadir erini oʻpardi bir qiz.

Keng hovlida yomon siqildi ayol,
Bir kechada quvrab, toʻkildi nargis...
Tonggacha hovlida tinmadi zanjir,
Koʻppak sahargacha betoqat hurdi.
Ayol ham gunohga qoʻl berdi oxir –
Tushida birinchi sevgisin koʻrdi.

• Iqbol Mirzo

@kongil kônglim...
​​Vazn belgilamas, oʻlchov toʻliqmas,
Yengilidan tortib ogʻirigacha.
Gʻolib va magʻlublik senga bogʻliqmas,
Muhimi kurashish oxirigacha!

• Xayrulla Hamidov

@kongil kônglim...
​​Kulishimdan...
Yurishimdan...
Turishimdan...
Òzimdan...
Noliydiganlar:
Bir kunmas bir kun tinchgina yotishimdan ham noliysiz hali!

@kongil kônglim...
Yurak bekorga sanchimaydi, sanchiq davosini uni orttirgan joyingdan qidir...
СИЗДАН ЭМАС, АЛЛОҲДАН СЎРАДИМ!

Саудиядаги муаллималардан бири ҳикоя қилади:
- Мактаб (мадраса)лардан бирида ички буфет - магазинни юритар эдим. Муаллималар, ўқувчи қизлар кундалик еб-ичиш, қоғоз-қаламларни шу ердан харид қилишар эди.
Бир куни одатимга кўра, катта танаффусдан сўнг тўпланган чақа пулларни санаб, дўконга олиш керак бўлган нарсаларни бир қоғозга қайд этиб чиқаётган эдим.
Ёнимда бир фаррош опа атрофни тозалаб юрар эди. Бу аёл бир этак етим болаларини боқиш учун тинмай меҳнат қиладиган бечораҳол аёл эди.
Ёнимдан ўтар экан, чақа пулларни кўрсатиб кулиб:
- Умму Фалончи, шу бир риёлликлар беш юз риёлликка айланиб қолса! - дедим (Саудияда энг катта пул бирлиги беш юз риёллик пул).
- Аллоҳу акбар! - деди у.
- Тасаввур қилинг, ўшалар сизга бўлиб қолса! - дедим яна.
- Э Аллоҳ, ўзингнинг фазлинг! - деди.
Мен яна:
- Хўп, нима қилган бўлардингиз бу пулларни? - дедим.
У дарҳол:
- Ўзимга, етимларимга бошпана бўлгулик уй сотиб олардим, ижарада туриш азобидан қутулардим, - деди.
- Эҳҳе, қаёқда! - дедим мен уни бу етиб бўлмас хаёлпарастликдан воқеликка тушириш учун. - Қўли узунларнинг ҳаммасида ҳам шахсий уйлар йўғу... бошқаларга йўл бўлсин...
У менга ишончли, кучли нигоҳини тикиб:
- Мен Аллоҳдан сўрадим, сиздан эмас, - деди. - Мен манави етти қават осмонни кўтариб қўйган зотдан сўрадим... !!
Жавоби мени сукутга чўмдирди..
Иш тугаб, дўконни ёпиб уйга қайтдим.
Асрдан сўнг қизчаларимни олиб, онамникига ўтдим.
Онам мен борганда телефон билан машғул, гоҳ у, гоҳ бу аёл билан гаплашар эди.
- Нима гап, ойи? - дедим.
- Фалончи эридан ажрашиб, тул қолган эди. Маблағ тўплаб, уй олиб берайлик деган эдик. Маблағ ҳам тўпладик, уй ҳам олдик. Лекин, ундан ҳам яхши хабар - эри билан ярашиб, уйига қайтибди. Энди пул тўплашга ҳисса қўшган қариндошлар билан маслаҳатлашиб ўтирибман. Ҳамма пул берганлар "Аллоҳ учун, кўнгилдан чиқариб берганмиз, бир муҳтожга, яхши бир жойга сарф этилсин" деб ётишибди. Нима қилсак экан... - деди онам ўйланиб.
Хаёлимга ярқ этиб хизматчи аёл, унинг айтган сўзлари келди...!
Онамга бўлган воқеани сўзлаб бериб, шароитини тушунтирдим.
Онам қайта телефон қила бошлади. Уларнинг барчасининг фикри шу фаррош аёлга уйни тортиқ қилиш бўпти!

Муаллима ҳикоясини тугатар экан, шундай дейди:
- Субҳаналлоҳ... Ўзим иштирок этган бу воқеа мен учун катта дарс бўлган эди. Аллоҳ таолога қаттиқ ишонч, унга чин боғланишнинг жонли намунасига гувоҳ бўлган эдим. Эрталаб хаёлпарастлигидан кулганим аёлни кечқурун етаклаб, уйни унинг номига ўтказиш ишларини бажариб юрар эдим...
Ла илаҳа иллаллоҳ...
Қалбнинг Аллоҳга чин боғланиши нақадар ажойиб, нақадар шукуҳли..
Шу билан бирга нақадар қийин... Қалбдан ўзгага бўлган боғланишни олиб ташлагандагина, сабабларга фақат сабаб назари билан қарагандагина ҳосил бўлади...

Аллоҳ таоло барчамизни қалбни чин боғлайдиганлардан, ҳақиқий таваккул қиладиганлардан қилсин..

Сайфуллоҳ Носир домла
​​​​#yozuvchi_yon_daftaridan

Hayotni sev, hatto senga tutsa zahar,
Zahardan bol, shakkaridan lazzat axtar.
Ketsak quyosh yig'lamaydi, oy ham so'nmas
Tongda ko'zni ochgan har zot xonga o'xshar.


@kongil kônglim...
​​ETOLMAS

Burgut oʻljasiga qumursqalar yetolmas,
Arslon nasibasin qashqir yoki it olmas.
Odamzot birovga tole xatin bitolmas,
Xudo xor qilganni bandasi bor etolmas,
Xudo yor bilganni bandasi xor etolmas.

Ey odam, sen uchun birov koʻrmas tushingni,
Avvalo Xudo deb, bilib qilgin ishingni.
Zolim boʻlib qolma, yigʻib olgin hushingni,
Xudo xor qilganni bandasi bor etolmas,
Xudo yor bilganni bandasi xor etolmas.

Bu dunyo oxirat uchun paykaling boʻlar,
Yaxshi yo yomoning - umr sayqaling boʻlar.
Poyingda yotgan tosh balki haykaling boʻlar,
Xudo xor qilganni bandasi bor etolmas,
Xudo yor bilganni bandasi xor etolmas.

Hasading bor boʻlsa - nazardan qolding demak,
Qalbingga doʻzaxdan lahcha choʻgʻ solding demak.
Tavakkulni bilsang - Haqni tan olding demak,
Xudo xor qilganni bandasi bor etolmas,
Xudo yor bilganni bandasi xor etolmas.

Oy ming ozib-toʻlib, Quyosh joyin tutolmas,
Yulduzlar tovlanib, Oy oʻrniga oʻtolmas.
Har odam suvni ham rizqdan ortiq yutolmas,
Xudo xor qilganni bandasi bor etolmas,
Xudo yor bilganni bandasi xor etolmas...


• BOBUR BOBOMUROD

@kongil könglim...
​​​​Mening òktam dilim, umri ĝam dilim,
Kóz yoshdan kòksi jiqqa nam dilim.
Shuncha fojiami yo shu ham dilim,
Sevsalar sevishsin, sevmasalar yóq.

Muhabbat yóllari ashku jafodir,
Bu qismat goh vafo, goh bevafodir.
Endi ishqqa hakam faqat Xudodir,
Sevsalar sevishsin, sevmasalar yóq...

• - ?

@kongil kônglim...
​​Gohi orzularga toʻlibmiz faqat,
Nechun biz yugurib, yelibmiz faqat,
Dunyoda bir nishon qolmasa bizdan...
Demak oʻlish uchun kelibmiz faqat...

• Umar Xayyom

@kongil kônglim...
​​Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.

Sadoqatmi? Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘zyoshing seli.
Yulduz bo'lib yog‘ildi bir sas:
U - begona. U endi kelin...


• Muhammad Yusuf

@kongil kônglim...
​​#iymonlashish_umidi

Iymon 7 ta farzdan iborat


1) Allohga;
2) Allohning farishtalariga;
3) Allohning kitoblariga;
4) Allohning payg‘ambarlariga;
5) Oxirat kuniga;
6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.


@kongil kônglim...
​​Baliqning közyoshlarini hech kim kôra olmaydi,chunki u suv ichida...
Ammo buni faqatgina suv his qila oladi,
chunki baliq uning "qalbi"da...


@kongil kônglim...
​​#nazm

Azal ham o’zingsan, Oxir ham o’zing,
Har yerda har ishda hozir ham o’zing.
Qalbimni mendan ham yaxshi bilguvchim,
Ustimda har nega, qodir ham o’zing.

Ko’nglimdan o’tgani o’zinga ayon,
Bari huzuringda bo’lajak bayon.
O’zimni o’zimga tashlab qo’ymagin,
Axir rahmatingsiz tamomman tamom...

• - ?

@kongil kônglim...