Ko'ngil 🌸🍃
296 subscribers
431 photos
235 videos
4 files
909 links
​Bu qalb yig’lamasin dunyo dardiga,
Uchmasin nafs ila kibr domiga,
Bu dunyo ôtmishdir, kechmishdir bilgil,
Bir damga kôzni yum, kôzlaring yumgil.

Ôsha on kôzlarga aylansin kôngil... 🌸🍃

Tanqidlar uchun: @Kongil_konglim_bot
Download Telegram
​​Yana yurdim bugun o‘sha yo‘llardan,
Yayov tentiradim oqshomga qadar.
Bizlar baxtli edik! Men oshiq edim!
Bugunda sen yo‘qsan, men bir darbadar...

Qo‘l ushlashib ketdi bir yigit, bir qiz,
Birdan yetmay qoldi menga havolar.
O, ular naqadar baxtiyor juftlik!
O, ular bo‘lajak baxtiqarolar!

Ilhom Salimov
Yaqinlarimiz (yaxshi ko'rgan insonlarimiz) bilan birga Jannatga kiraylik.
Boshqa niyatim yo'q meni.
Juma... dahshat va halovat uyĝunligi.

Dahshat - qiyomat ham juma kunida bòlishligi.
Halovat - duolaring qabuli.
Duolar qabul bo'ladigan vaqtga tòĝri kelib qolsin tavba va niyatlarimiz.
Allohimga omonatsiz. Sizni dou qilaman, har doim, har qachon. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
​​"Yaxshi kórmoq" bilan "yoqtirmoq" fe'lin
Guliston ichrakim mumkin axtarish.
Har dil uzib olgay yoqtirgan gulin,
Suygan gulin esa aylar parvarish!


@kongil kónglim...
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
"Ўлимимдан икки ой ўтиб ўғлим уйланди.
Олти ой ўтиб, қизим туғилган кунини нишонлади.
Бир йил кечиб хотиним бошқага турмушга чиқиб кетди.
Лекин вафотимга ўн йил бўляпти-ки, онам ҳали-ҳануз йиғлайди".

@MubashshirAhmad
​​Yurak toshib kеldi koʻzlarigacha,
Barmoqlari titrab ginalar qildi.
Lablari, yonogʻi, sochlari bilan
Ogʻrinib, quvonib, yonib tikildi.

Kuldi, yoʻq, kulmadi – kuchi yеtmadi,
Manglayi oqardi, kеtdi qaltirab.
Mеndan yuzin burdi – mеnga yuz burdi,
Qorongʻu tomonim kеtdi yaltirab.

Yutdi, yutilmadim – boʻgʻzida turdim,
Labin qattiq yumdi – aytib yubormay.
Ikki qadam yoʻlni ikki yil yurdim,
Va... toʻkilib kеtdim ovoz chiqarmay.

Samoga boqqanday boqdi koʻzlari,
Surmalari sizdi kulguchlariga.
Sira oʻng kеlmagan tushlar izlarin
Sidirdi paltosin yеng uchlarida.

Hijron olovidan qolgan kul edim,
Endi yonolmayman, dеdim va... yondim.
Bir nidodan koʻksim yorildi mеning,
Yo Rab! Borligingga ishondim!

Shodmonqul SALOM
Siz bilan hatto nuqtalar orqali ham suhbatlasha olar edik...
Forwarded from Aziz Rahimov
Kitob sotib oladiganlar kam.

Sotib olganini ochadiganlar kamroq.

Ochganini tugatadiganlar undan ham kam.

Tugatganini eslab qoladiganlar yanada kamroq.

Eslab qolganiga amal qiladiganlar eng kami.

Kamchilik erishayotgan narsalarga erishish uchun, kamchilik qilayotgan ishlarni qilish foyda beradi.
​​Pardalar tebranar shamolda,
Yuzimni silaydi umidvor.
Shivirlab qo'yadi yuragim:
"Deraza ortida kimdir bor –
turibdi termulib". Uzatsam,
hayratga to'ladi hovuchim.
So'ng asta ochaman pardani,
"Kimdir"ning yuzini ko'rmoq-chun.
Va otlanar g'ururlar jangga,
(Yuraklar bog'dan gul tergani...)
Ichimda suzadi mahzun kuy –
Esdami bir kaft qalb berganim?!
Qaraysan, kuydirar umidim
Olovrang nigohing o'chog'i.
Ketasan...
tonggacha qo'yvormas,
Sukut va deraza quchog'i.

Eslayman, tushlarim chin edi:
Turarding mehrsiz va sovuq.
O'ksinib borgandim, qarasam,
suyanib yig'lashga yelkang yo'q...
Cho'chiyman...
So'rayman, qolsaydim –
Tushlarsiz yashashga o'rganib.
Dahshatga soladi har safar,
Yelkasiz odamni ko'rganim...

Tor kelar xonamning o'lchami,
Borlik ham, yo‘qlik ham bir qafas.
Yig'ladim, tonggacha suyadi
Deraza oynasi, yelkangmas!
Endi-chi o'tyapman har safar
Darchaning yonidan dilozor.
O'tganda shivirlar pardalar:
"Ortimda kimdir bor...
Kimdir bor!.."

Aziza Shokirova
​​Xabar

Osima,
Laylaklar elchi — u yеrdan,
Huv ana mеzonlar, xabar olaylik.
Pagʻa-pagʻa yolqin, tomchi-tomchi rang,
Yogʻar bir oʻlka bor, boraqolaylik.

Koʻngil arosida faryod tilkasi,
Armonlar toʻsibdi tigʻ baxtimizni.
Qush yoʻq rabotlarda kimning koʻlkasi,
Eshitdi mungragan suhbatimizni.

Sеn yulduz parisi toʻfon burjida,
Mеn qora tuynukda uloqqan balki.
Ummonday ogʻriqdan singan gurziday
Osmonday kеnglikka sigʻmaydi shaklim.

Oʻqishni bilsang gar Taqdir kitobin,
Bilib bеr, ishq bormi oʻlmasdan burun.
Soʻrab bеr, sеvgining manzil turobin,
Joy bormi, yuzpora ikkimiz uchun.

Osima,
Laylaklar qaytdilar ortga,
Adirlar qatiga yashrindi bahor.
Tinmay yogʻayapti, biz yoʻq oʻlkada,
Pagʻa-pagʻa yomgʻir, tomchi-tomchi qor.

Abduvali Qutbiddin
​​Ichikdim. Sog'indim seni, shekilli,
Xòrligim keltirar ĝalati gina.
Nimaga odamlar shod, hurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!

● Abduvali Qutbiddin