Ko'ngil 🌸🍃
288 subscribers
429 photos
228 videos
4 files
898 links
​Bu qalb yig’lamasin dunyo dardiga,
Uchmasin nafs ila kibr domiga,
Bu dunyo ôtmishdir, kechmishdir bilgil,
Bir damga kôzni yum, kôzlaring yumgil.

Ôsha on kôzlarga aylansin kôngil... 🌸🍃

Tanqidlar uchun: @Kongil_konglim_bot
Download Telegram
Meni foydasiz, samarasiz oʻlib ketish tashvishga soladi.

📚 "15 yoshligim" | Tetsuo Miura
Кўчада хотиржам юриш учун уйдан чиқаётиб дазмол билан селфи тушволинг...
😊😊😊
@uzbeku
​​Yoʻlga tushdim magʻrur
Robbim yoʻlim ber..
Sabr ber mardona, sobit qoʻnim ber!
Yoʻlning oʻrtasimi yo oxirida,
Farqi yoʻq muhimi, Goʻzal oʻlim ber...

• Xayrulla Hamidov

@kongil kônglim...
​​Kirsang kir ichkari, yoʻlakda turma
Ikkilana turib labingni burma.
Mabodoki sеnda bor ikki tanlov
Unda mеni aslo tanlab oʻtirma!
Boshlash uchun zòr bòlish shart emas, lekin, zòr bòlish uchun boshlash shart!
Kecha o'lganlarning bugungi tong uchun bir talay rejasi bor edi.

📌 @sanjarshamss 📌
​​Tomchilaydi tomchilar,
Yurakkinam yanchilar.
Ishq ôyinin ôynagan,
Bu qizlar g’irromchilar...


@kongil kônglim...
Insonlarning biri-birini tanishi uchun eng yaxshi vaqt, ayrilish vaqtidir.

Dostoyevskiy
Audio
Anor. Men, sen, u va telefon

Izoh
: Telefon raqamlari hech o‘xshamas bir-biriga, biroq barchasida inson ovozi bor… Yomon kunlar hech o‘xshamas bir-biriga, birida o‘zing jim qolasan, birida telefon…

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/anor-men-sen-u-va-telefon

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

@xushnudbek
​​O‘SHA MЕN EDIM…

Derazang yoniga qo‘ndi kabutar
Ilkida o‘rog‘liq maktub bor edi.
Senga boqib turgan ma’yus ko‘zlari,
Shu onda nedandir umidvor edi.
Sen esa pardani yopib qo‘yding jim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Ko‘chaga chiqding sen bog‘ aylangani,
Daydi shamollarday xayoling tarqoq.
Bog‘ kezib yurarding shunda nogahon
Oyog‘ing ostiga tushdi bir yaproq.
O‘sha yaproq kabi sochilgandi kim?
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Bog‘da gullar terding avaylab asta
Nogoh qo‘llaringga sanchildi tikan.
Nozik qo‘ling bilan sug‘urding uni
Deding “Shunday gulda tikan bor ekan”.
Senga talpingandi shu tikan, gulim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

So‘ng qaytding uyingga o‘y surib sokin,
Deraza yoniga qo‘yding gullarni.
Tin olmoq dardida cho‘kding to‘shakka
Va yig‘lab o‘qiding “O‘tkan kunlar”ni.
Kimnidir o‘ylading, ko‘zlari sim-sim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Xurshid Abdurashid

@kongil kònglim...
​​Bashorat

"SEN" dеyman uni,
"SIZ" dеydi u mayin tovushda.
Va bilamanki, bir kuni
Bu ikki so'z qovushgay.

Shunda mеni burdalab tashlar
"SENSIZ" dеgan ulkan ajdaho...

● Jontemir

@kongil kònglim...
​​Meni qoʻrqitib yuborgan ibora:
“Ertangi janoza egalari hozir nafas olib turishibdi!”
Allohim, xotimalarimizni goʻzal qilgin!

@kongil kônglim
Kuzligim...
​​TOMCHILAY BOSHLASA YOMGʻIR

Tomchilay boshlasa nogahon yomgʻir,
Oynani shodlanib ochgan bu goʻzal.
Entikib qarasa koʻzlari ogʻrib,
Ayriliq roʻmolin yechgan bu goʻzal.

Yomgʻirlar raqsiga sochlarin yoyib
Shеrik boʻlsammi dеb xayol surardi.
Yuziga tushganda tomchilar toyib,
Boladеk qiqirlab, maʼsum kulardi.

Kimning ertagidan dеraza ochdi?
Kimning ertagiga bir zum boqdi u?
Soʻngra dеrazadan sogʻinchin sochdi,
Yomgʻirga qoʻshilib uzoq oqdi u...

- ?
Chin shoirlar bari otilgan,
Qolganlari bari sotilgan!

Erkin Vohidov
​​Necha bor qalbingda tikladim qasr,
Ayriliq bo‘roni buzdi muttasil.
Nechun yana qattiq qish kelayotir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!

Sahroyi sevgimiz ko‘kargan dashtim,
Sog‘inch o‘rdasida muncha savashtim?..
Nahot adashtirdim, nahot adashdim,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!

Mansur Jumayev

@kongil kònglim...
Ўйлаб қолдим:
Ўлимдан қўрқишлигмизнинг асл сабаби биз Жаннатга муносиб эмаслигимиздандир...
@uzbeku
Vasling bilmadim, ammo hijroning ham chiroyli...
​​Mеn hozir sukunatdan ham jimman.
Uzoq yurib kеldim bu jimlikka.
Uzoq shovqindan kеyin kеldim bu sukunatga.
Yaproqlari qolmagan kuzdagi daraxtdеk jimman.
Qishda ochilgan kurtakdеk jimman.
Ona quchogʻidagi goʻdakning uyqusiday,
Ogʻir darddan koʻz yumgan odamning qabriday,
Yozdagi dеngiz suvidеk tinchman.
Boshini mangu qor bosgan togʻlardеk,
Qishloqdagi uyning chirogʻi oʻchib qolgandеk,
Uzoq safardan charchab qaytgan odamdеk
Dеvordagi toʻxtab qolgan soatdеk
U dеvordagi bobo-buvining suratidеk.
Bobom oʻlgandagi momomning unsizligidеk
Tor xonadagi onamning eski sandigʻidеk,
Vatanning unutilgan qurbonlaridеk
Yana
Yongan uyning qoldiqlaridek tinchman…

Ro'za Osmonqizi