Банда жаннатга фақат поклангандан кейингина киради.
Ибн Қоййим роҳимаҳуллоҳ дедилар: "Банда жаннатга фақат поклангандан кейингина киради. Бу покланиш дунё ҳовлисида тўрт нарса билан бўлади:
1 - Тавба;
2 - Истиғфор;
3 - Ёмонликни ўчирувчи яхшиликлар;
4 - Каффорат бўладиган мусибатлар.
Агар бу тўртаси уни покланиб, гуноҳлардан халос бўлишига етмаса, Барзах ҳаётидаги уч нарса билан покланади:
1 - Иймон аҳлининг унга жаноза ўқиб, унинг гуноҳларини кечирилиши, шафоат қииинишини сўраб дуо қилишлари;
2 - Қабр фитнаси;
3 - Муслим биродарлари унга ўз солиҳ амалларини ҳадя қилишлари. Агар бу учтаси ҳам унинг покланишига етмаса, уч ўринда у покланади:
1 - Қиёмат қўрқинчи ва унинг даҳшати;
2 - Шафоатчиларнинг шафоати;
3 - Аллоҳ азза ва жаллнинг авф қилиши. Агар булар ҳам покланишига етмаса, дўзах олови уни гуноҳлардан тоблайди. Ва шу унга покланиш бўлади. У дўзахда ўз гуноҳларининг кўп - озлиги, шиддат ва заъфига қараб бўлади. Ундаги гуноҳлар чиқиб кетса, у пок, гуноҳсизга айланади. Ва дўзахдан чиқарилиб, жаннатга киргизилади.
«Мадориж ус - Соликийн»: (1/463)
@mehrob_uz
Ибн Қоййим роҳимаҳуллоҳ дедилар: "Банда жаннатга фақат поклангандан кейингина киради. Бу покланиш дунё ҳовлисида тўрт нарса билан бўлади:
1 - Тавба;
2 - Истиғфор;
3 - Ёмонликни ўчирувчи яхшиликлар;
4 - Каффорат бўладиган мусибатлар.
Агар бу тўртаси уни покланиб, гуноҳлардан халос бўлишига етмаса, Барзах ҳаётидаги уч нарса билан покланади:
1 - Иймон аҳлининг унга жаноза ўқиб, унинг гуноҳларини кечирилиши, шафоат қииинишини сўраб дуо қилишлари;
2 - Қабр фитнаси;
3 - Муслим биродарлари унга ўз солиҳ амалларини ҳадя қилишлари. Агар бу учтаси ҳам унинг покланишига етмаса, уч ўринда у покланади:
1 - Қиёмат қўрқинчи ва унинг даҳшати;
2 - Шафоатчиларнинг шафоати;
3 - Аллоҳ азза ва жаллнинг авф қилиши. Агар булар ҳам покланишига етмаса, дўзах олови уни гуноҳлардан тоблайди. Ва шу унга покланиш бўлади. У дўзахда ўз гуноҳларининг кўп - озлиги, шиддат ва заъфига қараб бўлади. Ундаги гуноҳлар чиқиб кетса, у пок, гуноҳсизга айланади. Ва дўзахдан чиқарилиб, жаннатга киргизилади.
«Мадориж ус - Соликийн»: (1/463)
@mehrob_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu betizgin ruhingdir deya,
Ko'zimga dengizni ko'rsatolmadim!
Ko'zimga dengizni ko'rsatolmadim!
Kònglimda yiğlagan malaklar kimlar?..
● Chòlpon
Suygulim,
Yozning poyoniga etdik nihoyat,
Yoshlarim loylandi fasl so'ngida—
Saraton taftidan etmay shikoyat
Chechaklar quvrabdi ko'zim o'ngida.
Ko'zim o'y, gulim.
Suygulim,
Avgust bog'larini tark etdi qushlar,
Bo'sh qolgan inlarda rutubat hokim.
Qaqragan soylarda fosh bo'ldi tushlar,
Shamolga sochdilar sirlaring xokin.
Kuyma, qo'y, gulim.
Suygulim,
Boshimdan mezonlar o'tdi parishon,
Chuvalgan o'ylarim xazonga talosh.
Endi men qayerni etayin oshyon,
Sen qaydan toparsan hamon alif bosh...
Miskin o'y gulim.
Suygulim,
Sog'inchning yo'llari kuzga bosh burdi,
Ko'nikib bordim-a yo'qday imkoni.
Qismat bog'lar aro qatlgoh qurdi,
Sim-sim tovlanmoqda daraxtlar qoni...
Ko'kka yo'y, gulim.
Suygulim...
● Najmiddin Ermatov
@kongil kònglim...
● Chòlpon
Suygulim,
Yozning poyoniga etdik nihoyat,
Yoshlarim loylandi fasl so'ngida—
Saraton taftidan etmay shikoyat
Chechaklar quvrabdi ko'zim o'ngida.
Ko'zim o'y, gulim.
Suygulim,
Avgust bog'larini tark etdi qushlar,
Bo'sh qolgan inlarda rutubat hokim.
Qaqragan soylarda fosh bo'ldi tushlar,
Shamolga sochdilar sirlaring xokin.
Kuyma, qo'y, gulim.
Suygulim,
Boshimdan mezonlar o'tdi parishon,
Chuvalgan o'ylarim xazonga talosh.
Endi men qayerni etayin oshyon,
Sen qaydan toparsan hamon alif bosh...
Miskin o'y gulim.
Suygulim,
Sog'inchning yo'llari kuzga bosh burdi,
Ko'nikib bordim-a yo'qday imkoni.
Qismat bog'lar aro qatlgoh qurdi,
Sim-sim tovlanmoqda daraxtlar qoni...
Ko'kka yo'y, gulim.
Suygulim...
● Najmiddin Ermatov
@kongil kònglim...
Menga sitam bering...
Ayamang, aslo!
Sizdan kelar boʻlsa ogʻriq ham rohat!
Ozor berasizmi, gʻam berasizmi,
Hech narsa kelmayin qolmasin faqat!
Shunday sogʻinchlarni bering...
Dod solib,
Toʻfonim dunyoni qilsin talatoʻp.
Shundogʻam jilgʻadek oqar umrimda,
Ishqsiz, hissiyotsiz oʻtgan kunlar koʻp!
Ilinj bering menga,
Ilinib olay,
Hamma orzularim boshi boʻlsin u!
Bizni tor dunyoda yashatib yurgan,
Yurakni urdirib turgan Umidku!
Sabr bering menga,
Sizsizlik kunlar,
Jonimni ming boʻlak qilib qoʻymasin.
Xijron bering menga dilni nimtalar,
Shunday bir xijronki, qiynab toʻymasin!
Koʻnglingizni bering,
Kaftimga bering,
Billurdek bagʻrimga bosay avaylab.
Men uni million yil axtardim axir,
Men uni topdimku Xudodan tilab!
• Malika Tavfiq
@kongil kónglim...
Ayamang, aslo!
Sizdan kelar boʻlsa ogʻriq ham rohat!
Ozor berasizmi, gʻam berasizmi,
Hech narsa kelmayin qolmasin faqat!
Shunday sogʻinchlarni bering...
Dod solib,
Toʻfonim dunyoni qilsin talatoʻp.
Shundogʻam jilgʻadek oqar umrimda,
Ishqsiz, hissiyotsiz oʻtgan kunlar koʻp!
Ilinj bering menga,
Ilinib olay,
Hamma orzularim boshi boʻlsin u!
Bizni tor dunyoda yashatib yurgan,
Yurakni urdirib turgan Umidku!
Sabr bering menga,
Sizsizlik kunlar,
Jonimni ming boʻlak qilib qoʻymasin.
Xijron bering menga dilni nimtalar,
Shunday bir xijronki, qiynab toʻymasin!
Koʻnglingizni bering,
Kaftimga bering,
Billurdek bagʻrimga bosay avaylab.
Men uni million yil axtardim axir,
Men uni topdimku Xudodan tilab!
• Malika Tavfiq
@kongil kónglim...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menga sokinlik yoqadi, sizgachi)
#ishq
Nogoh salqin keldi avgust so‘nggida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab sabrning ko‘zi o‘ngida
Men sening ismingni aytdim erkalab.
Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi– bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir-
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.
Tushundim, taqdiring ishin yuritgan
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim-
Albatta, meni unutgan!
Albatta, baxtlidir!
Albatta, baxtli!
Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi, Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...
Baribir yig‘ladim.
● Usmon Azim
@kongil kònglim...
Nogoh salqin keldi avgust so‘nggida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab sabrning ko‘zi o‘ngida
Men sening ismingni aytdim erkalab.
Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi– bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir-
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.
Tushundim, taqdiring ishin yuritgan
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim-
Albatta, meni unutgan!
Albatta, baxtlidir!
Albatta, baxtli!
Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi, Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...
Baribir yig‘ladim.
● Usmon Azim
@kongil kònglim...
Sеntyabr tig' urdi avgust ortidan,
Yaproqlarga sachrab kеtdi qon.
Holsizlangan quyoshni sudrab,
Kеtib borar edi saraton.
Kuyib kuylar edi hotima kuyin,
Atirgul shoxidan kеtolmagan qush.
Navodеk havoga kеtolmam singib,
Uyogʻi xayol va u tomoni tush.
Qayta kеlavеrar armonlar yodga,
Oʻtmishga intilib tasavvur halak.
Tiyramoh tigʻiga urar oʻzini,
Saraton qoniga bеlangan yurak.
● Najmiddin Ermatov
@kongil kònglim...
Yaproqlarga sachrab kеtdi qon.
Holsizlangan quyoshni sudrab,
Kеtib borar edi saraton.
Kuyib kuylar edi hotima kuyin,
Atirgul shoxidan kеtolmagan qush.
Navodеk havoga kеtolmam singib,
Uyogʻi xayol va u tomoni tush.
Qayta kеlavеrar armonlar yodga,
Oʻtmishga intilib tasavvur halak.
Tiyramoh tigʻiga urar oʻzini,
Saraton qoniga bеlangan yurak.
● Najmiddin Ermatov
@kongil kònglim...
Xazonrez. Kuz yetdi yurakka —
Maromni buzdi.
Za’faron yulduzlar ko‘lmakda —
Ko‘kda ham kuzmi?
Shamolda shovullab daraxtlar
Tunga taraldi…
Negadir yig‘ladi bir odam —
Ko‘ngil yaraldi.
● Usmon Azim
Maromni buzdi.
Za’faron yulduzlar ko‘lmakda —
Ko‘kda ham kuzmi?
Shamolda shovullab daraxtlar
Tunga taraldi…
Negadir yig‘ladi bir odam —
Ko‘ngil yaraldi.
● Usmon Azim
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko’p intizor edim bugun yo’lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo’lingga!?
Men uchun aziyat chekibsan erkam,
Balki, shudir ishqning chechak otgani!
Ammo, qo’llaringga tikan kirguncha,
Yaxshidur ko’ksimga xanjar botgani!
Barcha aziyatni menga qo’yib ber,
Ko’taray ularni o’zim mardona!
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib nishona!
Ajoyib guldasta, naqadar ko’rkam!
Bu nima, gulmi yo yanoqlaringmi!?
Ko’zimni yashnatgan, dilni quvnatgan,
G’unchami va yoki dudoqlaringmi!?
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko’p intizor edim bugun yo’lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo’lingga!?.
● - ?
@kongil kònglim...
Ko’p intizor edim bugun yo’lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo’lingga!?
Men uchun aziyat chekibsan erkam,
Balki, shudir ishqning chechak otgani!
Ammo, qo’llaringga tikan kirguncha,
Yaxshidur ko’ksimga xanjar botgani!
Barcha aziyatni menga qo’yib ber,
Ko’taray ularni o’zim mardona!
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib nishona!
Ajoyib guldasta, naqadar ko’rkam!
Bu nima, gulmi yo yanoqlaringmi!?
Ko’zimni yashnatgan, dilni quvnatgan,
G’unchami va yoki dudoqlaringmi!?
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko’p intizor edim bugun yo’lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo’lingga!?.
● - ?
@kongil kònglim...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 daqiqa qoidasi
Shimoldan xovuri yaxlab qaytdi еl,
Umidvor chеchaklar topmoqda zavol.
Mеning dardim ogʻir,
Ogʻrinmasdan kеl,
Kuzakdan koʻnglini uzmagan ayol.
Kaftimdan don yеgan qushlarim uchdi,
Ilonlar shaylandi etmoqqa jodu.
Lеk koʻngil dardisar,
Hamon sarosar,
Hamon kaftim ochiq,
Qoʻllaring qushku?..
Ertanga xotirdan toʻn toʻqib sotgan
Umidni zaftiga olmoqda kuzak.
Qoʻllarim qirovga botmasdan avval,
Yuragim tinmasdan
Qoʻlingni uzat.
Kuzakdan koʻnglini uzmagan ayol.
● Najmiddin Ermatov
@kongil kònglim...
Umidvor chеchaklar topmoqda zavol.
Mеning dardim ogʻir,
Ogʻrinmasdan kеl,
Kuzakdan koʻnglini uzmagan ayol.
Kaftimdan don yеgan qushlarim uchdi,
Ilonlar shaylandi etmoqqa jodu.
Lеk koʻngil dardisar,
Hamon sarosar,
Hamon kaftim ochiq,
Qoʻllaring qushku?..
Ertanga xotirdan toʻn toʻqib sotgan
Umidni zaftiga olmoqda kuzak.
Qoʻllarim qirovga botmasdan avval,
Yuragim tinmasdan
Qoʻlingni uzat.
Kuzakdan koʻnglini uzmagan ayol.
● Najmiddin Ermatov
@kongil kònglim...