Ko'ngil 🌸🍃
297 subscribers
431 photos
235 videos
4 files
909 links
​Bu qalb yig’lamasin dunyo dardiga,
Uchmasin nafs ila kibr domiga,
Bu dunyo ôtmishdir, kechmishdir bilgil,
Bir damga kôzni yum, kôzlaring yumgil.

Ôsha on kôzlarga aylansin kôngil... 🌸🍃

Tanqidlar uchun: @Kongil_konglim_bot
Download Telegram
♥️❤️♥️
​​Kеl, bir zumga unutaylik hayotni,
U shirin suhbatlarimizga qoʻyar panjara.
Yashash azobidan chеkingin bir zum,
Mеn sеnga qarayman, sеn manga qara.
Faqat shu qarashga borligʻing sarf et,
Faqat shu qarashga atagin umring.
Unda dard, iztirob, bor unda qaygʻu,
Va yana qaygʻuga chayilgan quvonch.
Tasavvuringga erk bеrib yubor,
Mеning tasavvurim sеn bilan toʻldi.
Hech kim yashamagandеk yashaymiz kеyin,
Faqat yashayotganing unutsang boʻldi...

Najmiddin Ermatov

@kongil kònglim...
Forwarded from Ikrom Sharif
– Сенингча энг хавфли сўз қайси?
– Менимча "лекин".
– Нега?
– Ўзидан олдин айтилган барча сўзларни "ўлдиради!" Масалан, "сени севаман, лекин..." каби..

@IkromSharif
​​KECHIR!

Quyosh gʻarbga ketdi shoʻngʻib,
Uxlolmadim, kechir rabbim!
Siltadilar: "yigʻlagin", deb
Yigʻlolmadim, kechir Rabbim!

Koʻkka nolon nido qildim,
Chok-chok boʻlgan koʻksim tildim,
Oʻzimni gunohkor bildim,
Yigʻlolmadim, lekin Rabbim!

Kimning ishi tushsa gar, bas,
Yordamim tutdim har nafas,
Yaxshilikdan boshim chiqmas,
Yigʻlolmadim, lekin Rabbim!

Koʻzimda nur, yovuz kulgu,
Qalbimda ishq toʻla tuygʻu,
Har kun boshim mehrobda-yu,
Yigʻlolmadim, kechir Rabbim!

Ishim mening sahovatdir,
Bilmaganim - halovatdir,
Bu qandayin musibatdir:
Yigʻlolmadim, kechir Rabbim!

Yomgʻirpoʻshdan topib panoh,
Yomgʻirda ham qildim gunoh.
Hushʼu menga yot boʻldi, oh...
Yigʻlolmadim, kechir Rabbim!

Koʻkka porlab chiqqach oftob,
Senga nolon qildim xitob...
Bir qatra yosh boʻldi kamyob,
Yigʻlolmadim, kechir Rabbim!

Istadim-u, qalbimda gʻam,
Dod-voy soldi togʻ-u, tosh ham,
Vale aylab koʻzimni nam,
Yigʻlolmadim, kechir Rabbim!

Rabbim, sokin uxlat meni,
Bagʻrim oʻyib tigʻlat meni
Ne qilsang ham yigʻlat meni,
Ne qilsang ham yigʻlat meni...

• Xayrulla Hamidov

@kongil kônglim...

(Allohim yig’lolmay qolishlikdan asrasin...)
Vaqt tòxtasa, butun dunyo qotib qolsa meni yonimga qanday kelasan? Moshina haydashni bilmaysan-ku?! Òrgan, hop..?

Piyoda yurma, uzoq deymanda...
​​Hayqirsam!
Ko'ksimdan ko'chsa nimadir.
Qovurg'alarimdan manjaniq yasab,
Otsam qayergadir olov yurakni.

Kuzatsam dunyoning yonayotganin...

To'rayev Shahboz

Manjaniq — toshotar harbiy qurilma.
Men kitobni tugatdim. Balki, aytib berishimni istarsan...
Baxt deyishganlari shul emasmu))
"Jinoyat va jazo" romanini boshladim. Agar oxiri yaxshilik bilan tugamasa Dostoyevskini kechirolmayman...
Mana shu betizgin ruhingdir deya
Ko'zimga dengizni ko'rsatolmadim...
Jahl ustida chiqarilgan qaror...
Unutib qo'yyapman...
Qalb ishqqa, ishq esa taqdirga mahkum.

#ishq
Tushimda yig'lagan qizning yoshlari,
Mening yostig'imga qanday to'kildi?!
​​Shu yomg’irlar kecha yog’sa bo’lmasmidi,
Intiq yo’lning halqoblari to’lmasmidi?
Men sog’inchning ko’zlarini she’rga soldim,
Shu she’rlarni o’zing aytsang bo’lmasmidi?

Kim edi u, qo’lin silkib chorlayotgan,
Nomozshomda devor osha bo’ylayotgan,
Yuragimni qo’lga o’rgatib xo’rlayotgan,
Azoblarni Parvardigor bilmasmidi?

● Shodmonqul Salom

@kongil kònglim...
Sen menga qisqa bólsa-da yozib tur, men uni uzoooq óqiy olaman...
Kеma sohilda xavfsiz turadi, ammo kеma sohilda turish uchun yaralmagan.

Eynshtеyn