Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
15K subscribers
2.23K photos
408 videos
268 files
1.85K links
O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!

Mundarija: @kompyuterbilimlariuz

Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok

Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596

Asoschi: @rvraul

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Download Telegram
Kompyuterdagi o'yinlar nima uchun qotib qoladi yoki ishlamay qoladi🤨 qanday to'g'irlasa bo'ladi degan mavzu bo'yicha post!😉

Mavuz bo'yicha savollarning ketma-ketligi:
🔘Kompyuterdagi o'yinlar nima uchun qotadi?
🔘Kompyuterdagi o'yinlar ishlamay qolish sabablari!
🔘Ishonchli ishlaydigan kompyuter o'yinlarini qayerdan olish mumkin? kabi savollarga javob olamiz
!

1️⃣ Kompyuterdagi o'yinlar asosan kompyuter kuchsizligidan yoki Kompyuterdagi o'yinning talabi kompyuteringizni talabiga mos emasligidan qotishi mumkin yoki ram xotiraning to'lishi va kompyuterda bo'sh joy yetishmasligidan kelib chiqadi.
2️⃣ Kompyuterdagi o'yinlarning ishlamay qolish sabablari tepada aytib o'tganimdek ram va xotiraning to'lish natijasida yoki kompyuterda o'yin uchun mo'ljallangan drayverlarni eskirganligi sababli qotishlar kuzatiladi.


Asosan kompyuterdagi o'yinlarning qotish sabablari kompyuterda ram yetishmasligidan kelib chiqadi bunday vaziyatda kompyuteringizni ram xotirasini tozalashingiz kerak bu ishni qilish ham kompyuteringizni tezligini hamda o'yin va dasturlarda ishlash tezligini oshirishda ancha foyda beradi.
©️ @Kompyuter_Bilimlari
"Windows"ning birinchi versiyasi haqida bilasizmi?

Dastlab, Windows - 1.0 ning birinchi versiyasi unchalik mashhur bo'lmagan edi. Buning asosiy sabablaridan biri esa o'sha paytda mavjud bo'lgan kompyuterlarda juda sekin ishlagan va foydalanuvchilar eski PC'dan foydalanishni afzal ko'rishgan. Birinchi Windows'ning narxi 100 $ edi.

Qo'shimcha ma'lumot o'rnida, Microsoft'ning so'ngi versiyalaridan biri "Windows 10" 2014 - yil sentyabr oyida taqdim etilgan bo'lib. U boshida test rejimida aqlli o'ylovchi insonlar uchun ishlab chiqarilgan edi. Lekin keyinchalik bu versiya yangilanishlar bilan boyitilib borildi va ommaviy tarzda ishlab chiqarila boshlandi. Bu versiyada Windows 8 / 8.1 da «pusk» tugmasidan voz kechilganligi va qayta joyiga qaytarilgan.

©️ @Kompyuter_Bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video_dars #matn

Word dasturida kiritilgan matnning ko'rinishini o'zgartirish kerakmi? Unda kerakli matnni belgilab, videodagi ketma-ketlikni bajarib natijaga oson erishing!


©️ @Kompyuter_Bilimlari
#bilasizmi #operatsion_tizim #security #hardware

😣 Kompyuterning to‘liq qotib qolishi

⚠️ Sabablar
: Windows'ga tegishli ba'zi muhim fayllarning bexosdan o‘chib ketishi, ko‘plab miqdordagi kompyuter viruslari, reyestrning haddan ziyod yuklanib ketishi, operativ xotiraning shikastlanishi.

Yechimlar: zamonaviy antivirus yordamida kompyuterni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish, tizim ishlashini turli dasturlar yordamida optimallashtirish, tizimni yaxshi ishlaydigan holatiga tiklash yoki butunlay qaytadan o‘rnatish, operativ xotirani yangisiga almashtirish.

📌 P.S.: Bu borada Sizda nima gaplar?

©️ @Kompyuter_Bilimlari
Kompyuterni o'chirganingizda qanday jarayonlar sodir bo'ladi 🤔 #nazariya

Kompyuter yonish/o'chishi o'z ichiga bir nechta jarayonlarni oladi. Bu safar o'chish jarayonlarini ko'rib chiqamiz.

Demak, Windows tizimida kompyuterni o'chirish buyrug'ini berganingizdan so'ng, quyidagi ketma-ketliklar sodir bo'ladi:

1. Dastlab, shutdown.exe utilitasi ishga tushadi, bu utilita kompyuter o'chishiga javob beradi.
2. Agar ishlayotgan dasturlar bo'lsa, sizdan bu dasturlarni nima qilishni so'raydi: dasturlarni darhol o'chiraymi yoki kompyuterni o'chirishni to'xtatib, o'zingiz o'chirishingiz uchun imkoniyat beraymi. Bu bosqichda kompyuterni o'chirishni to'xtatish mumkin.
3. Keyin, Windows fon rejimida ishlaydigan barcha dasturlarni, hamda tizimda ishlayotgan xizmatlarni(DNS, DHCP, EFS,...) o'chiradi.
4. Kompyuterga ulangan qattiq disklar uziladi, USB orqali ulangan fleshkalar ham shu bosqichda uziladi.
5. Oxirida, kompyuteri tezkor xotirasidagi barcha ma'lumotlar o'chiriladi.

Bundan kelib chiqadiki, ishlayotgan dastur, utilita, xizmatlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha kompyuter sekin o'chadi.

☝️Agar kompyuterni tugma orqali darhol o'chirsangiz, shuncha jarayon bo'lmaydi yoki chala bo'lib, keyingi yoqilishida muammolar bo'lishi mumkin.
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

©️ @Kompyuter_Bilimlari
Google chrome uchun tezkor tugmalar (hotkeys)

Ctrl + n
- Yangi oynani oching
Ctrl + Shift + n - Inkognito rejimida yangi oynani oching
Ctrl + t - Yangi sahifa oching va unga o'ting
Ctrl + Shift + t - Oldindan yopilgan sahifalarni ushbu tartibida qayta oching
Ctrl + Tab yoki Ctrl + PgDn - Keyingi ochiq sahifaga o'tish
Ctrl + Shift + Tab yoki Ctrl + PgUp - Oldingi ochilgan sahifaga o'tish

@Kompyuter_Bilimlari
Klaviatura yoki yorliq orqali monitorni "o'chiramiz"
#ayyorlik

Monitor ekranini, qiziquvchilardan berkitish uchun, monitordagi tugmani bosish shart emas, balki klaviatura orqali ham bu ishni qilish mumkin, bunda monitor ekrani qop qora bo'lib qoladi, qaragan insonga monitor o'chiqdek tuyuladi.

Dastlab, monitorni o'chiradigan yorliq hosil qilamiz:
1. Ish stolida, sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va "Создать → Ярлык".
2. Paydo bo'lgan oynaga, quyidagi adresni yozamiz:
c:\windows\system32\scrnsave.scr
ва Далее.
3. So'ng, yorliqqa nom beramiz, misol uchun ShutDownMonitor va "Готово".

Yorliq hosil bo'ldi, agar ishga tushirsak, monitor qop qora bo'lib qoladi. Agar yorliq emas klaviatura orqali bu ishni qilmoqchi bo'lsangiz:
1. Hosil bo'lgan yorliq ustida sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va "Свойство".
2. Ochilgan oynadagi, "Быстрый вызов" qismiga sichqonchani bosib, klaviaturadigi biror harfni bosamiz, misol uchun W. Shunda yozilgan joy CTRL+ALT+W qatoriga o'zgaradi va OK deb chiqib ketamiz.
3. Endi, CTRl+ALT+W tugmalarini birga bossak, yorliq ishga tushadi va monitor qorong'ilashadi.
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Windows x32 va x64 nima farqi bor

Siz operatsion tizimni o'rnatganingizda yoki eng so'nggi mikro protsessorli kompyuter sotib olganingizda, 32 va 64 bitli variantlarni ko'rgansiz.

Bu protsessor CPU registridan qancha xotiraga ega bo'lishi mumkinligini anglatadi.

Deyarli so’nggi 10 yildan buyon barcha protsessorlar 64 bitni qo’llab quvvatlaydigan holda ishlab chiqarilmoqda.

32 bitli va 64 bitli operatsion tizimlarning eng katta farqi shundaki, 32 bitli versiya faqat 4 GB dan kam RAM(operativ xotira) bilan ishlaydi. Bu shuni anglatadiki 4 Gb dan katta RAM(operativ xotirani) qolgan qismi ishlamay bekor turadi.

64 bitli operatsion sistemada esa deyarali har qanday hajmga ega RAM (operativ xotira) bilan ham bemalol ishlay oladi.

64 bit bu 32 bitdan ikki barobar katta degan ma'noni anglatmaydi.
Bu shuni anglatadiki
32 bit bu 2 darajasi 32 = 4 Gigabayt ,
64 bit bu 2 darajasi 64 = 16 Exabayt ga teng.
——————
👉 @Kompyuter_Bilimlari 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel Core i9

Intel Core i9 2017 yil may oyida yuqori samarali kompyuterlar uchun yechim sifatida taqdim etilgan. Ushbu yo'nalish Skylake mikro arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan.

Bu eng yuqori darajadagi juda kuchli protsessor. Core i9 protsessorlari 3D grafika va hatto VR(virtual reality) ga asoslangan yuqori darajadagi o'yinlarda ham qiynalmay ishlaydi.

Core i9 protsessorlari 20 MB kesh xotirasiga ega, bu takrorlanadigan vazifalar tezligini ancha oshirishi mumkin. Buning ustiga Core i9 protsessorlari 8, 10, 12, 14, 16 va 18 ta yadroga ega. Maksimal chastota(Turbo Boost) 5,0 gigagerts.

Agar siz ushbu protsessordan foydalansangiz, qo'shimcha qurilmalarning ham yuqori darajada ekanligini unutmasligingiz kerak, aks holda Core i9 ning asosiy kuchi behuda ketadi.
—————

©️ @Kompyuter_Bilimlari
Windows tizimida, hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish

Odatda, Windows tizimining quyi o'ng tomonida soat va sana ko'rinib turadi, misol uchun:
10:34
27.08.2020
Biz shu ma'lumotga, hafta kunlarini ham qo'shishni ko'rib chiqamiz, ba'zan shu ma'lumot ham kerak bo'lib qoladi. Windows tizimini qaysi tilni o'rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.
Hafta kunlarini 2 xil ko'rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan(Чт) va to'liq(четверг).

Ko'pchilik tizimni rus tilidagisini qo'yganligi sababli, hafta kunlarini o'zbekcha tarjimasini eslatib o'taman:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)

Soat oldidagi ma'lumotlarga, hafta kunlarini chiqarish:
1. Win + R → control va Enter yoki Пуск → Панель управления
2. Hosil bo'lgan menyudan, "Региональные стандарты" tanlanadi.
3. Paydo bo'lgan oynaning, quyi qismidagi "Дополнительные параметры" tugmasi bosiladi.
4. Yuqoridan, "Дата" vkladkasiga o'tiladi.
5. "Форматы дата" bo'limidagi, "Краткая дата:" degan joyiga quyidagicha yozamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To'liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6
. "Применить" va OK.

Shundan so'ng, vaqt va sana haqidagi ma'lumotga, hafta kunlari ham qo'shiladi.

☝️Windows 10 tizimida tekshirildi.

©️ @Kompyuter_Bilimlari
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o'rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo'yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko'pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba'zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(" Рабочий стол")
. Ko'pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko'rishadi, vaholanki tizim qayta o'rnatilganda, bu fayllar o'chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko'chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2.
Download("Загрузки"). Bu yerda asosan, internetdan ko'chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo'lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko'chirib olmagan bo'lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o'rnatilganda, bular ham o'chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3
. "Корзина". Ba'zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko'z oldimda turmasin deb, "корзина"ga vaqtinchalik tashlab qo'yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o'rnatgan dasturlar, o'yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o'rnatganingizdan so'ng, oldin o'rnatgan dasturlarni o'rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo'ladi. Uning adresi:
C:\Users\user\AppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo'lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo'ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo'yiladi. Operatsion tizim qayta o'rnatilganda, brauzer ham o'chadi va vkladkalar ham o'chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O'rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o'rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o'taman.
5. Barcha o'rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo'ying, tizim o'rnatilganda barcha dasturlar o'chib ketadi, keyin ro'yhat bo'yicha dasturlarni o'rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo'lgan narsalar, qo'shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma'lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo'yish mumkin

©️ @Kompyuter_Bilimlari
​Matn muharrirlarida, sehrli CTRL tugmasining 3 imkoniyati
#foydali

Matn muharrirlari deganda - odatda Word, Notepad, WordPad va shunga o'xshash matn bilan ishlaydigan dasturlar tushuniladi. Bu dasturlarda asosan, matn teriladi va shu matn har xil ko'rinishlarga keltiriladi.

Qayerda matn bo'lsa, o'sha yerda CTRL tugmasi bilan quyidagi ajoyib ishlarni qilish mumkin:

1. Yozilgan matndagi biror qism kerak bo'lsa, odatda kursor yordamida bitta-bitta simvol orqali o'tamiz yoki sichqonchadan foydalanamiz. Sichqoncha, ikkita qo'lda matn teruvchilar uchun ortiqchalik qiladi, hayol buziladi.
Shunday ekan, kerakli joyga kursor yordamida harfma-harf o'tmasdan, CTRL tugmasini bosib turgan holda o'tilsa, kursor so'zma-so'z o'tishni amalga oshiradi.

2. Biror matnning biror qismini o'chirish kerak bo'lsa, Backspace tugmasidan foydalanamiz, bu tugma harfma-harf o'chirishni amalga oshiradi. Agar, CTRL tugmasini bosgan holda, Backspace tugmasi yordamida matnni o'chirsak, o'chirilish so'zma-so'z amalga oshiriladi.

3. Matnning biror qismini belgilash kerak bo'lsa, CTRL+SHIFT tugmalarini bosgan holda, kerakli ko'rsatkich(klaviaturadagi o'ng va chap strelka)lar bosilsa, matn so'zma-so'z belgilanadi.

☝️Bu imkoniyatlar, istalgan matn yozish mumkin bo'lgan joyda ishlaydi, misol uchun, telegramda post yozishda, brauzerdagi URL qatorda, hattoki grafikasi mavjud bo'lgan Linux tizimlaridagi matn muharrirlarida ham(Red Hat distributivida tekshirildi).

© @Kompyuter_Bilimlari
​​Kompyuterni yonish ketma-ketligi


Demak, kompyuterni yoqishdan boshlab operatsion tizim yonguncha bo'lgan bosqichlarni ko'rib chiqamiz:

1. Power(Yoqish) tugmasi bosilgandan so'ng, dastlab blok pitaniya tekshiriladi, u berayotgan kuchlanishlar to'g'riligi analiz qilinadi va hammasi joyida bo'lsa, Power good signali protsessorga yetib boradi(taxminan 0,5 sekund vaqt ketadi).

2. Protsessor bu signalini qabul qiladi va o'z xotirasini tozalaydi(Reset memory).

3. So'ng, ROM(read only memory, faqat o'qish uchun mo'ljallangan xotira) mikrosxema ichiga o'rnatilgan BIOS(basic input output system) nomli dastur ishga tushadi.

4. BIOS dasturini eng birinchi bajaradigan vazifasi, POST(Power-On Self-Test) nomli dasturni chaqirish.

5. POST dasturi kompyuterning apparat qismlarini tekshiradi:
- operativ xotirani;
- protsessorni;
- BIOS dasturini;
- qolgan kiritish chiqarish qurilmalarini.

Nimaga asosan tekshiriladi? degan savol o'rinli.
Qurilmalar tekshirish natijalarini CMOS deb nomlangan mikrosxemadagi oldingi natijalar bilan solishtiradi, qandaydir o'zgarish yoki yengilik bo'lsa, CMOS'dagi qiymatni o'zgartirib qo'yadi.
CMOS'dagi qiymatlar, kompyuterdagi dumaloq batareya quvvati orqali saqlanib turiladi.

POST dasturini ishlashini ekranda ko'rishingiz mumkin, kompyuter yonganda qurilmalar haqida ma'lumotlar chiqishni boshlaydi, shu jarayonda POST dastur ishlayotgan bo'ladi.

Demak, umumlashtirsak, dastlab blok pitaniya tekshirildi, undan so'ng, BIOS ishga tushdi, BIOS dasturi POST dasturni ishga tushirdi, u dastur hamma qurilmalarni tekshirib berdi, hammasi joyida davom etamiz.

6. BIOS POST dasturdan natijani olgandan so'ng, jarayonni Boot menyuga beradi(MBR - Master boot record), boot menyu orqali nima yuklanishi aniqlanadi:
- Windows tizimlari uchun Ntldr, bootmgr kabi fayllar qidiriladi;
- Linux tizimlari uchun GRUB fayl qidiriladi.

Topilgan fayl asosida biror operatsion tizim yoki yuklanuvchi disk, fleshka ishga tushadi. Keyingi jarayonlar operatsion tizimga yuklatiladi, demak sizga).

☝️Kompyuter yonishining qisqa jarayoni shu bosqichlarni o'z ichiga oladi, post uzun bo'lib ketmasligi uchun, ba'zi joylarni umumiylashtirdim, umuman olganda shuni o'zi yetarli bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, ko'p dasturchi, hattoki sistemshiklar ham bu bosqichlarni yaxshi bilishmaydi (siz bilib oldingiz)😁.

© @Kompyuter_Bilimlari
Notebook afzallik va kamchiiliklari haqida to'liq info
(yana ham to'latish sizning qo'lingizda)

Ko'pchilik kompyuter olmoqchi bo'lsa, uning xarakteristikasidan oldin, notebook yoki statsionar kompyuter olish haqida o'ylaydi.
Demak, dastlab notebook haqida gaplashamiz, uni sotib olsangiz nimalardan yutasiz va nimalardan yutqazasiz birma-bir ko'rib chiqamiz.

Notebook sotib olsangiz qanday qulayliklarga ega bo'lasiz:

🔹Mobillik. Maxsus(!) sumkaga solib, istalgan joyga o'zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Eng asosiy afzalliklaridan biri.
🔹Avtonom rejim. O'zida mavjud bo'lgan akkumlyator orqali ishlashi. Istalgan joyga olib borishdan tashqari, u yerda ishlashingiz ham mumkin. Tok manbai qidirib yurmaysiz.
🔹 Qo'shimcha modullarning mavjudligi. Wifi, Bluetooth, kamera kabi imkoniyatlardan foydalanish uchun qo'shimcha harajat qilmaysiz.
🔹 Energiya sarfi kam. Oddiy statsionar kompyuterga qaraganda, kam tok sarflaydi, shunga moslashtirilgan.
🔹 Shovqinsizroq. Kullerlar soni kamligi va ixchamligi orqali, ularni aylanishini unchalik sezmaysiz.
🔹Ixchamlik. Bu afzallik, ishlash jarayonida bilinadi, notebook'da ishlash uchun kichik stol ham bo'laveradi, katta joy talab qilinmaydi.

Endi, notebook sotib olsangiz, qanday muammolarga duch kelishingiz mumkinligini ko'rib chiqamiz:

🔻Moslashtirish. Ekran kichik va klaviatura ham biroz noqulay(ixchamlashtirilganligi uchun), agar ko'p vaqtingizni notebook bilan o'tkazadigan bo'lsangiz, alohida kattaroq monitor va klaviatura sotib olishingiz kerak bo'ladi.
🔻 Xizmat ko'rsatishdagi muammolar. Biror detalni almashtirish, ichidagi changlarni tozalash, kuchaytirish(upgrade) kabi vazifalarni bajarish ancha muammo.
🔻Sovutish tizimidagi nuqsonlar. Hajm kichik, ishlashi tez, bajaradigan vazifalar juda ko'p, demak yaxshigina qizish bo'ladi, uni sovutish uchun, statsionar kompyuterdagidek katta kullerlar qo'yishning iloji yo'q, kichik kuller va quyi qismidagi teshiklar sovutish tizimini tashkil qiladi. Bu yetarli emas, kamiga notebook'ni biror yumshoq sohaga qo'yib, teshiklarni ham yopib quyamiz.
🔻Mexanik ta'sirlarga chidamsiz. Notebook bo'lgandan keyin, u olib yuriladi va tashqa ta'sirlar ko'p bo'ladi, kimdur tegib ketadi, qo'ldan tushib ketadi, biror qattiq sohaga uriladi, bizning yo'llarda moshinada olib yurishni gapirmasa ham bo'ladi. Xullas, mexanik tas'irlar orqali tez buzilish ehtimoli bor.
🔻Portlar soni kam. Bitta USB portni misol qilish mumkin, ko'p notebook'larda 2 yoki 3 ta bo'ladi, shundan bittasi sichqonchaga. Undan tashqari, HDMI port bo'lsa, DVI topilmi qoladi, DVI bo'lsa, VGA topilmi qoladi, xullas portlar bilan muammo bor.
🔻Individual yig'ish imkoni mavjud emasligi. Siz komplekt notebook sotib olasiz, mana buncha HDD, shuncha RAM va protsessor mashnaqa bo'sin deb buyurtma qilaolmaysiz, borini olasiz.
🔻Narxi qimmat. Ha, narxi darhaqiqat qimmat, shu pulga kuchliroq statsionar kompyuter yig'ish mumkin.


© @Kompyuter_Bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Klaviaturada tez yozish bo'yicha saytlar:

www.typingclub.com — bu klaviturada tez, to'g'ri va xatosiz yozishni o'rgatadigan eng zo'r saytlarning biri.

tezyoz.uz — bu o'zbek tilida tez yozishni mashq qilish uchun eng yaxshi sayt.

play.typeracer.com — bu saytda do'stlaringiz yoki boshqalar bilan tez yozish bo'yicha musobaqalar o'tkazishingiz mumkin.

©️ @kompyuter_bilimlari
Siz qaysi Windows turini ishlatasiz.
Qolib ketganlari bo'lsa komentga yozamiz.)
Anonymous Poll
4%
Windows xp
21%
Windows 7
4%
Windows 7max
52%
Windows 10
15%
Windows 11
4%
Windows 12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Word faylni PDFga ozgartirish uchun video qollanma.

Kanalimizni kuzatishda davom eting...
——————————————-
©️ @Kompyuter_Bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter yonish paytida parol so'rashni o'chirish
#gif l #sozlama

ℹ️ Ushbu sozlamani amalga oshirish orqali kompyuter yonish paytidagi parol so'rash oynasini olib tashlash/yoqish mumkin.

Telegram | Bot