Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
14.9K subscribers
2.23K photos
408 videos
268 files
1.85K links
O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!

Mundarija: @kompyuterbilimlariuz

Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok

Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596

Asoschi: @rvraul

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Download Telegram
đŸ–Ĩ Windows 365 xizmatidagi Windows 11'ning standart fon rasmi

Š @kompyuter_bilimlari
Ko'pchilik so'rayapti - "Windows 10 Sun Valley chiqdimi" deb. Windows 11 fonida u esdan chiqib ketibdi)

đŸ–Ĩ Windows 10 oxirgi versiyasini yangi o'rnatib ko'rdim. Hali hamon o'sha-o'sha. 21H1 muqobil versiyada turibdi. Yangilanish yo'q.

🧑‍đŸ’ģ Sun Valley 21H2 versiya edi. Shundan so'ng, insayderga o'tib, Windows 10 21H2 versiyani ham o'rnatib ko'rdim. Versiya 21H2, lekin o'zgarishlar yo'q.

😄 Menimcha, Sun Valley yangilanishi Windows 11'ga aylanib ketdi. Windows 10 esa o'zgarishsiz qolgan.

đŸ’ģ Lekin shuni ayta olamanki, Windows 11, u uncha mos kelmaydigan kompyuterlarda haqiqatda biroz sekin ishlamoqda, masalan noutbukimda, uni protssesorim uncha "xushlamas" edi. Ammo, Windows 10 o'rnatgan edim, 11'dan ko'ra sezilarli darajada tezroq ishlamoqda.

— Xullas, kanalimizdan uzoqlashmang. Shundagina Windows yangiliklarini o'tkazib yubormaysiz.

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
🤔 Guruhimizda hali ham Windows 11'ni qayerdan olishni va qanday o'rnatishni so'rab murojaat qilishmoqda. Baraka topgurlar sal kanalni qidirsanglar hamma narsa bor o'zi. So'raganingiz esa mana:

â€ĸ Windows 11 yuklab olish & o'rnatish: link
â€ĸ Windows 11 aktivatsiya qilish: link

— Kanalimiz mundarijasi esa mana bu yerda: @kompyuterbilimlariuz

Š @kompyuter_bilimlari
đŸ”Ĩ Hech qanday crack yoki piratskiy bo'lmagan, toza Microsoft Office'ning eng so'nggi, 2021-yilgi versiyasini yuklab olishga nima deysiz?

🗃 Hozir siz bilan qanday qilib Microsoft Office LTSC 2021'ni o'rnatishni ko'rib chiqamiz.

âš ī¸ Buning uchun avval: siz internetga ulangan bo'lishingiz kerak. Office'ning yuklab olinishi 4-5GB atrofida internet va joy talab qiladi.

🗂 Yuklab olinayotgan Office'ning asosiy tili ingliz tili, lekin unda to'liq rus tili ham mavjud. Office'ning faqat Word, Excel, PowerPoint va Acess dasturlari o'rnatiladi xolos. Baribir boshqasidan foydalanmaysizku to'g'rimi?

— Birozdan so'ng uni o'rnatish postini tashlaymiz. Loading...

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
Microsoft Office LTSC 2021'ni quyidagicha yuklab olish & o'rnatish mumkin:

âŦ‡ī¸ Quyidagi .zip faylni yuklab oling va uni alohida papkaga ZIP'dan chiqaring. ZIP'dan chiqarilgan papka ichiga kiring va o'sha yerga klaviaturadagi SHIFT tugmasini bosgan holda sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosing. Ochilgan kontekst menyudan Open PowerShell windows here deganini bosing. PowerShell'ga quyidagini kiriting va Enter'ni bosing

.\setup.exe /configure .\configuration.xml

đŸ’ģ Enter'ni bosishingiz bilan Office o'rnatilishni boshlaydi. Uni aktivatsiya qilish talab qilinadi, lekin aktivatsiya qilmasangiz ham hech nima bo'lmaydi va hech qanday cheklovlar paydo bo'lmaydi.

Bosingizlar!

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
Microsoft Office LTSC 2021.zip
3.3 MB
Microsoft Office LTSC 2021

— Word
— Excel
— PowerPoint
— Access

👆 Qanday o'rnatish yuqoridagi postda yozilgan.

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
đŸ–ŧ Thio Joe tomonidan yaratilgan Bliss Neue fon suratlari

👨‍🎨 Thio Joe tomonidan yaratilgan boshqa suratlar: bu yerda

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
Forwarded from NIMAGA?
Nimaga "Chrome dino" o'yini uchun dinozavr tanlangan?

—
Xo'sh, nima uchun dinozavr mavzusi? Chrome dizayneri Sebastyan Gabrielning so'zlariga ko'ra, bu Internet mavjud bo'lmagan vaqtga, ya'ni "Dinozavrlar davriga" qaytish o'yinidir. Shuning uchun ham o'yin personaji sifatida dinozavr tanlangan.

— O'yin 2014-yil sentyabr oyida chiqarildi, lekin dastlab ba'zi platformalarda, ayniqsa eski Android qurilmalarida ishlashga qiynaldi. Bu qayta yozishni talab qildi va u o'sha yilning dekabriga qadar yakunlandi. Chrome UX muhandisi Edvard Yunga ma'lumotlariga ko'ra, o'yin har oy 270 million martadan ko'p o'ynaladi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
đŸ”Ĩ Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):

WIN + A
— Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun

âŒ¨ī¸ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
Forwarded from Self
🍎 18-oktabrda bo'lib o'tgan Apple taqdimotida nimalar taqdim qilindi?

— Apple Music uchun yangi Voice Plan nomli pullik obuna: narxi - oyiga $4.99

— HomePod mini aqlli ovoz kuchaytigichlari 3 xil qo'shimcha yangi ranglar bilan taqdim qilindi: narxi - $99

— Airpods 3: batafsil saytimizda

— M1 Pro va M1 Max chiplari

— Macbook Pro: batafsil saytimizda

🎞 Bo'lib o'tgan taqdimotni siz quyidagi link orqali Apple'ning rasmiy YouTube sahifasiga o'tib tomosha qilishingiz mumkin:

— https://www.youtube.com/watch?v=exM1uajp--A

👉 @ITvaTexnologiya
https://pointerpointer.com/

🖱 Ushbu saytga kiring va sichqonchangiz sahifaning qayerida turgan bo'lsa, sayt sichqoncha qayerdaligini ko'rsatib turgan odamning rasmini chiqaradi.

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari
Kompyuterni katta qiyinchiliklar kutmoqda)
đŸ’ģđŸ”Ģ

Unga rahmim kelmoqda 😅😅

Call of Duty: Warzone o'ynaganlar bormi?

ÂŠī¸ @kompyuter_bilimlari