Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
15K subscribers
2.23K photos
408 videos
268 files
1.85K links
O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!

Mundarija: @kompyuterbilimlariuz

Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok

Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596

Asoschi: @rvraul

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Download Telegram
Bunaqasi bo'lmagan: xakerlar 8.4 milliard parollarni o'g'irladilar

๐Ÿ“„ Bir necha kun oldin xakerlar forumiga "RockYou2021" nomli, 100 GB hajmdagi .txt fayl joylandi va u naq 8,459,060,239 parollarni o'z ichiga olgan. 12 yil avval ham xuddi shu kabi "RockYou" nomli faylda 32 million tarqatilgan edi.

๐Ÿคฏ Agar Ginnes-da parollarni o'g'irlash bo'yicha dunyo rekordi bo'lganda, bu safargisi rekordni yangilar edi. Chunki bundan avval atigi 3.4 milliard parol o'g'irlangan edi.

๐Ÿ”ฃ Parollar 6-20 belgidan iborat va Amerika standart kodlari va bo'sh joylar olib tashlangan.

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Hozirda dunyo bo'ylab internet foydalanuvchilari 4.7 milliard bo'lsa, RockYou2021 aholi sonidan ikki karra ko'proq parolni o'z ichiga oladi.

๐Ÿ“ฒ Parollar o'g'irlanibdi? Bizga ne g'am? Afsuski, ko'pchiligimiz turli xil platformalar uchun faqat bir xil paroldan foydalanamiz va shu sabab xakerlar o'g'irlangan parollar yordamida sizning Instagram-ingizga, Twitter-ingizga yoki siz ro'yxatdan o'tgan platformaga ortiqcha qiyinchiliklarsiz kirishlari mumkin.

๐Ÿ“œ O'g'irlangan parollar orasida sizning ham parollaringiz bor yoki yo'qligini bilish uchun: CyberNews LPS-dan foydalanishingiz mumkin.

๐Ÿ’ฅ Emailingiz buzilganligi yoki yo'qligini bilish uchun esa quyidagi uchta ishonchli saytlardan foydalanishni tavsiya etamiz:

โ€ข Have I Been Pwned?: link
โ€ข Avast Hack Check: link
โ€ข CyberNews PDLC: link

โš ๏ธ Parollaringiz o'g'irlanmagan yoki emailingiz buzilmagan taqdirda ham har doim ikki faktorli autentifikatsiya-dan foydalaning va parollaringiz tez-tez o'zgartirib turing.

ยฉ๏ธ Eng so'nggi IT yangiliklari: @kompyuter_bilimlari
Event Viewer

๐Ÿ–ฅ Odatda kompyuter sekin yoki qotib ishlasa muammo aynan nimada ekanligini bilish qiyin bo'ladi.

๐Ÿ’ป Windows-da tizimda bo'layotgan xatoliklarni yozib boradigan bir dastur bor: Event Viewer

โš ๏ธ Bu dastur yordamida siz sistemangizda yuz bergan xatoliklar va ogohlantirishlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

๐Ÿ” Start menyusidagi qidiruvdan event viewer deb qidiring va dasturga kiring.

โŒ Custom Views>Administrative Events-da siz kompyuteringizda yuz berga barcha xatoliklar haqida ma'lumot olishingiz va ularni to'g'rilashingiz mumkin.

๐Ÿ˜ฌ Masalan rasmdagi xatolik Windows aktivatsiyasi bog'liq ekanligini ko'rishingiz mumkin.

ยฉ๏ธ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Windows 11 uchun yana bir ishora

๐ŸŽž Kecha Windows-ning rasmiy YouTube kanaliga Windows 95, XP va 7 startup ovozlarining 4000 marta sekinlashtirilgan roppa-rosa 11 daqiqalik slo-fi remix videosi joylandi.

๐Ÿ˜‰ Video ostiga esa "24-iyun kuni bo'ladigan Microsoft tadbiri sabab kuchli hayajon bilan dam olishga qiynalyapsizmi?" deb yozilgan.

๐Ÿ”‰ Shuningdek, bu video startup ovoz Windows 11-da qaytishi mumkinligini ham bildiradi, chunki startup ovozlar faqat Windows 95-dan Windows 7-gacha mavjud, keyin esa Windows 8 va 10-dan olib tashlangan.

๐Ÿ˜„ Microsoft bizni yana "qitiqlab" qo'ymoqda. 24-iyun syuprizlarga boy kun bo'lishi mumkin. Kutamiz...

ยฉ๏ธ Eng so'nggi IT yangiliklari: @kompyuter_bilimlari
Battlefield o'ynaganlar bormi? EA-ni hack qilishibdi ๐Ÿ˜

๐Ÿ’ฅ FIFA, Battlefield, The Sims va boshqa ko'plab o'yinlar ishlab chiqaruvchi Electronic Arts xakerlar tomonidan buzilgan va 780 GB o'yin manba kodlari va boshqa ma'lumotlar sotuvga qo'yib yuborilgan.

๐Ÿ“ฆ Xakerlar-ning aytishicha ular FIFA 2021-ning kod manbalari, shuningdek FIFA va Battlefield o'yinlari ishlaydigan Frostbite engine kod manbalari va vositalarini "chopishgan".

๐ŸŽฎ Gamer-lar haqida ma'lumotlar olinmagan, faqat cheklangan o'yin kodlari olingan.

โ„น๏ธ Kod manbalari bu o'yinning skelet qismiga o'xshagan bo'ladi va xakerlar o'g'irlaganliklarini ta'kidlashayotgan Frostbite engine-ni o'yin yaratish uchun juda kuchli vosita bo'lib, Battlefield va FIFA o'yinlari shu engine-ga asoslangan holda yaratilgan. Shuningdek, o'yin kod manbalari (PUBG-chilar yaxshi biladi) turli xil cheat(chit)-lar va aldov yo'li bilan masalan o'yindagi pullarni ko'paytirib olish kabi narsalarda ishlatilishi mumkin.

โ€”โ€”โ€”

๐Ÿ”ซ Postga qo'shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, shu yilning 22-oktabr oyida Battlefield otishma o'yin seriyasining yangisi, Battlefield 2042 chiqishi kutilmoqda va o'yin Frostbite engine-ga asoslanib yaratilgan. Unda online o'ynovchilar soni 128 tagacha chiqishi mumkin.

๐Ÿ˜Ž 9-iyun kuni Battlefield o'zining rasmiy YouTube kanalida Battlefield 2042-ning rasmiy treylerini chiqardi: link

ยฉ๏ธ Eng so'nggi IT yangiliklari: @kompyuter_bilimlari
Nimaga Windows 8 va 10-da startup ovozlari yo'q?

๐ŸŽž Windows foydalanuvchilarini tadqiqotchisi Jensen Harris o'zining YouTube sahifasiga nima uchun Windows 8 va 10-ning startup ovozlarini "o'ldirgan"ligi haqidagi videoni joyladi. Unda siz startup ovozlari qanday paydo bo'lganidan boshlab, nima uchun o'chirib qo'yilganicha batafsil bilib olishingiz mumkin.

๐Ÿ’ป Jensen Harris odamlar kompyuterlarini qayerlarda ko'proq ishlatishlari haqida izlanishlar olib borgan. Uning aytishicha, hozirgi kunda stol kompyuterlaridan ko'ra noutbuklar ko'proq sotilmoqda. Albatta, ular telefondan keyingi eng sevimli "ovunchog'imiz" bo'lib qolgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Kimdir ofisda, kimdir kafelarda, kimdir kutubxonalarda o'z noutbuklaridan foydalaniladi va endi tasavvur qilib ko'ring: ommaning ichidasiz, kompyuteringiz yoqdingiz va birdan startup ovozi jarangladi, hamma sizga 3 soniyaga bo'lsada qaraydi va albatta bu barchamizni noqulay vaziyatga tushirib qo'yadi.

๐Ÿ‘จ๐Ÿผโ€๐Ÿฆฒ Jensen Harris ham o'zining Macbook Pro noutbuki bilan bo'lgan voqeani aytib berdi:

"Voqea tun vaqtida yuz bergan edi. Bizning yangi chaqalog'imiz bor edi. Men tun yarmida kompyuterimni internet uchun yoqmoqchi edim, lekin noutbuk ovozi o'chirilganmi yoki yo'q eslolmas edim. Tushindimki, menda kompyuter yoqish tugmasini bosish va C majordagi jarangdor startup ovozni eshitish yoki eshitmaslik va uxlayotgan chaqalog'imizni uyg'otib yubormaslik imkoniyati 50/50 edi va men tavakkal qilishdan ko'ra, noutbukni yoqmaslikka qaror qilgandim. O'sha daqiqada ichimda bir nima chaqnadi va startup ovozining bo'lishi kunning istalgan vaqtida kompyuterdan foydalanadiganlar uchun yomon xususiyat ekanligini tushundim va Windows 8-dan ovozni o'chirish uchun jamoamni yig'dim."

๐Ÿ”‰ Startup ovozlari Windows 10-da butunlay olib tashlanmagan. Ular shunchaki o'chirib qo'yilgan. Yoqish uchun:

๐Ÿ” pastki chap burchakdagi qidiruv maydonida change system sounds deb qidiring va natijadagi dasturga kiring. Play Windows Startup sound-ni belgilab qo'ying va Apply-ni bosing va OK-ni bosing.

โ—ผ๏ธ Kompyuteringizni o'chiring.
โ—ป๏ธ Kompyuteringizni yoqing.

๐Ÿคค Nostalgia shunday emasmi?

ยฉ๏ธ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
O'zimiz uchun tezkor tugmalar yaratamiz

โŒจ๏ธ Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish va vaqtda ozgina bo'lsa ham yutish uchun programmalarimizni klaviatura kombinatsiyalari bilan ochishni ko'rib chiqamiz.

๐Ÿ’ป Istalgan programmangiz yorlig'i ustiga sichqoncha chap tugmasi bilan bosing eng pastdagi Properties-ga kiring.

*๏ธโƒฃ Shortcut key-ga Ctrl + Alt + "istalgan harf"-ni kiriting va Apply, OK-ni bosing.

๐Ÿ˜‰ Endi Ctrl + Alt + "kiritilgan harf"-ni bosganingizda sizga programmangiz ochiladi.

ยฉ๏ธ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Forwarded from Self
Microsoft-dan Windows 11 uchun yana bir belgi

๐Ÿ–ฅ 24-iyun kuni bo'ladigan Microsoft tadbirida katta ehtimol bilan Windows 11 operatsion tizimi taqdim qilinishi kutilmoqda. Buni Microsoft-ning biz ko'rsatayotgan ishoralaridan bilishimiz mumkin.

๐Ÿ•š Eng boshida Microsoft 24-iyun kuni barchani o'zining onlayn taqdimotiga taklif qilgan edi va o'sha taklifnoma o'zidayoq Windows 11 uchun bir-ikki ishoralar bor edi.

๐ŸŽž Undan keyin Windows o'zining YouTube kanalida 11 daqiqalik videosini joylashtirdi.

๐Ÿง  11-iyun kuni esa Microsoft o'z Twitter sahifasida "Ketma-ket virtual uchrashuvlar juda og'ir, ammo tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oddiy davo - bu qisqa tanaffuslar" dedi va maqola uchun link qoldirdi.

โธ Miyaga dam berish kerakligi haqidagi maqolaning rasmida pauza belgisi 11 raqamiga o'xshashi ko'pchilikning e'tibori tortdi va bu ham Microsoft-ning Windows 11 uchun yana bir belgisi sifatida qabul qilindi.

๐Ÿ˜‰ Siz ham Windows-ning yangi avlodini kutyapsizmi?

ยฉ๏ธ IT olamidagi trend yangiliklar: @ITvaTexnologiya
๐Ÿ˜‚๐Ÿคฃ

๐Ÿ˜… Siz qanaqa geymersiz?

ยฉ๏ธ @kompyuter_bilimlari
Windows 10 qachon "pensiyaga chiqish" sanasi ma'lum bo'ldi

โšฐ๏ธ Microsoft o'zining Windows 10 operatsion tizimi "dafn qilish" kunini ma'lum qildi. Unga ko'ra, 2025-yil 14-oktabrdan boshlab, Windows 10-ni qo'llab-quvvatlash to'xtatiladi.

โš ๏ธ Bu nimani anglatadi? Windows 10 bilan kompyuteringiz avvalgiday ishlayveradi, lekin siz ortiq Windows 10 uchun xavfsizlik yangiliklarini qabul qilmaysiz. Masalan, Windows 7-ni qo'llab-quvvatlash 2020-yil 14-yanvarda tugatilgan va hozirda Windows 7 foydalanuvchilari kompyuterlari xavf ostida ekanligini bilmaydilar. Vaholanki, Microsoft tizimni qo'llab-quvvatlar ekan, kompyuteringiz himoya ostida bo'ladi.

8๏ธโƒฃ Shuningdek, Windows 8 uchun qo'llab-quvvatlash 2016-yili 12-yanvarda tugatilgan. Windows 8.1 uchun esa qo'llab quvvatlash 2023-yil 10-yanvarda tugatiladi.

๐Ÿ˜‰ Sizchi? Hali ham qo'llab-quvvatlanishi tugatilgan Windows-dan foydalanasizmi yoki zamon bilan hamnafas bo'lib yurasizmi?

ยฉ๏ธ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Klaviaturada yozishni yorvoradiganlar uchun sayt

โŒจ๏ธ www.play.typeracer.com sayti orqali siz dunyo bo'ylab boshqalar bilan klaviaturada tez yozish bo'yicha musobaqalashishingiz mumkin. Shuningdek, saytda o'zingizni tez yozish bo'yicha shug'ullantirishingiz va do'stlaringiz bilan musobaqalar uyushtirishingiz mumkin.

๐Ÿ˜‰ 20 tacha odam "ha" deb izoh qoldirsa, kechga shu saytda musobaqa qilamiz.

ยฉ๏ธ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Klaviaturada yozishni yorvoradiganlar uchun sayt โŒจ๏ธ www.play.typeracer.com sayti orqali siz dunyo bo'ylab boshqalar bilan klaviaturada tez yozish bo'yicha musobaqalashishingiz mumkin. Shuningdek, saytda o'zingizni tez yozish bo'yicha shug'ullantirishingizโ€ฆ
Knopchniy geroylar! Onlaynmisizlar?

โŒจ๏ธ 20 tacha "ha" degan ovoz bo'lsa kechga klaviaturada yozish bo'yicha musobaqa qilamiz degandik. Aktiv obunachilarimizga rahmat, 20 tadan ancha ko'payib ketdi ovozlar.

๐ŸŽ Demak, ushbu link orqali musobaqaga qo'shilishingiz mumkin:

๐Ÿ”— https://play.typeracer.com?rt=1w31y3pz5d

๐Ÿ Link orqali o'tasiz va Join Race tugmasini bosing, musobaqa qo'shiling. 2-3 marta o'ynaymiz va g'olibni e'lon qilamiz.

๐Ÿšฉ Boshladik!

ยฉ๏ธ @kompyuter_bilimlari
๐Ÿ Musobaqamiz tugadi!

1๏ธโƒฃ Birinchi musobaqa g'olibi Kompyuter Bilimlari kanali admini;
2๏ธโƒฃ Ikkinchi musobaqa g'olibi esa no'malum mehmonimiz bo'ldi. Agar no'malum mehmonimiz buni o'qigan bo'lsa, kommentariyaga ismingizni yozib qoldiring;
3๏ธโƒฃ Uchinchi musobaqamiz g'olibi Ziynatulloh;
4๏ธโƒฃ To'rtinchi musobaqamiz g'olibi ham Ziynatulloh bo'ldi;
5๏ธโƒฃ Nima ham derdik beshinchi musobaqamiz g'olibi ham Ziynatulloh bo'ldilar.

๐Ÿ† G'olib Ziynatulloh! Tabriklaymiz!

๐Ÿ˜‰ Albatta bu qiziq bo'ldi. Xudo xohlasa keyingi seshanba 21:00 da yana shunday musobaqa o'tkazamiz. Ungacha esa yaxshilab tayyorlanib turing!

๐ŸŒ Ha aytgancha play.typeracer.com saytidan ro'yxatdan o'tib qo'ying. Shunda siz ham no'malum mehmon bo'lib qolmaysiz!

ยฉ๏ธ @kompyuter_bilimlari
Boom!

๐Ÿ–ฅ
Xitoyning Baidu saytida Windows 11 skrinshotlari joylandi. Ishonchli manbalardan bo'lgan The Verge ham bu haqida yozmoqda.

๐Ÿคฉ Rasmdan ko'rish mumkinki Microsoft Windows 10X chiqarishni bekorga to'xtatib qo'ymagan ekan. Windows 10X funksiyalari Windows 11-ga o'tkazilgan. Buni taskbar ikonkalari markazlashganidan ko'rishingiz mumkin.

๐ŸŽ‰ Shuningdek, 24-iyun kuni "tochni" Windows 11 taqdim qilinadi. Buni ikkinchi skrinshotdagi Settings menyusidagi Edition-dan bilib olish mumkin.

P.S. Mazzami? A? Mazzami?

ยฉ๏ธ Eng so'nggi IT yangiliklari: @kompyuter_bilimlari
Audio
๐Ÿ”‰ Kechagi Windows 11 skrinshotlari bilan birga, uning startup ovozi ham tarqalgan.

๐ŸŽž Windows 11-da startup ovozi bo'lishiga ishora qilgan holda Windows o'zining YouTube kanalida 11 daqiqalik video joylagan edi.

๐Ÿ˜‰ Startup ovoz sizga yoqdimi?

ยฉ๏ธ Eng so'nggi IT yangiliklari: @kompyuter_bilimlari
Windows 11 ish stoli fonlari ham tarqaldi

๐Ÿค Barchasi ZIP faylda kanalimizga joylandi.

ยฉ๏ธ @kompyuter_bilimlari
Kompyuter Bilimlari kanalida eksklyuziv!

1๏ธโƒฃ1๏ธโƒฃ Kecha Windows 11 skrinshotlari bilan birga uni o'zi ham tarqalgan edi. Tarqalib ketgan Windows 11 versiyasi muqobil versiya emas. Windows o'zining Twitter-ida tarqalib ketgan Windows 11-ni bu hali boshlanishi dedi.

๐Ÿ–ฅ Windows 11-ni ko'pchilik Hyper-V orqali virtual mashinaga o'rnatib ko'rgan. Biz ham Windows 11-ni yuklab oldik va Windows 10 bilan dual boot qilmoqchi edik, afsuski, kompyuterimiz Windows 11-ni o'rnatish uchun minimal talabalarga javob bermas ekan. Kompyuterimiz 4 GB RAM, 500 GB xotira va AMD A4-9120 RADEON R3 protsessorda edi. Endi uni kuchliroq kompyuterga o'rnatib ko'ramiz va sizga ham o'rnatish, dual boot bo'yicha videodarslikni ulashamiz albatta.

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Windows 11 o'rnatilishi ham xuddi Windows 10-niki kabi sodda va agar kim tushunsa Windows 11-ni yuklab olib, o'rnatib ko'rishi mumkin:

๐ŸŒ Windows 11-ni to'g'ridan-to'g'ri brauzerdan yuklab olish uchun: link

โ˜๏ธ Windows 11-ni Mega cloud orqali yuklab olish uchun: link

๐Ÿ‘‰ Yuqoridagi link-lar ishlamasa bunisidan foydalaning: link

๐Ÿ’พ Dual boot qilmoqchi bo'lgan Windows 11 uchun kamida 200 GB ajrating chunki ayrimlar Twitter-da Windows 11 drayverlari 130 GB atrofida joy band qilganini aytgan edi.

๐Ÿ˜‰ Eslatib o'tamiz bu Windows 11 va bu hali muqobil versiya emas. Bosingizlar!

ยฉ๏ธ @kompyuter_bilimlari
Windows 11 SE

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Windows 11 tarqalib ketgan bir vaqtda, Windows 11 SE deganlari ham chiqib ulguribdi. XDA developers-ning ma'lum qilishicha, Windows11-ni "kashf qilish" jarayonida Windows 11 SE-ga duch kelishgan.

๐Ÿ–ฅ Windows 11 SE - bu bir vaqtlar "Windows 10 Cloud Edition" deb atalgan, keyin esa "Windows 10 S", keyin esa "Windows 10 in S mode" nomiga o'zgartirilgan, Windows-ning xususiyatlari cheklangan nashri davomchisi bo'lishi kutilmoqda. Xususiyatlari cheklangan degani: Windows-ning bu kabi nashri Microsoft Store ilovalaridan boshqa ilovalarni qo'llab-quvvatlamaydi, ya'ni siz Windows-ga istalgan dasturingizni internetdan olib o'rnata olmaysiz. Bunga asosiy sabab xavfsizlik va tizimning tez va yaxshi ishlashidir.

๐Ÿšซ Rasmda Settings-dagi ayrim sahifalar yo'qligini Microsoft Store ham bloklanganligini ko'rishingiz mumkin.

๐Ÿ˜‰ Windows-ning bu nashri "kompyuterim eski va Windows 10 yoki 11-ni ko'tarmaydi" deydiganlar uchun yengil operatsion bo'lib xizmat qilishi mumkin.

ยฉ๏ธ @kompyuter_bilimlari