Kompyuterni o'rganish
1.36K subscribers
508 photos
212 videos
156 files
208 links
👀 10.01.2018 👀
✔️Bu kanalda 🖥kompyuterni💻 o'rganishingiz mumkin!💯
📈Foydali Kanal bo'ladi
===============
Bot:t.me/Komputerni_organish_bot
Reklama:https://t.me/komputerni_organish_reklama

💻Kompyuter bo`yicha savol yoki murojat:
✔️ @F_Mirzamalikov
Download Telegram
Juda kerakli sozlashlarni, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yish
#ancha_foydali

Ko'p ishlatiladigan dasturlar, xujjatlar, o'yinlar, musiqa fayllari, odatda, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yiladi, bu to'g'ri tanlov, lekin bu bilan ish stolingizni to'latib tashlamang, aks holda u yerdan ham kerakli xujjatlarni topish qiyinlashadi.

Windows tizimini sozlash uchun, ancha imkoniyatlar mavjud, faqat bu imkoniyatlarni qidirib topish lozim. Quyida ba'zi sozlashlarni(ko'p ishlatiladigan) yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yishni ko'rsataman.

1. Ish stolida sichqonchani o'ng tugmasini bosammiz va:
Создать → Ярлык
2
. "Укажите расположение объекта:" qismiga nimani yorlig'ini chiqarish kerakligi yoziladi, quyida qanday kalit so'z yozilsa, nimani yor'lig'ini ish stoliga chiqarish mumkinligini keltirib o'taman:
• ms-settings: - "Параметры Windows" asosiy sozlash oynasini chiqarish;
• ms-settings:display - "Дисплей" ekranni sozlash oynasi;
• ms-settings:sound - "Звук" ovozni sozlash oynasi;
• ms-settings:mousetouchpad - "Мышь" sichqonchani sozlash oynasi;
• ms-settings:network - "Сеть и интернет" tarmoqni sozlahs oynasi;
• ms-settings:personalization-background - "Фон" ish stoli fonini o'zgartirish oynasi;
• ms-settings:personalization-start - "Пуск" menyusini sozlash;
• ms-settings:taskbar - "Панел задач" oynasi;
• ms-settings:dateandtime - "Дата и время" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsupdate - "Центр обновления Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsdefender - "Защитник Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:privacy-accountinfo - "Сведения учетной записи" oynasi;
• ms-settings:easeofaccess-keyboard - "Клавиатура" oynasi;
vahokazo.
3. Kerakligini yozasiz va "Далее".
4. Faylga nom berasiz va "Готово".

Ish stolida siz tanlagan sozlash oynasi paydo bo'ladi, shu orqali kerakli sozlashni tez ishga tushirishingiz mumkin.
HDMI (High Definition Multimedia Interface ) - nimasi afzal.

HDMI
kabeli yuqori aniqlikdagi multimedia interfeysi hisoblanadi, HDMI texnologiyasi HDTV, Proektor, DVD pleyer, Monitorlar va boshqa qurilmalarda qo'llaniladi.

HDMI standart, takomillashtirilgan va yuqori aniqlikdagi video signallarni va raqamli audio signallarni uzatishga qodir.

Ular 15 metrgacha bo’lishi mumkin, ammo foydalanuvchilarga ortiqcha uzun kabel sotib olish tavsiya etilmaydi, chunki bu signalning buzilishi yoki yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

Barcha kompyuterlar va video kartalarda HDMI portlar mavjud emas; kompyuteringizda Display Port, DVI yoki VGA portlar bo’lishi mumkin. Bu portlar haqida keyingi postlarda ma’lumot beramiz.
💻 IT sohalari uchun kompyuter tanlaymiz.

Grafik-dizaynerlar uchun:
i5 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD 256Gb (Minimal)
i7 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

3D Modellashtirish uchun:
i5 / 8Gb RAM / 4Gb VRAM / SSD+HDD (Minimal)
i7/i9 / 12Gb RAM / 4Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

Dasturlash uchun:
i5 / 8Gb RAM / 2Gb VRAM / SSD 512Gb
i7/i9 / 8Gb RAM / 2Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)

SMM & Marketing uchun:
i5 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD 256Gb (Minimal)
i7 / 8Gb RAM / 2 Gb VRAM / SSD+HDD (Recommend)
Smartfoningizni blokdan chiqarishga harakat qilgan insonni rasmi bilan joyini aniqlaymiz

Kanalda asosiy postlar kompyuter haqida bo'lmoqda, bu safar smartfonlar xavfsizligi haqida yozaman.

Smartfoningizni yo'qotib qo'ydingiz yoki kimdur siz yo'qligingizda uni blokdan chiqarishga harakat qildi, siz shu holatda o'sha insonni rasmi, agar smartfoningiz yo'qolgan bo'lsa, uni koordinatasini bilib olishingiz mumkin. Bu ma'lumotlar elektron pochtangizga keladi.

Bu ishlarni Android tizimi uchun Lockwatch ilovasi qilib berishi mumkin. Demak dasturni Play Market orqali o'rnatasiz va quyidagicha sozlaysiz:
1. "Отправить уведомление по email" punktini yoqasiz.
2. "Количество попыток разблокировки" punktida, necha marotaba xato tersa, shu insonni rasmi va koordinatasini jo'natish kerakligini o'rnatasiz.
3. "Отправка email на адрес" punktiga, qaysi e-mail addressga jo'natish kerakligini kiritasiz (Gmail pochtalariga jo'natdi, mail.ru pochtasiga jo'nataolmadi).

Dastur sizdan, administrator ruhsati va ba'zi kataloglarga ruhsat so'raydi, ilovani ishlatmoqchi bo'lsangiz ruhsat berasiz.
Hamma narsa sozlangandan keyin, smartfonga kod qo'yasiz(raqamli kod yoki grafikli kod) va ochishda xato kod tersangiz, smartfon oldi kamerasidan sizni rasmga oladi va o'rnatilgan pochtaga jo'natadi.

Ilova quyi qismida tushuntirish berib o'tilgan, ya'ni:
- rasmga olishi uchun kamida 4 ta raqam(kod) terilishi lozim;
- xato terilgandan so'ng, 10 sekund ichida to'g'risini termasligingiz kerak;
- pochtani kirish bo'limiga mobodo xat kelmasa, spam bo'limidan qidiring(men tekshirganimda asosiy kirish bo'limiga tushdi)
Qanchalar haqiqat ?
Fikirlarni komentda kutaman.
👉 @komputerni_organish
Klaviaturada tez yozish haqida video qlaylikmi?
Anonymous Poll
86%
Albatda😎
12%
Men sizdan tez yozaman-ku😂
3%
Xar doimgidek men negativchiman😏
Telegram'dan $50.000 va $60.000 lik tanlovlarni kutib oling!

Telegram 2021-yil uchun ajoyib tanlovlarni e'lon qildi. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin, asosiysi ular talab qilgan narsani tayyorlash kerak.

• C/C++ da kutubxona yozish — $50.000
C/C++ tilida
shunday algoritm yozish kerak-ki, u orqali kanalning tili va tematikasini aniqlash lozim. Algoritm kanalning nomi, biosi va postlardagi xabarlar orqali aniqlaydi. Algoritm Debian GNU/Linux 10.1 (buster), x86-64 8 yadro va 16 Gb RAM serverida sinab ko'riladi.

• Android'dagi xato va kamchiliklarni topish va tuzatish — $60.000
Telegramn Androidda xatoliklar, qiyshiq animatsiyalar, dasturdan «otib yuborishlar», qotishlar kabi xatolarni tuzatish kerak. Qatnashuvchilar barchasini tuzatib bo'lganlaridan so'ng, kompilyatsiya qilib tayyor .apk faylni @contestbot ga yuborishlari kerak, shu bilan birga Github'da qaysi kamchiliklar tuzatilgani haqida yozib, link jo'natish kerak.

👉 @komputerni_organish#telegram #contest
Kompyuteringiz virus bilan zararlanganini qayerdan bilishingiz mumkin?
#foydali

Viruslar shunday aqlli bo'lib ketmoqdaki, ko'p hollarda antivirus o'rnatib ham, ulardan himoyalanaolmay qolmoqdamiz. Shunday ekan, to'liq antivirusga ishonmasdan, o'zingiz ham kompyuterni his qilib, hol-ahvolidan xabardor bo'lib borishingiz lozim.

Inson organizmiga qandaydir virus tushsa, uning ahvoli o'zgarishni boshlaydi(yo'tal, og'riqlar, isitma va hokazo.), kompyuterda ham shunday, virus tushdimi, kompyuter boshqacha ishlashni boshlaydi.

Demak, kompyuterga virus tushganini quyidagi holatlar orqali bilib olishimiz mumkin:

🔹 Antivirus dasturlar o'zidan-o'zi ishlamay qoladi, ya'ni bloklanib qolishi mumkin;
🔸 kompyuter ishlashi sezilarli darajada sekinlashadi;
🔹 protsessor(CPU) yoki tezkor xotira(RAM) maksimal darajada ishlashga harakat qiladi;
🔸 har xil reklamali banerlar, video roliklar o'zidan-o'zi paydo bo'lishni boshlaydi;
🔹 doimiy ishlab turiladigan fayllar ochilmay qoladi;
🔸 fayl tiplari o'zgarib qolishi mumkin;
🔹 siz o'rnatmagan dasturlar o'rnatib qolinadi;
🔸 fayllar yo'q bo'lib qoladi;
🔹 internetga ulanishda muammolar paydo bo'ladi yoki internet ishlashi ancha sekinlashadi;
🔸 kompyuter o'zidan-o'zi o'chib qolishi, qayta yuklanishi yoki o'chirish buyrug'ini bersangiz, o'chmasligi ham mumkin;
🔹 fayl va papkalar shiflranib qoladi;
🔸 siz hosil qilmagan fayllar paydo bo'lib qolishi mumkin;

Yuqoridagi sabablar asosiylari va ko'p uchraydigan holatlar, shunday ekan, kompyuter holatidan xabardor bo'lib boring.

☝️Ushbu sabablarning 70% qismi o'zim bilan ham sodir bo'lgan.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring:
klaviturada tez yozishni ikkinchi videosi chiqdi kanalga kirib albatda obuna bo`lib videoni ko`rishlariz mumkin.

https://www.youtube.com/channel/UCnwzfcx0cUAv7KN6bBnFPOA
https://www.youtube.com/channel/UCnwzfcx0cUAv7KN6bBnFPOA
🙉 Maymun video-o'yin o'ynamoqda. Ha, bu haqiqat!

Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi maymunning miyasida tajriba o'tkazdi. Tajribaga ko'ra, ular maymunning miyasiga tanga kattaligidagi chipni joylashtirdi va bu chip orqali maymun video-o'yinlarni ongi yordamida o'ynay boshladi.

Ilon Maskning aytishiga qaraganda, bu chip imkoniyati cheklanganlar uchun ishlab chiqarilgani, keyinchalik ushbu chipni rivojlantirib, ko'ngillilarda sinab ko'rilishi aytilgan. Maymun o'yin o'ynashining videosi esa 1 oydan keyin taqdim qilinishini ta'kidlab o'tdi, Ilon Mask.

👉 komputerni_organish — #neuralink
Agar zerikanlar bòlsa @murojat13bot botimizga yozsin iltimos faqat sózida turadigan bollar yozsin zerikmaslikka oid bir narsa tashab beraman. (Bu +18 emas)
Kompyuterdagi resurslarni(CPU, RAM, HDD, Network) doimiy nazorat qilish
#ancha_foydali

Kompyuterning asosiy resurslari bu - tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU), vinchester(HDD), tarmoqqa ulangan bolsa, tarmoq o'tkazish oralig'i. Ushbu resurslarni doimiy nazorat qilib borish, ish faoliyatingizni bir tekisda kechishini ta'minlaydi.

Nazorat qilish deganda - har bir resursning qancha qismi ishlamoqda, qanchasini ishlatish mumkin, qaysi dasturlar resurslarni qancha qismini band qilmoqda, disklarga tushayotgan yuklamalar, tarmoq orqali qancha traffik sarf bo'lmoqda va hokazolar tushuniladi.

Resurslarni nazorat qilish uchun, Windows tizimida "Монитор ресурсов" degan juda yaxshi utilita mavjud, ushbu utilita ishlashini yaxshilab tushunib olsangiz, kompyuterni his qilishni boshlaysiz.
Demak, ushbu utilitani ishga tushiramiz:
1. Win+R→cmd va Enter.
2. Hosil bo'lgan "Выполнить" oynasiga "resmon" deb yozamiz va Enter.

Shundan so'ng, sizga yuqorida sanalgan resurslarni online monitoring qilish oynasi ochiladi. Bu oyna orqali har bir resurs ishlashi haqida to'liq axborot olishingiz mumkin.

☝️Ushbu utilita Windows 10 tizimida ishlatib, tekshirib ko'rildi. Kompyuter sekin ishlashida, virus dasturlarni aniqlashda ushbu utilita ancha foydali bo'ladi, dastlab, ishlash mexanizmini yaxshilab tushunib oling.
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o'rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo'yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko'pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba'zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(" Рабочий стол")
. Ko'pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko'rishadi, vaholanki tizim qayta o'rnatilganda, bu fayllar o'chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko'chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2.
Download("Загрузки"). Bu yerda asosan, internetdan ko'chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo'lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko'chirib olmagan bo'lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o'rnatilganda, bular ham o'chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3
. "Корзина". Ba'zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko'z oldimda turmasin deb, "корзина"ga vaqtinchalik tashlab qo'yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o'rnatgan dasturlar, o'yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o'rnatganingizdan so'ng, oldin o'rnatgan dasturlarni o'rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo'ladi. Uning adresi:
C:\Users\user\AppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo'lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo'ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo'yiladi. Operatsion tizim qayta o'rnatilganda, brauzer ham o'chadi va vkladkalar ham o'chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O'rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o'rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o'taman.
5. Barcha o'rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo'ying, tizim o'rnatilganda barcha dasturlar o'chib ketadi, keyin ro'yhat bo'yicha dasturlarni o'rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo'lgan narsalar, qo'shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma'lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo'yish mumkin

👉 @komputerni_organish
Windows tizimida, hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish

Odatda, Windows tizimining quyi o'ng tomonida soat va sana ko'rinib turadi, misol uchun:
10:34
27.08.2020
Biz shu ma'lumotga, hafta kunlarini ham qo'shishni ko'rib chiqamiz, ba'zan shu ma'lumot ham kerak bo'lib qoladi. Windows tizimini qaysi tilni o'rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.
Hafta kunlarini 2 xil ko'rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan(Чт) va to'liq(четверг).

Ko'pchilik tizimni rus tilidagisini qo'yganligi sababli, hafta kunlarini o'zbekcha tarjimasini eslatib o'taman:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)

Soat oldidagi ma'lumotlarga, hafta kunlarini chiqarish:
1. Win + R → control va Enter yoki Пуск → Панель управления
2. Hosil bo'lgan menyudan, "Региональные стандарты" tanlanadi.
3. Paydo bo'lgan oynaning, quyi qismidagi "Дополнительные параметры" tugmasi bosiladi.
4. Yuqoridan, "Дата" vkladkasiga o'tiladi.
5. "Форматы дата" bo'limidagi, "Краткая дата:" degan joyiga quyidagicha yozamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To'liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6
. "Применить" va OK.

Shundan so'ng, vaqt va sana haqidagi ma'lumotga, hafta kunlari ham qo'shiladi.

☝️Windows 10 tizimida tekshirildi.