Kompyuterni o'rganish
1.36K subscribers
508 photos
212 videos
156 files
208 links
👀 10.01.2018 👀
✔️Bu kanalda 🖥kompyuterni💻 o'rganishingiz mumkin!💯
📈Foydali Kanal bo'ladi
===============
Bot:t.me/Komputerni_organish_bot
Reklama:https://t.me/komputerni_organish_reklama

💻Kompyuter bo`yicha savol yoki murojat:
✔️ @F_Mirzamalikov
Download Telegram
​​Fleshkadagi ma'lumotlarni himoyalash
#lifehack #xavfsizlik

☝️Post avvalidan aytib qo'yay, dastlab bu ishni bo'sh fleshka yoki kerakmas fayllar tashlagan holda bajarib, tekshirib oling. Kerakli fayllaringizdan ayrilib qolmang, lekin bu usul 100% ishlaydi, agar o'zingiz e'tiborsizlik bilan xato qilib quymasangiz. Bu usul Windows 7 tizimida tekshirildi va Windows 10'da ham ishlashi kerak.

Fleshkadagi ma'lumotlar muhimligiga qarab, undagi fayllarni hamma har hil himoya qiladi, kimdur parol qo'yadi, kimdur ko'rinmas qilib qo'yadi vahakazo.

Bu postda yana bir usulni o'rgataman, ya'ni fleshkani bir qaraganda ochilmaydigan qilish. Bu usulni ko'pchilik bilmaydi, bilsa ham bunday yopish mumkinligiga umuman qiziqmagan, hayoliga ham kelmagan.
Demak bizga kerak bo'ladi: NTFS tipida formatlangan fleshka(NTFS fayl tizimi), shu joyiga ahamiyat bering FAT, FAT32 formatdagi fleshkada bu usul ishlamaydi.

Qanday qilib NTFS tipida formatlaymiz?
1. Fleshkani kompyuterga ulaymiz.
2. Hosil bo'lgan fleshka harfi ustida sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va "Форматировать".
3. Format oynasi paydo bo'ladi, u yerdagi "Файловая система" bandidan NTFS fayl tizimini tanlaymiz.
4. "Начать".

Fleshka tayyor, endi bu fleshkaga kirishni ta'qiqlaymiz.
1. NTFS fayl tizimidagi fleshkani kompyuterga ulaymiz.
2. Kompyuter biror harf bilan bu fleshkani aniqlaydi, misol uchun F disk.
3. Shu harf ustida, sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va "Свойство".
4. Hosil bo'lgan oynadan, "Безопасность" vkladkasiga o'tamiz.
5. Shu vkladkada "Изменить" tugmasini bosamiz.
6. Quyida "Запретить" degan ustunni hammasini belgilaymiz va OK(Применить emas).
7. OK va yana OK.

So'ng, fleshkani uzib qaytadan ulang, Upss fleshka format so'ramoqdami yoki ochilmi qoldimi?

Havotirlanmang, yuqoridagilarni bajarib 6-bo'limdagi "Запретить" emas "Разрешить" ustunini belgilab chiqasiz va fleshka eski holiga qaytadi.

Eski holiga qaytarishning yana bir usuli:
"Безопасность" vkladkasiga kirib, "Дополнительно" tugmasi bosiladi va hosil bo'lgan oynadan "Изменить" tugmasi orqali "Тип" qismi "Разрешить"ga o'zgartiriladi.
Ko'pgina xorijiy saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda 6G internetining davri keldi degan postlar ko'paymoqda. Bitta savol hali bizga 5G to'liq yetib kelmagan davrda siz 6G ni tasavvur qila olasizmi?
Kommentlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.
​Kompyuter tez ishlashiga to'gridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan narsalar
#foydali

Ko'pchilikning muammosi, nimaga meni kompyuterim sekin ishlaydi? qanday tezlashtish mumkin?
Buning sababi va yechimi juda ko'p, dastlab kompyuteringizni yaxshilab tahlil qilib chiqish kerak, so'ng qandaydir yechim aytish mumkin.

Quyida, kompyuter tez ishlashiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan asosiy sabablarni yozib o'taman:

1. Protsessor chastotasi. Kompyuter bu hisoblash mashinasi, hisoblashlar esa protsessorda bajariladi. Protsessor chastotasi qanchalik katta bo'lsa, shuncha tez hisoblash amallari bajariladi(protsessor yadro va oqimlar soni haqida alohida boshqa postlarda yozaman).

2. Tezkor xotira. Qattiq disk(vinchester) va protsessor orasidagi vositachi. Bu xotira turi, qattiq diskka qaraganda ancha tez ishlaydi, shunday ekan qancha ko'p ma'lumotlaringiz bu yerda saqlansa, shuncha ma'lumotlarni o'qish tezlashadi va siz ishlaringizni tez bajara olasiz.

3. Qattiq disk. Ma'lumotlarning asosiy qismi shu yerda saqlanadi, shu sababli bu qurilmani ham tezkorini qo'yish lozim. Hozirda ko'pchilik SSD turini ma'qul ko'rishmoqda, ha, yaxshi tanlov, lekin biroz qimmat. Agar mablag' bilan muammo bo'lsa, HDD diskni tezkorrog'ini oling. Tezkorroq deganda, vinchester ichidagi disklarning aylanish tezligi yuqorirog'i tushuniladi: 7200RPM, 10000RPM, 15K RPM.

4. Defragmentatsiya. Agar vinchester SSD emas balki oddiy HDD bo'lsa, har oyda defragmentatsiya qilib turing. SSD bilan bu ishni amalga oshirish tavsiya etilmaydi, batafsil bu haqida quyidagi post orqali bilib olishingiz mumkin.

5. Bir vaqtda bir necha dasturlardan foydalanish. "Ko'rpanga qarab oyoq uzat" deganday, protsessor yadrosi va tezkor xotira hajmiga qarab, bir nechta dasturlardan foydalaning.

6. Viruslardan himoyalanish. Virusni bu ro'yxatga kiritmaslik, unga nisbatan hurmatsizlik bo'lardi). Viruslar ham dastur, ular ham tuzilishiga qarab, ancha-muncha resurslaringizni ishlatib yuborishi mumkin. Shunday ekan, albatta antiviruslardan foydalaning.

☝️Bular asosiylari, bulardan ham ustun turadigan yana bir sabab bor, bu siz ya'ni foydalanuvchi, agar foydalanuvchi sekin bo'lsa, kompyuter u uchun tez ishlay olmaydi, shunday ekan kanaldagi postlarni kuzatib, kompyuterda tez ishlashni o'rganib boring.
— Хитой 2029 йилдан 6G инернетни ишга тушишни режалашитирмоқда. У 5G га нисбатан 100 баробарга кучли бўлиши мумкин.

👉@komputerni_organish
​Kompyuter tez ishlashiga to'gridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan narsalar
#foydali

Ko'pchilikning muammosi, nimaga meni kompyuterim sekin ishlaydi? qanday tezlashtish mumkin?
Buning sababi va yechimi juda ko'p, dastlab kompyuteringizni yaxshilab tahlil qilib chiqish kerak, so'ng qandaydir yechim aytish mumkin.

Quyida, kompyuter tez ishlashiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan asosiy sabablarni yozib o'taman:

1. Protsessor chastotasi. Kompyuter bu hisoblash mashinasi, hisoblashlar esa protsessorda bajariladi. Protsessor chastotasi qanchalik katta bo'lsa, shuncha tez hisoblash amallari bajariladi(protsessor yadro va oqimlar soni haqida alohida boshqa postlarda yozaman).

2. Tezkor xotira. Qattiq disk(vinchester) va protsessor orasidagi vositachi. Bu xotira turi, qattiq diskka qaraganda ancha tez ishlaydi, shunday ekan qancha ko'p ma'lumotlaringiz bu yerda saqlansa, shuncha ma'lumotlarni o'qish tezlashadi va siz ishlaringizni tez bajara olasiz.

3. Qattiq disk. Ma'lumotlarning asosiy qismi shu yerda saqlanadi, shu sababli bu qurilmani ham tezkorini qo'yish lozim. Hozirda ko'pchilik SSD turini ma'qul ko'rishmoqda, ha, yaxshi tanlov, lekin biroz qimmat. Agar mablag' bilan muammo bo'lsa, HDD diskni tezkorrog'ini oling. Tezkorroq deganda, vinchester ichidagi disklarning aylanish tezligi yuqorirog'i tushuniladi: 7200RPM, 10000RPM, 15K RPM.

4. Defragmentatsiya. Agar vinchester SSD emas balki oddiy HDD bo'lsa, har oyda defragmentatsiya qilib turing. SSD bilan bu ishni amalga oshirish tavsiya etilmaydi.

5. Bir vaqtda bir necha dasturlardan foydalanish. "Ko'rpanga qarab oyoq uzat" deganday, protsessor yadrosi va tezkor xotira hajmiga qarab, bir nechta dasturlardan foydalaning.

6. Viruslardan himoyalanish. Virusni bu ro'yxatga kiritmaslik, unga nisbatan hurmatsizlik bo'lardi). Viruslar ham dastur, ular ham tuzilishiga qarab, ancha-muncha resurslaringizni ishlatib yuborishi mumkin. Shunday ekan, albatta antiviruslardan foydalaning.

☝️Bular asosiylari, bulardan ham ustun turadigan yana bir sabab bor, bu siz ya'ni foydalanuvchi, agar foydalanuvchi sekin bo'lsa, kompyuter u uchun tez ishlay olmaydi, shunday ekan kanaldagi postlarni kuzatib, kompyuterda tez ishlashni o'rganib boring.
​Ko'pchilik ishlatmaydigan - End tugmasi haqida
#foydali #qisqa_info

Klaviaturada doimiy ishlatiladigan tugmalardan tashqari, kam foydalaniladigan, lekin ancha vaqtni tejaydigan tugmalar ham bor, shulardan biri - End tugmasi.

Ko'pchilik bu tugmadan umuman foydalanmaydi, hatto borligini ham bilmaydi, lekin mani ko'p tanishlarim bu tugmadan faol foydalanishadi, ayniqsa dasturchilarning qalin do'sti).

Bu tugma standart klaviaturalarda "Delete" va "PageDown" tugmalari o'rtasida joylashadi, notebook'larda esa har xil joyda, o'qib topib olarsiz. Ba'zi Notebook'larda bu tugma o'z vazifasini bajarishi uchun Fn tugma bilan birga bosilishi ham mumkin.

Demak, bu tugma bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
— End. Kursorni darhol qator oxiriga o'tkazish. Kursor yurishi mumkin bo'lgan istalgan joyda ishlaydi: Word matn muharririda, notepad'da, hattoki brauzerning adres yozadigan joyida.
— Shift+End. Kursor turgan joydan, qator oxirigacha yozilgan barcha yozuvni belgilaydi.
— Ctrl+End. Biror matn muharririda(Word, Notepad), xujjatni oxiriga darhol tushiladi.

Shu ishlarni teskarisini "Home" tugmasi bilan amalga oshirishingiz mumkin.

👉 @kompyuterni_organish
​Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali

Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.

Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.

1. Win+R → cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3. Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4. KIritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts

Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.

☝️Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).

👉 @kompyuterni_organish
Жадвалнинг оҳирига қандай ўтса бўлади?

{ Ctrl } + ⬇️ актив катакчани жадвали оҳирига ўтқазиб қўяди.
Аналогично { Ctrl } + ➡️ - шу тарзда жадвалнинг оҳирги устунига. к последнему столбцу таблицы.
Қўшимчага { Shift } босилган ҳолда диапазон белгиланади.
​Бир клик билан барча катакчаларни белгилаш

Барча катакчаларни Ctrl + A комбинацияси билан белгилаш мумкин, айтганча бу усул бошқа дастурларда ҳам ишлайди.
Лекин бунинг бошқа йўли ҳам бор. Excel варағининг бурчагидаги кнопкага босиб сиз бир клик билан барча катакчаларни белгилайсиз.
Обуначимизнинг саволига жавоб!

Икки сананинг ойлардаги фарқини ҳисоблаш формуласи қуйидагича:

=МЕСЯЦ(B2)-МЕСЯЦ(A2)+12*(ГОД(B2)-ГОД(A2))

Мантиқ: икки катакчадаги ойлар фарқига йиллардаги ойлар фарқини қўшдик.
Агар биринчи ой ҳам инобатга олинишини хоҳласангиз формула охирида 1 сонини қўшиб қўйинг.
Яъни:

=МЕСЯЦ(B2)-МЕСЯЦ(A2)+12*(ГОД(B2)-ГОД(A2))+1

#ойлардаги_кунлар_фарқи
​Ko'pchilikning muammosi - kompyuterga joylashtirilgan qurilmalarning drayverini qayerdan olaman?

Drayver o'zi nima?
Drayver bu - kompyuterdagi qurilmalarni(videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog'lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur bo'lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi.
Misol uchun, notebook sotib oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi).
Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning qurilmangiz temirning o'zi.

Drayver sizda mavjud bo'lishi kerak.
Odatda, kompyuter yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo'shimcha disk beriladi, shu diskda sotib olgan hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo'ladi, kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o'rnatib chiqasiz, hammasi oddiy.
Men bilishimcha, hozirda ko'p kompyuter do'konlari, notebook yoki statsionar kompyuterlarga drayver yozilgan disk qo'shib berishmayotgan ekan.
Kompyuter sotib olayotganda, albatta, sotuvchidan drayver yozilgan disklarni so'rang, uyalmang va qo'rqmang.

Sotib olayotganda drayver diskini olmagan bo'lsa, nima qilish kerak?
Sizga kerak bo'ladigan drayverlarni topishning ko'p usullari bor, shulardan birini yozib o'taman. Bu usul maxsus dastur - DRIVER BOOSTER orqali drayverlarni qidirish.
1. Driver Booster dasturini o'rnatasiz. O"rnatish jarayonida internet talab qilinmaydi, faqat yandex brauzerlarni o'rnatish taklif qilinadi, belgilashlarni olib tashlab, ularni o'rnatmang.
2. Dastur avtomat ishga tushadi, "Сканировать" bosiladi va dastur sizni kompyuterni analiz qiladi va qaysi drayverlar kerakligini aniqlaydi, bu holat uchun kompyuter internetga ulangan bo'lishi lozim.
3. Sizga 3 xil ustun taklif qilinadi:
- Drayver o'rnatilmagan qurilmalar.
- Drayver o'rnatilgan, lekin eski versiyasi.
- Drayverning oxirgi versiyasi o'rnatilgan.
4. O'rnatish kerak bo'lgan qurilmalarni belgilaysiz va "Обновить сейчас" tugmasini bosasiz, albatta internetga ulangan holda.
5. Dastur o'z bazasida mavjud bo'lgan va sizga mos keladiganlarini o'rnatib beradi.
6. Kompyuterni qayta yuklash so'raladi va barcha qurilmalaringiz ishga tushadi.

☝️Windows 10 va Windows 7 tizimlarida tekshirildi. Windows 10 o'rnatilgan HP notebook'ka dastur o'rnatilib, shu orqali 140MB'ga yaqin drayver ko'chirib olingandan so'ng, ko'k ekran chiqib, qayta yuklandi va muammosiz ishladi.

☝️☝️Drayverlarni har doim Windows operatsion tizimi o'rnatilgandan so'ng, darhol o'rnating, shunda muammolar bo'lmaydi. Hamma dasturlarni qo'yib, so'ng drayver o'rnatsangiz, qandaydir muammo bo'lsa, yana qaytadan shu dasturlarni o'rnatish kerak bo'lib qoladi.
Drayverlani bitta-bitta o'rnating, shunda qaysidir bittasida muammo bo'lsa, aynan qaysinda muammoligini bilib olasiz.
driver-booster-7-6-0-764.exe
24.6 MB
Drayver o'rnatish uchun dastur
Driver Booster
👋 SALOM QADRLI OBUNACHILAR.
AGARDA SIZ FOTOSHOPGA QIZIQSANGIZ YOKI FOTOSHOP DASTURI ORQALI QANDAYDIR CREATIVE ISH QILMOQCHI BO'LSANGIZ. USHBU KANAL SIZ UCHUN. SHAXSAN MENGA YOQDI! 😊

Kanal manzili
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@fotoshop_ijodiy_ishlar
@fotoshop_ijodiy_ishlar
Office2007.exe
318.8 MB
💻Операцион система:Windows
🖨Опиисание файла:Microsoft Office 2007
🖥️ @Komputerni_organish
​Windows tizimini o'rnatgandan so'ng, bajarilishi kerak bo'lgan 10 ta ish

Shunday ishlar borki, agar bu ishlarni Windows tizimi o'rnatilgandan so'ng bajarmasangiz, keyinchalik ish jarayoningizga ta'sir qiladi. Demak, bu ishlar quyidagilar:

1. Kompyuter nomi va foydalanuvchi nomini, iloji boricha lotin(ingliz) yozuvida bering. Ba'zi dasturlar borki, kiril yozuvli foydalanuvchi nomi bilan ishlamaydi(misol uchun Oracle DB).

2. Windows tizimini aktivatsiya qiling.

3. Biror lokal tarmoqda ishlasangiz, Windows brandmauerni sozlang, agar sozlashni bilmasangiz, uni o'chirib qo'ying, aks holda sizga rosa xalaqit beradi. Windows 10 uchun brandmauerni o'chirish:
Пуск → Панель управления → Брандмауэр Windows

4. Windows tizimini yangilang va avtomat yangilanishni o'chirib qo'ying. Sababi, keyingi chiqadigan yangilanishlar, siz ishlatayotgan dasturlarga qanday ta'sir qilishini bilmaysiz, oldin tekshirib keyin qo'lda o'rnatganingiz ma'qul.

5. Drayverlarni o'rnating.

6. Kun, vaqt va vaqt mintaqasini to'g'ri o'rnating. O'zbekiston uchun vaqt mintaqasi UTC+5.
Windows 10 uchun vaqt mintaqasini o'rnatish:
Пуск → Параметры → Время и язык.

7. Asosiy dasturlarni o'rnating.

8. Qurilmalarni ishlashini birma-bir tekshiring: Ovoz chiqishi, video ko'rsatishi, Wi-Fi modul va Bluetooth modul ishlashini, sizda mavjud bo'lgan barcha periferik qurilmalarni(printer, skaner, mikrofon vahakazo) ishlashini tekshirib chiqish lozim.

9. Kompyuterdan qancha vaqt foydalanmaganda uyqi rejimiga(спящий режим) o'tishini sozlang. Windows 10 uchun uyqi rejimini sozlash:
Пуск → Параметры → Система → Параметры питания и спящего режима.

10. Kompyuterni qayta yuklang(перезагрузка) va yaxshi yuklanishi, dasturlarni ishlashini nazorat qilib chiqing.

☝️Bular eng asosiylari, qolgan sozlashlarni har bir foydalanuvchi ishlash jarayonidan kelib chiqib sozlayveradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizga bu qanday yoqadi, Marti Makfayl?

NZXT va RTFKT o'yin kompyuteriga o'xshash krossovkalarni aniqladilar!

Ichkarida kavisli plastinka, tashqarida anime tomosha qilishingiz mumkin bo'lgan ekranli sovutgich mavjud! Tashqi taglik RTX 3080 grafik kartasi kabi hoshiyalangan va hattoki sovutgich aylanmoqda.
Ushbu krossovkalarni biron bir joydan sotib olishning iloji bo'ladimi yoki ularning narxi qancha bo'lishi mumkinligi hali aniq emas, ammo ularga shunchaki qarash hayajonli narsa!

RTFKT uzoq vaqtdan buyon kelajakni moslashtirilgan krossovkalar bilan dunyoni hayratga solmoqda Yaqinda AI tomonidan ishlab chiqarilgan bir juft krossovka kim oshdi savdosida 13 331 dollarga uchib ketdi.
Juda kerakli sozlashlarni, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yish
#ancha_foydali

Ko'p ishlatiladigan dasturlar, xujjatlar, o'yinlar, musiqa fayllari, odatda, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yiladi, bu to'g'ri tanlov, lekin bu bilan ish stolingizni to'latib tashlamang, aks holda u yerdan ham kerakli xujjatlarni topish qiyinlashadi.

Windows tizimini sozlash uchun, ancha imkoniyatlar mavjud, faqat bu imkoniyatlarni qidirib topish lozim. Quyida ba'zi sozlashlarni(ko'p ishlatiladigan) yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yishni ko'rsataman.

1. Ish stolida sichqonchani o'ng tugmasini bosammiz va:
Создать → Ярлык
2
. "Укажите расположение объекта:" qismiga nimani yorlig'ini chiqarish kerakligi yoziladi, quyida qanday kalit so'z yozilsa, nimani yor'lig'ini ish stoliga chiqarish mumkinligini keltirib o'taman:
• ms-settings: - "Параметры Windows" asosiy sozlash oynasini chiqarish;
• ms-settings:display - "Дисплей" ekranni sozlash oynasi;
• ms-settings:sound - "Звук" ovozni sozlash oynasi;
• ms-settings:mousetouchpad - "Мышь" sichqonchani sozlash oynasi;
• ms-settings:network - "Сеть и интернет" tarmoqni sozlahs oynasi;
• ms-settings:personalization-background - "Фон" ish stoli fonini o'zgartirish oynasi;
• ms-settings:personalization-start - "Пуск" menyusini sozlash;
• ms-settings:taskbar - "Панел задач" oynasi;
• ms-settings:dateandtime - "Дата и время" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsupdate - "Центр обновления Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsdefender - "Защитник Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:privacy-accountinfo - "Сведения учетной записи" oynasi;
• ms-settings:easeofaccess-keyboard - "Клавиатура" oynasi;
vahokazo.
3. Kerakligini yozasiz va "Далее".
4. Faylga nom berasiz va "Готово".

Ish stolida siz tanlagan sozlash oynasi paydo bo'ladi, shu orqali kerakli sozlashni tez ishga tushirishingiz mumkin.