Komilov's Blog
169 subscribers
82 photos
10 videos
2 files
57 links
Dasturlash bo’yicha istalgan mavzuda yozib turaman
Software Engineer at Adliya.uz
Download Telegram
(Kichik eslatma: Bu fikrlarim endi ish boshlagalarga yoki kamida 3 yil ishlamaganlarga taalluqli emas va kimgadir "to'g'ri yashashni" o'rgatishdan yiroqman. Kimdir butun umr mehnat qilib, maoshga qarab yashashi ham mutlaqo to'g'ri va hurmatga loyiq. Bu shunchaki anglab yetgan shaxsiy xulosalarim.)

Chekishni tashlagan odamdan so‘raganman u qandaydir "sehrli metod" topgani uchun emas, tashlashga bo‘lgan sababi kuchli bo‘lgani uchun tashlagan.

Biznesini yo‘lga qo‘ygan odamdan so‘raganman u boshqalardan aqlliroq bo‘lgani uchun emas, tizimdan chiqish istagi ustun kelgani uchun riskga borgan.

Men 4-5 yildan beri Dasturchi bo‘lib ishlayman. Kasbimni juda yaxshi ko‘raman. Ish joyim durust, maoshim ham havas qilarli darajada, burnout(zerikish) ham yo‘q. Lekin har kuni ertalab soat 9 dan ishni boshlab, kechki 6 da kompyuterni yopar ekanman, ichimda bitta savol qayta va qayta tug‘ilaveradi:

"Nahotki butun hayotimiz shu zanjirdan iborat bo‘lsa?"

Haftada 5 kun. Yiliga 52 hafta. Va shunday tarzda 20 yil(agar bundan ham ko'p bo'lmasa albatta)... Ohirgi 2 yil "Nima uchun ishlayapman?" degan savolga javob qidirib ko'rmagan podkastim, o‘qimagan postu kitobim qolmadi desam ham bo'ladi va yaqinda bitta sodda narsani tushundim:

Erkinlik va xotirjamlik uchun PUL kerak. Lekin gap mol-dunyoga ko‘milib kibrlanib qutirishda emas.

Pulim bo‘lsa ertalab soat 9 da majburiyatdan emas, o‘z xohishim bilan uyg‘onar ekanman.
Pulim bo‘lsa ota-onamning yonida istaganimcha bo‘lib, ularga shunchaki quruq gap bilan emas, real yordam bera olar ekanman.
Pulim bo‘lsa ishlasam ham tirikchilik qo‘rquvida emas, xotirjamlik va zavq uchun ishlar ekanman.

Men mehnatdan qochmayman. Kerak bo‘lsa, quldek ishlashga ham tayyorman. Lekin bitta farq bor: Men endi umrbod o'zim bilmagan holatda ko'pchilikga o'xshab oylikkga bog‘lanib qolish uchun emas, shu tizimdan bir umrga chiqib ketish uchun ishlayman. Hozirgi har bir soatli mehnatim kelajakdagi erkinligim va oilam yonidagi xotirjamligim uchun to‘lanayotgan badal deb harakat qilaman.

Balki bu "hayot o‘yini"da yuta olmasman, lekin buni to‘la-qonli anglab yetganimning o‘zi men uchun katta narsa.
164🔥4👍3😁1🐳1🤨1👀1
Hozirda eng ko'p tarqalgan virusli ilovalar quyidagicha:

- AmaliyotXizmati.apk
- Rаsmlаr (7).apk
- Toydan fotolar 28.06.2026.foto.apk
- VID_2026061.apk
- Sud qarori30_07_2026_pdf.apk

Yuqorida keltirilgan shubhali ilovalar telegram orqali sizga kelsa ochmang va kirmang.
4👍2🔥2
Sentabrdan opamni qizi maktabga chiqadi futbolchilarni ismini yozib ber deganimda u yozgan so’zlari

Ko’ring faqat yig’lamang der edimi

- Sholmurodov
- Fayzlayf
- Sergayt

Harakati yomon emas, maktabga chiqmasidan deyarli yozishni biladi
😁103👍1🔥1
Bugun — Dangasalar kuni!

Bugun dushanba, lekin dangasalik uchun kunning ahamiyati yoʻq: sabab boʻlsa bas. Ish va rejalaringizni, yumushlarni, sportni, hatto pul topish g‘oyalarini ham ertaga qoldiravering 😉

Bu kunning shiori oddiy:
Hech narsa qilmasang ham, hech narsa bo‘lmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁51🔥1🐳1
Odamiga yuborishdi-ku 🤦‍♂️

Shunaqa fayllarni ochmanglar deb targ'ib qilib, o'zim yuklab olsam, g'alati bo'lsa kerak-a
😁11👀4🤨2
🪐🪐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥113😁1
TenX odam 🦇

Ya’ni boshqalar 10 soatda qiladigan ishni 1 soatda qilaman…

Qolgan 9 soatda esa nega bunchalik tez ishlaganim haqida o‘ylab o'tiraman))

TenX modeni yoqish kerak guys
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😁3👍1
Men aslida ko'p uhlayman...

Uyquni yoqtirib qolganman juda,
Ajratishga urunmang bari behuda,
Menga tasir qilar kofe teskari,
Uyqim kelaverar ichganim sari.
😁11🔥2
Kino yaratish o‘zgaryapti

110 daqiqalik The Cully Hill Boys filmi generativ AI yordamida yaratilgan.

Film taxminan $2 mln budjet va 4 hafta ichida yaratilgani esa yanada qiziq.

https://www.youtube.com/watch?v=h_qQ0aKyXEA
2🔥21👀1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92👍1
no comment
😁145🤷‍♂1🔥1
Komilov's Blog
Men aslida ko'p uhlayman... Uyquni yoqtirib qolganman juda, Ajratishga urunmang bari behuda, Menga tasir qilar kofe teskari, Uyqim kelaverar ichganim sari.
Uyqu Davomi

Qiyindir, vaqtincha xayr chog’imiz,
Valekin osondur topishmog’imiz,
Topaman o’rtada bo’lsa ham qoya,
Boshim biror yerga tegsa kifoya
😁511🔥1
Yana bilmadim 🤦‍♂️

Yaqinda mandat natijalari chiqdi. Yurisprudensiya, Tibbiyot yoki IT’ga 170+ ball yetmayotgan bir paytda, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, pedagoglik va energetika kabi sohalarga minimal ball bilan ham kirib ketishmoqda.

Aslida mamlakatning real iqtisodiy poydevori va eksportini yaratadigan sohalar aynan o‘shalar emasmi?

Muammo nimada?

Jozibadorlik yo‘q: Hamma ofisda o‘tirib, dollarda topishni xohlaydi (IT’da ishlaganim uchun buni yaxshi tushunaman). Sanoat va agrar soha esa haligacha og‘ir mehnat va past maosh bilan assotsiatsiya qilinadi (aslida ham shunday).

Katta kvota tuzog‘i: O‘rinlar juda ko‘p, lekin sifatli talab kam. Miqdor ketidan quvib, yo‘nalish prestijini tushirib yuboryapmiz.

Oqibatda nima bo‘ladi?
Sanoatni rivojlantiramiz deymiz-u, lekin u yerga ertaga drayver bo‘ladigan eng kuchli miyalar emas, "shunchaki diplom bo‘lsa bo‘ldi" deganlar kirib boryapti. Vaholanki, Germaniya va Yaponiya mo‘jizasini eng sara muhandislar yaratgan.

Toki muhandis, o'qituvchi va agronomning maoshi ham oshmas ekan, iqtisodiyotda kutilgan sakrash bo‘lmaydi nazarimda
🔥622👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 yildan beri o'ziyam 20+ startup qilib tashlagan ekanman hammasi fail bo'lgan ohirgacha olib bormaganman delete qilvordim) lekin to’htash yo’q 🦇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥21
Hozirgina bitta uyni oldidan o‘tib ketayotganimda shu ikrani qilishayotganini bittada sezdim, Hidi atrofni egallab olgan edi, ishtaham ochilib ketdi 😁

Banka yopishayapti ekan.
😁101🔥1
Bro, you have to learn more…
🔥921
Narzimda barchamizni charchatadigan narsa bajargan ishlarimiz emas, balki bajarishimiz kerak bo‘lib, lekin keyinga surib yurgan ishlarimizdir.

Keyinga surilgan har bir ish miyada ortiqcha yuk va ruhiy bosim paydo qiladi.
7👍4🔥3
Reels yoki Shorts ko'rishni to‘xtatish nega qiyin?

NeuroImage tadqiqotlariga ko‘ra, qisqa videolarni ketma-ket ko‘rganda miyamizdagi o‘zini nazorat qilish va qaror qabul qilishga mas’ul qismlari dACC va dlPFC kamroq faol ishlay boshlaydi.

Oddiy qilib aytganda, miyamizning “bo‘ldi, endi to‘xta” degan tizimi sustlashadi. Qizig‘i, video yoqmasa ham dlPFC darrov odatdagi holatiga qaytmas ekan. Shu sabab “yana bittasini ko‘ray” degan sikl davom etaveradi.

Tadqiqotchilar glutamat darajasi yuqoriroq bo‘lgan odamlarda bu nazorat tizimi kamroq sustlashishini ham kuzatishgan.

Scroll’ni to‘xtata olmaslik faqat iroda masalasi emas bunda miyadagi real biologik jarayonlar ham qatnashadi.

To'liq qo'llanmani o'qiyman deganlar uchun link
https://surl.li/ehulvm
63👍3