KO'DJ (Koreyadagi O'zbek Dasturchilar Jamiyati)
196 subscribers
64 photos
2 videos
43 links
Koreyadagi har bir o‘zbek dasturchisi uchun ochiq va do‘stona jamiyat.

Web: kodj.dev
Asosiy guruh: https://t.me/kodjdevgroup

Murojaat uchun: @behzodhalil
Download Telegram
Assalomu alaykum, hammaga!

Bu hafta 10-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Elmurod aka Tolipov tomonidan sun’iy intellekt (AI) davrida dasturchilar qanday qilib o‘z ustida doimiy ishlashi, yo‘nalishni to‘g‘ri tanlashi va karyerada raqobatchilardan oldinda bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z bilim va tajribalari bilan almashdilar.
Spikerimiz va ishtirokchilarga tashakkur etamiz. Shuningdek, tashkillashtirishga yordam bergan "WAYU" jamoasiga rahmat aytamiz.

Kelgusida uchrashuvlarda ko'rishguncha!

Instagram | Telegram | Website
👍8❤1🔥1
🎉 kodj.dev - Yangi imkoniyatlar bilan qayta tiklandi!

Assalomu alaykum, hurmatli KO'DJ jamiyati a'zolari!

Biz KO'DJ jamoa sifatida sizlarga ajoyib yangilikni e'lon qilishdan mamnunmiz! kodj.dev veb-safihamiz to'liq qayta yozildi va yangi imkoniyatlar bilan boyitildi.

🆕 Yangi imkoniyatlar:

💼 Ish qidirish va ariza berish tizimi:

• O'zbekiston va Koreya hududidagi eng so'nggi texnologiya vakansiyalarini qidiring
• Bevosita saytdan ish joylarga ariza bering
• Koreyadagi o'zbek dasturchilar uchun maxsus tanlab olingan vakansiyalar

📰 Yangiliklar bo'limi:

• Texnologiya sohasidagi eng muhim yangiliklar
• Jamiyatimiz faoliyati haqida ma'lumotlar va hamkorliklar
• Muntazam yangilanib turuvchi kontent

🚀 Ish e'lon qilish imkoniyati - kelgusi hafta soni ishga tushiriladi(barchaga)

• Har bir foydalanuvchi o'z vakansiyasini e'lon qila oladi
• Jamiyatimiz ichida to'g'ridan-to'g'ri muloqot
• Koreyadagi O'zbek Dasturchilar Jamiyati uchun maxsus moslashtirilgan platforma

🎯 Bizning maqsadimiz:

kodj.dev orqali biz Koreyadagi o'zbek dasturchilar uchun:

• Sifatli ish imkoniyatlarini taqdim etish
• Professional rivojlanish uchun resurslar yaratish
• Kuchli jamiyat qurish va bir-birimizni qo'llab-quvvatlash

📝 Sizning fikringiz muhim!

Loyihamizni ko'rib chiqing va o'z fikr-mulohazalaringizni biz bilan baham ko'ring:

💬 Aloqa uchun:

• Email: teamkodj@gmail.com
• Telegram: @behzodhalil

Yangi funksiya takliflari, xato haqida xabar bering yoki har qanday savollaringiz bo'lsa, bizga murojaat qiling!

Raxmat hammaga !

Hurmat bilan,
KO'DJ Jamoasi

--------------------------------------------


#KODJ #UzbekDevelopers #Korea #TechCommunity #Programming
🔥9❤2👍2🐳1🏆1
Assalomu alaykum!

Navbatdagi uchrashuvimizda sizni o‘z sohasida katta tajribaga ega, HumbleBee.ai kompaniyasi CEOsi sifatida faoliyat yuritayotgan mehmon spikerimiz bilan qiziqarli suhbatga taklif qilamiz!

Tez o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyat kaliti — o‘zgarishga moslasha oladigan va qadri yo‘qolmaydigan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Spikerimiz sizga kelajakda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan karyera yo‘lini qanday tanlash va rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Dastur:

11:00 ~ 11:10 — Kirish
11:10 ~ 11:50 — Jumabek Alihan
11:50 ~ 12:20 — Savol-javob (Q&A)
12:20 ~ 13:00 — Tanishuv va dam olish

Ro'yhatdan o'tish uchun havola: kodj.dev

Ilhomlanish, o‘rganish va tarmoq qurish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Instagram | Telegram | Website
🔥7❤1👍1🐳1
Bugungi uchrashuvga kelyabsizmi?
Anonymous Poll
29%
Ha
66%
Yo'q
6%
Kechroq boraman
Assalomu alaykum, hammaga!

O'tgan hafta 11-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Jumabek aka Alihanov tomonidan kelajakda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan karyera yo‘lini qanday tanlash va rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan almashdilar.

Spikerimiz va ishtirokchilarga tashakkur etamiz. Shuningdek, tashkillashtirishga yordam bergan "WAYU" jamoasiga rahmat aytamiz.

Kelgusida uchrashuvlarda ko'rishguncha!

Instagram | Telegram | Website
👍8🔥3👏2
Forwarded from HaksengUz
📣📣 Koreyada soha bo'yicha ishlash netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga marhamat!

Assalamu alaykum!

Sizni, WAYU Koreya hamda UzOffice Networking bilan hamkorlikdagi "Global Kompaniyada Ishlash Mashaqqati" deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz! Bu safargi mehmon soʻzlovchimiz Sohiba Yusupova, Seul Milliy Universiteti Xalqaro Siyosat yoʻnalishi magistranti, 6 yildan buyon, Koreyada poʻlat ishlab chiqarish boʻyicha birinchi raqamli kompaniya sifatida mashhur boʻlgan raqobatbardosh POSCO kompaniyasida faoliyat yuritib keladilar. Sohiba opa hozirda POSCO kompaniyasining tijorat boʻlimida boshqaruvchi lavozimida ishabgina qolmasdan ish va onalik ma'suliyatini birgalikda olib boradilar. Oʻzlarining boy ko'nikma va tajribalarini bizlar bilan boʻlishadilar! Uchrashuvimizga tashrif buyurib ushbu takrorlanmas tajribadan bahramand boʻling!

🎤 So'zlovchi

Sohiba Yusupova – POSCO International Corporation |Trader, Manager

📌 Mavzu: Global kompaniyada ishlash mashaqqati

📅 Sana: 2025-yil, 23-August (Shanba)
⏰Vaqt: 11:00 ~ 13:00
📍Joy: O'zbekiston Elchixonasi
(돈화문로11가길 99)
https://naver.me/xbjnH8Az

Siz uchrashuvimizda nimalarni kutishingiz mumkin:

🏢 Xalqaro yirik kompaniyda ishlash tarjibasi
✅️ Kompaniyaga ishga kirish boʻyicha foydali maslahatlar
🎓 SNU dek yuqori universitetda oʻqish tajriba
⁉️ Qiziqarli savol-javoblar
🤝 Hamfikrlar bilan netvorking, o‘z sohangizdagi boshqa ishtirokchilar bilan tanishish, bevosita savollar berish va amaliy maslahatlar olish imkoniyati.

Uchrashuvga faqat roʻyhatdan oʻtganlargina qatnasha oladi!

Roʻyhatdan oʻtish uchun havola:
https://forms.gle/mQNVEQQLytSCX8Ak8

Hurmat bilan,
HaksengUz Jamoasi

Doʻstlaringizga ham ulashing!

@HaksengUz
👍3🔥1
🇺🇿 Startaplar qilmoqchi bo'lganlar uchun Prezidentning yangi tashabbuslari

20-avgust kuni Yangi Toshkentda bo'lib o'tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Prezidentimiz startaplar va yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim yangiliklarni e'lon qildi.

🚀 Startaplar soni va investitsiya oqimi
- Hozirda mamlakatimizda 600 dan ortiq startap faoliyat yuritmoqda
- Joriy yilning yetti oyida startaplarga 264 mln dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi – bu rekord ko'rsatkich

💡 Yoshlar startaplari uchun qo'llab-quvvatlash
- Yaqin yillarda 1000 ta startap g'oyasi tijoratlashtiriladi
- Ulardan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi
- 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi
- Bu maqsadlar uchun 100 mln dollar ajratiladi

🏆 Yosh tadbirkorlar chempionati
- Bu yildan boshlab Yosh tadbirkorlar chempionati o'tkaziladi
- Eng yaxshi 100 ta g'oya tanlab olinadi
- Har bir g'oya uchun 1 mlrd so'mgacha investitsiya beriladi

💳 Moliyalashtirish va soddalashtirilgan tizim
- Startaplar uchun investitsiya platformasi ishga tushiriladi
- Ushbu platforma orqali yiliga 1 mlrd dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi

📈 Raqamli moliya va ochiq banking
- Startaplar uchun raqamli moliyaviy xizmatlar kengaytiriladi
- Yangi besh yillik strategiya asosida "ochiq banking" ekotizimi joriy qilinadi
- Banklar kichik va o'rta tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun 1 mlrd dollar jalb qiladi

🌍 Xulosa
Bu yangiliklar startaplar ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g'oyalarini ro'yobga chiqarish va ularni xalqaro bozorga olib chiqishda muhim poydevor bo'ladi.

Olingan Manba
❤4👍1
Forwarded from HaksengUz
Seul Global Markazi tomonidan xorijliklar uchun 2025-yilgi 1-startap tanlovi

Agar siz Koreyada startap qilishni rejalashtirib yurgan bo'lsangiz, unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Ariza topshirish muddati: 31-Avgust (1kun qoldi)

Batafsil ma'lumot uchun havola: https://global.seoul.go.kr/web/cent/segc/centInfoPage.do?cent_cd=01&tab_idx=5

Shoshiling! Koreyada startap qilishni reja qilib yurgan tanishlaringizga ham ulashing, ularning ham bu imkoniyatdan foydalanishiga sababchi bo'lib qoling!
👍2
#Position

Yana bir ajoyib vakansiya.
GPUdan muammo yo’q. Ish haqqi ham yaxshigina 90mln~120mln KRW.

Research qilishga qiziqadiganlar uchun, topshirib ko’rish highly recommended!

Koreya, AI sohasiga pulni ayamasdan investitsiya qilayabdi. Yaqin yillarda bu sohada ham yetakchi davlatlarga aylanib olish ehtimolligi katta.

@mansurbek_blog
👍3❤1
Shu hafta Seouldagi COEX da bo'lib o'tadigan AI Summitga qatnashib qoling!

https://www.realsummit2025.com
👍2🤝1
Bugungi Summitdan birinchi lavhalar
🔥4🐳1
Yana lavhalar...
🤝2⚡1👍1🐳1
Software Engineer
Google · Seoul, Seoul, South Korea (On-site)


Minimum qualifications:

Bachelor’s degree or equivalent practical experience.

1 year of experience with software development in one or more programming languages (e.g., Python, C, C++, Java, JavaScript).

1 year of experience with data structures or algorithms.


Preferred qualifications:

Master’s degree in Computer Science or a related technical field.

2 years of experience in web front-end or server back-end application development.

Manba: https://www.linkedin.com/jobs/view/4297316665

@HaksengUz
👍3🔥2