7- B onlayn dars
1 subscriber
45 photos
5 videos
12 links
Bilim olish muhim
Download Telegram
Forwarded from Odiljon Obidovich Azimov
O‘qib o‘rganish
FARZANDINING BAHOSI BILAN QIZIQMAGAN OTA-ONALARGA JAVOBGARLIK BELGILANISHI KERAK

Maktabdagi baholarning oʻquvchilarga ham ota-onalarga ham umuman qizigʻi yoʻq. Buni ochiq tan olishimiz kerak. Soʻngi paytlarda pedagog xodimlarga talab kundan-kunga kuchayib boryapti. Lekin bu borada ota-onalarga hech qanday talab belgilab berilgani yoʻq.

Onlayn taʼlim vaqtida oʻqituvchilarga qanchalik qiyin boʻlayotganini faqat ularning oʻzlari biladi. Ertalab maktabga borib kundalik.com platformasiga onlayn dars joylab, kim topshiriqni bajarar ekan deb kutib oʻtiradi. Oʻquvchilarga uyga berilgan vazifalarga baho qoʻymoqchi boʻlsa, atigi 4-5 ta oʻquvchi kundalik.com'ga uy vazifalarini yuklagan boʻladi xolos.

Bu borada oʻqituvchilarga bir qancha bosimlar boʻladi. Natijada esa sinf rahbari yoki fan oʻqituvchisi har bir oʻquvchining profilidan kirib oʻquvchilarining oʻrniga uy vazifalarni yuklashga majbur boʻladi. Anʼanaviy taʼlim vaqtida har bir ota-onaning login va parolini olib ularning oʻrniga ham sinf rahbarlar kirishiga toʻgʻri keldi. Tasavvur qilyapsizmi, sinfda 30 ta oʻquvchi boʻlsa, bunga qancha vaqt ketishini? Bularning bari koʻzboʻyamachilik uchunligini hammamiz bilsakda bu borada aniq bir echim berolmaymiz.

Biz faqat oʻqituvchilarga yopishib olganmiz. Kimndan fikr soʻrasangiz faqat oʻqituvchini tanqid qiladi. Oʻquvchi vazifa qilmasa ham, ota-onalar kundalik.com'ga kirmasa ham anʼanaviy taʼlim vaqtida oʻquvchi maktabga kelmasa ham aybni oʻqituvchiga agʻdaramiz.

Hozir qaysi ota-ona farzandining bahosi bilan umuman qiziqmayotganini bilish uchun barcha imkoniyatimiz etarli. Kundalik.com orqali kim qachon platformaga kirganligini aniqlash mumkin. Shuning uchun endi hadeb barcha aybni oʻqituvchilarga agʻdarmay, ota-onalarning ham bu boradagi majburiyatlarini kuchaytiraylik.

Farzandining taʼlim olishi bilan qiziqmaydigan ota-onalarni javobgarlikka tortish tizimini yoʻlga qoʻyaylik. Nega maktabda unday nega bunday deyishni bas qilaylik. Oʻqituvchi kabi ota-onalarga ham talabni kuchaytiraylik. Farzandining bahosini bilish uchun 10 daqiqa vaqtini ajratmagan ota-onalarga kerak boʻlsa jarima toʻlash tizimini ham joriy qilish kerak.

Hozir kimdir yuqoridagi fikrlarni oʻqib ensasi qotishi mumkin. Lekin oʻqituvchiga talabni kuchaytirganimizdan keyin ota-onalarga ham qandaydir majburiyat yuklanmas ekan qilayotgan ishlarimizni barisi qogʻozda qolib ketaveradi.

Balandparvoz gaplar bilan oʻzimizni aldashni bas qilaylik. Nima uchun 11 yil yaxshi taʼlim berilmayapti deyishdan avval shu kunga qadar nechta ota-ona farzandini taʼlim olishi bilan qiziqib oʻz ixtiyori bilan maktabga kelganligi sarhisobini qilaylik.
(c) Ulug'bek Po'latov

«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling! 👇

http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
31.01.2022 7-sinf ona tili

Mavzu: Sof va vazifadosh ko‘makchilar

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
31.01.2022 7-sinf ona tili


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
31.01.2022 7-sinf ona tili

Mavzu: Sof va vazifadosh ko‘makchilar

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI