kitobchi
1.63K subscribers
29 photos
4 videos
1 file
16 links
Kitoblar shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir.

masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot
Download Telegram
Tahrirchi’dagilar so‘z boyligi maniki kabi o‘tmaslashib qolayotganlar uchun yaxshi o‘yinlar yaratishibdi.

Xantal, zanjabil, jambil, sedana - klassik o‘zbek adabiyotida koʻp o‘qiganim so‘zlar esga tushyapti. Qiziq mashqlar ekan, sinab ko‘rmaysizmi? Boshida qiyin tuyiladi, so‘ng topasiz.

O‘ynash: tilmoch.ai/games

Qaysi o‘yinda, qanday natijaga erishdingiz 😄

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤3👍21
Charchoq va uning illyuziyasi

Zamonaviy inson dam olishni “hech narsa qilmaslik” deb tushunadi. Hatto biroz to‘xtab, kitob varaqlab o‘tirsa ham, ich-ichidan “shu paytda yana nimadir qilishim kerak edi” degan aybdorlik hissini tuyadi.

Ayniqsa, har bir soniya “samaradorlik” bilan o‘lchanadigan jamiyatda shunchaki tinch o‘tirish — go‘yo vaqtni behuda sarflashdek.

Vaholanki, kitob o‘qish ham doim nimagadir erishish uchun qilinadigan ish emas. Ba’zan bir necha sahifa o‘qib, shunchaki o‘zimizga qaytish, fikrlarimizni tinchlantirish uchun ham kitob ochamiz.

To‘xtamay yugurayotgan soat ham vaqti-vaqti bilan burab turilishga muhtoj.

Dam olish — vaqtni yo‘qotish emas, resurslarni qayta tiklashdir.


Ba’zan eng samarali ish — bir muddat hech qayerga shoshilmay, kitob bilan yolg‘iz qolishdir. 📖

Oramizda damni film koʻrib emas, kitob oʻqib oladiganlar bormi 😄

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤106🔥4👍2
Er:
- Kitobmi yo gul?
Xotin:
- 1 kg goʻsht , kalla-pocha ham boʻlsin!

😅

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁538👍4🔥4
Said Ahmadning “Ufq”idagi Tursunboy obrazi ko‘p muhokama qilinadi. Uning qo‘rqoqligi va qiyinchiliklarga chidamsizligi “zaif masculine” ramzi sifatida adabiyotimizda o‘rnashgan.

Ammo ko‘pchilik uni bu holatga kelishida eng ko‘p sababchi bo‘lgan qahramon – uning onasi Jannat haqida gapirmaydi.

Romanning boshidagi ikki sahnadanoq ota-onanining Tursunboyga munosabati ochiq bo‘ladi: qovun sahnasida Jannat xola o‘g‘liga ish buyurmay, o‘zi uy ishlarini qilib yuradi, unga hatto tushgacha uxlashiga qo‘yib berishadi. Shaharda bu dangasalik, qishloq joyidagi-ku bu yalqovlik Pro Max. Jannat Xola o‘g‘lini urishganda ham qarg‘amaydi, balki yaxshi niyat tilaydi. Balki bu men eshitgan eng yoqimli qarg‘ishlar bo‘lsa kerak.

Ammo bunga ham sabablarni muallif keltirib o‘tadi. Tursunboy ismidan ham ma’lumki 6-7 ta “turmagan farzandlar”dan keyin tug‘ilgan juda istalgan farzand. Shu sababdan ham Jannat xola uni o‘zining “Giperhimoyasi”ga olishi tabiiy.

Onalar bolasini sevishi, himoya qilishi instinkt. Ammo u giper, super darajaga ko‘tarilganda, qandaydir paranormal holatga keladi. Natijada farzand mustaqil qaror qabul qilolmaydigan, irodasiz va kuchsiz bo‘lib o‘sadi. Onasini bolasi. Otasi Ikrom aka keyinchalik uni biroz tarbiyalamoqchi bo‘ladi, ammo unga uning vaqti va kuchi yetmaydi.

Bolalar ayyor bo‘ladi. Qattiqqo‘lroq ota-onaning farzandlari ulardan mehribonroq bobo-buvilarini tezda yaxshi ko‘rib qolishadi. Shaxsiy tajriba shunday.

Albatta barcha qilmishlariga Tursunboyni o‘zi birinchi navbatda aybdordir, bu haqida bahslashmayman, ammo uni chinakam erkak qilib tarbiyalamagan ona ham qaysidir ma’noda aybdor.

Manba: Panda Books

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍7❤4😐4🔥2
Koʻp kitob oʻqiydiganlarni turli davlatlarda nima deb nomlashadi?


🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥188❤5🎉2
Konslager devori ortidan boshlangan do'stlik — va uning fojiali yakuni

Legerda yashovchilar ikkita darajaga: yoki quvnoq, kulayotgan, chiroyli formadagi baqiroq askarlarga, yoxud poyjomadagi bebaxt, yig'layotgan odamlarga bo'lingandi, ulardan ko'pchiligi atrofga hech nimani ifodalamaydigan nigoh tashlardi.


Jon Boyn – "Yo'l-yo'l poyjama kiygan bolakay"

Ikki yilcha avval konslagerlar haqidagi hujjatli filmni ko'rgandim. Unda aytilishicha, Ikkinchi jahon urushi va Xolokost davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olingan Polsha hududida juda katta o'lim konslageri bo'lgan. Dastlab, bu yerda Sovet va polshalik asirlar gaz bilan o'ldirilgan. 1942-yildan 1944-yilning oxiriga qadar yuk poyezdlari Germaniya tomonidan bosib olingan butun Yevropadan yahudiylarni shu lagerga olib kelgan. Lagerga olib kelingan 1,3 million kishidan 1,1 million nafari shu yerda o'lim topgan, ularning aksariyati yahudiy millatiga mansub edi.

Mahbuslarning ishga yaroqli qismi og'ir yumushlarga jalb etilgan bo'lsa, yosh bolalar, ayollar, qariyalar gaz kameralarida o'ldirib yuborilgan. Shuningdek, mahbuslardan tibbiy tajribalar uchun ham foydalanilgan.

"Yo'l-yo'l poyjoma kiygan bolakay" asarida Bruno ismli to'qqiz yashli bolakay va uning simto'siqlar ortida yashovchi baxtsiz do'sti Shmuel haqida hikoya qilinadi. Roman Brunolar oilasining Berlindan Aj-visga ko'chish voqeasi bilan boshlanadi. Berlindagi hashamatli uyini, do'stlarini tashlab, bo'm-bo'sh yalanglikda joylashgan g'ayrioddiy uyga ko'chib kelish oila a'zolari uchun, albatta, og'ir bo'ladi. Bunga ko'nika olmagan Bruno o'ziga yangi sarguzashtlar izlaydi. Simto'siqlar ortida yashovchi yo'l-yo'l poyjama kiygan odamlar uning e'tiborini o'ziga tortadi. G'amgin bolakay Shmuel bilan do'stlashib qolishi uning hayot o'zanini boshqa tomonga burib yuboradi. Doim ko'ngli o'ksib yuradigan bu bolani biroz xursand qilish Brunoni ham shod qilardi.

O'rtadagi to'siqqa qaramay, qadrdon do'stlar bo'lib qolishadi. Oldinda ularni buyuk bir baxtsizlik kutayotgani esa hatto xayollariga ham kelmasdi.

Roman oddiy uslubda yozilgan. Ana shu oddiylikning tagida ulkan fojia, insoniyat boshiga tushgan dahshatlar o'z aksini topgan. Kishiga qadr va shuhrat beradigan mansab ortida ulkan yovuzliklar yashiringan bo'lishi mumkin. Eng achinarlisi, o'z manfaati yo'lida har qanday ishga tayyor bo'lgan kimsalar oddiy odamlar qismatini hal qilishadi. Millati yoki dinidan qat'i nazar, har kimning o'z hayoti va qadri bor — buni toptashga hech kimning haqqi yo'q.

Afsuski, odamlarni millati, dini yoki qayerda tug'ilganiga qarab "biz" va "ular"ga bo'lish, ularning azobini ko'rmaslikka olish odati hamon davom etmoqda. Bu qachondir barham topadimi? Odamlar xuddi ibtidoiy zamondardagi kabi urug‘chilik, ayirmachilik, millatchilik, irqchilik qilishdan qachondir tiyiladilarmi?

Bugun G'azoda ham minglab bolalar — xuddi Shmuel kabi — urush va qamal og'irligini his qilib, qirg'inga mahkum etilgan vaziyatda qolib ketishgan.

Boyn romani bizga to'siqning qaysi tomonida turishimizdan qat'i nazar, boshqa insonning azobiga ko'z yumishning o'zi ham bir turdagi jinoyat ekanligini eslatib turadi.

Asar asosida 2008-yilda shu nomdagi film suratga olingan.

🔖@kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kino_kitob
"Yo‘l-yo‘l pijamali bola" (2008) filmidan parcha 🎬👆🏻

🔖@kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18❤5
Nolan "Odisseya"si dunyo bo'ylab Gomerga qiziqishni qayta uyg'otdi 🎬📚

Kristofer Nolan rejissyorligidagi "The Odyssey" filmi nafaqat kinoteatrlarda rekord yig'imlar qilmoqda, balki Gomerning qadimgi dostoniga bo'lgan qiziqishni ham keskin oshirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham film teylerlari tarqalib ulgurgan, bosh rol qahramonlari muhokamalar markazida.

Bular fonida esa dunyoning turli burchaklarida "Odisseya" kitobi savdosi keskin oshib bormoqda. (rekord natija qayd ettiyov)📈

Buyuk Britaniyada bozor tadqiqotchisi NielsenIQ ma'lumotlariga ko'ra, 25-iyulgacha bo'lgan to'rt hafta ichida kitobning bosma nusxalari savdosi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15 baravarga oshgan.

Janubiy Koreyada ham xuddi shunday manzara kuzatildi — Gomer asarlari savdosi 7 baravarga oshgan.

Spotifayda "Odisseya" audiokitoblarini qidirish 4 baravarga oshgan. 🎧

Mutaxassislar bu holatni yoshlarni klassik adabiyotga qaytarish imkoniyati sifatida baholamoqda.

Film Mett Deymon, Tom Holland, Zendeya, Enn Xeteuey, Sharliz Teron kabi bir qancha yulduzni birlashtirgan va IMAX kameralari bilan suratga olingan ilk to'liq metrajli film sifatida ham e'tibor qozonmoqda.⭐️

So'nggi yillarda kuzatilgan tendensiyaga ko'ra, katta byudjetli ekranlashtirishlar deyarli har doim asl kitob savdosini sezilarli darajada oshiradi. Bu holat "Garri Potter", "Charli va shokolad fabrikasi", "Andisha va g'urur" kabi jahon klassikasidan tortib, "Uzuklar hukmdori" va "Frankenshteyn" kabi yaqinda ekranlashtirilgan asarlargacha deyarli barcha yirik loyihalarda takrorlangan.

Bu hodisa tomoshabinlarni nafaqat kinoteatrga, balki kutubxonalar va kitob do'konlariga ham qaytarib, klassik adabiyotga qiziqishni yangi avlod orasida qayta jonlantirmoqda. 📕✨

🎬 Siz qaysi o‘zbek asarining ekranlashtirilishini xohlardingiz? Kitob nomini yozib qoldiring.

🔖@kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤33
📱 (Twitter)da bir qiziq post koʻrib qoldim. Unda "7 oʻlim gunohi klassik adabiyotda boʻlsa qanday boʻlardi?" deyilgan.

Buni oʻzbek adabiyotida qoʻllasakchi:

1. Kibr - Umarali. O'z amal kursisidan turib odamlarga, hatto eng yaqinlariga ham yuqoridan qaraydi.
2. Shahvat - Akbarali mingboshi. To'rtta xotini bo'la turib, go'zal va yosh Zebiga ko'ngil qo'yishi, o'z xirsini va hoy-u-havasini jilovlay olmasligi.
3. Ta'magirlik - Mirzakarimboy. Dunyo moliga to'ymaydigan, ochko'zlik va ta'magirlikning yorqin misoli.
4. Hasad - Homid va Zaynab. Izoh shart emas menimcha.
5. Dangasalik - Qalandarov. Oblomovning oʻzginasi. Joyidan jilgisi kelmaydi.
6. Ochkoʻzlik - Qori ishkamba.
7. Gʻazab - Abdullatif.

✏️ Sizningcha, yana qaysi obrazlar bu ro‘yxatda bo‘lishi kerak?

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤2👍2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa tanishlaringiz bormi 😅

Do‘stlaringiz bilan kitob o‘qishga borib turing)

Manba: Anwar

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁17❤5🔥51
O‘z xotinining to‘yiga kelgan er: "Odisseya" vs "Alpomish"

(Diqqat: uzun post, oxirigacha o‘qiy olmaysiz, yo adashdimmi)

Shu yilning iyul oyida Nolanning "Odisseya" filmi ekranlarga chiqib, qadimiy asarni trendga olib chiqqani haqida yozgan edim. Ammo asrlar osha yashab kelayotgan "Odisseya"ni o‘zimizning "Alpomish" bilan ham solishtirib ko‘rganmisiz?

Qiziq ma’lumot — "Nostalgiya" so‘zi uyini sog‘inib kasal bo‘lib qolgan askarlarning kasaliga nom sifatida paydo bo‘lgan ekan: yunoncha nostos — uyga qaytish, algos — og‘riq. So‘zning tarixi nisbatan qisqa, u ifodalagan tuyg‘u esa qadimiyligiga shubha yo‘q. Bu dardning adabiyotdagi eng mashhur egasi esa undan qariyb 2400 yil oldin tug‘ilgan, uning ismi Odissey.

Doston qahramoni - er uzoq yillar bedarak ketgan. Uni o‘lganga chiqarib, xotiniga yangi kuyov qidirishmoqda. Yakunda er begona qiyofasida qaytadi va to‘y kuni faqat u torta oladigan eski yoy haqiqatni ochib beradi. Yunon buni "Odisseya" deydi, o‘zbek baxshisi "Alpomish" deb kuylaydi.

1. Odissey Kalipso orolida 7 yil qolib ketadi. Alpomish qalmoq zindonida 7 yil yotadi;
2. Odissey tilanchi libosida keladi. Alpomish cho‘pon Qultoy kiyimida keladi;
3. Enaga Yevrikleya Odisseyni oyog‘idagi chandiqdan taniydi. Qultoy Alpomishni yelkasidagi Shohimardon pir panjasining izidan;
4.
5...
6... (qolgan o‘xshashliklarni Siz toping-chi).

Bular — ikki dostonni bog‘laydigan tanish voqealar. "Alpomish"ning ikkinchi qismi bilan Odisseyning qaytishini olimlar ancha yillardan beri qiyoslab o‘rganishar ekan.

Albatta, o‘xshashliklar "B" doston "A"dan ko‘chirilgan deyishga dalil bo‘lmaydi. Tadqiqotchi Viktor Jirmunskiy ikki qissaning umumiy qadimiy sharq manbasi bo‘lishini istisno qilmagan. Bonn universiteti professori Karl Rayxl esa bu syujet rus, serb va alban eposlarida ham borligini ko‘rsatib, xalqlar uni bir-biridan bexabar yaratgan deb hisoblaydi.

Qaysi doston qadimiyroq?

Yozma matn sifatida "Odisseya" taxminan miloddan avvalgi VIII asr oxirida shakllangan. "Alpomish" esa avlodlar davomida o‘zgarib, boyib kelgan og‘zaki doston: uning tug‘ilgan yilini bitta sana bilan belgilash qiyin. Ba’zilar milodiy VI–VIII asrlar deb aytadi. 1000 yosh berishadi. Ammo "Alpomish"ni ham 2500-3000 yillik tarixi borligini da’vo qiluvchi adabiyotshunoslarimiz bor. "Odisseya"dan qadimiyroq bo‘lib chiqish ehtimoli yo‘q emas.


Meni boshqa narsa o‘ylantiradi. Egey dengizi bo‘yidagi yunon bilan Oltoy etagidagi ko‘chmanchi bir-birini bilmagan, ammo ikkalasining elida ham uzoqqa ketgan erkaklar va ularni kutgan ayollar bo‘lgan. Qissa shu hayotiy yaradan o‘sib chiqqan.

Bugun ham millionlab odam uydan uzoqda qaytish kunini sanaydi, shuning uchun ham bu mavzu eskirmaydi. Gomer bu tuyg‘uni dostondagi kichikroq bir sahnaga ham sig‘diradi. Qari it Argos tilanchi qiyofasidagi egasini tanib qoladi, dumini silkib jon beradi. Odissey esa kimligini oshkor qilmaslik uchun ko‘z yoshini yashiradi. Shu lahzada yigirma yillik ayriliqning og‘irligi seziladi.


O‘qishga arziydimi?

Xolis aytsam, bu bir oqshomlik kitob emas. Agar sarguzasht ichidan inson xarakterini izlasangiz — ha. Hali to‘liq o‘qib chiqishga ulgurmadim, ammo o‘qishdan avval ko‘plab manbalarni titkiladim. Asar tuzilishi 24 qo‘shiq, 12110 misra. Dastlabki to‘rt qo‘shiqda Odissey yo‘q, sabr kerak. 5-qo‘shiqdan voqealar shiddat bilan tezlashadi.

🤫 Oxirida bir sir bor. Nolan filmini ko‘rgan bo‘lsangiz, Penelopa yigirma yil kutgan erini yoy tortish sahnasida taniydi. Ammo dostonda unday emas, Penelopa Odissey ekanligini isbotlashi uchun faqat ikkalasi biladigan boshqa bir shart bilan sinaydi. Nima ekanini yozmayman. 23-qo‘shiqda o‘qib olasiz)

Eshitgan bo‘lsangiz, "Odisseya"ni yaqinda "Yangi asr avlodi" tarjima qildi. Book.uz do‘konlarida bor. Kitob muqovasi, sahifalari ham sifatli, chevarangizgacha yetib boradigan qilib tayyorlanibdi.

Meni sotib oling 📚)

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥7👍5
raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:

• kuzatadigan beshta blogingni oʻrtachasisan;

• instagramga yaqin yursang, istaklaring koʻpayadi;

• brauzer(yoki GPT) tarixingni koʻrsat, kimligingni aytaman;

• doʻst blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni koʻrinishing)ga qarab muomala qiladi;

• yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi;

• yigit kishiga 40 ta app kam;

• akkauntingdagi kabi boʻl, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz;

• yetti oʻlchab, bir linkning ustiga bos;

• koʻzoynakning ham kamerasi bor;

• rilsga to'ymagan, storisga ham toʻymaydi.

• kelin kelsa, "screen time"ga boq.

Manba: Aziz Rahimov

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10❤5
Siz yoki Navoiy - kim ko‘proq kitob o‘qigan?

Avvallari kitob kam edi, ma’lumot ham kam. Lekin aynan o‘sha davrda kuchli tafakkur egalari yetishgan. Ular biz kabi oyiga o‘nlab yoki daqiqasiga minglab so‘zlar o‘qishmagan bo‘lsa kerak. Kitoblar qimmat va noyob bo‘lgan.

Bizda-chi? Kitob ham, ma’lumot ham ko‘p. Ehtimol, Navoiy, Ogahiy yoki Aristoteldan ko‘proq kitob o‘qigandirmiz. Lekin ulardan aqlliroqmiz, deya olmaymiz. Ularning tafakkuri va fikrlash ko‘lami bugungi o‘rtacha kitobxonniki bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada kuchli.

Xo‘sh, nega? Sabablari ko‘p, ammo darrov esga keladigani ustoz (mentor), manimcha.

Ustoz kitobni qanday o‘qish, qayta o‘qish va chuqur tushunishda yo‘nalish beruvchi bo‘lgan. To‘g‘ri, darsliklarni ustoz bilan o‘qiymiz, ammo badiiy yoki boshqa kitoblarni o‘qishda ham dunyo qarashimiz bilan bir xonada yakka qolib ketish to‘g‘ri emasdek.

Bugun har bir kitobni ustoz yo muallif bilan o‘qish imkoni yo‘q. Lekin boshqa kitobxonlar bilan onlayn/offlayn muhokama qilish imkoni bor. Kitobni samarali "hazm" qilishning eng yaxshi yo‘llaridan biri bu. Agar suhbatda kitobning tarjimoni yoki muharriri qatnashsa, nur ustiga nur.

Kitobxonlik guruhlariga qo‘shiling. Topolmasangiz, o‘zingiz tuzing.

Men nima qilaman?

Har hafta bukkafeda nashriyot egalari, tarjimon va muharrirlar bilan uchrashamiz. Suhbat uchun bitta kitob tanlanadi. Uning tarjimoni yoki muharririni mehmon qilib chaqiramiz. Topilmasa, tanlangan kitobni o‘qigan, yaxshi so‘zlab bera oladigan kitobxonni taklif qilamiz. Suhbat 4-5 soat davom etganini sezmay qolar ekansiz.

Ba’zan bu kitobning o‘zini o‘qishdan ham qiziqroq bo‘ladi. Sababi oddiy: 10 kishidan 10 xil fikr eshitasiz, xayolingizga kelmagan dolzarb savollarga duch kelasiz.

Eng qizig‘i — bu muhit sizni maishiy muammolardan butunlay yulib oladi. Ishda eshitgan dakkingiz, qarzini cho‘zib yurgan tanishingiz yoki yangi kvartira izlash kabi mayda tashvishlar esdan chiqib, butunlay boshqa miqyosdagi, kamchilikning gardaniga tushadigan masalalar haqida o‘ylashni o‘rganasiz va boshlaysiz.

Savol: oxirgi marta qaysi kitobni va kim bilan muhokama qildingiz?

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11❤6👍3🔥1
Kuz mana endi rasman boshlandi 🍂

📖Kim qaysi kitobni mutolaa qilmoqda? Izohlarda ulashing 👇

🔖@kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥43👍1
Forwarded from Qizingiz yozdi...
SIZ QANDAY DUO QILASIZ?

Postni o‘qishdan avval savollar:

• «Inshaalloh» so‘zi nega ishlatilishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
• Siz uni qanday holatlarda ishlatasiz?

🩷«Inshaalloh»ning lug‘atda ma’nosi — «agar Alloh istasa», «Xudo xohlasa», degani.

🩷Istilohda esa u «mo‘minlar orasida keng tarqalgan so‘zlardan bo‘lib, mo‘min kishi amalga oshirmoqchi bo‘lgan ish-harakati Alloh xohlasagina sodir bo‘lishini ta’kidlash uchun ishlatadigan so‘z» deb ta’riflanadi.

Nega aynan «inshaalloh» so‘zini ishlatamiz?

Bu «Kahf» surasidagi quyidagi oyatdan olingan:
{ وَلَا تَقُولَنَّ لِشَا۟یۡءٍ إِنِّی فَاعِلࣱ ذَ ٰ⁠لِكَ غَدًا ○ إِلَّاۤ أَن یَشَاۤءَ ٱللَّهُۚ وَٱذۡكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِیتَ وَقُلۡ عَسَىٰۤ أَن یَهۡدِیَنِ رَبِّی لِأَقۡرَبَ مِنۡ هَـٰذَا رَشَدࣰا }
[سُورَةُ الكَهۡفِ: ٢٣-٢٤]

23. Biror narsa haqida: «Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman», deya ko‘rmang!

24. Illo, «Inshaalloh, (Alloh xohlasa)», deng. Bu so‘zni unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Rabbingizni zikr qiling (ya’ni, «inshaalloh», deng) va: «Shoyad Rabbim meni bundan ham yaqinroq to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etsa», deng!

Qur’oni karim «inshaalloh» so‘zini kelajak ishlar haqida so‘zlaganda qo‘llash hamda ishimiz agar Robbimiz xohlasagina amalga oshishini unutmasligimiz lozimligi bilinadi.

Ammo biz so‘nggi yillarda «inshaalloh»ni boshqacha ishlatayotgandekmiz. Masalan, mana bunday:

«Alloh nasib etsin, inshaalloh».

«Alloh izzat qilsin Sizni, inshaalloh».

«Robbim muvaffaq qilsin Sizni, inshaalloh. Duolarda uchrashaylik, inshaalloh» va hokazo.

عن أبي هريرة أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: «لا يقولنَّ أحدكم: اللهمَّ اغفر لي إن شِئت، اللهم ارحمني إن شِئت. ليعزم في الدعاء؛ فإنَّ الله صانع ما شاء لا مكره له» (رواه البخاري: [6339]، ومسلم: [2679])

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz: “Ey Alloh, agar xohlasang, meni kechir. Ey Alloh, agar xohlasang, menga rahm qil”, demasin! Duosida qat’iy so‘rasin. Chunki Alloh istagan narsasini qiluvchidir, Unga qiyin narsa yo‘q», dedilar.
(Buxoriy: 6339; Muslim: 2678.)

Imom Ahmad rohimahullohning rivoyatlarida:

«فليعزم مسألته»
— «So‘rashini mahkam qilsin», so‘zi bilan kelgan.

قال بدر الدين العيني: «قوله: «فليعزم المسألة» أي: فليقطع بالسؤال، ولا يُعلِّق بالمشيئة؛ إذ في التعليق صورة الاستغناء عن المطلوب منه والمطلوب» (عمدة القاري: [22/299])

Ushbu hadis sharhida Badruddin Ayniy rohimahulloh shunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Duosini mahkam qilsin» so‘zlarining ma’nosi — qat’iy so‘rasin, duosini qattiq turib olib so‘rasin, oxirida «agar xohlasang», deb qo‘shib qo‘ymasin. Chunki bunda — «agar xohlasang», deb qo‘shimcha qilishda — Undan so‘ralayotgan Zotdan (Alloh taolodan) va so‘ralgan narsadan behojatlik ma’nosi bor.
(Umdatul Qoriy, 22/299.)

«Xohlasangiz, kitobingizni berib turing», desam, «xohlamasangiz, bermang», degani bo‘ladi.

«To‘yga o‘tarsiz, xohlasangiz», desam, «xohlamasangiz, kelmasangiz ham bo‘ladi», deb tushunishingiz mumkin.

Duodagi holat ham shunday: «Agar xohlasang, rahm qil», degani — «xohlamasang, rahm qilma, rahm qilmasang ham bo‘laveradi», degani bo‘lib qolishi mumkin.

Banda Robbisining yordamiga juda muhtoj ekani, o‘zi ojizligi, gunohkorligi, borishga boshqa eshigi yo‘q faqirligini izhor qilib duo qiladi. «Xohlasang berarsan, bermasang, o‘zing bilasan», deyish qul Xojasiga, faqir mutlaq Behojatga aytadigan gap emas. Hatto, bu kabi so‘rash ikki ojiz — banda bilan banda o‘rtasida ham namunali holat emas.

Yuqoridagi hadis misolida Alloh taolo bizga ishonch bilan, qat’iy turib, muhtojlikni izhor qilib duo qilishimizni buyurganini ko‘rdik. Qurʼon va hadisda kelgan duolarga qarasangiz ham «inshaalloh» so‘zini ko‘rmaysiz.

Bu maqolani o‘qiyotgan azizlarimiz aslo behojatlik ma’nosida «inshaalloh» so‘zini ishlatmasalar kerak. Ularning bu so‘zni duodan so‘ng ishlatishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid asosida shakllanib qolgan bo‘lishi mumkin.(Nazarimda, bu turk mediasi, adabiyotlari vhkzlar orqali ommalashdi.)

Alloh taolo bizga O‘zi istagan shaklda duolar qilishimizni va ularning ijobatini eng xayrli tarzda yetishimizni nasib etsin. Omin🌸

22.01.2023

@qizingizyozdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥54👍1