Китобчи хоним
2.3K subscribers
62 photos
41 videos
173 links
kitoblar — bu shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir.

masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot
Download Telegram
Bir yumalab kitobxon bo‘lib qolish haqida.. .

Avval boshlab olishdan..

Kitob o‘qishni qanday boshlasam bo‘ladi? Kitob tavsiya qiling boshlab olish uchun..

Kitob o‘qishni boshlab olish uchun top 3 ta tavsiya
♕ Kichkina hikoya yoki qissadan boshlang
♕ 14 yoshdan yuqori bo‘lsangiz sevgi haqida kitob tanlang. Bu tez olib kiradi kitobga
♕ 14 yoshga yetmaganlar uchun fazo koinot, sirli sarguzasht bolalar adabiyoti maʼqul
♕ Xudoyeberdi To‘xtaboyev asarlari, Shaytonvachchaning nayranglari, Kichkina shahzoda, Alvido bolalik, Hellados..

Xo‘p endi boshlab qo‘ydim davomiy bo‘lolmayapman deganlar uchun top 5 ta tavsiya

♕ Kitobni zerikarli deb bilgan joyingizni tashlab o‘qing.Vaqtincha)
♕ Doim qo‘lingiz yetadigan joyda kitob bo‘lsin. Stol ustida, yostiq tagida..
♕ O‘qishni boshlagan kitob voqealaringizni tahlil qilib ko‘ring.
♕ Hazmi yengilidan boshlang, chuqur falsafali, o‘tkir syujetli, psixologik kitoblarni tanlamang boshlanishiga.
♕ Endi kitob o‘qishni boshlaganlarga tavsiya kitoblar: Nabaviya tarbiya, O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Ikki eshik orasi, Oltin zanglamas, Dunyoing ishlari, O‘tgan kunlar, Hellados, Kukaracha, Remark asarlari,O‘tkir Hoshimov,Said Ahmad asarlari..
♕ Agar boshlagan kitobingiz 20-betda ham siz uchun tushunarsiz bo‘lsa, qanchalik maqtalgan bo‘lmasin yopib qo‘ying. Oylar o‘tib qo‘lingizga olish uchun. Yo‘qsa kitobdan bezdiradi—tushunarsizlik
♕ Bir yil muttasil faqat kichik hikoya va qissalar o‘qing, mubtalo bo‘lganingizni bilmay qolasiz

Va albatta @kitobxoncha kanalini kuzatib boring

Tik tok  | Instagram | Telegram
29
#savol

Ikki mahbubni ko‘rdim bir birini ko‘rmagan
Ikkisining o‘rtasida dostlar qil ham sig‘magan
Ushbu chiston topgan bo‘lsangiz shu chiston nomli kitobni yozib bering izohda


Tik tok  | Instagram | Telegram
15
Yozsiz yil
Zulfiya Qurolboy qizi


Zulfiya Qurolboy qizi ayol dardi haqida yozishda o‘zbek adabiyotida yaxshigina imzo qo‘ygan yozuvchi.
Qator hikoyalar va qissalarini maroq bilan o‘qiganman.«Yozsiz yil» hikoyasi matonatli, sabri cheksiz ona haqida. Dardli hikoya..
Bemor o‘g‘li uchun hamma narsaga tayyor munis ona..Dardni ham unuttirgan sevgi chizgilari..
Sevgi to‘la yuragi bilan Sobir..
Hamma narsaga tuyg‘ularga tayanmaydigan biroz qattiqqo‘l kuyunchak Mamatqul akasi..

Mahkamboyning o‘limi o‘g‘liga salomatlik baxsh etsa, hech ikkilanmay bu nokasni o‘ldirgan bo‘lar edi

Ilojsiz onaning xayolidan o‘tganlari.
Qalbiga beg‘ubor muhabbat bilan kirib kelgan Marvarid, Sobirning bemorligiga qaramay sevishi rost yoki yolg‘on buni faqat turmush qurishsa bilar edi. Baʼzan tuyg‘ular hayot sinovlari oldida sinadi..
Onaning hayotida mudom qish hukmron bo‘ldi. Yoz kelmadi sirayam. O‘z hayotini yashab o‘tmadi ona. Sobir bo‘lib yashadi.. Yozni kutib yashadi..
Onaning munis va matonati haqida yana bir ajoyib hikoya. Tavsiya qilaman barchaga

Tik tok  | Instagram | Telegram
21
Hatto o‘zbek alifbosi o‘zgardi, sen o‘zgarmading so‘tqo‘zi)

Tik tok  | Instagram | Telegram
45
Baʼzida insonlar darddan ham xavfliroq bo‘lishadi

Zulfiya Qurolboy qizi
Yozsiz yil


Tik tok  | Instagram | Telegram
31
Mashina bor, hamma qizlar giriftor degan qarash paydo bo‘ldi...

Yangalarim, qo‘shnilar ukasi jiyanini menga taʼriflashini "mashinasi bor" degan gapdan boshlashadi. Ayanchli ahvol. Oilasi, o‘qishi, ishi,dini, eʼtiqodi, tarbiyasi... Oxirgi o‘rinda. Vaholanki uyimizda dadam minadigan eski velosiped bor. Lekin dadam ham, ayam ham kelgan sovchilarni mashinasi bor ekan woouv😳😱 deyishmaydi hech qachon. Menga ham balki ularni qarashi o‘tgandir, bilmadim. Menga ham WOUV😳😱 emas.
Mashina ulov uchun, og‘irini yengil qilish uchun olinish kerak.Foydali markab bo‘lish kerak,ko‘zko‘z qilish uchun emas. Mashina, telefon markasi yoki kiyim brendi insonni kimligini belgilab bermasligi kerak.
Xullas mashinasi borlar o‘ziylani bosvoliyla. Hayotiy qarashlari to‘g‘ri odamlarga qiziq emas mashinayiz. Mol dunyo desa o‘zini tashlaydigan odamlarga qiziq bo‘lishiz mumkin. Lekin bir narsa, boylik, narsa uchun sizga tekkan qiz kun kelib, shu narsalar yo‘q bo‘lsa yonizda qoladimi? Mashinada yurib o‘rgangan piyoda yursa, ming‘illamaydimi?

Moddiyat bilan qizlarni rom qilishga harakat qilmang, kun kelib, o‘sha moddiyat yo‘q bo‘lib qolsa... Yonizda bo‘larmikan..?

Mashina sotib olish yomon emas, qarashlarning xatoligi yomon. Yuqorida aytib o‘tganimdek, hashamat ko‘z ko‘z qilish uchun emas, foydali markab uchun, qolaversa mashinasi bor inson bir pog‘ona yuqorida degan qarashlarni nazarda tuttim.

Bu gaplarni yozishimga sabab, Malibu mashinasini qarzga olib to‘lolmay psixologiyasida buzilish kuzatilib kasalxonaga yotqizilgan yoshgina yigit haqida o‘qiganim bo‘ldi. Arzirmikan?...

Tik tok  | Instagram | Telegram
51
Китобчи хоним
Biz yana boshladik 🎁 Sovrinli mutolaa tanlovi 🎁 Shartlari bilan tanishing 💙 Javlon Jovliyevning «Qo‘rqma» kitobini berilgan muddatgacha mutolaa qilasiz 💙15-iyul soat 21:30 da @kitobxoncha kanalida «Qo‘rqma» asari yuzasidan savollar yuboriladi. Sizlar…
Taqrizlar judayam kam.. Sovringa qo‘yilgan kitoblardan ham kamda. Tushunyapsizmi?
Bunda tanlov bo‘lmaydida. Beshta qatnashuvchi, beshta sovrin bo‘lgandan keyin, bo‘lib berilgan hisoblanadi.
Keyingi mutolaa tanlovida o‘rinlarni kamaytiramiz.. Afsus.. Qatnashuvchi judayam kam.
Eng yaxshi asar, o‘qilishi kerak bo‘lgan asar tanlab olindi! Audio topib berdim. Asaxiy bookda chegirmada turipti Qo‘rqma kitobi. Sovringa ikkita eng saralarini tanladik, bitta emas..
Baʼzi kanallar kabi odam qo‘shing demadik, 5-6 ta kanalga aʼzo bo‘ling demadik.. Faqat mutolaa qiling taqriz yozing dedik, savollar tayyorlangan javob yo‘llaysiz dedik..
Sovrinli mutolaa tanlovi 25-iyulgacha qoldiriladi. Nashriyot ishonib bergan kitoblarni shunchaki bo‘lib berolmayman uzr..
Yaqinlaringizga tarqatib qo‘ying maʼqul ko‘rsangiz.
124
#sarkazm

Tog‘amni o‘g‘li: Opa, 44 ball olibman, qayga kirsam bo‘ladi?
—Rossiyaga ketadigan aeroportga kirsang bo‘ladi bu ball bilan 😐


Abituriyentlarga omad

@kitobxoncha — saviyali kitobxonlar davrasi
40
#Savol: Bu qayer?

📖 Pastda ...haqidagi ...kitobidan olingan parchalarni keltirdim. Bu joy qayer va parchalar qaysi asardan olingan? Siz ham bu yerda yashay olarmidingiz?

"... aholisining koʻpchiligi sohildan baliq ovlaydi - bu mahalliy terapiya usuli. Bir shifokor menga: 'Men baliq tutmayman, balki xayollarimni dengizga sochaman', – degan edi".

"Biz ko'payish orqali ularga qarshi turamiz, chunki ular bizni o'ldirishmoqda – boshqa qarshilik ko'rsatish imkonimiz yo'q."


"... Siz 2008-yilgi urushdan beri biznikiga kelgan yo to'rtinchi yoki yettinchi odamsiz. Jurnalistlar ularni to'xtata olmaydi”. Faysal bolalarga tarqalishni va derazadan tashqariga qaramaslikni buyuradi, menga esa devorlardagi o'q izlarini va oilasini himoya qilish uchun o'rnatilgan po'lat panjaralarni suratga olishga ruxsat beradi".


🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16
Китобчи хоним
#Savol: Bu qayer? 📖 Pastda ...haqidagi ...kitobidan olingan parchalarni keltirdim. Bu joy qayer va parchalar qaysi asardan olingan? Siz ham bu yerda yashay olarmidingiz? "... aholisining koʻpchiligi sohildan baliq ovlaydi - bu mahalliy terapiya usuli. Bir…
Kitoblar sizni baxtsiz qiladi!

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. Shu mazmundagi jumlani "Akademnashr" rahbari Sanjar akaning bir intervyusida eshitib qolgan edim. Aslida, o‘zimda va atrofdagilarda shunga o‘xshash holatni ko‘p kuzatganman, lekin bu hisni so‘z bilan qanday ifodalashni bilmay yurgandim.

Shunday asarlar bor — ularni o‘qigach, ichingizda qandaydir og‘riq paydo bo‘ladi. Avval ko‘rmagan va sezmaganingiz muammolar, illatlar va tubanliklar to‘satdan ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Atrofdagi haqiqiylikni to‘siqlarsiz, boricha ko‘rish instinktingiz ishga tushadi. Tinchligini yo‘qotgan qalbda g‘azab uyg‘onadi va ba’zan bu harakatlarga ham ko‘chadi.

Anglagan "dushmaningizga" qarshi maqsad va rejalar tuza boshlaysiz, o‘zingizni o‘qqa-cho‘qqa urasiz. Biroq ba’zida qo‘lingizdan hech ish kelmasa, ko‘ra turib ojiz qolishning qanchalar alamli ekanligini butun vujudingiz bilan his etasiz. Qaysidir nuqtada ojizlikni tan olib, alam bilan "qilich-qalqon"ni tashlashga majbur bo‘lasiz.

Eng muhimi — endi avvalgi xotirjam, faqatgina maishiy va ikkilamchi ehtiyojlargina tashvishga soladigan inson emassiz. Siz evrilishga yuz tuta boshlaysiz, ammo bunday bo'lmasligi ham mumkin. Qalbi va quloqlariga muhr bosilgan, ko'zlarida esa parda borlardan bo'lib qolish naqadar ayanchli.


Kitoblar bilmaslik baxtiga intiho yasaydi.


Rus qalamkashi Nadejda Kevorkovaning "Falastin... agar o‘lishim lozim bo‘lsa" asari ham ana shunday "baxtsizlik" (aslida esa uyg‘onish) kalitlaridan biri.

Ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklarda yillardan beri G‘azodagi vahshiyliklar haqida tinimsiz o‘qib, eshitib kelyapmiz. Ammo bu fojialarning ildizi 3, 5 yo 10 yil emas, balki undan-da uzoq o‘tmishga borib taqalishini bilasizmi?

Bizdan 3200 km uzoqlikdagi Falastin va uning mustaqil qismi hisoblangan Gʻazodagi insonlar kundalik hayoti, yeb-ichishlari, pul topish mashaqqatlari va bir necha avloddan beri davom etayotgan Isroil bilan kurashi sodda tilda, gʻazoliklar tilidan aytib berilgan. Kitob jurnalistning olgan intervyulari asosiga yozilgan. Kitobni oʻqib, g‘azoliklarning holatini ko'rasiz, his qilasiz, dronlar shovqini qulog'ingizga eshitiladi.

Afsuski, bu kitobdagi aytimlar toʻqima badiiylik emas, ayni paytda siz-u biz xotirjam/toʻq holatda shu postni telegram orqali oʻqiyotganimizda ro'y bermoqda. Ular xalqaro hamjamiyatdan (jumladan, bizdan) yordam kutishadi. Shu yerda yozishni toʻxtataman, qolganini kitobni oʻqib bilib oling.

Kitob til oʻtgatmaydi, pul topish yo muvaffaqiyat sirini koʻrsatmaydi yoki insonlar nazarga tushishingizga sabab boʻlmaydi, mazza qilib mutolaa qilmaysiz ham. Ammo baxtsizlik bera oladi...

📖 "Falastin... agar oʻlishim lozim boʻlsa" kitobini sotib olish
🎙 Kitob haqida tarjimon bilan suhbat
📍 Kitobni elektron oʻqish
🗣 Kitobning audio varianti

P.S: Yuqoridagi parchalardan gap qayer haqida borayotganini ilg‘agan "baxtsizlar" ko‘p ekanligidan xursandman. Siz kitob haqida qanday fikrdasiz?

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19
Kitob o‘qiganda diqqatni jamlashga qiynalayotganlar bormi?

Xurshid aka Maroziqov ilmiy tadqiqotlar va onlayn kitobxonlik guruhlaridagi amaliy tajribalarni bitta joyga jamlabdilar.

Qiziq va amaliy tomondan samarali ekan. Foydasi tegsa, duo qilib qoyarsizlar :)

Link: khursh.id/kitob

🔖 @kitobxoncha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16