Китобчи хоним
2.29K subscribers
62 photos
41 videos
173 links
kitoblar — bu shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir.

masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot
Download Telegram
Sizlar "noz qilyapti" deb o‘ylagan qizning "senga ishonaman qizim" degan dadasi bor


Kitobchi xonim


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
482118
Китобчи хоним
Mutolaa tanlovi g‘oliblariga sovrinlari chiqarib yuborildi. Yetib borgandan keyin shu post izohiga tashlab qo‘yasizlar. Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.…
@kitobxoncha kanalida  «Eng  omadli obunachi» nominatsiyasi G‘afurovaga nasib qildi. Tabriklayman. Bardavom bo‘lsin. Shartda sheʼr yozishim  kerak edi. Bularning barchasi kreativlik uchun edi. Negativ shart emas

G‘afurovaga

​Kanal omadli asli,
Sizdek obunachisi bor.
Sovrin bo‘lsin davomli,
Omad bo‘lsin doim yor!
​Kitobsevar, ziyoli,
Qizlarimiz ko‘paysin
Bu tanlovning maqsadi!
Kitobxonlik yoyilsin

Maʼno qani mantiq qani qofiya qayga ketti turkumidan sheʼr


Keyingi mutolaa tanlovida «Eng omadli obunachi» nominatsiya uchun sirli maktub yozaman. Qaysi sovrin kitob ichida bo‘lsa o‘sha kitobxon g‘olib bo‘ladi. Faolroq bo‘ling.
Bu safar ikkita kitob tanlab oldim. Eng yaxshilarini

🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16136
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬So'nggi o'q (1-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20114
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 So‘ngi o‘q (2-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2094
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 So‘nggi qism (3-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2293
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 So‘nggi o‘q (4-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2285
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 So‘nggi o‘q (5-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2676
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 So‘nggi o‘q (6-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22119
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 So‘nggi o‘q (7-qism)

🤩 Tohir Malikning shu nomli asari asosida suratga olingan film


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30119
So‘nggi o‘q va Qo‘rqma asarlarini o‘qib....


Biz noshukurmizmi?
Biz laganbardor, "paxtakor" mizmi?


21 yoshimda uzoq umr kechirdim, chunki ko‘plab kitoblar o‘qidim..


O‘rta asr mayli, yaqin tariximiz haqida; tarixda kichkina raqam yoki ikki qator yozuv bilan ifodalanib ketgan baʼzi voqealarni o‘qib hayratlandim. Qo‘rqma asaridagi ilm talabidagi 70 ta talabaninng ayanchli taqdiri va So‘nggi o‘q asarida tasvirlangan va boshqa asarlarda ham yoritib o‘tilgan boylarni "quloq" qilish jarayoni.
Nega boylarni quloq qilgan deb o‘ylaysiz? Millatimiz boylari pulini ilmga tikishga, rivojlanib ketishiga qo‘rqqan. Qullikda ushlab turish uchun, Turkistonda ilm ham boylik ham kerak emas edi. Qatag‘on, quloq degan narsalar o‘sha uchun o‘ylab topilgan
Xo‘sh endi bugungi kunimizga shukr qilmaymizmi? Yurtimiz yutuqlari haqida gapirib chiqqan odam borki bizda "paxtakor" bo‘ladi. Noliymiz, norozimiz..
Shukr qilib eʼtiof etilmasa Allohga ham xush kelmaydi.


Hozir yuqorida aytib o‘tilgan hamma minuslar plus bo‘lmadimi? Chet elga istagan ilmli o‘qib kelmayaptimi? Qanchalab grant ajratilmayaptimi?To‘g‘ri taʼlim tizimida hali kamchilik ko‘p. Lekin bu O‘zbekistonning xatosi qilib ko‘rsatilmaslik kerak. O‘zbekiston yoshlarini bo‘ynidagi vazifa deb qabul qilinishi kerak. Tanqid qilish kerak, ammo nolish yaxshi emas

Yurtimizda boylar qancha boyisa mumkin hozir. O‘sha sahiy boylar boshchiligida qancha uysizlar uyli bo‘lmadimi? O‘zbekiston kichik davlatdir, lekin uysiz ko‘chada qolgani yo‘q. Shunga eʼtibor qilganmisiz hech? Bo‘lsa ham kam foizli va ularni ham blogerlar topib borib xalq bilan yig‘ilib boshpanali, ishli qilyapti.

Ko‘p uchratamanda kimdir shu gaplarni aytib chiqsa "paxtakor" deb kulishadi. Go‘yoki, yurt kattalariga yoqish ilinjida shu so‘zlarni aytarmish..
Ular shu kitoblarni o‘qib ko‘rsa, ancha tafakkur qilishardi.
Shuncha neʼmat ichida ham nolishimizga uyaldim.
Birga uyalayik keliyla 😃


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1476
Said Ahmad asarlarini sariq adabiyot degan bookbloger "Binafsha shuʼlasi" ni maqtab erinmay uzun post qo‘yipti
Shunda Said Ahmadning aybi pul bermay o‘lib ketganimi😃

🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
461615
Ertalab bo‘lsa aqlli bo‘laman deb so‘z beraman. Lekin hech ertalab bo‘lmayapti😃

🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2762
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbol tamom, hammang qo‘lingga kitob oliyla


Rosti futbolga qiziqmiman. Lekin vatan tuyg‘usi o‘laroq jahon chempionatida yutishini istadim. Yutqazishdi. Xo‘p nima bo‘pti? Hali endi boshlandi. Necha yillik Ronaldoga qarshi o‘ynashdi. Siz nimani kutgan edingiz. Jamoa kuchli ekani aniq edi.
Biznikilar jahon chempionatiga chiqqishni uddalashdiku 34 yillik orzular ushaldi. Hadeb loyga qoravermayla. Keyingi o‘yinlarida omad tilab duo qilib qo‘yamiz.
Hech qaysi davlat har taraflama mukammal emas. Xuddi inson kabi. Nimasidir bilan mashhur. Nimasidir bilan taniqli. Biz vatan uchun qo‘limizdan kelganini qilaylik. Tomoq yirtib baqirish yoki televizor sindirish bilan vatanparvar bo‘lib qolmaymiz.
Eng yaxshi yo‘l ilm yo‘lidir. Bunga dalil va isbotlar videoda qisqacha bo‘lsada.


Tafakkur qilaylik🙂


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18163
⚰️ Nikolay Gogol
🌷Burun


O‘z yo‘nalishi bilan sevimli Gogol «Burun» hikoysi biroz sarkazm, biroz detektiv,biroz kulgu, biroz jiddiylik bilan qorishgan.
Asar non ichidan chiqqan burun voqeasi bilan boshlanadi
Kovalyov atalmish amaldorning uyg‘onganda burni yo‘qolib qolishi sizni qiziqtirib voqealar iziidan yetaklaydi
Hikoyadagi voqealar bir qarasangiz xayoliy, bir qarasangiz hayotiy tuyuladi, voajab!

Dunyoda har xil voqealar bo‘lib turadi. Ba'zan bunga ishonish ham qiyin, lekin shunday bo‘lsa-da, bu haqiqat».


Siz va biz uchun kulgili boshlangan bu asar nega sal kam 200 yil yashab kelyapti?
O‘sha davrda ham hozirda ham dolzarb bo‘lgan illatlar tufayli menimcha.
Rasmiyatchilik, tashqi ko‘rinish,mansab muhimligi kabi illatlar..
Kovalyov burnini yo‘qolishi salomatligi bilan emas mavqeisi yo‘qolishi bilan qo‘rqadi.
Insonning jamiyatdagi o‘rni o‘zining ichki dunyosi bilan emas tashqi ko‘rinish bilan belgilanadi.
Bular bizga tanish holatlar shunday emasmi? Qayerga borsangiz boshdan oyoq qarab, keyin muomala qilinishi bor gapku.
Burun amaldor bo‘lib ketib egasidan mavqei ustun bo‘lib ketadi.
Mirshakarning bir intellekt hazili bor: Kim so‘rayapti?
Yaʼniki kim gapirishiga qarab holat baholanadi. Hatto burun bo‘lsada 🤷‍♂️
«Lavozim va mansab insonni shunchalik o‘zgartirib yuboradiki, u o‘zining tanasidagi a'zolarini ham boshqa odamnikidan farqlay olmay qoladi».


Mansab insondan kattaroq narsaga aylanadi. Hazrati inson degan gap tegishli joylardagina ishlaydi.
Hikoyani o‘qib atrofga boqsangiz voqealar sal boshqacha ko‘rinishda, uyer buyerda guvohi bo‘lasiz va nega bu asar o‘lmas ekaniga javob topasiz.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, inson mansabga minsa, tushishi ham bor, tashqi ko‘rinish nuqsonga yuz tutishi bor.. Ammo ichki dunyomiz biz bilan, doimiy. Ichki dunyoga nazar solib ish ko‘rishni eplasak yo‘limiz ravon bo‘ladi

🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1475
«Insoniyatning eng katta fojiasi — tashqi ko'rinish va jamiyatdagi mavqeni hamma narsadan ustun qo'yishidir».

⚰️Nikolay Gogol
💜Burun


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
124116
Китобчи хоним
Mutolaa tanlovi g‘oliblariga sovrinlari chiqarib yuborildi. Yetib borgandan keyin shu post izohiga tashlab qo‘yasizlar. Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.…
Yelib yugurib mutolaa tanlovi uyushtiraman. Sovrinlarni borib olish ham malol keladi baʼzilarga. Sizlardn iltimos qilardim. Kimdir pochtaga borish imkoni bo‘lmasa, xasislik qilmasdan keyingi g‘olib olsin deyishingiz mumkin.
Hozir bitta sovrindor borib olmagan bts pochtadan. Pochta turini o‘zlari tanlagan. Hozir qaytib kelgan o‘sha pochta. 69 ming to‘lov qilishim kerak ekan.
O‘sha kuni tug‘ilgan kunim munosabati bilan karta raqam tashlaganimda qancha malomatga qoldim. Xuddiki boyib ketganday.
Shunga o‘xshash chiqimli holatlar ko‘p bo‘ladi va o‘zimni yonimdan to‘layman. Men dadamni qaramog‘idagi oddiy student qizman.
Sal eʼtiborli bo‘ling iltimos
2315
#ибрат

Деди:
— Мен китоб ўқийдиган, ўзини зиёли кўрсатадиган аёлларни хушламайман!
Дедим:
— Нега?
Деди:
— Чунки у файласуф бўлади. Кўп жанжал қилади. Эрига итоат қилмайди. Оддий, ўртача билимга эга бўлган аёл яхши!
Дедим:
— Сен зиёли аёлдан  қўрқмайсан. Сен аслида зиёли аёл фош қиладиган нуқсонингдан қўрқасан!

©️ Абдулқодир Самарқандий

Хулоса: Шунинг учун, индамасдан ерга қараб турадиган дунёқараши тор эмас, керак жойда ҳаққини талаб қила оладиган зиёли аёл танланг. Зеро, қўйсифат аёлдан қўйсифат, шерсифат аёлдан шерсифат фарзанд дунёга келади!

#chopildi

🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
521414
Rivoyat qilinishicha bir kishining qo‘lidagi kitobda hadisdagi حبة سوداء "qora sedana" so‘ziga bitta nuqta qo‘shilib حية سوداء "qora ilon" bo‘lib qolgan ekan. Qora ilon davo bo‘lar ekan deb o‘ylab chaqtirib ko‘rgan ekan, natijasida vafot qilgan ekan.


Baʼzi bir ilmlar borki, kitobdan emas, ustozdan olinadi. Aks holda uni adashtirishi, hattoki o‘ldirishi ham mumkin.
Yaqinda bir meditsina talabasi shu kanalga kelib bahs emas, janjal qilib ketti.
Bahs nima, janjal nima? Bu xususida boshqa kun so‘z yuritamiz

Medik qizning iddaolari shundan iborat ediki, doktorlik vazifasi jarayonida bemalol badiiy adabiyotlarda yozilgan dorilarni qo‘llasa bo‘larmish!(Kasal bo‘mayla iltimos)
Men umuman meditsinadan yiroq insonman, kimyo fanidan H2O dan boshqa narsa bilmayman.
Lekin bilamanki, insonlarda mijoz har xil bo‘ladi va shunga qarab dori tavsiya qilishadi.
Islom dini va tibbiyot kabi ilmiy manbalar ilmiy kitoblardan o‘qilgani, ustozlar bilan o‘rganilgani maʼqul.
Badiiy adabiyot o‘z nomi bilan badiiy. Voqealar jarayonini tasvirlash uchun qo‘llaniladi xolos.
Huzur qilib o‘qiladi, tafakkur qilinadi.. Aslo manba qilib olinmaydi!

🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34
🍧🍧🍧🍧 oyi sarhisobi

💙«Men, buvim, Iliko va Illaryon.» Nodar Dumbadze
💙«Bonu.» Iqbol Mirzo
💙«Qo‘rqma» Javlon Jovliyev
💙«1984» Jorj Oruell
💙«Burun» Gogol

💙Sizchi iyun oyida qaysi kitoblarni o‘qidingiz?


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24
​Маменькин сынок билан, онасини ҳурмат қилган йигит, бошқа бошқа...

©Папина дочка


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26
LOLAQIZG'ALDOQ 💙


Shavkat Raxmon xotirasiga bag'ishlanadi.

Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aloq!

Men ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, oxu,
Chunki sen chiroyli,
Ko'rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon...
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Uyda yotibman-u,
Sezib turibman,
Ko'kda ketayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoirga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo'l qoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ularni men yana
Ko'rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To'ylar boshlandi.
Yuragim pora-
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim...
Demak, taqdir ekan
To'y ko'rmay o'lmoq,
Lola, lolaginam,
Lolaqizg'aldoq

Biroq ko'nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to'ladi.
Hali to'ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim
Eng baxtli bo'ladi!
Kelinlar ko'ylagi
Ruhimday oppoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr etmas
Kimga mol-dunyo,
Meng esa HAVO
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O'liklar uyg'oq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Ko'ksim kuyib borar,
Ko'krak yonmoqda,
Ayting do'xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o'z ulfati-
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq
Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so'lasan.
Qalbimda-ku faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O'zing bo'lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira-bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G'am kelsa boshingdan
Hushing uchmasin.
Xudodan so'radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo'lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko'ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq
Jon so'nggi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo'lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o'pib, O'shni
Quchoqlab o'lsam!...
O'tinchim-tepamda
Yig'lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq


Muhammad Yusuf


🌐 Tik tok  🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52