Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
🌐 Telegram 🌐 Instagram
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2 33 12 7 3
Qizlar o‘qish paytda turmush qurishi..
Kelgan sovchi borki, o‘zimiz o‘qitib olamiz, yordam beramiz deydi.
Albatta kim ham o‘zi amallab o‘qib olar deydi.
O‘qish paytda turmush qurilishi minuslari judayam judayam ko‘p. Ham psixologik ham moddiy, ham jismoniy.. Eng og‘iri, mana shu uchta muammoni uyidagilarga sezdirmaslik. Ota ona tarafga ham, kelinlik uyi tarafga ham.. Biz bilan qo‘shilib o‘ynab kulgisi, to‘yib uxlashi ular uchun orzu.. Chunki u KELIN!!
Yordam berganday ko‘rinishingiz mumkin, lekin hammasiga ham emas.. Istaysizmi yo‘qmi "Uylandim, xotinim yuvsin noskini" deysiz. To‘g‘ri nimasi qiyin shartta turib yuvib tashlasa, o‘zi bitta ishku deysiz. Lekin hamma shu fikrda qaynona qaynota, qo‘ni qo‘shni, o‘qishdagi kurator tyutor, sessiya, oraliq, amaliyot.. Hammasi o‘zi bitta ishku desa..
Faqat ishning o‘zida ham emas. Darsda iganani ustida o‘tirganday o‘tiradi. Qarab turamanda.. Miyasida nimalarni o‘ylaydi, bizga yarmini aytadi yoki yo‘q.. Yaxshi kelin bo‘lishi haqida bosim tinch qo‘ymaydi miyasini bechorani..
Keyin homilador bo‘lsa.. Ikki baravar qiyin. Yozni kunida bir kursdoshim sessiyaga qatnadi. Judayam qiynaldi. Qani ano vaʼda berib olganlar... Zo‘rg‘a svetofordan o‘tardi dam olib dam olib..
Birovni sevimli qizini olib keldingiz uyga.Qop qop vaʼdalar berib.
Umr yo‘ldoshi degan atama bekorga paydo bo‘lmagan. Bundan keyingi hayotimda yo‘ldosh deb qaralsa, olam guliston menimcha
O‘qishda o‘qiyotgan qizga uylanmang, tinch qo‘ying o‘qisin. Uylandizmi yordam bering.
©️Antimotivator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍧 Lolazor.🍧 Alvido vatan (Aʼzam Hoshimiy🍧 Otamdan qolgan dalalar🍧 Uch og‘ayni (Remark)🍧 Jinoyat va jazo (Dostoyevskiy🍧 Abadiyat qonuni (Dumbadze)
🍧 Nazar Eshonqul (saylanma)🍧 Muvozanat🍧 1984 (Jorj Oruell)🍧 🍧 Alvido bolalik (T. Malik)
Siz ham o‘zingiz uchun top deb bilgan 10 ta kitob tavsiya yozib qo‘ying izohlarda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mutolaa tanlovi g‘oliblariga sovrinlari chiqarib yuborildi. Yetib borgandan keyin shu post izohiga tashlab qo‘yasizlar.
Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.
Kimga tushsa «Kitobchi xonim kanalining omadli obunachisi)» nominatsiyasi bilan taqdirlanib, o‘sha odamga atab sheʼr yozib beraman. Maʼno qani, mantiq qani qofiya qayga ketti turkumidan🤓
Yozuv esa alohida mavzu. Aytishlaricha Dohiylar shunaqa "chiroyli" yozisharkan.😐
Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.
Kimga tushsa «Kitobchi xonim kanalining omadli obunachisi)» nominatsiyasi bilan taqdirlanib, o‘sha odamga atab sheʼr yozib beraman. Maʼno qani, mantiq qani qofiya qayga ketti turkumidan
Yozuv esa alohida mavzu. Aytishlaricha Dohiylar shunaqa "chiroyli" yozisharkan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨ Qo‘zichoqlar sukunati📖 Tomas Harris
🌟 Shu ajib dunyoning tun zulmati ortiga yashiringan yarim qismidan o‘zgalarning ko‘z yoshlari hisobiga yashaydigan mavjudotni izlab, topishim lozim...
Bu Klerisning ahdi edi! Va bunga erishdi ham..
Qator detektiv, mistik asarlar o‘qigan bo‘lsamda, hammasini chetdan kuzatib o‘qiganman, his qilib tahlil qilganman. Lekin men bu asarda Kleris bo‘lib yashadim, qahramon bilan birga his hayajonni, tahlikani his ettim..
Agata Kristi, Artur Konan Doeyl kabi detektiv mualliflari tomonidan asarlarni o‘qib, xuddi Kleris kabi izquvar bo‘lishni , sirli jinoyatlarni ochishni orzu qilganman. Orzularimga yetmagan bo‘lsamda, shu asarda orzularimda Kleris orqali yashab ko‘rdim desam ham bo‘ladi.
Vahshiy bo‘lsada menga yoqqan personajlardan biri psixiatr Gannibal Lekter.U nihoyatda aqlli, o‘zgalar tomonidan "daho" deb eʼtirof etishni sevuvchi psixiatr vahshiy qotil, qamoqda maxsus saqlanadi. Qanchalik vahshiyligiga qaramay Klerisning bolalikda ko‘zi ojiz otini o‘limiga achinadi.. Klerisga axloqsizlik qilgani uchun Miggzni o‘zicha jazolaydi.
Har bir zamonda, har makonda g‘alamislar bo‘lgani kabi Chilton bor bu asarda.
Jems Gam ismli qotil! Bolalikdagi travmalari oqibati va hasad kuchidan shu darajaga yetib keladi.
Qo‘zichoqlar sukunati deb atalashiga sabab, Klerisning bolalikda qolgan ichki g‘alayoni qotilni tutishi bilan bosilishi Lekter tomonidan aytiladi. Alamlar bosiladi, o‘ch olinadi go‘yoki.
Yana bir sababi sukunat ortida judayam ko‘p jinoyatlar sodir etilishiga ishora qilingan.
🌟 Shiddatli.. Hayajon va qo‘rquvga boy.. Zavqli.. O‘tkir syujetli detektiv va zamonaviy psixologik triller..
Shunaqa yo‘nalish yoqsa o‘qib ko‘ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoq haqida
Instagram, Tik tok kabi platformalar bizga kerakmi? Yo‘q!
Biz rad ettik ana, endi instagram tik tok o‘chib ketadimi? Hamma yoppasiga o‘chirib tashlaydimi? Yo‘q albatta🤷♂️
Muammoni ko‘tarib chiqish oson, unga yechim berish qiyin va hammaga ham emas. Bu mashaqqatli yo‘l.
Shukrullo domla «Biz instagram va tik tok kabi platformalarga kirib borishga kech qoldik. Ilmga kitobga targ‘ib bilan egallab olishimiz kerak edi» yo‘sinda fikr bildirgan edilar
Muhammadali Eshonqulov «Men avvaliga instagram kerak emas degan fikrda edim va yuritmaslik tarafdori edim. Xato o‘ylagan ekanman» degandilar. Va hozirda instagram sahifalarini yurtib ilm yo‘lida faol targ‘ib qilish bilan mashg‘ul
Instagram yomonligi haqida metrlab post qo‘ying soatlab tahlil qiling, ishoning befoyda. Bitta bo‘lsa ham taʼsir qilar deysiz? Bittani qaytarguncha anayog‘da yuztasi instagram ochdi o‘zi.
Muammoga yechim shuki, instagram ochadimi tik tok ochadimi ilmga targ‘ib qilish uchun manfaatli post qo‘ysakkina,maqsadimizga yetgan bo‘lamiz.
Instagram algoritmi shunaqa ishlaydiki, obuna bo‘lgan qiziqishizdagi videolardan ikkita ko‘rsatsa, butunlay boshqa mavzuda bitta video taklif qiladi. O‘sha video zora bizniki bo‘lsa deb ham harakat qilishimiz kerak.
O‘zi kelishini kutib o‘tirmay (zotan befoyda kutish) o‘zimiz bostirib borishimiz kerak. Alloh qodir qilgancha .
So‘z amali bilan taʼsirli deyiladi. Bir muddat tik tok ochib ishlattim va faqat rahmatlaru duolar bo‘ldi, biror marta negativ bo‘lmadi.«Shu post tufayli shu kitobni oldim, qiziqdim shu kitobga,endi bildim shunaqa kitob borligini» kabi eʼtiroflar ko‘p bo‘lgan. Vaqtim yetmagani uchun o‘chirib tashlaganman.
Hozir yana tik tok va instagram ochdim. Manfaatli video qilish qiyin, ammo harakat qilamiz in shaa Alloh.
Amri maʼruf joy tanlamaydi. Amri maʼruf faqat diniy maʼruza emas, maʼrifatga chaqiruv demakdir.!
Bu post instagram tik toki borlar uchun. Bu platformasi yo‘qlarga Ma shaa Alloh deymiz bardavom bo‘ling.
Kirdingizmi manfaat ulashing, ulashgan narsalarimizdan ham so‘ralamiz unutmang
Instagram sahifam mavjud bilasiz. Yaqinda tik tok ham ochdim obuna bo‘lib qo‘llab quvvatlang xursand bo‘laman. Mutolaa karvoniga instagram tik tokdan ham kitobxonlarni yig‘ib olib kelamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aksariyat yigitlar sal bo'lsa-da, fikrlay oladigan qizlardan o'limdan qo'rqqanday qo'rqishadi... shu bois chindan ham aqlli bo'lgan ayollar fikr doiralarini yaxshilab yashirganlari tuzuk...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Muhammad Yusuf
🌐 Tik tok 🌐 Instagram
🌐 Telegram
ONAJON
Topmoq – yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingcha
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang, yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang, qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 40 25 6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hayotiy
Birinchi sinfga borganim yodimda.. Bir yil oldin borganim uchun sumkani ko‘tarolmaganman.Kichkinagina qopqora mittigina qiz bo‘lganman.🙂 . Prezident sovg‘asi.. yangi kitoblar hidi..Birinchi ustozimning mehrli nigohlari.. Yangi dugonalar, do‘stlar... Hamma hammasi sirli yoqimli edi🥰
Odamlarga qo‘shilib ketishi qiyin odamovi edim. Birinchi ustozimiz buni sezib o‘ziga yaqin olardilar xayolimda. Bog‘chadan yozish va alfavitni o‘rganib borganim uchun o‘qish qiyin bo‘lmagan uncha.
Maktabda koftamni yo‘qotib qo‘yganim yodimda.(so‘nggi qo‘ng‘iroqqa bir necha kun qolgandi) Puli qanchaligi ham😊 . CHunki koftani narxi bir hafta qulog‘im ostida jaranglab turgan 😊 . Jismoniy tarbiya kiyinish xonasida qolib ketgan koftani olib kel deb ayam qaytarib jo‘natganla. Borsam yo‘q. Uyga darvozani oldiga kelib ichkariga xat yozib tashladim. "Ayajonim. Kechiring. Sizga bola azizmi koftami."(yozuv bir ahvolda bo‘lgan,amallab tushunvoganla🌝) Ayajonim o‘qib kula kula quchoqlaganlar.
🌐 Tik tok 🌐 Instagram 🌐 Telegram
Birinchi sinfga borganim yodimda.. Bir yil oldin borganim uchun sumkani ko‘tarolmaganman.Kichkinagina qopqora mittigina qiz bo‘lganman.
Odamlarga qo‘shilib ketishi qiyin odamovi edim. Birinchi ustozimiz buni sezib o‘ziga yaqin olardilar xayolimda. Bog‘chadan yozish va alfavitni o‘rganib borganim uchun o‘qish qiyin bo‘lmagan uncha.
Maktabda koftamni yo‘qotib qo‘yganim yodimda.(so‘nggi qo‘ng‘iroqqa bir necha kun qolgandi) Puli qanchaligi ham
©️ Bu post yozilganiga uch yil bo‘ldi. Kanaldan kanalga ko‘chib yuradi😒
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 48 11 8
✨ Biz yana boshladik🎁 Sovrinli mutolaa tanlovi🎁 Shartlari bilan tanishing
📖 СОС📖 Javdazordagi xalaskor
📖 СОС📖 Javdazordagi xalaskor
Kitoblari bilan taqdirlanishadi
«Qo‘rqma» kitobini @asaxiybooks da chegirmada sotib olishingiz mumkin va boshqa kitoblarga ham qaynoq chegirma eʼlon qilndi ulgurib qoling.
🤍 Qalbi billurdek sof obunachilarim esa bu eʼlonni tarqatishlariga ishonaman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Китобчи хоним
Savollar bo‘lsa bu post muhokamasiga yozing. Taqrizlarga xalaqit bermay
Eng faol targ‘ibotchi uchun link so‘rab yoziyla shu post muhokamasida beraman
Taqriz tanlovida beshtadan bittasi eng ko‘p reaksiya yiqqan odamga beriladi.
Taqriz tanlovida ham, asar yuzasidan savol javobda ham AI yozgani qabul emas. Bittalab o‘qiyman. Vaqtimizga zulm qilmang. Bittada sezaman AI ekanini

Birinchi kursligimda yotoqxonada pul yig‘ib biror narsa olish kerak bo‘lsa, "yonizdan olib kelavering, yig‘ib beramiz" degan gapga ishonib chopqillab opkelib, keyin pulni yig‘ib ololmay, so‘rayolmay xijolat bo‘lib o‘tirardim.
Endi esa oxirgi pulini tanglayini to‘rida saqlayotgan bo‘lsa ham, sug‘urib olaman😠
Buni nomi nima ekan..😒
Pishiqlik..🥊
Puxtalik..🙂
Ulg‘ayish..📖
Bezbetlik..😆
Asl bashara...🤨
🌐 Tik tok 🌐 Instagram 🌐 Telegram
Endi esa oxirgi pulini tanglayini to‘rida saqlayotgan bo‘lsa ham, sug‘urib olaman
Buni nomi nima ekan..
Pishiqlik..
Puxtalik..
Ulg‘ayish..
Bezbetlik..
Asl bashara...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob targ‘iboti kuchaydi. Bookblogerlar ko‘paydi. Bu judayam yaxshi. Ikkitadan bitta video manfaatli ilm va kitob targ‘iboti haqida bo‘lsa..
Media insonlarga tezroq yetib boradi. Men kabilarni uuzzun post yoki taqrizimni o‘qishga sabrlari yetmaydi yoki tushunmaydi. Ularning o‘zini tilida, trend musiqalar, harakatlar bilan yetqazib berishlari tahsinga loyiq.
Soddaroq qilib aytsa, oldin ovqatni pishirishgan, hozir buyurtma qilsangiz uygacha olib keladi va siz aytgan ko‘rinishda...
Yaʼni kelishga erinsa, siz borasiz. O‘yin kulgu trendni yaxshi ko‘radimi? O‘sha yo‘nalishga qorishtirib yetqazib berilyapti kitobxonlik. Va bu judayam qiyin jarayon. Montaj qilishga tobim yo‘q, tars yorilib ketaman. Undan ko‘ra ikki kilometr maqola yozsam oson.
Hattoki kichkina bolajonlar ham boshlavorgani xursand qiladi odamni.
Endi minus taraflariga o‘tsak. Bookblogerlik instagramda endi rivojlanyapti balki shungadir, nima qilsa to‘g‘ri bo‘lishini his qilishmayapti. Bu hali sekin asta o‘z joyiga tushadi. Hamma narsa birdaniga bo‘lmaydi. Endi tug‘ilgan boladan yurib ketishni talab qilish xato. Shunday ekan, nega tanqid qilasizlar, deyishingiz mumkin.
Siz va biz aytmasak, ular o‘zini yo‘lini to‘g‘ri deb o‘ylaydi va davom etadi. Kitobxonlar aqlli bo‘lishadi axir. Tanqidlarni filtr qilib, albatta o‘zlarini isloh qilishadi. Faqat vaqt kerak.
Kitob targ‘ibotida orttirib yuborish ko‘p uchrayapti. Natijada kitobxonlarning hafsalasi pir bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolyapti.
«Yashamoq» qancha shov shuv bo‘ldi. Men varaqlab ko‘rdim kitob do‘konda. Yomon kitob emas. Lekin shov shuviga yarasha emasda. Yig‘lab, bo‘kirib bir balolar qilishdi. To‘g‘ri ularning hissiyoti. Lekin media, marketing shunday narsaki, xuddi ko‘rganingizdek narsa kutasiz.
Soddaroq qilib aytsam, xitoydan kiyim zakaz qilish kuchaydi, darrov hafsalasi pir bo‘ldi. Nega? Rasmdagidek chiqmadi..!
Xo‘sh? Hozir qani kim hozir do‘konga kirsa «Yashamoq» ni izlaydi? 2%kitobxon yoki 1%..
Deyarli hamma qo‘l siltadi. Hozirgidek ikkiga ajralgan edi o‘sha payt ham kitobxonlar.
Kitob to‘g‘ri targ‘ib qilinmas ekan, biz kutgan natija chiqmaydi.
Fotimaning bolasi kitobiniku rasvo qilishdi targ‘ibotini. Onani qoralab tashlashdi, loy chaplab.. O‘smir yoshdagilar bu videoni ko‘rib, o‘sha ruh bilan kitobni o‘qishsa... Shundoq ham bu yoshda sal fikrga qarshilik qilishsa «onam meni yomon ko‘radi» deydigan nazariya bilan yurishadi. Vaholanki, Hasanxon Yabyo domla bir intervyularida aytgan edilar «Ona o‘zida borini beradi. Nimadir xatomi, o‘sha narsa onada yo‘q. Ishoning bo‘lsa berardi. Onani muhokama qilib bo‘lmaydi!»
Endi chiqib kelayotgan bookblogerlar va bo‘lmoqchi bo‘lganlar! Oldin kitobni yaxshilab o‘qib, iloji bo‘lsa yaxshi taqriz tahlil esselarni o‘qib keyin video qiling.
Yana bir achchiq haqiqat!. Uzr so‘rayman. Buni o‘zlari ham video qilib chiqishadi tan olib...
Nashriyot yoki kitob do‘konlar bilan hamkorlik qilish uchun hadya olish uchun bookbloger bo‘lganlar bor. Nari borsa o‘nta yigirmata kitob o‘qishgan.
Hadya olishni istamagan kitobxon yo‘q. Shu jumladan o‘zim ham. Lekin faqat shu niyatda kirgan bo‘lsangiz, niyatni to‘g‘irlang.
Niyat muhim ishoning.! Boshlab olsa bo‘ldiku demang. Kitob ilinjida qo‘liga qanday kitob tutqazsa ham maqtab beradigan kerak emas jamiyat uchun.
Bookbloger kitobxonlarni ergashtiradi. Shunday ekan, shunga munosib bo‘lish uchun izlaning o‘qing.
Ilm doim qadrlangan. Mana men sizlarga ham qo‘shib olaman kitob.😃 Boshqalar berilgan kitobni maqtab chiqishga majbur. Men esa kitobni ham sovrinni ham o‘zim tanlab, eng yaxshilarini sizga ilinib olaman
So‘zim oxirida nima demoqchiman; Hali endi chiqdik yo‘lga, tentiraymiz, to‘qishamiz, qaysarlik qilamiz.. Muhimi xayrli yo‘ldamiz. Yuqoridagilar tanqid edi to‘g‘ri qabul qilinsa xursand bo‘laman.
Menda ham xato ko‘rsangiz sekingina tanqid qiling. Ko‘nglim nozik yig‘layman🥹 Lekin ayting.

Ilm doim qadrlangan. Mana men sizlarga ham qo‘shib olaman kitob.
So‘zim oxirida nima demoqchiman; Hali endi chiqdik yo‘lga, tentiraymiz, to‘qishamiz, qaysarlik qilamiz.. Muhimi xayrli yo‘ldamiz. Yuqoridagilar tanqid edi to‘g‘ri qabul qilinsa xursand bo‘laman.
Menda ham xato ko‘rsangiz sekingina tanqid qiling. Ko‘nglim nozik yig‘layman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM