Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor bo‘lganingdan keyin fikrlay olishing, oqil-u dono bo‘lishing kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilmasang, imkoniyatni bir zumda boy berasan. Bu xavf esa seni o‘ylashga majbur qiladi. Fikr – qimmatli narsa, chunki u natija beradi.
✈️ Telegram 📸 Instagram
🎁 Pashshalar hukmdori🪶 Uilyam Golding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎁 Pashshalar hukmdori🪶 Uilyam Golding
Uyilyam Golding muallifligidagi kitoblardan birinchi marta mutolaa qildim. Qanchalik sizlarga yetqazib berolaman, bilmadim, lekin taassurotlarim anchagina..
«Pashshalar hukmdori» asari samolyot halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qolgan bolalar haqida.
Qonunlar bo‘lmaganda nimalar bo‘lar edi? O‘sha biz ensa qotiradigan, nafsimizga og‘ir keladigan qoidalar bo‘lmasa nimalar bo‘lardi?Ota onalar, rahbar, ustozlar xullas o‘zimizdan tajribaliroq kattalar , chiqaradigan qarorimizga qarshi chiqsa «o‘zimga qoladigan kun kelsa edi» deb o‘ylaymiz baʼzan. O‘sha kattalar bo‘lmasa nima bo‘lar edi?
Hamma savolga javob bor bu asarda. Bosqichma bosqich..
Avvaliga bolalar orolda erkin ekaniga, kattalar yo‘q ekaniga sevinib ketishadi..
Inson yosh boladek beg‘ubor holdan qanday vahshiylik qiyofasiga o‘tib qolishini guvohi bo‘lasiz.
Har joyda, har vaqtda jamiyat ikkiga ajralgan; maqsadsiz, kuni o‘tsa bo‘ldi va maqsadli yashab turgan zamonidagi muammolardan qutilib chiqib ketish yo‘llarini jon fido qilib bo‘lsada izlab topishga harakat qiladi
Bu asarda Jak maqsadsiz, Ralf maqsadli jamiyat timsoli sifatida tasvirlangan desak bo‘ladi sodda tilda.
O‘z maqsadi yo‘lida o‘zidan quyi insonlarni hech ikkilanmay qurbon qilib yuborish illati oroldagi kichkina bolalar timsolida ko‘rsatib berilgan. "Kichkintoylar borku".. deya, jonsiz buyumdek munosabat bildirishi seskantiradi odamni..
Kitobni yopib qo‘yib ham o‘ylab qoldim,«axir qanday qilib?»
Tavsiya qilamanmi? Ha! Inson uchun jamiyat qonunlari, taʼlim tarbiya, madaniyat qanchalik muhim ekanini his qilasiz.
Xo‘sh, sizningcha, insonni yovvoyilikdan saqlab turgan narsa faqat jamiyat qonunlarimi yoki uning ichki vijdoni, ong shuuri?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
🌐 Telegram 🌐 Instagram
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2 33 12 7 3
Qizlar o‘qish paytda turmush qurishi..
Kelgan sovchi borki, o‘zimiz o‘qitib olamiz, yordam beramiz deydi.
Albatta kim ham o‘zi amallab o‘qib olar deydi.
O‘qish paytda turmush qurilishi minuslari judayam judayam ko‘p. Ham psixologik ham moddiy, ham jismoniy.. Eng og‘iri, mana shu uchta muammoni uyidagilarga sezdirmaslik. Ota ona tarafga ham, kelinlik uyi tarafga ham.. Biz bilan qo‘shilib o‘ynab kulgisi, to‘yib uxlashi ular uchun orzu.. Chunki u KELIN!!
Yordam berganday ko‘rinishingiz mumkin, lekin hammasiga ham emas.. Istaysizmi yo‘qmi "Uylandim, xotinim yuvsin noskini" deysiz. To‘g‘ri nimasi qiyin shartta turib yuvib tashlasa, o‘zi bitta ishku deysiz. Lekin hamma shu fikrda qaynona qaynota, qo‘ni qo‘shni, o‘qishdagi kurator tyutor, sessiya, oraliq, amaliyot.. Hammasi o‘zi bitta ishku desa..
Faqat ishning o‘zida ham emas. Darsda iganani ustida o‘tirganday o‘tiradi. Qarab turamanda.. Miyasida nimalarni o‘ylaydi, bizga yarmini aytadi yoki yo‘q.. Yaxshi kelin bo‘lishi haqida bosim tinch qo‘ymaydi miyasini bechorani..
Keyin homilador bo‘lsa.. Ikki baravar qiyin. Yozni kunida bir kursdoshim sessiyaga qatnadi. Judayam qiynaldi. Qani ano vaʼda berib olganlar... Zo‘rg‘a svetofordan o‘tardi dam olib dam olib..
Birovni sevimli qizini olib keldingiz uyga.Qop qop vaʼdalar berib.
Umr yo‘ldoshi degan atama bekorga paydo bo‘lmagan. Bundan keyingi hayotimda yo‘ldosh deb qaralsa, olam guliston menimcha
O‘qishda o‘qiyotgan qizga uylanmang, tinch qo‘ying o‘qisin. Uylandizmi yordam bering.
©️Antimotivator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍧 Lolazor.🍧 Alvido vatan (Aʼzam Hoshimiy🍧 Otamdan qolgan dalalar🍧 Uch og‘ayni (Remark)🍧 Jinoyat va jazo (Dostoyevskiy🍧 Abadiyat qonuni (Dumbadze)
🍧 Nazar Eshonqul (saylanma)🍧 Muvozanat🍧 1984 (Jorj Oruell)🍧 🍧 Alvido bolalik (T. Malik)
Siz ham o‘zingiz uchun top deb bilgan 10 ta kitob tavsiya yozib qo‘ying izohlarda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mutolaa tanlovi g‘oliblariga sovrinlari chiqarib yuborildi. Yetib borgandan keyin shu post izohiga tashlab qo‘yasizlar.
Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.
Kimga tushsa «Kitobchi xonim kanalining omadli obunachisi)» nominatsiyasi bilan taqdirlanib, o‘sha odamga atab sheʼr yozib beraman. Maʼno qani, mantiq qani qofiya qayga ketti turkumidan🤓
Yozuv esa alohida mavzu. Aytishlaricha Dohiylar shunaqa "chiroyli" yozisharkan.😐
Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.
Kimga tushsa «Kitobchi xonim kanalining omadli obunachisi)» nominatsiyasi bilan taqdirlanib, o‘sha odamga atab sheʼr yozib beraman. Maʼno qani, mantiq qani qofiya qayga ketti turkumidan
Yozuv esa alohida mavzu. Aytishlaricha Dohiylar shunaqa "chiroyli" yozisharkan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨ Qo‘zichoqlar sukunati📖 Tomas Harris
🌟 Shu ajib dunyoning tun zulmati ortiga yashiringan yarim qismidan o‘zgalarning ko‘z yoshlari hisobiga yashaydigan mavjudotni izlab, topishim lozim...
Bu Klerisning ahdi edi! Va bunga erishdi ham..
Qator detektiv, mistik asarlar o‘qigan bo‘lsamda, hammasini chetdan kuzatib o‘qiganman, his qilib tahlil qilganman. Lekin men bu asarda Kleris bo‘lib yashadim, qahramon bilan birga his hayajonni, tahlikani his ettim..
Agata Kristi, Artur Konan Doeyl kabi detektiv mualliflari tomonidan asarlarni o‘qib, xuddi Kleris kabi izquvar bo‘lishni , sirli jinoyatlarni ochishni orzu qilganman. Orzularimga yetmagan bo‘lsamda, shu asarda orzularimda Kleris orqali yashab ko‘rdim desam ham bo‘ladi.
Vahshiy bo‘lsada menga yoqqan personajlardan biri psixiatr Gannibal Lekter.U nihoyatda aqlli, o‘zgalar tomonidan "daho" deb eʼtirof etishni sevuvchi psixiatr vahshiy qotil, qamoqda maxsus saqlanadi. Qanchalik vahshiyligiga qaramay Klerisning bolalikda ko‘zi ojiz otini o‘limiga achinadi.. Klerisga axloqsizlik qilgani uchun Miggzni o‘zicha jazolaydi.
Har bir zamonda, har makonda g‘alamislar bo‘lgani kabi Chilton bor bu asarda.
Jems Gam ismli qotil! Bolalikdagi travmalari oqibati va hasad kuchidan shu darajaga yetib keladi.
Qo‘zichoqlar sukunati deb atalashiga sabab, Klerisning bolalikda qolgan ichki g‘alayoni qotilni tutishi bilan bosilishi Lekter tomonidan aytiladi. Alamlar bosiladi, o‘ch olinadi go‘yoki.
Yana bir sababi sukunat ortida judayam ko‘p jinoyatlar sodir etilishiga ishora qilingan.
🌟 Shiddatli.. Hayajon va qo‘rquvga boy.. Zavqli.. O‘tkir syujetli detektiv va zamonaviy psixologik triller..
Shunaqa yo‘nalish yoqsa o‘qib ko‘ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoq haqida
Instagram, Tik tok kabi platformalar bizga kerakmi? Yo‘q!
Biz rad ettik ana, endi instagram tik tok o‘chib ketadimi? Hamma yoppasiga o‘chirib tashlaydimi? Yo‘q albatta🤷♂️
Muammoni ko‘tarib chiqish oson, unga yechim berish qiyin va hammaga ham emas. Bu mashaqqatli yo‘l.
Shukrullo domla «Biz instagram va tik tok kabi platformalarga kirib borishga kech qoldik. Ilmga kitobga targ‘ib bilan egallab olishimiz kerak edi» yo‘sinda fikr bildirgan edilar
Muhammadali Eshonqulov «Men avvaliga instagram kerak emas degan fikrda edim va yuritmaslik tarafdori edim. Xato o‘ylagan ekanman» degandilar. Va hozirda instagram sahifalarini yurtib ilm yo‘lida faol targ‘ib qilish bilan mashg‘ul
Instagram yomonligi haqida metrlab post qo‘ying soatlab tahlil qiling, ishoning befoyda. Bitta bo‘lsa ham taʼsir qilar deysiz? Bittani qaytarguncha anayog‘da yuztasi instagram ochdi o‘zi.
Muammoga yechim shuki, instagram ochadimi tik tok ochadimi ilmga targ‘ib qilish uchun manfaatli post qo‘ysakkina,maqsadimizga yetgan bo‘lamiz.
Instagram algoritmi shunaqa ishlaydiki, obuna bo‘lgan qiziqishizdagi videolardan ikkita ko‘rsatsa, butunlay boshqa mavzuda bitta video taklif qiladi. O‘sha video zora bizniki bo‘lsa deb ham harakat qilishimiz kerak.
O‘zi kelishini kutib o‘tirmay (zotan befoyda kutish) o‘zimiz bostirib borishimiz kerak. Alloh qodir qilgancha .
So‘z amali bilan taʼsirli deyiladi. Bir muddat tik tok ochib ishlattim va faqat rahmatlaru duolar bo‘ldi, biror marta negativ bo‘lmadi.«Shu post tufayli shu kitobni oldim, qiziqdim shu kitobga,endi bildim shunaqa kitob borligini» kabi eʼtiroflar ko‘p bo‘lgan. Vaqtim yetmagani uchun o‘chirib tashlaganman.
Hozir yana tik tok va instagram ochdim. Manfaatli video qilish qiyin, ammo harakat qilamiz in shaa Alloh.
Amri maʼruf joy tanlamaydi. Amri maʼruf faqat diniy maʼruza emas, maʼrifatga chaqiruv demakdir.!
Bu post instagram tik toki borlar uchun. Bu platformasi yo‘qlarga Ma shaa Alloh deymiz bardavom bo‘ling.
Kirdingizmi manfaat ulashing, ulashgan narsalarimizdan ham so‘ralamiz unutmang
Instagram sahifam mavjud bilasiz. Yaqinda tik tok ham ochdim obuna bo‘lib qo‘llab quvvatlang xursand bo‘laman. Mutolaa karvoniga instagram tik tokdan ham kitobxonlarni yig‘ib olib kelamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aksariyat yigitlar sal bo'lsa-da, fikrlay oladigan qizlardan o'limdan qo'rqqanday qo'rqishadi... shu bois chindan ham aqlli bo'lgan ayollar fikr doiralarini yaxshilab yashirganlari tuzuk...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM