Китобчи хоним
2.28K subscribers
62 photos
41 videos
175 links
kitoblar — bu shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir.

masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot
Download Telegram
🟤 Dostoyevskiyning uy muzeyi


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2343
🟤 Dostoyevskiyning uy muzeyi


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16965
Sardor bo‘lganingdan keyin fikrlay olishing, oqil-u dono bo‘lishing kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilmasang, imkoniyatni bir zumda boy berasan. Bu xavf esa seni o‘ylashga majbur qiladi. Fikr – qimmatli narsa, chunki u natija beradi.

🎁Pashshalar hukmdori
🪶 Uilyam Golding


✈️ Telegram   📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2266
🎁Pashshalar hukmdori
🪶 Uilyam Golding


Uyilyam Golding muallifligidagi kitoblardan birinchi marta mutolaa qildim. Qanchalik sizlarga yetqazib berolaman, bilmadim, lekin taassurotlarim anchagina..

«Pashshalar hukmdori» asari samolyot halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qolgan bolalar haqida.
Qonunlar bo‘lmaganda nimalar bo‘lar edi? O‘sha biz ensa qotiradigan, nafsimizga og‘ir keladigan qoidalar bo‘lmasa nimalar bo‘lardi?Ota onalar, rahbar, ustozlar xullas o‘zimizdan tajribaliroq kattalar , chiqaradigan qarorimizga qarshi chiqsa «o‘zimga qoladigan kun kelsa edi» deb o‘ylaymiz baʼzan. O‘sha kattalar bo‘lmasa nima bo‘lar edi?
Hamma savolga javob bor bu asarda. Bosqichma bosqich..
Avvaliga bolalar orolda erkin ekaniga, kattalar yo‘q ekaniga sevinib ketishadi..
Inson yosh boladek beg‘ubor holdan qanday vahshiylik qiyofasiga o‘tib qolishini guvohi bo‘lasiz.
Har joyda, har vaqtda jamiyat ikkiga ajralgan; maqsadsiz, kuni o‘tsa bo‘ldi va maqsadli yashab turgan zamonidagi muammolardan qutilib chiqib ketish yo‘llarini jon fido qilib bo‘lsada izlab topishga harakat qiladi
Bu asarda Jak maqsadsiz, Ralf maqsadli jamiyat timsoli sifatida tasvirlangan desak bo‘ladi sodda tilda.
O‘z maqsadi yo‘lida o‘zidan quyi insonlarni hech ikkilanmay qurbon qilib yuborish illati oroldagi kichkina bolalar timsolida ko‘rsatib berilgan. "Kichkintoylar borku".. deya, jonsiz buyumdek munosabat bildirishi seskantiradi odamni..
Kitobni yopib qo‘yib ham o‘ylab qoldim,«axir qanday qilib?»
Tavsiya qilamanmi? Ha! Inson uchun jamiyat qonunlari, taʼlim tarbiya, madaniyat qanchalik muhim ekanini his qilasiz.

Xo‘sh, sizningcha, insonni yovvoyilikdan saqlab turgan narsa faqat jamiyat qonunlarimi yoki uning ichki vijdoni, ong shuuri?


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22532
Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…

© Erkin Vohidov

🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2331273
#soddalik

Dadang sodda, ayang sodda, bizdan o‘tib qayerga borasan..

Soddaligimga ayam tomondan taʼrif


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
561265
Sevgi bu— U ni 5million oylik olishini bilib turib, 7 millionlik narsa olib berishini so‘rab turib olmasliging


©️Antimotivator😐

🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
137157
Qizlar o‘qish paytda turmush qurishi..

Kelgan sovchi borki, o‘zimiz o‘qitib olamiz, yordam beramiz deydi.
Albatta kim ham o‘zi amallab o‘qib olar deydi.
O‘qish paytda turmush qurilishi minuslari judayam judayam ko‘p. Ham psixologik ham moddiy, ham jismoniy.. Eng og‘iri, mana shu uchta muammoni uyidagilarga sezdirmaslik. Ota ona tarafga ham, kelinlik uyi tarafga ham.. Biz bilan qo‘shilib o‘ynab kulgisi, to‘yib uxlashi ular uchun orzu.. Chunki u KELIN!!
Yordam berganday ko‘rinishingiz mumkin, lekin hammasiga ham emas.. Istaysizmi yo‘qmi "Uylandim, xotinim yuvsin noskini" deysiz. To‘g‘ri nimasi qiyin shartta turib yuvib tashlasa, o‘zi bitta ishku deysiz. Lekin hamma shu fikrda qaynona qaynota, qo‘ni qo‘shni, o‘qishdagi kurator tyutor, sessiya, oraliq, amaliyot.. Hammasi o‘zi bitta ishku desa..
Faqat ishning o‘zida ham emas. Darsda iganani ustida o‘tirganday o‘tiradi. Qarab turamanda.. Miyasida nimalarni o‘ylaydi, bizga yarmini aytadi yoki yo‘q.. Yaxshi kelin bo‘lishi haqida bosim tinch qo‘ymaydi miyasini bechorani..
Keyin homilador bo‘lsa.. Ikki baravar qiyin. Yozni kunida bir kursdoshim sessiyaga qatnadi. Judayam qiynaldi. Qani ano vaʼda berib olganlar... Zo‘rg‘a svetofordan o‘tardi dam olib dam olib..
Birovni sevimli qizini olib keldingiz uyga.Qop qop vaʼdalar berib.
Umr yo‘ldoshi degan atama bekorga paydo bo‘lmagan. Bundan keyingi hayotimda yo‘ldosh deb qaralsa, olam guliston menimcha
O‘qishda o‘qiyotgan qizga uylanmang, tinch qo‘ying o‘qisin. Uylandizmi yordam bering. 😠

©️Antimotivator 😐

🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
671815
🍧🍧🍧 🍧🍧 ta kitob tavsiya

🍧 Lolazor.

🍧 Alvido vatan (Aʼzam Hoshimiy

🍧 Otamdan qolgan dalalar

🍧 Uch og‘ayni (Remark)

🍧 Jinoyat va jazo (Dostoyevskiy

🍧 Abadiyat qonuni (Dumbadze)

🍧 Nazar Eshonqul (saylanma)

🍧 Muvozanat

🍧 1984 (Jorj Oruell)

🍧🍧 Alvido bolalik (T. Malik)

Siz ham o‘zingiz uchun top deb bilgan 10 ta kitob tavsiya yozib qo‘ying izohlarda


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2154
Biror narsaga qiziqsang, avvalo uning o‘zida nimani gavdalantirishini, tuzilishi qandayligini va salbiy mohiyatini so‘rab ol

©Mark Avreliy

📖Qo‘zichoqlar sukunati
✏️Tomas Harris


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3586
Mutolaa tanlovi g‘oliblariga sovrinlari chiqarib yuborildi. Yetib borgandan keyin shu post izohiga tashlab qo‘yasizlar.
Shunchaki eksperiment uchun, o‘zim ishlatib yurgan bitta ruchkani sovrinlardan biriga qo‘shib yubordim. Kimga tushishini o‘zim ham bilmayman.
Kimga tushsa «Kitobchi xonim kanalining omadli obunachisi)» nominatsiyasi bilan taqdirlanib, o‘sha odamga atab sheʼr yozib beraman. Maʼno qani, mantiq qani qofiya qayga ketti turkumidan 🤓
Yozuv esa alohida mavzu. Aytishlaricha Dohiylar shunaqa "chiroyli" yozisharkan. 😐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34149
Qo‘zichoqlar sukunati
📖Tomas Harris


🌟Shu ajib dunyoning tun zulmati ortiga yashiringan yarim qismidan o‘zgalarning ko‘z yoshlari hisobiga yashaydigan mavjudotni izlab, topishim lozim...


Bu Klerisning ahdi edi! Va bunga erishdi ham..
Qator detektiv, mistik asarlar o‘qigan bo‘lsamda, hammasini chetdan kuzatib o‘qiganman, his qilib tahlil qilganman. Lekin men bu asarda Kleris bo‘lib yashadim, qahramon bilan birga his hayajonni, tahlikani his ettim..
Agata Kristi, Artur Konan Doeyl kabi detektiv mualliflari tomonidan asarlarni o‘qib, xuddi Kleris kabi izquvar bo‘lishni , sirli jinoyatlarni ochishni orzu qilganman. Orzularimga yetmagan bo‘lsamda, shu asarda orzularimda Kleris orqali yashab ko‘rdim desam ham bo‘ladi.
Vahshiy bo‘lsada menga yoqqan personajlardan biri psixiatr Gannibal Lekter.U nihoyatda aqlli, o‘zgalar tomonidan "daho" deb eʼtirof etishni sevuvchi psixiatr vahshiy qotil, qamoqda maxsus saqlanadi. Qanchalik vahshiyligiga qaramay Klerisning bolalikda ko‘zi ojiz otini o‘limiga achinadi.. Klerisga axloqsizlik qilgani uchun Miggzni o‘zicha jazolaydi.
Har bir zamonda, har makonda g‘alamislar bo‘lgani kabi Chilton bor bu asarda.
Jems Gam ismli qotil! Bolalikdagi travmalari oqibati va hasad kuchidan shu darajaga yetib keladi.
Qo‘zichoqlar sukunati deb atalashiga sabab, Klerisning bolalikda qolgan ichki g‘alayoni qotilni tutishi bilan bosilishi Lekter tomonidan aytiladi. Alamlar bosiladi, o‘ch olinadi go‘yoki.
Yana bir sababi sukunat ortida judayam ko‘p jinoyatlar sodir etilishiga ishora qilingan.

🌟Shiddatli.. Hayajon va qo‘rquvga boy.. Zavqli.. O‘tkir syujetli detektiv va zamonaviy psixologik triller..
Shunaqa yo‘nalish yoqsa o‘qib ko‘ring.


✈️ Telegram   📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
255
#kechinma

Hozir status jinnisi ko‘payib ketdi. Besh mahal namoz o‘qimaydigan yigit, sovchi qo‘ygan qiziga tahajjudga uyg‘otasanmi deydi. Bilmaydiki, farz bajarilmasa nafl qabul emas....

Hammasiga kulib qo‘ydim. Karochi Xudoga soldim 🤣

🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
421212
Ishing ham tiling kabi chaqqon bo‘lsa edi

Sekin ish qilishimga ayam tomondan taʼrif


✈️ Telegram   📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
452015