Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor bo‘lganingdan keyin fikrlay olishing, oqil-u dono bo‘lishing kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilmasang, imkoniyatni bir zumda boy berasan. Bu xavf esa seni o‘ylashga majbur qiladi. Fikr – qimmatli narsa, chunki u natija beradi.
✈️ Telegram 📸 Instagram
🎁 Pashshalar hukmdori🪶 Uilyam Golding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎁 Pashshalar hukmdori🪶 Uilyam Golding
Uyilyam Golding muallifligidagi kitoblardan birinchi marta mutolaa qildim. Qanchalik sizlarga yetqazib berolaman, bilmadim, lekin taassurotlarim anchagina..
«Pashshalar hukmdori» asari samolyot halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qolgan bolalar haqida.
Qonunlar bo‘lmaganda nimalar bo‘lar edi? O‘sha biz ensa qotiradigan, nafsimizga og‘ir keladigan qoidalar bo‘lmasa nimalar bo‘lardi?Ota onalar, rahbar, ustozlar xullas o‘zimizdan tajribaliroq kattalar , chiqaradigan qarorimizga qarshi chiqsa «o‘zimga qoladigan kun kelsa edi» deb o‘ylaymiz baʼzan. O‘sha kattalar bo‘lmasa nima bo‘lar edi?
Hamma savolga javob bor bu asarda. Bosqichma bosqich..
Avvaliga bolalar orolda erkin ekaniga, kattalar yo‘q ekaniga sevinib ketishadi..
Inson yosh boladek beg‘ubor holdan qanday vahshiylik qiyofasiga o‘tib qolishini guvohi bo‘lasiz.
Har joyda, har vaqtda jamiyat ikkiga ajralgan; maqsadsiz, kuni o‘tsa bo‘ldi va maqsadli yashab turgan zamonidagi muammolardan qutilib chiqib ketish yo‘llarini jon fido qilib bo‘lsada izlab topishga harakat qiladi
Bu asarda Jak maqsadsiz, Ralf maqsadli jamiyat timsoli sifatida tasvirlangan desak bo‘ladi sodda tilda.
O‘z maqsadi yo‘lida o‘zidan quyi insonlarni hech ikkilanmay qurbon qilib yuborish illati oroldagi kichkina bolalar timsolida ko‘rsatib berilgan. "Kichkintoylar borku".. deya, jonsiz buyumdek munosabat bildirishi seskantiradi odamni..
Kitobni yopib qo‘yib ham o‘ylab qoldim,«axir qanday qilib?»
Tavsiya qilamanmi? Ha! Inson uchun jamiyat qonunlari, taʼlim tarbiya, madaniyat qanchalik muhim ekanini his qilasiz.
Xo‘sh, sizningcha, insonni yovvoyilikdan saqlab turgan narsa faqat jamiyat qonunlarimi yoki uning ichki vijdoni, ong shuuri?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
🌐 Telegram 🌐 Instagram
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2 33 12 7 3