This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘ysaylachi shunaqa balandparvoz jimjimador gaplarni. Bo‘ladigan gapni gapiriyla.. 😠
🌐 Telegram 🌐 Instagram
Kitob o‘qimagan odamga turmushga chiqasanmi?
Ha deyman!
Kitob o‘qigan bo‘lsa nur ustiga aʼlo nur. Ammo o‘qimagan bo‘lsa, Allohning kitobini o‘qib, shariatini qo‘llasa bo‘ldi deyman.
Qizlarga yoshlikdan erga tegish uchun uy ishlari muhim o‘rin tutishini singdirgani kabi; Yigitlarga ham yoshlikdan ro‘zg‘or tebratish kerakligi uqtiriladi. Baʼzi birlari bolalikdan boshlab yuboradi ro‘zg‘or tebratishni. Baʼzilarini hayot shunaqa tarbiyalab qo‘yganki; anovi 1000 ta kitob o‘qigan yigitdan yaxshi fikrlaydi.
Yigitlarning nisbatan kamroq yoki kitob o‘qimasliklarini oqlamoqchi emasman. Shunchaki, tushunib ko‘ring. Ularda ro‘zg‘or yuki, oila masʼuliyati turadi yelkalarida. Ishlab charchab kelib kitob o‘qish yoqmaydi yoki hafsala qilishmaydi. Ular hayot kitobini o‘qiyotgan bo‘lishadi..
Kitob o‘qimasa tegmiman deyish shunchaki ahmoqlik. Erkakning zimmasiga shariat nimani yuklagan bo‘lsa shuni tushunsa, amal qilsa bo‘ldida
Rostini aytiyla Xurshid To‘rayevday kitob o‘qimagan kelsa yo‘q demaysilaku (Chotki tvda bergan intervyusida deyarli kitob o‘qimayman degandilar)
Ilmga kitobga targ‘ib qilish yaxshi, lekin bunaqa ro‘yo yo‘l bilan emas. Yigitlarni o‘zlaring shunaqa xayolparast qilib qo‘yasilada, keyin chidolmaysila.
«Nechta kitob o‘qisam sizni orzuizdagi yigit bo‘laman» degan savol berganlar shunaqa video, jimjimador statuslar shaydolari.
Hayot faqat kitobdan iborat emas. Kitobni bitta o‘zi maqsad bo‘lolmaydi, maqsadga erishish uchun yo‘ldosh bo‘ladi. Shuning uchun blogim bookblog bo‘lsada, shaxsiy qarashlarim haqida, hayotiy voqealar ham joylab boraman.Hech birimizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin Allohim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor bo‘lganingdan keyin fikrlay olishing, oqil-u dono bo‘lishing kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilmasang, imkoniyatni bir zumda boy berasan. Bu xavf esa seni o‘ylashga majbur qiladi. Fikr – qimmatli narsa, chunki u natija beradi.
✈️ Telegram 📸 Instagram
🎁 Pashshalar hukmdori🪶 Uilyam Golding
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎁 Pashshalar hukmdori🪶 Uilyam Golding
Uyilyam Golding muallifligidagi kitoblardan birinchi marta mutolaa qildim. Qanchalik sizlarga yetqazib berolaman, bilmadim, lekin taassurotlarim anchagina..
«Pashshalar hukmdori» asari samolyot halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qolgan bolalar haqida.
Qonunlar bo‘lmaganda nimalar bo‘lar edi? O‘sha biz ensa qotiradigan, nafsimizga og‘ir keladigan qoidalar bo‘lmasa nimalar bo‘lardi?Ota onalar, rahbar, ustozlar xullas o‘zimizdan tajribaliroq kattalar , chiqaradigan qarorimizga qarshi chiqsa «o‘zimga qoladigan kun kelsa edi» deb o‘ylaymiz baʼzan. O‘sha kattalar bo‘lmasa nima bo‘lar edi?
Hamma savolga javob bor bu asarda. Bosqichma bosqich..
Avvaliga bolalar orolda erkin ekaniga, kattalar yo‘q ekaniga sevinib ketishadi..
Inson yosh boladek beg‘ubor holdan qanday vahshiylik qiyofasiga o‘tib qolishini guvohi bo‘lasiz.
Har joyda, har vaqtda jamiyat ikkiga ajralgan; maqsadsiz, kuni o‘tsa bo‘ldi va maqsadli yashab turgan zamonidagi muammolardan qutilib chiqib ketish yo‘llarini jon fido qilib bo‘lsada izlab topishga harakat qiladi
Bu asarda Jak maqsadsiz, Ralf maqsadli jamiyat timsoli sifatida tasvirlangan desak bo‘ladi sodda tilda.
O‘z maqsadi yo‘lida o‘zidan quyi insonlarni hech ikkilanmay qurbon qilib yuborish illati oroldagi kichkina bolalar timsolida ko‘rsatib berilgan. "Kichkintoylar borku".. deya, jonsiz buyumdek munosabat bildirishi seskantiradi odamni..
Kitobni yopib qo‘yib ham o‘ylab qoldim,«axir qanday qilib?»
Tavsiya qilamanmi? Ha! Inson uchun jamiyat qonunlari, taʼlim tarbiya, madaniyat qanchalik muhim ekanini his qilasiz.
Xo‘sh, sizningcha, insonni yovvoyilikdan saqlab turgan narsa faqat jamiyat qonunlarimi yoki uning ichki vijdoni, ong shuuri?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM