Китобчи хоним
2.26K subscribers
62 photos
41 videos
175 links
kitoblar — bu shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir.

masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot
Download Telegram
#Musofir

Esimni taniganimdan beri dadam uzoqda ko‘p ishlaganlar. Uyda bo‘lganlarida, qiz bola demasdan qayerga borsalar olib yurardilar. Ukamga unaqa qimaganla, lekin. O‘sha mehr bilan qolib ketib, toki kelgunlaricha judayam sog‘inardim. Ayam "Zumrad va Qimmat" ertagini aytib bersalar,Zumradni dadasi o‘rmonga tashlab ketgan joyida yig‘lab olarkanman. 😢
Keyin tinimsiz ayamdan dadam qachon keladilar deb so‘rardim.
👧Dadam qachon keladilar
👩‍🦰Qish kelsa
👧Qish qachon keladi
👩‍🦰Qor yog‘sa
👧Qor qachon yog‘adi
👩‍🦰Bulut chiqsa ...

Keyinchalik tushundimku bularni ayam chorasizlikdan, meni ovutish uchun aytganlar...

Esimda, nuqul osmondan bulut izlardim.Bir parcha bulut ham umidim edi..Yugurib kirib "Bulut osmonda ko‘rdim aya "desam,"Qor yog‘adigan bulut emas u " desalar xafa bo‘lib qolardim.. Fasllarning menga qizig‘i yo‘q edi.. Kimdir dadamni mendan so‘rab qolsa "Qor yog‘sa keladilar" deb ishonch bilan aytganman. Qor yoqqan kuni qattiq baqirib yig‘laganim esimda..
Kelmaganlari uchun...
Keyinchalik,men xafa bo‘lganimga ayam ham siqilyotganlarini, bolalarcha qalb bilan his qilganman. Xarxashalarim kamaygan o‘z o‘zidan
Bularning baʼzilarini eslayman, baʼzilarini aytib berganlar ayam...
Erkaklar, dadalar oila masʼuliyati uchun musofirda uydan uzoqda ishlashga majbur... Lekin oila, farzandlar oldida qolish imkoniyatini o‘ylab ko‘rish kerak.
Allohim musofir yurtlarda, barcha mo‘min musulmon musofirlarni o‘zing hifzi himoyangda asragin, shular qatorida dadamni ham🤲

©️Qorni shuning uchun yaxshi ko‘raman 🥺

✈️ Telegram  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46147
Siz sheʼr yozasiz, shoirsiz..
Siz esa roman yozasiz, romantiksiz

Lolazor asaridan


©️kulgudan o‘zimni tiyolmagan joyim

🌐Telegram  🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41866
📚 Lolazor

📝 Murod Muhammad Do‘st


Lolazor asari o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan siyosatchi-yozuvchi yozganligi bilan ajralib turadi. Asar 1988-yilda nashr etilganiga qaramay, na tillardan, na "trend" dan tushmay kelyapti. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin?
Asarda ko‘tarilgan mavzular hali hamon dolzarbligida emasmikan?

​"Inson, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hokimiyat tepasiga kelar ekan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi. Borgan joyini bog‘ qiladimi, gulzor qiladimi, lolazor qiladimi yoki umuman hech narsa — bunisi endi boshqa masala


"Lolazor" —asar nomi nega bunday ekaniga qisqa javob shu...

Roman to‘laligicha kinoya asosiga qurilgan.Adib uchun kinoya shunchaki badiiy vosita emas, balki o‘zlikni anglashning muhim belgisi. Binobarin, shaxsning yolg‘onlardan yuqorida ekaniga yagona dalil uning shu voqelikka nisbatan istehzoli pozitsiyada turishidir. Ya’ni faqat aldanmagan odamgina kinoya qila oladi.
 Asarni tushunmadim, zerikarli deydi ko‘plar. Buning sababi Sovet tuzumi haqida keng tushunchaga ega emasliklari yoki shu mavzuda kamroq kitob o‘qiganlari deb o‘ylayman.

Roman uchta qahramon; Nazar Yaxshiboyev,Saidqul Mardonov va Oshno, atrofida ro‘y bergan voqealar asosida yozilgan.
Saidqul Mardonovning ushbu tasnifidan uchalasining asardagi o‘rni ko‘rsatib beriladi;

"Oshno – Iskandari Zulqarnayn, Yaxshiboyev Iskandarning shoxini ko‘rib ichiga singdirolmagan sartarosh, men esam – quduq, chuqur va zimiston quduq".
Oshno — asl ismi Xorun Kalonov va Nazar Yaxshiboyev yoshlikdan do‘st bo‘lib, ikkalasini taqdir, tizim qanchalik o‘zgartirib borishini guvohi bo‘lasiz.
Yaxshiboyev ertaroq anglaydi, anglaydiyu tizimga isyon qilolmaydi, qarshi chiqolmaydi buning nomi" ilojsizlik"mi yoki "kursini sevish"?
Umrining intihosida esa hech narsaga erishmagani maʼlum bo‘ldi. Na oila, na mansab doirasida..
Oshno esa hech narsani bilmay, yoki bilsayam" yuqori"ga sadoqati tufayli ko‘zlari ko‘rmaydi. Javlon urib so‘zlayotgan chiroyli minbar, shinam shiypon, gullar.. Hammasi soxta xo‘jako‘rsinga qilingani..? Aynan shu illatlar hozir ham davom etmayaptimi? "Kattakon" kelishidan oldin sarg‘aygan maysalarga yashil rang sepilishini ko‘rmadikmi? Asar shunisi bilan dolzarb!

Har zamonning bir Oshnosi bor..


Xalq yoppasiga Paxtakor qilindi, qo‘shib yozishga, homilador holida paxta terishga majburlaydigan darajada majburiyat yuklandi. Omi xalq buni o‘ziga sharaf deb bilib, Qurbonoy kabilarni qurbon bo‘lib ketyotganini sezmadi ham hattoki..

Lolazor asari nomida kinoya bilan birgalikda umid ham bor. Romanda qator muammolar ko‘tarib chiqilganki yechimi ochib berilmagan. Bizga o‘qish tavsiya etilayotgan ushbu asar, bizga maqsad, vazifa emasmikan. Yechimi ilmli, o‘zini anglagan yosh avlod qo‘lida. Borgan joyini Lolazor qiladi degan umid ham bor nazarimda. Chunki muammo masala bo‘lgan joyda yechim ham bo‘lishi kerakku.
Men filolog emasman lekin birinchi marta qaysidir asar uchun taqriz kamlik qildi men uchun. Audio tahlil qilgim keldi aynan shu "Lolazor" asarini. Buning uchun esa yana bir marta o‘qib chiqishim kerak..
O‘qishni tavsiya qilamanmi? Ha albatta. Tavsiyamsiz ham bekorga Milliy sertifikat ro‘yxatiga kiritilmagan ekaniga amin bo‘ldim


🌐Telegram  🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2691
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Xotira rashki
📚 «Lolazor» asaridan bir lavhasi filmlarga muhrlangan.

🍂 Romanda aynan kimga tegishli voqea? Izohlarda yozib qoldiring


✈️ Telegram  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
159
Qiz bola uchun 21 yosh. Ayasi bilan har qanday suhbat qaysi mavzuda boshlanmasin "erga tegish kerak" deb tugaydigan yosh hisoblanadi 😐
— Aya nimaga biza idish sindirsak "beparasat" bo‘lamizda. Siz sindirib qo‘ysayiz "kelgan balo shunga ursin" bo‘ladi 😁
—Chunki ona buyuk zot. Sen ham bu darajani olish uchun Erga tegish kerak!

🤨🤨🤨👀👀👀

✈️ Telegram  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
731451
#mee

Men Xudbinman🙃
Istaklarim ham
Menikilar menga bo'lishsin
Meni demas menikimaslar
Mendan nari o'ynab kulishsin

Men xudbinman
Men sevgan inson
Mensiz nafas ololmay qolsin
Yo'qligimdan qulasa osmon
Borligimdan quvonchga to’lsin

Nigohiga sig'masin o'zga
Ko'nglin menga bersin bus butun
Shiringina jonidan kechsin
Bittagina qarashim uchun

Yuzlarimni tilasin oydan
So'zlarimsiz tatimasin bol
Mensiz bir kun yashay oldimi
Ana eshik
Ketsin
Bemalol

Xudbinmana?
Bilaman Ammo
Chorasizman
Hayron turibman
Shundayligim tufayli balki
Qarang hamon yolg'iz yuribman

©️Muallifi nomaʼlum. Uch marta kimniki deb so‘rab o‘zimniki qivolaymikan 😃


🌐Telegram  🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36119
Men yuragimni donolikni bilishga, aqldan ozish va ahmoqlik holatlarini tushunishga bag‘ishladim. Va bildimki, bu ham ruhan azoblar ekan.

📔Tomas Harris
📖Qizil ajdarho


Tomas Harrisning Gannibal turkumidagi birinchi kitobi Qizil ajdarho asarini sevib o‘qidim.
🌟Inson fitratda tug‘iladi. U keyin Qizil ajdar bo‘lib shakllanadimi yoki inson bo‘libmi, bu uning atrofidagi kishilarga bog‘liq.
Dolarhaydr jismoniy nuqson bilan tug‘ilishi uning aybi emasdi. Lekin aybsiz holda atrofdagilar tomondan ayblandi, xo‘rlandi. Natijada Qizil ajdar shakllandi. Riba hayotiga kirib kelganda bir muddat insoniy tuyg‘ular uyg‘ondi, yovuz yuragi sevgi, rashk degan tuyg‘u bilan uraboshladi. Lekin yoshlikdagi ruhiy jarohatlar ustun keldi.
U nega faqat oilalarni o‘ldiradi. Chunki o‘zida shunday baxtli oila bo‘lmadi. O‘z onasi nafratlandi, buvisi haqorat qildi. Qotillik qilganda alamidan chiqib sokinlashdi, huzur topdi. Shu yo‘l bilan o‘ch oldi..
Shu o‘rinda politsiyachilarga ham oson emasligini yana bir bor his qildim. Jonini garovga qo‘yib oilasini xatarga qo‘yib, jamiyat tinchligini saqlashga harakat qilishadi.
Grexem ruhiy zarba tufayli politsiyadan ketgan bo‘lsada, yana ikkilanmay qotilni tutishga yordam berish uchun qaytadi.
Asardagi Gannebal Lekter ni esa odamxo‘rlikdan boshqa jihatlarini hurmat qilaman. Zehni o‘tkirlik, sezgirlik, salohiyat..
Detektiv horror janrni sevuvchilar uchun tavsiya qilaman
Jamiyat insonga qanday muomala qilsa, undan shunday aks sado qaytishini xulosa qildim.
Har bir inson shaxs sifatida hurmat qilingan muhitda jinoyat bo‘lmaydi menimcha.

🌐Telegram  🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16122
Biror narsani qo‘lga kiritish emas, aslida uni saqlab qolishdan mushkul ish yo‘q.

🌟 Qizil Ajdarho
©Tomas Harris


🌐Telegram  🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2812
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yaratishning KAYFI boshqacha! Xurshid To'rayev | NmaGap

Bu insonni chotki tvda ham intervyusini ko‘rgandim. Bu podkast undan ham manfaatli bo‘libdi.Sizga ham ilindim

✈️ Telegram  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
103
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘ysaylachi shunaqa balandparvoz jimjimador gaplarni. Bo‘ladigan gapni gapiriyla.. 😠

Kitob o‘qimagan odamga turmushga chiqasanmi?


Ha deyman!
Kitob o‘qigan bo‘lsa nur ustiga aʼlo nur. Ammo o‘qimagan bo‘lsa, Allohning kitobini o‘qib, shariatini qo‘llasa bo‘ldi deyman.


Qizlarga yoshlikdan erga tegish uchun uy ishlari muhim o‘rin tutishini singdirgani kabi; Yigitlarga ham yoshlikdan ro‘zg‘or tebratish kerakligi uqtiriladi. Baʼzi birlari bolalikdan boshlab yuboradi ro‘zg‘or tebratishni. Baʼzilarini hayot shunaqa tarbiyalab qo‘yganki; anovi 1000 ta kitob o‘qigan yigitdan yaxshi fikrlaydi.
Yigitlarning nisbatan kamroq yoki kitob o‘qimasliklarini oqlamoqchi emasman. Shunchaki, tushunib ko‘ring. Ularda ro‘zg‘or yuki, oila masʼuliyati turadi yelkalarida. Ishlab charchab kelib kitob o‘qish yoqmaydi yoki hafsala qilishmaydi. Ular hayot kitobini o‘qiyotgan bo‘lishadi..
Kitob o‘qimasa tegmiman deyish shunchaki ahmoqlik. Erkakning zimmasiga shariat nimani yuklagan bo‘lsa shuni tushunsa, amal qilsa bo‘ldida


Rostini aytiyla Xurshid To‘rayevday kitob o‘qimagan kelsa yo‘q demaysilaku (Chotki tvda bergan intervyusida deyarli kitob o‘qimayman degandilar)


Ilmga kitobga targ‘ib qilish yaxshi, lekin bunaqa ro‘yo yo‘l bilan emas. Yigitlarni o‘zlaring shunaqa xayolparast qilib qo‘yasilada, keyin chidolmaysila.


«Nechta kitob o‘qisam sizni orzuizdagi yigit bo‘laman» degan savol berganlar shunaqa video, jimjimador statuslar shaydolari.
Hayot faqat kitobdan iborat emas. Kitobni bitta o‘zi maqsad bo‘lolmaydi, maqsadga erishish uchun yo‘ldosh bo‘ladi. Shuning uchun blogim bookblog bo‘lsada, shaxsiy qarashlarim haqida, hayotiy voqealar ham joylab boraman.Hech birimizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin Allohim


🌐Telegram  🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
381513
🟤 Dostoyevskiyning uy muzeyi


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2343
🟤 Dostoyevskiyning uy muzeyi


🌐 Telegram   🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16965