kitobization.
Bu safar atrofi bir-biridan ajoyib chechaklar bilan qurshalgan kishiga duch keldi. U tinimsiz u yoq-u bu yoqqa alanglar, ko'zi hali u, hali bu gulga boqardi. – Nega boshingni to'rt tomonga buraverasan ? – so'radi sayyoh. – Barcha gullarning jamolini ko'rishni…
Shu asno biroz yurgach, borliq nurafshon tortdi. U yorug'lik diyoriga qadam qo'ygandi. O'lka sarhadlariga odim otar-otmas bir kishiga ro'baro' keldi. Atrofini botqoqliklar qurshab olgan, ko'zlari ojiz, lekin yuzida quvonch porlardi.
– Seni bunchalar baxtli qilgan narsa nima ? – so'radi sayyoh.
– Hamma narsa juda go'zal! Baxtli bo'lmaslik mumkinmi ?!
– Axir, so'qir ekansan, boz ustiga, botqiqliklar orasidasan...
– Muhimi, qalb ko'zingni ochiq bo'lishi. Zero, asl go'zallik qalb bilan sevganlaringdir.
– Seni bunchalar baxtli qilgan narsa nima ? – so'radi sayyoh.
– Hamma narsa juda go'zal! Baxtli bo'lmaslik mumkinmi ?!
– Axir, so'qir ekansan, boz ustiga, botqiqliklar orasidasan...
– Muhimi, qalb ko'zingni ochiq bo'lishi. Zero, asl go'zallik qalb bilan sevganlaringdir.
Agar senga balo kelsa, noumid bo'lma! Albatta, balo zolim uchun adab (esini kiritish qo'yish), mo'min uchun imtixon, Payg'ambarlar alayhimussalom uchun daraja, valiylar uchun karomatdir.
© Ali ibn Abu Tolib r.a
© Ali ibn Abu Tolib r.a
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musibatlarga emas, musibat bilan sizni sinayotgan Allohga taslim bo'ling..
© Abdukarim Mirzayev
© Abdukarim Mirzayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Sharh: Hayot – o‘tkinchi, o‘lim – muqarrar. Bu haqiqatni har bir inson biladi, lekin uni his etish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ayniqsa, mashhur shaxslarning hayot yo‘llari, ularning so‘nggi damlari va vasiyatlari boshqalarga ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois bu kitob juda ta’sirchan va chuqur ma’noga ega. Kitobda buyuk olimlar, shoirlar, davlat arboblari, diniy yetakchilar, hatto san’atkorlarning oxirgi kunlari haqida qiziqarli va ibratli voqealar keltirilgan. Har bir insonning so‘nggi nafasida aytgan so‘zi yoki qilgan amali – uning butun hayotini aks ettiruvchi ko‘zgudek tasvirlanadi. Asarda o‘quvchi quyidagilarni tushunsizki, ba’zi mashhurlar o‘lim oldida butun hayotini sarhisob qilgan, ba’zilari hayotining mazmunini faqat oxirgi nafasda anglagan, ko‘plari o‘z shogirdlari, farzandlari yoki xalqiga ibratli vasiyatlar qoldirgan, ba’zilarning so‘nggi damlari sabr, ba’zilari esa iztirob va pushaymon bilan to‘lgan. Kitobda qayd etilgan har bir voqea o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradi. Chunki mashhurlarning o‘limi oddiy voqea emas – u insoniyat tarixida iz qoldirgan hayotning yakunidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Xar bir nabiyning so'raydigan (mustajob) duosi bor. Men o'sha duoimni ummatimga shafoat uchun oxiratga asrab qo'yganman".
© Rasululloh s.a.v
© Rasululloh s.a.v
Alloh taolo Muso alayhissalomning ko'ziga shu darajada malohat berdiki, kimki u zotga qarasa, mahliyo bo'lib qolar edi. Agar u zotning ko'zlariga qarab, Fir'avnning qalbi yumshagan bo'lsa, boshdan-oyoq malohatga limmo-lim bo'lgan Nabiyi akramga boqqan kishining holi qanday bo'lgan ekan?)
Tarix kitoblarida bayon qilinadiki, Urva degan bir mushrik Quraysh kofirlariga bunday hikoya qilib bergan ekan: "Men juda ko'p hukmdorlarni ko'rganman. Sezarning, Kisroning saroylarida bo'lganman. Lekin qasam ichishim mumkunki, ashoblari Muhammadni hurmat qilgani kabi hurmat-ehtirom qilingan hukmdorni ko'rmadim. Allohga qasamki, agar u biror ish buyursa, ular darhol uni bajarishga tashlanishadi, tahorat qilsa, undan tushayotkan suvni talashib-tortishib olishga oshiqishadi, gapirsa sukut qilib qotib qolishadi, hatto uning ko'ziga ham tik qarashga botina olishmaydi".
1 13 12
🌟 Sharh: Bu kitobni o‘qiyotganda go‘yo muallif sizning yuragingizdagi savollarni ovoz chiqarib aytayotgandek tuyuladi. Fotima Chag‘dosh Bo‘rakchi oddiy hayotiy mavzularni olib, ularni samimiy tilda bayon qilgan. Savollar — hayot, muhabbat, oila, do‘stlik, imon va baxt haqida. Muallif savollarni shunchaki qo‘yib qo‘ymaydi, balki ularni hayotiy misollar, Qur’on va hadisdagi o‘gitlar bilan birgalikda 3 dugonaning kuzatuvlari orqali izohlaydi. Shu bois kitobni o‘qigan odam nafaqat o‘ylaydi, balki o‘ziga kerakli javoblarni ham topadi. Kitobning eng katta qadri shundaki, u sizni o‘z hayotingiz haqida o‘ylashga majbur qiladi: “Men kimman?”, “Hayotimning ma’nosi nimada?”, “Qalbimni nima band qilyapti?” degan savollarga javob izlashni boshlaysiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM