kitobization.
422 subscribers
356 photos
61 videos
3 files
18 links
🤍 for booklovers
🤍 all about books)
🤍 reklama va murojaatlar : @kitobizationBot
🤍 wishlist : @kitobization_wishlist
🤍 fikrlaringiz : @kitobization_otziv

Kanal egaligisiz olingan har bir postga rozi emasman ❗️
Download Telegram
🌟 Kitob: Sog'inch maktubi
🌟 Muallif: Abdulloh Qosim
🌟 Sahifalar: 64 bet


🌟 Sharh: “Sog‘inch maktubi” qalbning nozik tuyg‘ularini so‘zga guvoh bo‘ladigan kichik hajmli, lekin ma’nosi chuqur asar. Muallif Abdulloh Qosim bu kitobda sog‘inch, mehr va Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini ramziy va badiiy vositalar orqali ifodalaydi. Asarda “Arafaning quyoshi”, “Iztirob”, “Oy bilan suhbat” kabi bo‘limlar orqali o‘quvchi ruhiy kechinmalar, insoniy hissiyotlar va so‘zsiz sog‘inchning ohangi bilan yuzlashadi. Kitob shaklda kichik, lekin mazmunan boy: ramziy obrazlar, badiiy til, samimiylik, qalbga yo‘l topuvchi hissiyotlar. Muallif o‘quvchidan shaklga emas, mazmun-mo‘hiyatga e’tibor qaratishni so‘raydi.



🌟Iqtiboslar:

🌟 Quyosh: "Nahotki endi olamlarga rahmat qilib yuborilgan hidoyat quyoshi botajak? Erta bir kun qayta chiqqanimda u zotning muborak yuzini ko'zmasam qabday qilaman? Sevikli insonimsiz olamga nur sochishdan ne ma'no?"

🌟 Bilasizmi,men tuproqqa havas qilaman. Chunki men bor yo'g'i 63 yilgina u zotning yuzlariga boqdim. Tupriq esa u zotni to Qiyomatgacha bag'rida saqlaydi.

🌟 Sayyohlarning eng hayajonga solgani — Rasululloh s.a.v ning tengsiz siymolarini ko'rish bo'ldi. Uchovlari ham u zotni ko'rishlari bilan yig'lab yuborishdi. Bu yig'ida sog'inch ham, quvonch ham – hamma narsa qorishiq edi.

🌟 Inkor etganlar iymon keltirganlardan ko'proq bo'lgan edi...


🌟 “Sog‘inch maktubi” — ruhiy izlanishlar, qalbdagi sog‘inchni his qilmoqchi bo‘lganlar, Rasuli Akramga muhabbatning qadriga yetmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao. Agar siz qisqa, hissiyotga boy, qalbingizni silkitadigan asar o‘qishni istasangiz, bu kitob sizga yoqadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
119
kitobization.
Bu safar atrofi bir-biridan ajoyib chechaklar bilan qurshalgan kishiga duch keldi. U tinimsiz u yoq-u bu yoqqa alanglar, ko'zi hali u, hali bu gulga boqardi. – Nega boshingni to'rt tomonga buraverasan ? – so'radi sayyoh. – Barcha gullarning jamolini ko'rishni…
Shu asno biroz yurgach, borliq nurafshon tortdi. U yorug'lik diyoriga qadam qo'ygandi. O'lka sarhadlariga odim otar-otmas bir kishiga ro'baro' keldi. Atrofini botqoqliklar qurshab olgan, ko'zlari ojiz, lekin yuzida quvonch porlardi.
– Seni bunchalar baxtli qilgan narsa nima ? – so'radi sayyoh.
– Hamma narsa juda go'zal! Baxtli bo'lmaslik mumkinmi ?!
– Axir, so'qir ekansan, boz ustiga, botqiqliklar orasidasan...
Muhimi, qalb ko'zingni ochiq bo'lishi. Zero, asl go'zallik qalb bilan sevganlaringdir.
96
Agar senga balo kelsa, noumid bo'lma! Albatta, balo zolim uchun adab (esini kiritish qo'yish), mo'min uchun imtixon, Payg'ambarlar alayhimussalom uchun daraja, valiylar uchun karomatdir.

© Ali ibn Abu Tolib r.a
159
ко'рамизми 😐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
159
бунисиничи 😂?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1912
Musibatlarga emas, musibat bilan sizni sinayotgan Allohga taslim bo'ling..

© Abdukarim Mirzayev
2211
2717
kitobxon bo'lish ham qiyin 😹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1511
🌟Kitob: Mashhurlarning so‘nggi damlari
🌟Muallif: Burhan Bozgeyik
🌟Sahifalar: 257 bet

🌟 Sharh: Hayot – o‘tkinchi, o‘lim – muqarrar. Bu haqiqatni har bir inson biladi, lekin uni his etish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ayniqsa, mashhur shaxslarning hayot yo‘llari, ularning so‘nggi damlari va vasiyatlari boshqalarga ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois bu kitob juda ta’sirchan va chuqur ma’noga ega. Kitobda buyuk olimlar, shoirlar, davlat arboblari, diniy yetakchilar, hatto san’atkorlarning oxirgi kunlari haqida qiziqarli va ibratli voqealar keltirilgan. Har bir insonning so‘nggi nafasida aytgan so‘zi yoki qilgan amali – uning butun hayotini aks ettiruvchi ko‘zgudek tasvirlanadi. Asarda o‘quvchi quyidagilarni tushunsizki, ba’zi mashhurlar o‘lim oldida butun hayotini sarhisob qilgan, ba’zilari hayotining mazmunini faqat oxirgi nafasda anglagan, ko‘plari o‘z shogirdlari, farzandlari yoki xalqiga ibratli vasiyatlar qoldirgan, ba’zilarning so‘nggi damlari sabr, ba’zilari esa iztirob va pushaymon bilan to‘lgan. Kitobda qayd etilgan har bir voqea o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradi. Chunki mashhurlarning o‘limi oddiy voqea emas – u insoniyat tarixida iz qoldirgan hayotning yakunidir.



🌟Iqtiboslar:

🌟"O'lganimda tobutimni yelkalarda ko'rsang, menda bu olam dardi bor, dema"

🌟"Qabr zindon kabi ko'rinadi, ammo jonning hibsdan qutilishidir u"

🌟"Jonni Janon olsa, o'lim shakarday totlidir, O'lmoq ila Unga yetishar ekansan, o'lim jondan ham shirin ko'rinadi"

🌟"O'lgach qabrimizni tuproqdan izlamang, bizning qabr oriflarning ko'ksidadir"


🌟 Agar siz o‘lim haqiqati haqida chuqurroq o‘ylashni, mashhurlarning hayotiy tajribasidan saboq olishni va qalbingizni ezgu fikrlarga oshno qilishni istasangiz, bu kitob albatta siz uchun.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
149
Baxtlilar Jannatdadir !


Dunyodan baxt izlashing befoyda)
21410
"Xar bir nabiyning so'raydigan (mustajob) duosi bor. Men o'sha duoimni ummatimga shafoat uchun oxiratga asrab qo'yganman".

© Rasululloh s.a.v
2514
Alloh taolo Muso alayhissalomning ko'ziga shu darajada malohat berdiki, kimki u zotga qarasa, mahliyo bo'lib qolar edi. Agar u zotning ko'zlariga qarab, Fir'avnning qalbi yumshagan bo'lsa, boshdan-oyoq malohatga limmo-lim bo'lgan Nabiyi akramga boqqan kishining holi qanday bo'lgan ekan?)
1711
Tarix kitoblarida bayon qilinadiki, Urva degan bir mushrik Quraysh kofirlariga bunday hikoya qilib bergan ekan: "Men juda ko'p hukmdorlarni ko'rganman. Sezarning, Kisroning saroylarida bo'lganman. Lekin qasam ichishim mumkunki, ashoblari Muhammadni hurmat qilgani kabi hurmat-ehtirom qilingan hukmdorni ko'rmadim. Allohga qasamki, agar u biror ish buyursa, ular darhol uni bajarishga tashlanishadi, tahorat qilsa, undan tushayotkan suvni talashib-tortishib olishga oshiqishadi, gapirsa sukut qilib qotib qolishadi, hatto uning ko'ziga ham tik qarashga botina olishmaydi".
11312
1410
🌟 Kitob: Xayolimni band qilgan savollar
🌟 Muallif: Fotima Chag‘dosh Bo‘rakchi
🌟 Sahifalar: 180 bet


🌟 Sharh: Bu kitobni o‘qiyotganda go‘yo muallif sizning yuragingizdagi savollarni ovoz chiqarib aytayotgandek tuyuladi. Fotima Chag‘dosh Bo‘rakchi oddiy hayotiy mavzularni olib, ularni samimiy tilda bayon qilgan. Savollar — hayot, muhabbat, oila, do‘stlik, imon va baxt haqida. Muallif savollarni shunchaki qo‘yib qo‘ymaydi, balki ularni hayotiy misollar, Qur’on va hadisdagi o‘gitlar bilan birgalikda 3 dugonaning kuzatuvlari orqali izohlaydi. Shu bois kitobni o‘qigan odam nafaqat o‘ylaydi, balki o‘ziga kerakli javoblarni ham topadi. Kitobning eng katta qadri shundaki, u sizni o‘z hayotingiz haqida o‘ylashga majbur qiladi: “Men kimman?”, “Hayotimning ma’nosi nimada?”, “Qalbimni nima band qilyapti?” degan savollarga javob izlashni boshlaysiz.



🌟 Iqtiboslar:

🌟 Namoz hatto jang maydonida ham tark etilmaydigan iboratdir.

🌟 Cheksiz iroda sohibi faqat Allohdir va Unga taslim bo'lish eng katta qahramonlikdir.

🌟 Bir insonni ishonchini yo'qotish juda oson, ammo darz ketgan ishonchni asliga qaytarishning iloji yo'q.

🌟 Shukr qilishni bilmagan qalb hech qachon baxtli bo'lolmaydi.


🌟 Agar siz ham ko‘p o‘ylaydigan, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni xohlaydigan bo‘lsangiz, “Xayolimni band qilgan savollar” siz uchun yaxshi hamroh bo‘ladi. Kitobni qo‘lga olganingizda, o‘zingizni yolg‘iz emas, balki siz bilan bir xil savollar ustida bosh qotirayotgan do‘st topgandek his qilasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
147