kitobization.
422 subscribers
356 photos
61 videos
3 files
18 links
🤍 for booklovers
🤍 all about books)
🤍 reklama va murojaatlar : @kitobizationBot
🤍 wishlist : @kitobization_wishlist
🤍 fikrlaringiz : @kitobization_otziv

Kanal egaligisiz olingan har bir postga rozi emasman ❗️
Download Telegram
Inson membranasining kattalashtirilgan xaritasi bilan koinotning kichraytirilgan xaritasi deyarli bir xil ekan. Shuning uchun insonni kichik koinot deyishadi. Biz o'zimizga past baho bermasligimiz kerak...
2116
kitoblar orasidan o'zini topadi...)
2418
.
1199
🌟 Kitob: Otalar yig‘lamaydi
🌟 Muallif: Abdukarim Mirzayev
🌟 Sahifalar: 95 bet

Sharh: “Otalar yig‘lamaydi” — bu faqatgina kitob emas, balki mehr, sabr, g‘amxo‘rlik va ota mehrining qadrini anglatadigan asar. Abdukarim Mirzayev o‘ziga xos samimiy uslubda yozar ekan, insonni eng yaqin insoni — otasi haqida chuqur o‘ylashga chorlaydi. Kitobda hayotning achchiq haqiqatlari, insoniy sinovlar, ota va farzand orasidagi ulkan muhabbat juda ta’sirchan ifodalangan. Muallif o‘quvchiga shuni eslatadi: Ota — tog‘, ota — suyanchiq, ota — so‘zsiz fidoyilik. Lekin ko‘pincha biz otaning mehrini sezmaymiz, qadrini kechroq bilamiz. “Otalar yig‘lamaydi” kitobi o‘quvchini hayot, ota mehrini qadrlash, oilaviy rishtalarni mustahkamlash haqida chuqur o‘yga toldiradi. Bu kitobda otaning ko‘z yoshi ichida qolgan iztiroblari, ammo tashqi dunyoga ko‘rsatmaydigan sabr va matonati yorqin tasvirlangan.



🌟 Iqtiboslar:

🌟 Har lahzam Allohning nazaridan chetda emas, har lahzam kuzatilib turibdi, hatto xayollarim kuzatilyapti.

🌟 Alloh imkoni qadar yordam qilganni albatta jannatga kiritadi.

🌟 Bu yerda bizga qadar ham ko'p odamlar bo'lishdi, qanchadur vaqt yashashdu va ketishdi; biz ham bu yerda bir muddat qolamiz, so'ng ular kabi dunyoni tark etamiz.

🌟 Agar bola ota-onasini ranjitsa, onasi qancha qarg'asa ham, qarg'ishi o'tmaydi. Chunki ona chin dildan qarg'ay olmas ekan. Nima qilsa ham, baribir, bolasi-da. Lekin ota bir ranjisa qattuq ranjiydi.


🌟 Agar siz ham ota mehrini, ota fidoyiligini chuqurroq his etishni, hayotdagi eng katta tayanchimiz haqida o‘ylashni istasangiz, bu kitobni albatta o‘qib ko‘ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1118
Biz insonlar hayotining bir faslini ko'rib, xulosa chiqarib qo'ya qolamiz. Balki, biz ko'rganimiz hayotning qishidir. Balki, ozgina vaqt o'tib uning hayotiga bahor fasli kelar. Balki, gullashni boshlar...
1510
о'тмайди)
2316
Kuchliroq ko'rinishga harakat qilishimiz kerak. Kuchsiz ko'rinsak, ro'paramizdan chiqqani darrov yanchib tashlaydi!
1911
Nimanidir eslatmayaptimi 😁?
1512
kitobization.
Photo
Bunisichi? Gulni nomi yodingizdami ?
119
🌟 Kitob: Kichkina shahzoda
🌟 Muallif: Antuan de Sent-Ekzyuperi
🌟 Sahifalar: 140 bet

Sharh: “Kichkina shahzoda” — bu oddiy ertak emas, balki hayot falsafasi, mehr va do‘stlik haqida chuqur o‘yga chorlaydigan asar. Muallif samolyot uchuvchisi sifatida sahroga tushib qolgan odam va boshqa sayyoradan kelgan kichkina shahzoda o‘rtasidagi suhbatlar orqali insoniy qadriyatlar, mehr, sadoqat, bolalarcha samimiyat haqida hikoya qiladi. Asarda kichkina shahzoda turli sayyoralarni kezib chiqadi. Har bir sayyorada u turli insoniy sifatlarni o‘zida mujassam etgan obrazlar — hukmdor, mast odam, savdogar, olim va boshqalar bilan uchrashadi. Ularning har biri hayotdagi bir illat yoki odatni ramziy ma’noda ifodalaydi. Kitobning eng ta’sirli jihati shundaki, kichkina shahzoda biz kattalar unutib qo‘ygan — mehribonlik, halollik, soddalik va muhabbatni eslatadi. Bu asar bolalar uchun ertak bo‘lsa-da, kattalar uchun hayot sabog‘i bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi o'qilgan kitob va bir dunyo xotiralar)



🌟Iqtiboslar:

🌟 "Qo'lga o'rganib qolganingdan keyin ba'zan ko'zyosh to'kishga ham to'g'ri kelarkan."

🌟 “Inson faqat yuragi bilan ko‘ra oladi. Eng muhim narsalarni ko‘z ko‘ra olmaydi.”

🌟 “Sen doimo o‘zing e’tibor bergan narsalarga javobgarsan. Sen qo‘lga o‘rgatgan gul uchun javobgarsan.”

🌟 “Kattalar hech qachon narsalarni o‘z-o‘zidan tushunishmaydi. Ularga hamma narsani tushuntirib berish kerak bo‘ladi, bu esa bolalarga juda zerikarli tuyuladi.”


🌟 Bu kitobni har bir inson kamida bir marta o‘qishi kerak. Chunki u qalbni yumshatadi, mehrni uyg‘otadi va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rgatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
118
Biror daraxt soyasida salqinlash uchun unga suv quyishdan erinmaslik kerak)
119
Yo'llar ayro tushgan mahal yolg'iz yurishni ham o'rganishingiz kerak.
168