Yusuf akasi va singlisiga qaraganda bilim olishda sustroq bo‘ladi. Uning IQ darajasi sekin o‘zlashtiradigan bolalar qatoriga kiradi. Ammo bu holat bolaning aybi emasligini Fotima xonim anglay olmaydi. Aksincha, u jamiyat oldida “aqli zaif bolasi bor ona” bo‘lishni qabul qila olmay, Yusufni o‘z manfaati va g‘ururi yo‘lida qurbon qiladi.
Yusuf maktabdan tashqari son-sanoqsiz qo‘shimcha mashg‘ulotlarga majburan qatnaydi, uyga juda kech qaytadi, charchagan holida ham yana vazifalar bajarishga majbur bo‘ladi. Dam olish, bolalarcha quvonish, o‘yin - uning hayotida deyarli yo‘q.
Yusufning yagona panohi rassomchilik edi. U chizish orqali ichidagi og‘riqlarni, aytilmagan so‘zlarni, yuragidagi alamni qog‘ozga tushirar edi. Ammo afsuski, ona bu qiziqishni ham yo‘qqa chiqaradi. “Rassomchilikdan foyda yo‘q”, degan gaplar bilan Yusufni eng so‘nggi taskinidan ham mahrum qiladi.
Asarda onaning farzandlar o‘rtasidagi adolatsiz munosabati juda og‘riqli tarzda tasvirlanadi. Akasi va singlisiga bo‘lgan mehr, Yusufga kelganda sovuqlikka aylanadi. Shu sababli Yusuf o‘zini xuddi o‘gay ona qo‘lida yashayotgandek his qiladi, tirik bo‘lsa-da, ortiqcha bo‘lib yashaydi.
Bosim, mehrsizlik va tushunilmaslik oxir-oqibat Yusufni eng dahshatli fikrga olib keladi: u hayotdan voz kechishni o‘ylab qoladi… Shu yerda asar eng keskin nuqtaga yetadi. Lekin eng muhim, eng hayratli voqealar oldinda. Davomini aytib berish esa bu kitobning ta’sirini kamaytiradi. Eng to‘g‘risi esa uni o‘zingiz o‘qib, Yusufning taqdiri bilan yuzma-yuz kelish)
Bu kitob o‘quvchini befarq qoldirmaydi. U ota-onalarni o‘ylantiradi, farzand tarbiyasidagi xatolar qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ochiq ko‘rsatadi. Eng muhimi, bu asar bizga shuni eslatadi: bola faqat natijalar bilan emas, qalbi bilan ham sevilishi kerak.
O‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt xayoldan ketmaydi…
Ba’zi sahifalar esa yurakka og‘ir botadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13 9 8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5 5 5
kitobization.
Hazratim 🌟 Mutma'inn
0:22
Vada qilishganda sizga to'qchilik,
Rad etib tanlagan edingiz bizni.
Vada qilishganda sizga to'qchilik,
Rad etib tanlagan edingiz bizni.
❤6 5 5
📨 Получено сообщение!
Shaxsiy rivojlanish deganda nimani tushunasiz
Shaxsiy rivojlanish - bu insonning o‘z ustida ongli ravishda ishlashi, o‘zini yaxshiroq anglash va hayotining turli jabhalarida o‘sib borishi. Masalan: bilim va ko‘nikmalarni oshirish, fikrlashni kengaytirish va tafakkurni rivojlantirish, hissiyotlarni boshqarish, sabr va mas’uliyatni kuchaytirish, maqsad qo‘yish va unga intilish, o‘z kamchiliklarini tan olib, ularni yaxshilashga harakat qilish.
Qisqa qilib aytganda, kechagi o‘zingdan, bugun yaxshiroq inson bo‘lishga intilishdir.
Shaxsiy rivojlanish deganda nimani tushunasiz
Shaxsiy rivojlanish - bu insonning o‘z ustida ongli ravishda ishlashi, o‘zini yaxshiroq anglash va hayotining turli jabhalarida o‘sib borishi. Masalan: bilim va ko‘nikmalarni oshirish, fikrlashni kengaytirish va tafakkurni rivojlantirish, hissiyotlarni boshqarish, sabr va mas’uliyatni kuchaytirish, maqsad qo‘yish va unga intilish, o‘z kamchiliklarini tan olib, ularni yaxshilashga harakat qilish.
Qisqa qilib aytganda, kechagi o‘zingdan, bugun yaxshiroq inson bo‘lishga intilishdir.
📨 Получено сообщение!
Hayotda rostan ham yutdim deb ayta oladigan narsalarz
Shu darajaga kelshmga sababchi bolgan Onam 🫠🤍
Hayotda rostan ham yutdim deb ayta oladigan narsalarz
Shu darajaga kelshmga sababchi bolgan Onam 🫠🤍
❤7 7 6
Oxirzamondamiz: gunoh, fahsh keng tarqalgan dunyomizda erkaklar uchun eng chiroyli boshpona bu uning oilasidir)
©️ Fotima r.a ning isrofsiz to'yi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤17 9 8
kitobization.
#bismillah all about books) 🌟 Qulog'im senda qizim 🌟 Qatlnoma 🌟 Foten 🌟 Qalb iffati 🌟 Mo'minlarning onalari 🌟 Og'riqlardan saboqlar 🌟 Payg'ambarlar qissasi 🌟 Falastin 🌟 Muqaddas azob 🌟 Imomning maneken qizi 🌟 Ayollar olamining sultoni Hadicha r.a 🌟 Aysel 🌟 Izlash 🌟 Qo'rqma…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
kitobization. pinned «🌟 Rasululloh s.a.v hayotlarining so'nggi damlari 🌟 La'natlangan qiz 🌟 Sahobalardan maktublar 🌟 Ikki yetim 🌟 Ikki qariya 🌟 Omonat 🌟 Fotimaning bolasi 🌟 Tarixdan hikoyalar»
Kitobning eng e’tiborga molik jihati shundaki, har bir hikoyani o‘qir ekaningiz, voqealar rivojidan kelib chiqib, “oxiri shunday bo‘lsa kerak”, deb o‘zingizcha xulosa qilasiz. Ammo Ali Tantoviy hikoyani butunlay kutilmagan tarzda yakunlaydi. Oxiri esa o‘quvchini hayratga soladi, o‘ylantiradi va uzoq vaqt xotiradan chiqmaydi. Aynan shu jihati kitobni yanada qiziqarli va ta’sirli qiladi.
Asardagi eng esda qoladigan hikoyalardan biri oxirgi hikoya bo‘lib, u ikki aka-uka Ahmad va Xalaf haqida. Bu voqea o‘quvchini Hobil va Qobil qissasini eslatadi. Otalari ularga merosni teng qilib qoldirib ketadi. Ahmad bu boylikni halol savdogarlikka sarflab, mehnati va aqli bilan katta savdogarga aylanadi. Xalaf esa boylikni o‘yin-kulgi, kayfu safoga sovurib yuboradi.
Pul tugagach, Xalafning qalbida hasad va ochko‘zlik paydo bo‘ladi. U akasining boyligiga ko‘z olaytirib, avval ishonchiga kiradi, so‘ng esa eng og‘ir jinoyatni qiladi... akasini o‘ldirib, barcha boylikni egallash niyatini ko‘ngliga tugadi. Qilichni ko‘targan paytda esa shunday voqea sodir bo‘ladiki, o‘quvchi beixtiyor hayratda qoladi… Bu joyni aytib berish kitobning ta’sirini kamaytiradi. Eng yaxshisi o‘zingiz o‘qib, o‘sha lahzani his qilish.
“Tarixdan hikoyalar” - faqat o‘qish uchun emas, balki o‘ylash, xulosa chiqarish va tarbiya uchun yozilgan kitob. Uni farzandlarga, uka-singillarga o‘qib berish ayniqsa foydali, chunki undagi har bir hikoya hayotiy saboq va axloqiy dars bilan yakunlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11 7 7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpoq, Ozar, O'zbek,
Onang kabi ahvoli.
Ichi qora siyosatning meva berdi niholi
Kim o'ylabdi ilk hosili senga maxtal Qobiljon)
2❤8 7 6