kitobization.
423 subscribers
356 photos
61 videos
3 files
18 links
🤍 for booklovers
🤍 all about books)
🤍 reklama va murojaatlar : @kitobizationBot
🤍 wishlist : @kitobization_wishlist
🤍 fikrlaringiz : @kitobization_otziv

Kanal egaligisiz olingan har bir postga rozi emasman ❗️
Download Telegram
kitobization.
01:21
Tugatildi va yangi kitob boshlandi.
655
kitobization.
Tugatildi va yangi kitob boshlandi.
Kofirlarning kuchi Uhud tog'ini joyidan qozg'atishga yetardi, ammo Hazrati Bilol r.a ning da'vosidan qaytarishga yetmasdi...
765
#eslatma
Manfaatli ma'lumotlar)
1088
🌟Kitob: Omonat
🌟Muallif: Ali Tantoviy
🌟Sahifalar: 142 bet


🌟Sharh: Ali Tantoviyning “Omonat” kitobi bir kunda atigi 1 yoki 2 soatingizni ajratib, tezda o’qib tugatishingizga arzigulik kitob. Sababi kitob qalin emas va mazmunan sizga sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan. Kitob atigi 5 ta hikoyadan iborat bo’lib, barchasi o’ziga xosdir. Muallif ushbu kitobda tarixiy voqealarni sodda tarzda, sizga tushunarli qilib, badiiy uslubda bo’yoq berib mohirona tasvirlagan. Menga ayniqsa uning: “Baytul Maqdisda”, “Omonat” va “Yosh Muhammad” hikoyalar manzur bo’ldi. Ayniqsa Baytul Maqdisda hikoyasida Mariyaning turmush or'tog'iga sadoqati, mehri iliq tasvirlangan. Kitobning eng ta’sirlantirgan joyi esa, boy-badavlat yigitning sevgisi uchun barchasidan ayrilib, ayoli va farzandini Allohga omonat qilgani va uning natijasidan nechi yillar o’tsada bahramand bo’lishi bilan qalbimni titratib yubordi. Sababi bu voqealar tarixda bo’lib o’tgan. Muallifning “Yosh Muhammad” hikoyasida esa olim, yozuvchi Muhammad ibn Abdurrofi’ Andalusiy Rahmatullohi alayhning islom diniga qanday to’siq va qiyinchiliklar ila kirgani hayajonli tasvirlangan.


Iqtiboslar:

🌟Alloh biz bilan birga ekan, har kuni o'ttiz marta "Allohu akbar" degan nidoni eshitar ekanmiz, sira zaiflashmaymiz, aslo tushkunlikka tushmaymiz.

🌟"Dada" degan birgina so'z dunyodagi eng go'zal, eng bebaho kalomdir.


💡Sadoqat, vijdon, mas’uliyat va iymon haqida chuqur o‘ylashni istaganlar uchun juda kuchli, tarbiyaviy ahamiyatga ega asar. “Omonat” — har bir inson kamida bir marta o‘qishi kerak bo‘lgan hayotiy ibrat kitobidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1665
01:08💡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1398
🌟 Kitob: Fotimaning bolasi
🌟 Muallif: Xosima Umon
🌟 Sahifalar: 143 bet


📖 Sharh: Kitobning muqovasidanoq o‘quvchini og‘ir va iztirobli bir hayot hikoyasi kutib turgani seziladi. Bu asar bolalik, mehrga chanqoqlik, bosim va tushunilmaslik qurboniga aylangan bir bolaning fojeali hayoti haqida. Hikoya markazida Fotima ismli ayol va uning farzandi turadi. Onaning 3 nafar farzandi bo'lib, ularning o‘rtanchasi Yusuf edi. Asar aynan shu bolakayning ichki dunyosi, iztiroblari va sindirilgan orzulari haqida hikoya qiladi.

Yusuf akasi va singlisiga qaraganda bilim olishda sustroq bo‘ladi. Uning IQ darajasi sekin o‘zlashtiradigan bolalar qatoriga kiradi. Ammo bu holat bolaning aybi emasligini Fotima xonim anglay olmaydi. Aksincha, u jamiyat oldida “aqli zaif bolasi bor ona” bo‘lishni qabul qila olmay, Yusufni o‘z manfaati va g‘ururi yo‘lida qurbon qiladi.

Yusuf maktabdan tashqari son-sanoqsiz qo‘shimcha mashg‘ulotlarga majburan qatnaydi, uyga juda kech qaytadi, charchagan holida ham yana vazifalar bajarishga majbur bo‘ladi. Dam olish, bolalarcha quvonish, o‘yin - uning hayotida deyarli yo‘q.

Yusufning yagona panohi rassomchilik edi. U chizish orqali ichidagi og‘riqlarni, aytilmagan so‘zlarni, yuragidagi alamni qog‘ozga tushirar edi. Ammo afsuski, ona bu qiziqishni ham yo‘qqa chiqaradi. “Rassomchilikdan foyda yo‘q”, degan gaplar bilan Yusufni eng so‘nggi taskinidan ham mahrum qiladi.

Asarda onaning farzandlar o‘rtasidagi adolatsiz munosabati juda og‘riqli tarzda tasvirlanadi. Akasi va singlisiga bo‘lgan mehr, Yusufga kelganda sovuqlikka aylanadi. Shu sababli Yusuf o‘zini xuddi o‘gay ona qo‘lida yashayotgandek his qiladi, tirik bo‘lsa-da, ortiqcha bo‘lib yashaydi.

Bosim, mehrsizlik va tushunilmaslik oxir-oqibat Yusufni eng dahshatli fikrga olib keladi: u hayotdan voz kechishni o‘ylab qoladi… Shu yerda asar eng keskin nuqtaga yetadi. Lekin eng muhim, eng hayratli voqealar oldinda. Davomini aytib berish esa bu kitobning ta’sirini kamaytiradi. Eng to‘g‘risi esa uni o‘zingiz o‘qib, Yusufning taqdiri bilan yuzma-yuz kelish)

Bu kitob o‘quvchini befarq qoldirmaydi. U ota-onalarni o‘ylantiradi, farzand tarbiyasidagi xatolar qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ochiq ko‘rsatadi. Eng muhimi, bu asar bizga shuni eslatadi: bola faqat natijalar bilan emas, qalbi bilan ham sevilishi kerak.


🕯 Hayotiy, og‘riqli va juda ta’sirli asar.
O‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt xayoldan ketmaydi…
Ba’zi sahifalar esa yurakka og‘ir botadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1398
Til qattiq jism emas,
Lekin u suyaklarni sindirishga qodir.
887
Audio
Hazratim 🌟

Mutma'inn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
555
kitobization.
Hazratim 🌟 Mutma'inn
0:22

Vada qilishganda sizga to'qchilik,
Rad etib tanlagan edingiz bizni.
655
📨 Получено сообщение!

⁨Shaxsiy rivojlanish deganda nimani tushunasiz⁩

Shaxsiy rivojlanish - bu insonning o‘z ustida ongli ravishda ishlashi, o‘zini yaxshiroq anglash va hayotining turli jabhalarida o‘sib borishi. Masalan: bilim va ko‘nikmalarni oshirish, fikrlashni kengaytirish va tafakkurni rivojlantirish, hissiyotlarni boshqarish, sabr va mas’uliyatni kuchaytirish, maqsad qo‘yish va unga intilish, o‘z kamchiliklarini tan olib, ularni yaxshilashga harakat qilish.

Qisqa qilib aytganda, kechagi o‘zingdan, bugun yaxshiroq inson bo‘lishga intilishdir.
644
📨 Получено сообщение!

⁨Hayotda rostan ham yutdim deb ayta oladigan narsalarz⁩

Shu darajaga kelshmga sababchi bolgan Onam 🫠🤍
776
Oxirzamondamiz: gunoh, fahsh keng tarqalgan dunyomizda erkaklar uchun eng chiroyli boshpona bu uning oilasidir)

©️Fotima r.a ning isrofsiz to'yi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31798
❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
988
Bolani onasiga Alloh sabru jamiyl bersin !
13109
Gohida oldingi xolatim, qanday razil inson bo'lganimni eslab turaman)
1298
Darhaqiqat, qaytara olmadilar ham)
1087
MashaAlloh 🥹🌨)
1177