kitobization.
423 subscribers
356 photos
61 videos
3 files
18 links
🤍 for booklovers
🤍 all about books)
🤍 reklama va murojaatlar : @kitobizationBot
🤍 wishlist : @kitobization_wishlist
🤍 fikrlaringiz : @kitobization_otziv

Kanal egaligisiz olingan har bir postga rozi emasman ❗️
Download Telegram
Bir soatlik ilm muzokarasi tunni ubodat bilan o'tkazishdan mahbubroqdir.

©️Abu Dardo r.a
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1712
Yusuf...
11111
Ikki yetim kitobi kimda bor?
108
Shunday qismida ko'zingizdagi uyqu ham qocharkan) Yig'i ovozidan uydagilar uyg'onmasa bo'ldi 😁.
771
Tugadi... kitob ham, man ham)
964
Bizning ilmimiz naq olimlarnikidek, lekin amalimiz joxillarning amalidan battar.
1364
🌟Kitob: Sahobalardan maktublar
🌟Muallif:
🌟Sahifalar:


🌟 Sharh: Islom tarixi — imon, sabr, tavakkul va poklikning eng yuksak namunasidir. Ayniqsa, sahobalar hayoti mo‘min uchun yorqin ibrat maktabidir. “Sahobalardan maktublar” asari esa ushbu bebaho merosni qalblarga yaqin, tushunarli va ta’sirli shaklda yetkazuvchi nodir kitobdir. Bu asar sahobalarning farzandlariga, musulmon rahbarlariga, birodarlariga yozgan samimiy maktublaridan iborat bo‘lib, har bir satrida hikmat, nasihat va ruhiy uyg‘otish bor. Kitob o‘quvchini sahobalarning Allohga bo‘lgan muhabbati, Rasululloh ﷺga bo‘lgan sadoqati, dunyo sinovlariga sabr bilan qarashi va oxiratni ustun qo‘ygan pok e’tiqodi bilan tanishtiradi. “Sahobalardan maktublar” — mo‘min qalbini tarbiyalaydigan, uni sabr, ixlos, diyonat, adolat va halollikka chorlovchi kitobdir. Asarda tavba, taqvo, dunyo va oxirat o‘rtasidagi muvozanat, qalbni isloh qilish, farzand tarbiyasi, imonning qadr-qimmati kabi mavzular keng yoritilgan. Muallifning ta’kidlashicha, sahobalarning hikmatli nasihatlari — bu nafaqat tarix, balki har bir mo‘min uchun amaliy qo‘llanmadir. Kitob mo‘minni nafaqat o‘ylantiradi, balki ruhni poklaydi, qalbni yumshatadi, Allohga qaytish yo‘liga yo‘naltiradi.



🌟Iqtiboslar:

🌟Mazlumning duosidan saqlaning, chunki u bilan Allohning o'rtasida xech qanday to'siq bo'lmaydi.

🌟Muammo bizning nimalarni bilishimizda emas, nimalarga amal qilayotganimizda.

🌟Ikki oshiq qalbni birlashtirish imkoni bo'lsa, bunga beparvo bo'lmang.

🌟O'zingizga yetgan musibatga rozi bo'ling, bu rozilik iymon martabalarining eng buyugidir.

🌟Hammamiz asl ko'ringanimizdan ko'ra yomonroqmiz, lekin Allohning pardasi ayblarimizni yashirib turadi.


🌟 Imonini mustahkamlash, qalbini tarbiyalash, sahobalarning hikmatidan bahramand bo‘lishni istagan har bir mo‘min uchun tavsiya qilinadigan bebaho asar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
984
🫠🫂
1893
Tushuna olmasam kerak...
985
Kitobxonlar uchun og'riqli nuqta 🥲💔
1973
📨 Получено сообщение!

⁨Нима деб уйлайсиз? Хайотда максад куйиб яшаш керакми йоки шунчаки яшаш?⁩

Maqsadsiz yashash?
332
kitobization.
📨 Получено сообщение! ⁨Нима деб уйлайсиз? Хайотда максад куйиб яшаш керакми йоки шунчаки яшаш?⁩ Maqsadsiz yashash?
Shunchaki yashash ham mumkun.
Bunda asablar tinch bo'ladi, "Ertaga nima qilaman" degan savol odamni qiynab, ich etini yemaydi, odam bosimni kamroq oladi. Lekin vaqt o'tkan sari ichida qoniqmaslik hissi paydo bo'lishni boshlaydi. "Nima uchun yashadim o'zi?" deb qoladi.

Maqsadli holda yashash.
Maqsadli yashash hayotni mazmunliroq, rangliroq qiladi. Ertalab uyg'onish uchun sabab, charchaganda yurish uchun kuch, adashganda esa yorug' nur kabi maqsad bilan yashaladi. Maqsadi bor odam nima uchun qiynalyotganini, nima uchun sabr qilayotganini, nima uchun tirishib harakat qilayotganini bilib yashaydi. O'z hayotini shunchaki tasodiflarga tashlab qo'ymaydi)
843
📨 Получено сообщение!

⁨Ха, максадсиз яшаш. Доим хам хаммасига харакат килиб эриша олмаймизку. Тухтаб, шунчаки кузатиш хам балки тугри карордир⁩

To‘g‘ri, hamma narsaga harakat qilib ham doim erishib bo‘lmaydi. Ba’zan to‘xtab, shunchaki kuzatish ham insonni charchoqdan asraydi. Lekin menimcha, maqsad yo‘qolib ketmasligi kerak. Kuzatish - dam olish, maqsad esa - yo‘lni esdan chiqarmaslik.
944
Forwarded from ш'
Toxtab kuzatgan holizdayam shunchaki qarab turolasmi? Baribir nimanidr ilinjida bolas. Harakat qilib erisha olmaysz degani esa butun umr erisha olmaysz degani emas, harakat qilsez bir kun hayrli payt Alloh nasib qiladi. Hayotdan ming charchagan paytiz ham kichik kichik maqsadlar qoyb borish kk. Charchoq, sinov vaqtinchalik. Hech narsa qlmasez bir kun shu narsalar uchun afsuslanasz va bekorchi otkazgan vaqtimizni ham javobi bor. Alloh ham doimiy harakatda boladiganlarni yaxshi koradi)
843
Allohumma Barik 🫠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1065
🌟Kitob: Ikki yetim
🌟Muallif: Ali Tantoviy
🌟Sahifalar: 112 bet


📚 Sharh: “Ikki yetim” Ali Tantoviy qalamiga mansub, yurakka o‘tiradigan, ko‘zga yosh keltiradigan va chuqur ibrat beradigan hayotiy asardir. Kitob 5 ta hikoyadan iborat bo‘lib, har biri inson qalbini larzaga soladigan, o‘ylantiradigan voqealarni o‘z ichiga oladi. Asarning birinchi hikoyasi kitob nomiga mos ravishda “Ikki yetim” haqida. Unda onadan juda erta ayrilgan ikki begunoh bolaning hayoti, ularning boshidan kechirgan og‘ir sinovlari, mehrga zor yashagan kunlari ta’sirli tarzda tasvirlanadi. Ularning o‘gay onasi tomonidan ko‘rgan zulmlari, beparvolik va adolatsizliklari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Bu hikoya orqali muallif yetimning qalbi naqadar nozik, ularning ko‘ngli naqadar tez sinishini juda aniq his qildiradi. Kitob faqat yig‘latib qo‘ymaydi, u insonning hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgartiradi. Ota-ona ne’matining qadrini anglatadi, sabrning naqadar buyuk kuch ekanini tushuntiradi, mehr va rahm-shafqatning inson hayotidagi eng muhim boylik ekanini yurakka joylaydi. Har bir hikoya o‘quvchini o‘z nafsini tekshirishga, atrofdagilarga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. “Ikki yetim” shunchaki hikoyalar to‘plami emas. Bu asar hayot darsi, sabr darsi, mehr darsi. Kitobni o‘qib, inson ko‘p narsani qayta o‘ylab chiqadi, shukr qilishni, bor ne’matining qadriga yetishni, yetimning haqqini unutmaslikni o‘rganadi.



Hayotiy, ibratli, yurakka yetib boradigan asar izlayotganlar uchun “Ikki yetim” juda to‘g‘ri tanlov. Bu kitob befarq qoldirmaydi, qalbni yumshatadi va insonni yaxshilikka undaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
776
🌟Kitob: Ikki qariya
🌟Muallif: Ali Tantoviy
🌟Sahifalar: 95 bet

🌟 Sharh: Ali Tantoviyning “Ikki qariya” kitobi meni judayam ta’sirlantirib yubordi desam, xato bo’lmas. Bu kitob muallifning “Hayotiy qissalar” to’plami asosida tartiblangan turkum asarlarni o’z ichiga oladi. “Ikki qariya” kitobidan ham 5 ta hikoya o’rin olgan bo’lib, ularning har biri bir-biriga o’xshamasligi, sodda va hayotiy yozilgani bilan ajralib turadi. Menga ayniqsa kitobdan: “Ikki qariya” va “Shayx shijoati” hikoyalari ko’proq yoqdi. Kitob mutolaasining birinchi hikoyasida ikki qariyaning oilada bir-biriga bo’lgan ko’magi, suyanchi va mehrini o’zgacha ta’riflangani bilan sizni ta’sirlantirsa, mutolaa so’nggidagi ustozning qayg’uli va g’amgin qismati haqidagi hikoya sizni o’ylashga undaydi. “Shayx shijoati” haqidagi ketma-ket hikoyalarida esa yosh o’smir yigitlarga, shayxning o’rinli nasihatlari berilgan. Kitobni yoshlarga ham, o’rta va keksa yoshdagilarga ham bemalol tavsiya qila olaman. Sababi shu hajmi kichik kitobda sizga o’rnak bo’ladigan mavzular ko’tarilgan. Ali Tantoviy bu asar orqali o‘quvchini hayotga jiddiyroq nazar bilan qarashga undaydi. Inson bugun qilayotgan amallari ertangi kunining asosi ekanini, vaqtning qadriga yetish, gunohdan tiyilish, ezgulikka shoshilish naqadar muhim ekanini yurakka yetib boradigan tarzda bayon qiladi. Kitob insonni dunyoga haddan ortiq bog‘lanmaslikka, oxiratni unutmaslikka, halollik, sabr va shukr bilan yashashga chorlaydi.


🌟 Iqtiboslar:

🌟Axir u 60 yillik umr yo'ldoshini yo'qotti! Yashashdan ma'ni qolmagan go'yo. Aytar so'zining tinglaguvchisi bo'lmagach, kimga nimani aytardi?

🌟Inson xatolariga yig'lab, chin tavba bilan Allohga yuzlansa, joyning ahamiyati qolmaydi.

🌟Masjid va xonaqohlarda qanchadan-qancha shaytonning do'stlari dunyo ilinjida o'zlarini dindor qilib ko'rsatishadi!


🌟 Hayotning mazmuni, pushaymon va ibrat haqida chuqur o‘ylashni istaganlar uchun juda ta’sirli va foydali asar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
555
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Madina haqida nima ko'rsam, ko'zimga yosh keladigan bo'libdi)
1488