Gunohi tufayli qalbi shikasta, kamtar holda yuradigan inson bilan gunoh qilishga qilib, burni osmonda, diniga beparvo odamning farqi katta.
kitobization.
Gunohi tufayli qalbi shikasta, kamtar holda yuradigan inson bilan gunoh qilishga qilib, burni osmonda, diniga beparvo odamning farqi katta.
Ma'siyatga ergashib qo'yib, sizga: "Haqqimga duo qiling, shahvatimga tobe bo'lib qoldim, shayton vasvasa qildi, nafsimni tiya olmadim", deydigan inson boshqa, "Gunoh qilsam, nima bo'libdi, hayot bir marta beriladi, o'ynab-kulib yashab qolsak-chi", deydiganlar boshqa. Birinchi toifa insonlarning Allohga qaytishi oson va tez bo'ladi. Chunki ularning muammosi tashqi a'zolarida. Biroq ikki toifa odamlarning tavba qilishi juda qiyin. Boisi ularning kasali qalbida, muammosi kibridadir.
Xaqiqiy zakiy bilib turib, o'zini bilmagaikka oladigan kishidir.
©️ Imom Shofe'iy rohimahulloh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 13 7
kitobization.
xammasini bilamiz, lekin bilishimizni bildirmaymiz)
Oyatda zikr qilingan vaziyatda Yusuf a.s tuhmatini ichiga yutdi. Chunki ichiga yutish sharaflilar xislati edi.
Tanada bir bo'lak go'sht bor, u to'g'ri bo'lsa, butun badan to'g'ri bo'ladi. U ayniqsa, butun badan ayniydi. Ogoh bo'lingki, u qalbdir.
Mashaqqatlar doim ham jazo bo'lavermaydi. Ko'pi sening tarbiyang, kamoloting uchun yuboriladi.
Bir hakim zotdan: "Baxillikdan-da qabihroq nima bor?" deya so'rashganda, "Yaxshilik qiluvchining minnati", deya javob bergan ekan.
🌟 Sharh: Bu kitob — Islom tarixining eng go‘zal va ilhomlantiruvchi sahifalaridan biridir. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrida yashagan, imon, sabr, sadoqat va jasorat timsoli bo‘lgan sahobiya ayollar hayoti haqida hikoya qilinadi. Muallif Jamoliddin Abu Faraj Hofiz ibn Javziy bu asar orqali ayollarning Islom tarixidagi ulkan o‘rnini, ularning iymon, fidoyilik va sabr bilan bezangan hayotlarini ta’sirli tarzda yoritgan. Har bir sahobiyat — bir gul, har biri — muborak chashmadan suv ichgan, Rasululloh (s.a.v.)ning yaqinlari, yordamchilari, din yo‘lida jonini fido qilgan ayollardir. Kitobni o‘qish jarayonida siz Asmo onamizning jasorati, Oisha onamizning ilm va donoligi, Fotima (r.a.)ning mehribonligi, Xadicha (r.a.)ning sadoqati, Ummu Salamaning sabr va iymoni bilan tanishasiz. Har bir voqea qalbni larzaga soladi, sizni o‘tmishga olib kiradi va bugungi kun ayollari uchun chin ibrat manbaiga aylanadi. “Sahobiya ayollar” — bu tarixiy manba emas, balki ruhiy sayohat. Har bir bobda ayollarning iymon kuchi, mehr, shijoat va Allohga bo‘lgan cheksiz muhabbati sizni o‘ylantiradi, to‘lqinlantiradi, ilhomlantiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sufyon ibn Uyayna rohimahulloh aytadi: "Kimning osiyligi shahvatida bo'lsa, undan yaxshilikni umid qilsa bo'ladi. Kimniki kibrda bo'lsa, buning oxiri xavotirli. Chunki Odam a.s shahvatiga berilib, osiy bo'lgandi, Alloh uni kechirdi. Iblis esa kibr-la osiy bo'lgandi, abadiy la'natga giriftor bo'ldi".