Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨ Sharh: Bu kitobni o‘qish — go‘yo eng ulug‘ insonning izidan yurish, har bir sahifada qalbga nur, hayotga ma’no kirib kelgandek bo‘ladi. “Buyuk shaxsiyat” — bu oddiy tarjimai hol emas, bu Rasululloh (s.a.v.) hayotlaridagi eng yorqin, ibratli sahifalarni yurakka yetkazuvchi manba. Kitobni o‘qir ekansiz, u zotning bolaliklaridan boshlab, yoshlik yillaridagi poklik, sodiqlik va insoniy fazilatlar, keyinchalik esa Payg‘ambarlik vazifasini yelkalariga olishdagi jasorat va sabrni his qilasiz. Har bir sahifada mehr, rahm-shafqat, adolat va insonparvarlik yaltiraydi. Ali Jobir domlaning tili soddaligi bilan chuqurligi ajralib turadi — har bir voqea nafaqat tarixiy fakt sifatida, balki bugungi hayotimiz uchun ibrat sifatida ochiladi. Rasululloh (s.a.v.)ning oilaviy hayoti, sahobalarga bo‘lgan munosabatlari, dushmanlariga nisbatan kechirimli bo‘lishlari kitobda nihoyatda chiroyli ifodalangan. O‘qib, shunchaki hayratlanibgina qolmaysiz — o‘zingizni ham yaxshilik sari o‘zgarayotganingizni sezasiz. Kitob yurakni yumshatadi, tilni duoga, ko‘zni yoshga chorlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sharobni ruhlantiruvchi ichimlik, ochiq-sochiqlikni moda, faxshni madaniyat, zinoni zamonaviy munosabatlar deb nomlashmoqda. Ogoh bo'ling, gunohga qanday "yaltiroq" nom berilmasin, u gunohligicha qolaveradi.
Shirin so'z ham sadaqadir.
Yaxshi gap yopiq eshiklarni ochadi, insonning kayfiyatini ko'taradi. Eng muhimi qalb jarohatiga malham bo'ladi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kiyimlarni sinchkovlik bilan bilan tanlagandek do'stlarni ham chertib tanlang. Do'st o'ziga tortadi deyishadi. Yomon odamni isloh qilaman deysiz-u, u sizni buzib qo'yganini sezmay qolasiz.
1 16 10