Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Qobiljonni kim o‘ldirdi?
Tizim!
So‘nggi 2 yil ichida radikallashuv darajasigacha yetib borgan segregatsiya va aparteid tizimi!
Qobiljonni Mironovning doimiy chiqishlari o‘ldirdi!
Bastrikinning bayonotlari o‘ldirdi!
Davlat Dumasining qonun loyihalari o‘ldirdi!
Rossiyaning davlat telekanallari o‘ldirdi!
Natsistik Telegram kanallari o‘ldirdi!
Migrantlarga qarshi doimiy va KO‘Z-KO‘Z QILINADIGAN reydlar o‘ldirdi!
Aeroportlardagi soatlab davom etadigan ushlab turishlar o‘ldirdi!
Qobiljon Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning yubiley yilida o‘ldirildi! Natsizm va fashizmga qarshi urushning yubileyi davrida!
Ushbu sana munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan bir paytda!
Qobiljon Ukrainani “denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya” davom etayotgan kunda o‘ldirildi!
Rossiya tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan natsizm va fashizmni ulug‘lashga qarshi navbatdagi rezolyutsiya qabul qilinganidan keyingi kuni!
Rossiya TIV tomonidan chet eldagi vatandoshlar huquqlari buzilishi bo‘yicha hisobot e’lon qilinganidan keyingi kuni!
BMT Bosh Assambleyasining mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi qabul qilinganining yubileyidan keyingi kuni — bu hujjatga Sovet Ittifoqi tashabbuskor bo‘lgan va u, jumladan, segregatsiya hamda irqiy kamsitishni tugatishga qaratilgan edi!
Bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin…
Xo‘sh, hamdardlik qani? Ta’ziya-chi? (Uzr so‘rashni aytmasa ham bo‘ladi). Hech narsa yo‘q!
Rossiyaning Tojikistondagi elchixonasi ikki kundan beri Telegram kanalida yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar haqida postlar joylayapti, ammo bu voqeani butunlay e’tiborsiz qoldirmoqda!
2024-yil mart oyida biz Rossiya elchixonasi oldiga borgan edik, minglab xatlar yozdik, hamdardlik bildirdik, gullar qo‘ydik.
Bugun-chi?
Hech narsa!
Rossiya elchixonasi vaziyatni butunlay inkor etmoqda!
Rossiya elchixonasi jim!
Rossiya jim!
Rossiya bu voqeaga ahamiyat bermayapti!
Rossiya tan olyapti!
Rossiya achinmayapti!
Rossiya hech qanday chora ko‘rishni istamayapti!
Rossiya hech narsani o‘zgartirmoqchi emas!
Qobiljonni kim o‘ldirdi?
Tizim!
Muhammad Shamsuddinov, siyosatshunos ekspert (Tojikiston)
Strategic Focus: Central Asia

🔥1
Taqdir arobasida
Har kimningku o'rni bor.
Sho'xligingiz eslatib
Tashqarida yog'ar qor...
https://youtu.be/lzdwEHqFh80?si=c7mtwHv0XX57ND14

YouTube
O'QIMAGAN BOLALAR. Shodmonqul Salom she'ri
“O‘QIMAGAN BOLALAR”
Muallif:
Shodmonqul Salom
Kompozitor:
@Muinzoda
Tasvirchi:
Hojiakbar Nurmuhammedov
Colorist (bo’yoqchi):
Asilbek Umarov
Ijrochi:
Erkin Bozorov
Ijodiy hamkorlarimiz:
“NAJOT TA’LIM”, “CAMBRIDGE”, “ORBITAL education” o’quv markazlari.

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni kitoblarim😁
Fransuz ustozimiz yevropaliklarning HAMAS haqidagi pozitsiyasini aytgani va islomiy tashkilotlar haqidagi keltirib chiqarilgan fitna nazariyalaridan keyin "terrorchi, terrorist" atamalariga shubxalanib va hatto ishonqiramay qaraydigan bo'ldim.
👍1
Kitobdan
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarida "Aqiyda" so'ziga quyidagicha ta'rif berilgan: " "Aqiyda" so'zi arabcha "aqada" fe'lidan olingan bo'lib, bir narsaning ikkinchisiga mahkam bog'lash ma'nosini anglatadi. Istilohda Payg'ambarimiz s.a.v yetkizgan barcha narsalarning rostligini tasdiqlab, qalb va ko'ngil bog'lab ishonilishi lozim bo'lgan narsalar "aqiyda" deyiladi".
Masalan, shu atama ham noto'g'ri talqin qilinarkan.
Forwarded from Surayyo yozadi
Yevropada diplomatiya tarixini o'rganyapman. Diplomatiyani ildizi Yunoniston va Rim imperiyasi(Hozirgi Italiya)ga borib taqaladi. Lekin, tayinli manbaa, tayinli ma'lumot yo'q. Topganim ham kam.
Angliyaga esa diplomatiya o'rta asrlarda kirib kelgan, uni Angliyada rivojlanishi haqida esa 400-500 betlab kitoblar, hattoki ochiq qilib berib qo'yilgan.
Baribir, dokumentalistika bo'yicha anglo-sakslarga yetadigani bo'lmasa kerak.
Angliyaga esa diplomatiya o'rta asrlarda kirib kelgan, uni Angliyada rivojlanishi haqida esa 400-500 betlab kitoblar, hattoki ochiq qilib berib qo'yilgan.
Baribir, dokumentalistika bo'yicha anglo-sakslarga yetadigani bo'lmasa kerak.
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men ham o'xshamagan nima bo'lsa "Kaputt" deyman😂
😁1
Kitobdan
Men ham o'xshamagan nima bo'lsa "Kaputt" deyman😂
-Bir narsa desangchi, qara jon kuydirib gapiryapti.
-Gitler Kaput!
-Gitler Kaput!
❤3
Abu Nasr Forobiy "Ilmlarning tasnifi haqida" risolalarini yozgan. Unda 30ga yaqin ilm sohalarini ta'riflab beradi.
Eng qizig'i matematika ilmiga kiruvchi bo'limlar qatorida musiqa ham bor.
Qanday qilib🥺
❗️ U yozgan ko'p jildli "Musiqa haqida katta kitob" asarida substansiyaning xususiyati bo'lgan tovushlar paydo bo'lishining faqat tabiiy-ilmiy ta'rifini berib qolmasdan, balki musiqaviy kuylar garmoniyasi vujudga kelishining matematik tamoyillarini ochib beradi.
Eng qizig'i matematika ilmiga kiruvchi bo'limlar qatorida musiqa ham bor.
Qanday qilib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitobdan
Abu Nasr Forobiy "Ilmlarning tasnifi haqida" risolalarini yozgan. Unda 30ga yaqin ilm sohalarini ta'riflab beradi. Eng qizig'i matematika ilmiga kiruvchi bo'limlar qatorida musiqa ham bor. Qanday qilib🥺 ❗️ U yozgan ko'p jildli "Musiqa haqida katta kitob"…
Buni kitobdan o'qib bilib oldim. Endi o'zi bu qanday bo'lishini tushuntirib beradigan odam topishim kerak.
Den Braunning "Inferno"si esingizdami? U bu asardagi jumboqni yechish uchun Dante Allegrining "Ilohiy komediya"sidagi jannat va do'zax xaritasiga murojaat qiladi.
Tasavvur qiling, kimdir kitob yozsa va yoki kino ishlasa, voqealar markazida Forobiyning ushbu nazariyasidagi "xalqa"si bo'lsa...
G'alati va ajoyib🐾
Fantaziyamga erk bervordim😄
Tasavvur qiling, kimdir kitob yozsa va yoki kino ishlasa, voqealar markazida Forobiyning ushbu nazariyasidagi "xalqa"si bo'lsa...
G'alati va ajoyib
Fantaziyamga erk bervordim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz bo'sh vaqtimizda kitob o'qiymiz.
Ota-bobolarimiz kitob o'qishdan bo'sh payti nima qilishgan ekana?

😁3
Forwarded from Kitoblar ombori | Blog
Kitob o‘qish prestijga aylandimi?
Hozir jamiyatimizda g‘alati paradokslar yuzaga kelmoqda: kitob do‘konlari ko‘paymoqda, kitob yarmarkalari odamlar bilan gavjum, Instagram va Telegram kanallari kitob tavsiyalaridan portlayapti. Bir qarashda, millat yoppasiga ma’rifat sari intilayotgandek. Ammo buning ortidagi parda biroz ko‘tarilsa, haqiqat biroz achchiqroq ta’mga ega ekanligini ko‘ramiz.
Bugun kitob o‘qish — tafakkur ehtiyoji emas, balki "status" belgisiga, o‘ziga xos ijtimoiy "prestij"ga aylanib qolyapti. Ayniqsa, blogerlar armiyasi bu jarayonni "estetik tomosha"ga aylantirib yubordi. Hammasi ham emas albatta. Bugun ana shunday qoʻshtirnoq ichidagilari haqida gaplashamiz.
1. Kitob — bilim manbai emas, "aksessuar"ga aylandi
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzating. Chiroyli chashkada qahva, nafis dasturxon, yangi yil atributlari va... stol ustiga qo‘yilgan mashhur (yoki mashhurlikka chiqishi kerak boʻlgan) bestseller kitob. Postdagi rasm ostidagi matn esa ko‘pincha kitobning orqa muqovasidagi qisqacha annotatsiyadan yoki internetdan olingan biror parchadan iborat. Boʻldi! Hammasi shu. Bu kitob senga nima berdi, muallif bu qahramon orqali oʻquvchiga aslida nima demoqchi, kabi asarning mazmunini ochib beruvchi fikrlarni koʻpincha koʻrmaysiz.
2. "Sayoz" blogerlar fenomeni
Eng katta muammo — o‘zlari kitobning asl mag‘zini chaqmagan, ammo minglab auditoriyaga "nima o‘qish kerakligi"ni o‘rgatadigan blogerlardir. Ular odatda quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
• Faqat "Trend"dagi kitoblar: Ular faqat ommaviy madaniyat mahsuli bo‘lgan, "Qanday qilib millioner bo‘lish", "Baxtli bo‘lish sirlari" kabi pop-psixologiya yoki diniy mazmunga yoʻgʻirilgan kitoblarini targ‘ib qilishadi. Mumtoz adabiyot yoki jiddiy falsafiy asarlar ularning sahifasidan joy olmaydi, chunki ularni tahlil qilish uchun anchagina keng bilim va sabr kerak.
• Son ortidan quvish: "Men bu yil 100 ta kitob o‘qidim!" “Dekabr oyida men oʻqigan TOP 10 kitob” degan balandparvoz shiorlar. Aslida, jiddiy kitobxon biladiki, yaxshi asarni tushunish, hazm qilish va uqish uchun vaqt kerak. Kitobni "yamlab yuborish" — bu tushunib oʻqish emas, shunchaki ko‘z yugurtirishdir.
• Shablon fikrlar: Ularning taqrizlarida shaxsiy tahlil, tanqidiy yondashuv yo‘q. Faqat "Dahshat kitob", "Hayotimni o‘zgartirdi", "Barchaga tavsiya qilaman" degan umumiy gaplar. Nega dahshat? Qaysi g‘oyasi hayotini o‘zgartirdi? Bu haqida lom-mim deyishmaydi.
3. Iqtiboslar yomgʻiri va intellektual dangasalik
Bu toifadagi blogerlar kitobxonlikni iqtibosbozlikka aylantirib qo‘yishdi. Kitobning butun mohiyati bir chetda qolib, ichidan jarangdor, "statusga qo‘yishbop" 2-3 ta gapni terib olishadi.
Bu — intellektual dangasalikdir. O‘quvchi (blogerning obunachisi) kitob o‘qish shart emas, blogerning kanalidagi parchalarni o‘qisam yetarli, degan xulosaga keladi. Natijada, jamiyatda bilimli emas, balki "bilimdon ko‘rinadigan", ammo aslida tafakkuri sayoz qatlam shakllanmoqda.
4. Soxta qadriyatlar
Kitob o‘qishni "moda"ga aylantirishning xavfli tomoni shundaki, u samimiyatni o‘ldiradi. Yoshlar haqiqiy ilm mashaqqatini chekish o‘rniga, kitob sotib olish va uni suratga olish bilan ovunmoqda.
• Javonlar kitoblar bilan to‘la, ammo boshlar boʻm-bo‘sh.
• Chelaklab maslahat beriladi ammo tomchilab ham amal qilinmaydi.
• Tarmoqda "ziyoli", hayotda esa oddiy muloqot madaniyatidan yiroq shaxslar koʻpaymoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, kitob o‘qish — intim jarayon. Bu siz va muallif o‘rtasidagi suhbat. U haypni, reklamani va ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi.
Haqiqiy kitobxonlik — kitoblar soni bilan emas, balki o‘qilgan birgina kitobning inson shaxsiyatida qoldirgan oʻrni, uning dunyoqarashidagi o‘zgarishlar bilan o‘lchanadi.
Kitoblar — "layk" yig‘ish uchun emas, inson oʻz "men"ini topish uchun o‘qilishi kerak!
@kitob_ombori

❤2