Forwarded from Anonim savollar
Bu sizning shaxsiy havolangiz:
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7fbbff8ed3cd4a
Ulashish orqali anonim suhbat quring!
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7fbbff8ed3cd4a
Ulashish orqali anonim suhbat quring!
Telegram
Anonim savollar
• Anonim suhbat qurish uchun o'zbekcha anonim chat bot.
🔥1
#Nazm
Bir kun boshqacha boʻlar hammasi,
Boshqacha aylanar dunyolar, rostim.
Ungacha kulmayman, bu kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu ovozin.
Bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
Bugunga aylangan ertalar haqqi,
Men unda yig'lashni bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
✏️Aziz Nur
Bir kun boshqacha boʻlar hammasi,
Boshqacha aylanar dunyolar, rostim.
Ungacha kulmayman, bu kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu ovozin.
Bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
Bugunga aylangan ertalar haqqi,
Men unda yig'lashni bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
✏️Aziz Nur
🔥2
Baxt puldami?
Pul qulaylik
Pul sayohat
Pul yaxshi kiyinish
Pul yaxshi sovgʻalar
Pul yaxshi ovqatlanish
Pul ilm olish uchun sharoit
Pul ayrim farzlarni bajara olish
Pul bolalikdagi orzular ushalashi
Pul u bilan yaxshi xotiralar yaratish
Pul oʻzing uchun, oilang uchun eng yaxshilarini qila olish
Xulosa: Baxt uchun pul kerak emas deydigan odam xuddi menga 4 ta barmoq yetadi, 5-kerakmas deganga oʻxshaydi. Zotan, bugungi kunda pulsiz hatto tirik qolishni ham tasavvur qilib boʻlmaydi. Pulni kim yaxshi koʻrmaydi? Kim puli koʻp boʻlishini xohlamaydi? Muhimi pul odamning qoʻlida boʻlsin, qalbida emas. Isrof qilinmasa, yaxshilik yoʻlida sarflansa, har qancha koʻp boʻlsa ham ziyoni yoʻq.

🔥3❤2❤🔥1
Forwarded from Anonim savollar
Bu sizning shaxsiy havolangiz:
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7fbbff8ed3cd4a
Ulashish orqali anonim suhbat quring!
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7fbbff8ed3cd4a
Ulashish orqali anonim suhbat quring!
Telegram
Anonim savollar
• Anonim suhbat qurish uchun o'zbekcha anonim chat bot.
❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤️@Kuynavobot orqali yuklab olindi🚀 📥
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkak istasa, dunyoning eng sovuq ayolining ham orqasidan yuguradi. Erkak istasa, vaqtim yoʻq edi, qoʻngʻiroq qilolmadim, xabar yozolmadim deb bahona qilmaydi. Ovqat yemasa ham, suv ichmasa ham xabar oladi. Erkak istasa, vaqt ham topadi, pul ham topadi, sevgi ham topadi. Bu kadar!
❤3🔥1
Qilayotgan ishingizga o‘zingiz to‘g‘ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz bilan vidolashasiz. Ha, ha, aynan vidolashasiz. Bolalik sizning xotirangizga ko‘chadi. Vaqti kelib, bu xotira vijdon azobiga soladi, vaqti kelib nimalarnidir qo‘msashga majbur qiladi. Xullas, sizni har ko’yga soladi. U bilan vidolashishga oshiqmang. Bolalik – hayotning asal pallasi, undan ko‘proq bahramand bo‘lishga intiling. Asaldan keyin turli achchiqliklarga duch kelasiz.
📖"Alvido, bolalik" Tohir Malik
📖"Alvido, bolalik" Tohir Malik
❤2❤🔥1🔥1
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomgʻirlar chertmasin derazangizni.
Sizga yoʻldosh boʻlsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham oʻrtasin sizni.
Sizni boʻm-boʻsh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar koʻrpangizni zulmat tuzatsin,
Oʻt bilan yashamang, yashang muz bilan.
Omadli yoʻllarning izini tashlang,
Omadsiz yoʻllarda yuring qoqilib.
Meni sogʻinguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sogʻinib...
© Usmon Azim

🥰5❤1
Anonim savollar
Bu sizning shaxsiy havolangiz: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7fbbff8ed3cd4a Ulashish orqali anonim suhbat quring!
Kanalda sorovnoma otkazmoqchiman sorovnoma yaratish va ovozlar hisoblatadiga botla shular haqisda biladiga odam bolsa aloqaga chiqvorila
❤2🔥1