Kitobim
124 subscribers
192 photos
51 videos
9 files
43 links
• Booklaverning " Lifestyle" idan parchalar
•Yangi kitoblar 📚
• Hamma hammasini siz bilan boʼlishamiz🍃
Download Telegram
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

Kanal faoliyati tugaydimi endi?
💯1
Sovuq kunlar. Kimgadir yoqadi. "Wooo qish keldiii, mazaa" deydi. Kimgadir esa yoqmaydi. Yoqtirishni xohlaydi lekin imkoni yetmaydi. Suv o'tadigan etik, yupqa, yarashmaydigan kurtka, o'ziga umuman yoqmaydigan shapkani kiyishga majbur u. Unga yoqmaydi.

Sovvvuq, qorli, yomg'irli havoda loy ko'chadan maktabga/universitetga borib kelishi kerak u. Shuning uchun balki "qishni sevaman" deya olmaydi.

Ota-onasi bilan birga uy isitish muammosi haqida o'ylashi kerak u. Isimasa ko'rpaga o'ranib dars qilishi kerak. Sovuqligi yetmagandek, svet o'chib qolishiga ham chidashi kerak. Balki shuning uchun u qishni yoqtirmas.

Sovvvvuq havoda, muzlagan qo'llari bilan noqulay Damasda yurishi kerak u. Balki shungadir qish kelsa xursand bo'la olmaydi

Mayli, u ham bir kuni "qish mazada, qishni sevaman, qooor😍" deb ayta oladigan bo'ladi. Aytishga qurbi yetadi. U paytda uni issiq uyi, suv o'tmaydigan etigi, yarashib turadigan shapkasi va bir yirtilib tikilmagan yangi kurtkasi bo'ladi. Eng asosiysi, u paytda damasda yurmaydi. Issiqqina mashinasidan qorni tomosha qilib, "qor mazada, sovuq mazada" deb shunchaki ayta oladi.

U kunlar yaqin. Kelyapti.


#Olindi
💯74🥰1💔1
Vsem Assalomu alaykum. Yaxshimisizlaaaaa. Men keldim😊
5🥰1
Inson hayotda kuchli zarbadan emas, kutilmagan zarbadan sinadi.
3💯21🥰1
Men orzu qilgan hayot boshqacha edi....🍃
❤‍🔥52💔2
qancha narsalarni so’zlasam-da, yoziqlarda bitsam-da, qalbimda aytilishdanda ko’ra buyukroq bo’lgan narsalar qolib ketadi.
~
5🔥1
Xotiralar yuragimni kuydurmasin..
🔥42😇21
#Nazm

Uzilsin, rishtalar uzilsin,
Yuraklar siqilsin, ezilsin,
Ayriliq sharobi suzilsin,
Ishq o‘tdi, hijronlar o‘tmasmi?

Oshiqlar vidoga oshiqmish,
Yuragim aqlimga g‘ashiqmish,
Hammasi yolg‘on-u yashiqmish,
Rost o‘tdi, yolg‘onlar o‘tmasmi?

Nil ko‘rdim, ko‘zingga qarasam,
Nur ko‘rdim, yuzingga qarasam,
Lol qoldim, o‘zingga qarasam,
Gul o‘tdi, hayronlar o‘tmasmi?

Ayb, xato, gunohni kechirdik,
Gunohga guvohni kechirdik,
Bu ko‘hna ravoqni kechirdik,
Afv o‘tdi, afg‘onlar o‘tmasmi?

Istasang, rishtalar uzilsin,
Hukm qil, ko‘priklar buzilsin,
Men yerman, tep, bag‘rim ezilsin,
Yer o‘tdi, osmonlar o‘tmasmi?

Garchi ko‘p qo‘rqdim men qahringdan,
Qonlarim sovudi zahringdan,
Azizim, bahra-yu bahringdan,
Men o‘tdim, jahonlar o‘tmasmi?

Uzilsin, rishtalar uzilsin...

✍️
3🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nazm

Seni tushimda ko'rdimmi?
Hamon yodimdadir barcha-barchasi.
Ko'l uzra shafaqqa termulganimiz,
Ohista kuylaring, ko'ngil parchasi.

Qo'l ushlab baxtiyor kulganlarimiz,
O'shal tabassumni bir ko'rmoq uchun
Iltijo qilgandim parvardigorga...
Nahotki tushlarim o'ngidan keldi –
Nigohim qorishib birinchi qorga...

Kulganimda seni eslab yig'layman,
Yasholmayman, eslab bag'rim tig'layman.
Seni ko'p sog'indim qalbim sinsa ham,
Ne qilay?
Hech seni unutolmayman...

Ko'rmasam unutgum seni abadiy,
Unutaman barin juda sevsam ham.
Kulganimda seni eslab yig'layman
Yasholmayman, eslab, bag'rim tig'layman...
💔32🔥1🍓1
Alloh menga ravo ko'rmagan eng go'zal orzuyim bo‘lib qolasan ❤️‍🩹
6🔥2👌1
Qiz bola Istanbul kabi boʻlmogʻi lozim.
Fathi qiyin, fotihi yagona.
Fotihlik muborak!😊

18.12.2024💍
❤‍🔥42
Nima gaplar
Balki quyosh kular ertaga...🫠
6❤‍🔥21🤓1
Anonim savollar
Bu sizning shaxsiy havolangiz: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7fbbff8ed3cd4a Ulashish orqali anonim suhbat quring!
Kanalda kam kamnamoman. Tark etmay ozgina qo‘llashilar istardim😊
Yangi oila , o'qish, ish

Ozgina iziga tushurib olay ❤️‍🩹

Shu yerga yozin balki suhbatlashamiz?🙂‍↔️
❤‍🔥21🥰1👌1
Ko'zlar hech qachon aldamaydi degani rost shekli ☹️
Nigohlar bir biriga tushganda olib qochish ham tuyg‘u aslida ...


Shu nigohlar ortida ulkan xotiralar qolib ketgan


(Atalgan).
❤‍🔥72💔1
#Nazm

Yozni issiq deding uf tortib takror,
Kuz iliq, qish sovuq, bahona faqat.
Senga xush kelmaydi hattoki bahor,
Ayt-chi, oʻqishingga qulay qaysi vaqt?
❤‍🔥51💯1
Soʻzlardan naf bormi, agar qalblar koʻr boʻlsa?
Tabassumdan naf bormi, agar soʻzi dilga ozor boʻlsa?
Uzrdan naf bormi, agar ziyonda takror boʻlsa?
Doʻstlikdan naf bormi, agar Allohdan uzoq boʻlsa?
Gʻururdan naf bormi, agar dardi dunyo boʻlsa?
Iffatdan naf bormi, agar liboslari kalta boʻlsa?
Erkakdan naf bormi, agar rashksiz boʻlsa?
Ayoldan naf bormi, agar farzandga beeʼtibor boʻlsa?
Sabrdan naf bormi, agar ogʻriqqa taslim boʻlsa?
G‘usldan naf bormi, agar namozdan yiroq boʻlsa?
Javondan naf bormi, agar undagi kitoblar chang boʻlsa?
Birdamlikdan naf bormi, agar maqsad oliy boʻlmasa?
Kurashishdan naf bormi, agar niyat xolis boʻlmasa?
Sendan naf bormi, agar oʻzingni isloh qilmasang?
Mendan naf bormi, agar senga befoyda soʻzlasam?
Bizdan naf bormi, agar biz Alloh uchun oldinga yurmasak?
❤‍🔥6💔21
Gripp sizlarda nima gap😷🤒