Forwarded from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
Kitob tumani ta'lim sohasida yana bir katta natija: bir sinfda 29 nafar o‘quvchining barchasi talaba bo‘ldi!
Kitob tumanidagi 96-sonli umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchilari yuksak natijalarni qayd etdi. Sinfdagi 29 nafar bitiruvchining barchasi muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi, o‘quvchilarning 6 nafari xalqaro darajadagi SAT sertifikatini qo‘lga kiritib, xorijiy oliygohlarda tahsil olish imkoniyatini ham yaratishdi. Bu esa yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi, zamonaviy ta’limga qiziqishi hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lib borayotganidan dalolat beradi.
Mazkur yutuq — o‘quvchilarning tirishqoqligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning yaqindan ko‘rsatgan ko‘magi samarasi hisoblanadi.
Kitob tumani hokimligi barcha bitiruvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi o‘qish hamda faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
🇺🇿 Yoshlarimizning yutuqlari — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!
Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍6👏4❤3🥰1
Forwarded from Djoʻrayev M
Kitob tumani 96 -maktabda "Jismoniy tarbiya fani oyligi" munosabati bilan Oliy toifali jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Djʼorayev Murodullo tomonidan 8- "A" sinf (oʻgʻil bolalar) guruhiga sport oʻyinlari "Voleybol" mavzusida ochiq dars tashkil etildi
❤🔥1🥰1