Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
921 subscribers
6.09K photos
452 videos
100 files
245 links
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган
мактаб - интернати
Download Telegram
Maktab òquvchilarini bòsh vaqtini tòĝri tashkil qilish va mazminli òtkazish hamda ularning bilim va kònikmalarinini oshirish maqsadida 5-11-sinf o'quvchilari ishtirokida " Bir oyda bitta badiiy kitob òqiyman" tanlovini muntazam òtkazib borish va uni keng tarĝib qilish maqsadida 6-sinfga atoqli adib Òtkir Hoshimovning"Dunyoning ishlari" qissasini òqidik va tahlil qildik.Bir-biridan ajoyib hikoyalarni ma'nosini sharhladik.Darhaqiqat,bu qissa hamma onalarga baĝishlangan.Kitob bizga onamizni onamizning nurli siymosini,borligini eslatadi, chunki qalb og'riqlarimizni boricha qabul qiladigan shubhasiz,bu bizning Onalarimizdir.
👍52
Atoqli adib Sh.Xolmirzayevning eng sara qissalaridan " Òn sakkizga kirmagan kim bor?" asarini 7-"V"-sinf bilan birgalikda òqib tahlil qildik.Hech bir mavzu muhabbatchalik kòp qalamga olinmagan.Shuning uchun u turfa kòrinishlarda namoyon bo'laveradi.Qissada muhabbat yolĝonga qurilgan hayotni hech qachon qabul qilmasligi,bunday hayotning tòlovi nihoyatda oĝir bòlishi kòrsatib berilgan.Shuningdek,oshiqlik va ojizlik,matonat va razolat,inson ma'naviyati bilan boĝliq bòlgan ijtimoiy masalalar ham bayon etilgan.Qissadan òquvchilar òzlariga yarasha xulosa chiqardi.Ustoz: Boymirzayeva Lola
4
Forwarded from Sanjar Ģulomov
Joriy yilning 1 fevral kuni Kitob  tumani 96-sonli umumta’lim matabida “Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi”  doirasida maktab o‘quvchilari bilan 4-sektor rahbari A.R.Omonov ishtirokida “O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Kitob tumani inspektor-psixologi mayor Z.G’.Hayitov ishtirok etdi.
5
Forwarded from Yorqin Xayrullayevich
96-maktabda "Robot" roligi namoyishi va muhokamasi...
3👍2
🔆 96-maktab o’quvchilari uchun!!

Maktabimizda ingliz tilini samarali o’rganish uchun maxsus kanal ishlab chiqdik.


📚 Kundalik video-materiallar, qo’llanmalar va darsliklar orqali mustaqil ravishda ingliz tilingizni rivojlantiring.

Marhamat, qo’shiling …👇
https://t.me/Tap_Speak
https://t.me/Tap_Speak




5-6-7-sinf o‘quvchilari uchun...
👍20🤩3🔥2
"Siz ekologik qonunni bilasizmi?" tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi! 

🔶Kitob tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik qonunchilikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan "Siz ekologik qonunni bilasizmi?" Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tanlovda sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etib, ekologiya bo‘yicha bilimlarini yana bir bor namoyish qilishdi. 
🔶Bu kabi tanlovlar o'sib kelayotgan yosh-avlod qalbida atrof-muhitni asrashga bo'lgan muhabbatni kamol topishida zamin yaratadi.
🔶Qizg‘in bahs va bilim bellashuvlari natijasida 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! Endilikda ular viloyat bosqichida ham o‘z bilimlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘qituvchi: Boqiyeva Sarvinoz
👍173🎉3🔥2