𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024
11K subscribers
1.65K photos
503 videos
435 files
1.5K links
BMB, OTM, MAGISTRATRATURA va TEXNIKUM larga oid malumotlarni ushbu kanaldan topishingiz mumkin.

Mandat bot: @Oliygoh_Edu_bot

Bog'lanish uchun: @Talim_admini
Download Telegram
​​Davlat test markazining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati

Ma
’lumki, joriy yilda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imithonlar esa OTMlar tomonidan) ilk bor Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi.

Unda test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 87 486 nafar talabgordan 85 261 nafari ishtirok etdi.

Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun minimal o‘tish bali ancha past belgilangan bo‘lsada, talabgorlarning 72 foizi mazkur minimal talabni bajara olmadi.

Aslini olganda yoshlarimizning xorijdagi nufuzli OTMlarda tahsil olishi yaxshi. Lekin maqsad xorijda ta’lim olib, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish emas, balki qanday qilib bo‘lsa ham 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘ladigan bo‘lsa, bu endi yaxshi holat emas, albatta.

Hozir ko‘plab konsalting firmalar tomonidan 1 yildan so‘ng O‘zbekiston ko‘chirib berish va’da qilingan holda qo‘shni davlatlardagi OTMlarga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish taklif qilinmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga binoan barcha talabalar o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish uchun imtihon topshirishi va tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan o‘tish balini to‘plashi lozim.

Shu sababli, Davlat test markazi asosiy maqsadi xorijda o‘qish emas, balki 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga turli shaxslar va firmalarning 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berish to‘g‘risidagi va’dalariga ishonmaslikni va o‘z bilimiga ishongan holda test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi.

Izoh: quyida xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortig‘i 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.

@Kirish_Ballari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi yil o‘qishni ko‘chirish ballari kamida 100 ball bo‘ladi

Bu yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlar uchun o‘tish balli 66,1 ball edi. Keyingi yil esa ball yo‘nalishlarga qarab belgilanishi mumkin, lekin kamida 100 ball bo‘ladi, deb ma’lumot berdi vazirlik rasmiysi Abduvali Xoliqov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

Demak, xorijga ketayotgan abituriyentlar 2-kursdan O‘zbekistonda talaba bo‘lib o‘qishni istashsa perevod imtihonlariga ham tayyorgarlik ko‘rishlari kerak!

@Kirish_Ballari
Xalq shunchalik soddami ?

DTM xodimiman deb ishontirib 83 000 AQSH dollar olishgan🤦🏻‍♂

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Buning uchun fuqaro R.E fuqaro Sh.dan $83 ming olayotganda qo‘lga tushgan. U o‘zini DTM xodimi sifatida tanishtirib, o‘qishga kirolmagan abituriyentlar ballarini kirish ballariga tenglashtirib berishga va'da bergan. — Prokuratura.

@Kirish_Ballari
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridan lavhalar

👉 https://youtu.be/8Di2GSxvMx8

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Test sinovlari yakunlari
Davlat test markazi
#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlari yakunlariga bag‘ishlangan ovozli chatning audiofayli

Ovozli chat Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan o‘tkazildi va quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi:

👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.

@Kirish_Ballari
​​Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

JAVOB:
Ha, xuddi shunday.

2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana shunday qoida belgilab qoʻyilgan.

Yaʼni texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha KIRISH IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Texnikumlarda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Koʻp sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021-yil 25-sentabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

❗️Abituriyentlardan hujjatlar quyidagi saytlar orqali onlayn qabul qilinadi:

kollejlarga kollej.edu.uz

texnikumlarga texnikum.edu.uz.

Elektron platformada quyidagilar soʻraladi:

1️⃣ Elektron ariza toʻldiriladi;
2️⃣ Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;
3️⃣ pasport maʼlumotlari kiritiladi.

2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari oshirildi

❗️2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari 2 baravarga oshirilib (2021-yilda 1800 ta boʻlgan), 3600 taga etkazildi.

Sunʼiy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta (14 ta tayanch doktoranturaga va 14 ta stajyor-tadqiqotchilikka) maqsadli kvotalar ajratildi.

Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022-yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

@Kirish_Ballari
​​PEREPLYODCHILAR UCHUN SUPER-KONTRAKT

Oʻqishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmay oshirilgan kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan talabalar http://t-kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Shartnoma esa ushbu saytda super-kontrakt narxlari tasdiqlanganidan so'ng tasdiqlanadi va yuklab olishingiz mumkin bo'ladi, oliygohga borishingiz shart emas. Biroz kutasiz.

Aloqa xatlari esa oliygoh tomonidan keyinroq berilishi mumkin. Sababi sizga hozir aloqa xati berilsa va siz u xat orqali o'qish joyingizga borganingizda talabalar safidan chetlashtirilib hujjatlaringizni qaytib olasiz. Keyin super-kontrakt narxi siz kutgan summadan kattaroq bo'lib chiqsa va sharoitingiz ko'tarmasa ikkala o'qishdan ham quruq qolasiz. Shu sababli oliygohlar super-kontrakt narxlari tasdiqlanganidan so'nggina aloqa xatlari berishi mumkin.

@Kirish_Ballari
Bu yilgi testda qatnashgan abituriyentlarning 35,8 foizi minimal o‘tish ballini ham ololmadi

Bakalavrga hujjat topshirgan 948 ming abituriyentning 892 mingi imtihonda qatnashgan. DTM ma'lumotlariga ko'ra, jami testga qatnashganlarning faqat 64,2 foizi OTMga kirish uchun tanlovda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.

Sababi qolgan 319 ming abituriyent minimal o‘tish balli – 56,7 ballni to‘play olmagan. Ular OTMlarga kirish uchun saralashda ishtirok eta olmagan.

@Kirish_Ballari
❗️Chet tili blokdan maksimal ball olmoqchi bo'lganlar uchun imtihonlar boshlanmoqda!

Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 27-sentabrdan 7-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo‘ladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 4-oktabrdan 8-oktabrga qadar o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

@Kirish_Ballari
2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari oshirildi

❗️2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari 2 baravarga oshirilib (2021-yilda 1800 ta boʻlgan), 3600 taga etkazildi.

Sunʼiy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta (14 ta tayanch doktoranturaga va 14 ta stajyor-tadqiqotchilikka) maqsadli kvotalar ajratildi.

Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022-yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

@Kirish_Ballari
Xalq shunchalik soddami ?

DTM xodimiman deb ishontirib 83 000 AQSH dollar olishgan🤦🏻‍♂

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Buning uchun fuqaro R.E fuqaro Sh.dan $83 ming olayotganda qo‘lga tushgan. U o‘zini DTM xodimi sifatida tanishtirib, o‘qishga kirolmagan abituriyentlar ballarini kirish ballariga tenglashtirib berishga va'da bergan. — Prokuratura.

@Kirish_Ballari
​​#Tezkor
SUPER KONTRAK UCHUN ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH MUMKIN

Xabar berganimizdek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

🔥 Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

‼️Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

@Kirish_Ballari
Test sinovlari yakunlari
Davlat test markazi
#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlari yakunlariga bag‘ishlangan ovozli chatning audiofayli

Ovozli chat Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan o‘tkazildi va quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi:

👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.

@Kirish_Ballari
​​Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

JAVOB:
Ha, xuddi shunday.

2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana shunday qoida belgilab qoʻyilgan.

Yaʼni texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha KIRISH IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Texnikumlarda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Koʻp sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021-yil 25-sentabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

❗️Abituriyentlardan hujjatlar quyidagi saytlar orqali onlayn qabul qilinadi:

kollejlarga kollej.edu.uz

texnikumlarga texnikum.edu.uz.

Elektron platformada quyidagilar soʻraladi:

1️⃣ Elektron ariza toʻldiriladi;
2️⃣ Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;
3️⃣ pasport maʼlumotlari kiritiladi.

@Kirish_Ballari
📌 «Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

⁉️ Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

⁉️ Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

⁉️ Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.

138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan
ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 140 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari belgilashadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar
(masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 30 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

⁉️ Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

⁉️ Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

⁉️ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

‼️ ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 7 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

■EgamnazarUz

@Kirish_Ballari
Forwarded from !...MiLLiaRdeR...!
🔭 MEN SIZNI IZLAB YURIBMAN, QAYERDASIZ?

🙋🏻‍♂Orangizda shaxsiy rivojlanishga oid bilimlarga qiziqadiganlar bormi? Menga aynan SIZ kabi insonlar kerak!

😎 Siz uchun telegram kanalimda shaxsiy rivojlanishga oid eng sara bilimlarni joylab boryapman.

🚀 Agar siz oʻsish, rivojlanish, bilim olish yoʻlidagi inson boʻlsangiz, demak, yoʻlimiz bir ekan. Men bundan juda xursandman.

KANALIMGA OBUNA BOʻLING 🔥

Kanalga LINK 👉
@LIDERLARUZB 👈
Toshkentni bosib olib, “Otimning uzаngisiga qon chiqmаguncha аholini qirishni dаvom ettirаmаn’’, deb qаsаm ichgan hukmdor kim?
Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
o'z xohishiga binoan;
o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
vafot etganligi sababli.

@Kirish_Ballari