Khusan_dev | Blog
181 subscribers
133 photos
54 videos
9 files
34 links
Download Telegram
🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🀣4
🌚2
😁1
Videolardan matn nusxalash (copy) uchun Chrome kengaytmasi (extension)

Ishlash prinsipi juda oddiy: videodagi kerakli matn bor joyni belgilaysiz va nusxa olasiz, tamom!

➑️ O'rnatish uchun havola

πŸ‘¨β€πŸ’» β€” Juda foydali narsa ekan, yuklab olaman!
πŸ”₯ β€” Dasturlash haqida postlar kutyapmiz.

#foydali #chrome #extension #layfxak

πŸ’» @Khusan_dev β€” dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal πŸ˜‰
14 yoshimda bir narsani tushundim.

Odamlar sizga ishonmasligi mumkin.

Lekin eng yomoni β€” oβ€˜zingizning oβ€˜zingizga ishonmasligingiz.

Atrofdagilar β€œboβ€˜lmaydi” desa ham davom etish mumkin.

Lekin ichingizdagi ovoz β€œqoβ€˜yaver” desa kurash qiyinlashadi.

Shuning uchun har safar boshqalarni emas,
avvalo oβ€˜zingizni ishontirishga harakat qiling.

Qolgani asta-sekin keladi.
❀2πŸ”₯1πŸ₯΄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ozuqalar

Qalb:
β€’ Namoz
β€’ Quron
β€’ Alloh zikri

Tana:
β€’ Uyqu
β€’ Taom
β€’ Harakat

Ong:
β€’ Ustoz
β€’ Kitob
β€’ Tafakkur

Cho’ntak:
β€’ Mehnat
β€’ Ehson
β€’ Sarmoya

Munosabatlar:
β€’ Xabar olish
β€’ Shirin so’z
β€’ Yaxshiliklar
❀‍πŸ”₯2
claude ai copy chatgpt πŸ˜‚
πŸ‘1
Nega men har bir loyiham uchun Laravel'ni tanlayman?

Ko'pchilik mendan so'raydi:
"Nega aynan Laravel?"

Axir bugun frameworklar juda ko'p-ku.

Rostini aytsam, men uchun Laravel shunchaki framework emas. U vaqtni tejaydigan va fikrni mahsulotga aylantirishni tezlashtiradigan vosita.

Masalan, yangi loyiha boshlaganimda autentifikatsiya, routing yoki database bilan ulanish kabi narsalarni qayta-qayta o'ylashni xohlamayman. Men muammoni hal qilishni xohlayman.

Laravel esa shu paytda texnik ishlarning katta qismini o'z zimmasiga oladi.

Bir narsani tan olaman: dasturlashni endi boshlagan paytlarimda Laravel juda murakkab tuyulardi.
Controllerlar.
Middlewarelar.
Service'lar.
Migrationlar.
Hammasi chalkash ko'rinardi.

Lekin vaqt o'tib tushundimki, bu murakkablik emas, tartib ekan. Loyiha kattalashgani sari tartibning qadriga yetasiz.

Masalan, hozir qilayotgan startup loyihalarimda:
πŸ“¦ ma'lumotlar bazasi
πŸ‘₯ foydalanuvchilar tizimi
πŸ” xavfsizlik
πŸ“Š statistika
⚑️ API lar
hammasi bir joyda boshqariladi.

Agar ertaga loyiha 100 ta foydalanuvchidan 100 mingta foydalanuvchiga chiqsa ham kodni boshqarish osonroq bo'ladi.

Laravel'da menga eng yoqadigan narsalardan biri β€” tezlik.
Yo'q, ishlash tezligi emas πŸ˜„
Dasturchining ishlash tezligi.

Bir g'oyani olib, qisqa vaqt ichida ishlaydigan mahsulotga aylantirish mumkin. Startuplar uchun bu juda muhim. Chunki ba'zan oylar emas, kunlar ham ahamiyatli bo'ladi.

Yana bir sabab β€” Laravel ekosistemi.
Kerak bo'lsa:
βœ… Queue
βœ… Cache
βœ… Broadcasting
βœ… API
βœ… Authentication
βœ… Admin panel
βœ… Payment integratsiyalari
hammasi uchun tayyor va sinovdan o'tgan yechimlar mavjud.

Velosipedni qayta ixtiro qilishga hojat yo'q.

Laravel idealmi?
Yo'q.
Hech qaysi texnologiya ideal emas.
Lekin bugungi kunda startuplar, SaaS loyihalar va web platformalar yaratish uchun men ishlatgan eng qulay texnologiyalardan biri.

Shuning uchun yangi loyiha boshlashim bilan ko'pincha birinchi yozadigan buyruqlarimdan biri:
composer create-project laravel/laravel

Va yangi sarguzasht yana boshlanadi...