To‘g‘risini aytaman, O‘zbekistondagi texnoparkda ishlayotganimda, “Qani endi IT muhit degani shunday bo‘lsa”, deb o‘ylardim. O‘sha paytda mavjud sharoitlar menga yetarli va qulaydek tuyulardi. Ammo Istanbul Teknoparki tajribasidan so‘ng, haqiqiy texnopark nima bo‘lishi kerakligi haqida butunlay yangi tasavvurga ega bo‘ldim.
Bu yerda nafaqat zamonaviy ofislar, balki yashash, ishlash, fikrlash va dam olish uchun mukammal muhit yaratilgan.
Katta majlis zallari,
Ulkan IT kutubxonasi,
Remote ishlash uchun ochiq havoda, soya-salqin daraxtlar tagida joylashgan ish stollari,
Hatto basseyn va dam olish hududlari — bularning barchasi bir joyda.
Ish va hayot muvozanatini to‘liq his qilish mumkin. Bu yerda odam faqat ishlamaydi — o‘ylaydi, rivojlanadi va yashaydi. Har bir detal foydalanuvchi uchun qulaylikni ko‘zlab tashkil etilgan. Ayniqsa, ochiq havoda, tabiiy muhitda ishlash imkoniyati — bu har qanday ijodiy ish bilan shug‘ullanuvchi inson uchun bebaho imkoniyat.
Shuni ishonch bilan aytishim mumkin: agar bu yerda ishlash imkoniyati tug‘ilganida, qolib ishlashga hech ikkilanmasdan rozi bo‘lardim

❤6👍1
Texnopark tomonidan invistetsiya kiritilgan Jidoka kompaniyasi.
🔥3👍1👏1
Kholboevdev’s bytes
Photo
Istanbul Texnoparki — bu oddiy texnopark emas. U maydoni bo‘yicha deyarli Sirdaryo viloyati Guliston shahriga teng, o‘z ichiga nafaqat yirik ofislar va tadqiqot markazlarini, balki universitetlar, startaplar, IT kompaniyalar va innovatsion markazlarni ham jamlagan ulkan kompleksdir.
Bu yerda:
• Yevropa va Osiyo IT kompaniyalari o‘z ofislariga ega,
• Xalqaro darajadagi universitetlar faoliyat yuritmoqda,
• Startaplarni qo‘llab-quvvatlash inkubatorlari va akseleratorlar ishlamoqda,
• Ilmiy-tadqiqot markazlari eng so‘nggi texnologiyalar ustida ishlamoqda.
Har bir bino o‘ziga xos vazifani bajaradi. Kimdir sun’iy intellekt ustida ishlayapti, boshqalar esa kiberxavfsizlik, tibbiyot texnologiyalari yoki yashil energetika yo‘nalishlarida izlanmoqda.
Texnopark hududi shunchalik keng va puxta rejalashtirilganki, bu yerda o‘zingizni alohida bir shahar ichidagi shaharda yurgandek his qilasiz. Ichki transport tizimi, yirik kutubxonalar, ochiq havodagi ishlash zonalari va zamonaviy infratuzilma har qanday IT mutaxassis yoki tadqiqotchi uchun ideal muhit yaratgan.

🔥3👍1