Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Faxrlanadigan joyi. Sahifaga aloqador bo’lmasada shu yerda shu rasmni turishini xohladim.

Omad Abduqodir🇺🇿

Xayrlisi uchun harakatda bo’ling do’stim😉

(Ma’lumot uchun yoshimiz teng)
❤2🔥1👏1
Bir qadar Dostoyevskiy haqida yozmoqchiman.

Asarlari jonli, qahramonlari donishmand “kambag’allar”. Bosha adiblar agar biror bir ijobiy fikrlaydigan insonlar haqida yozishmoqchi bo’lishsa, ularni maqtab, ulug’laydilar. Rus ijodkorida esa umuman aksi, zo’r asarni oddiy, kamtarona, agar qo’pol tuyulmasa kambag’allar orqali tasvirlaydi. Bu o’ylashimcha Dostoyevskiy tomonidan qahramonlarga bo’lgan “hurmat”.
Adib ijodiga nazar solsak yohud mutolaasiga tushsak birdaniga kimsasiz joylarda, yolg’izlikda, umuman qilib olganda qo’rqinchli muhitda yashashizga to’g’ri keladi. Sanjar Nazar ta’biri bilan aytganda dunyo hali bunaqa maraz yozuvchini ko’rmagan.
(Qo’pollik uchun uzr-u, lekin bu meni gapim emas)

Lekin bir narsa aniq #dostoyevskiy_daho dir…!!!

U ham xayrlisi uchun harakatda bo’lgan😉
Xuddi asarlari kabi…


@kenjayeffnote
❤2🥰1👏1
Hammangizni tashlab ketmoqchi edim, lekin hech kim yo’q ekan

©️ Dostoyevskiy
❤4🔥1👏1
Qayerga qarab ketyapmiz? Nega bu darajada nashriyotlarimiz saviyasiz?

Bugun bir necha kitoblar keldi va ular orasida o’qimaganimga ancha bo’lgan bir asar, o’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarini yangi nashri keldi.
Yangi nashridagisini o’qib ko’rmoqchi edim. Ammo ne ko’z bilan ko’rayki men “Roman” emas “Ruman” olibman, yuqoridagi rasm guvoh va bu asaxiy.uz saytida turgani biroz ko’ngilni xira qiladi.

Endi ikkinchi rasmga e’tibor qarating kitobning orqa jildi “roman” yozilgan. O’ylashimcha oxiriga kelib axir bu roman ekanku deb xayol qilishgan bo’lishsa ajabmas.

To’g’ri, bu darajada maydalashma oddiy xatoku deyishingiz bu mumkin. Lekin tasavvur qilib ko’ring biron chet ellik o’zbek romanchiligidagi dastlabki asarni so’rasa “ruman”ni ko’rsatamizmi? Yoki bu uzr oddiy xatolik deymizmi?

Agar biz nashriyotlarga e’tibor qaratmasak bu kabi saviyali asarlarni yerga uraveramiz.

Bularning ham hammasi subyektiv fikr. Bo’lganda ham ayni haqiqat.

Siz yana qanday nashrdagi kitoblarni xatoliklarini ko’rgansiz. Izohlarda yozib qoldiring

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👏3❤2🔥2
Kenjayeff’s note
Qayerga qarab ketyapmiz? Nega bu darajada nashriyotlarimiz saviyasiz? Bugun bir necha kitoblar keldi va ular orasida o’qimaganimga ancha bo’lgan bir asar, o’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarini yangi nashri keldi. Yangi…
Hozir kitobining qaysi nashriyotga tegishli ekanini qarasam “Iqro—nashr” ekan. Xayron qoldim “Iqro—nashr” da zo’r kitoblar chiqardi.

Agar nashr ishlariga zo’r tushunadigan insonlar bo’lsa nega bunaqa yozilganini menga aytib yuboring negaki balki men noo’rin tanqid ostiga olgandirman. Yana ham bilmadim. Xulosa o’zingizdan.

Qo’shimcha sifatida keltirib o’tishim mumkinki, shunday nashriyotlar bor rostdan ham ajoyib asarlarni chiqarishadi. Xususan, @huzurkitoblari , “Turon zamin”, “Ziyo nashr” va shunga o’xshash saviyali nashriyotlar shular jumlasidandir.

@kenjayeffnote
🤷‍♂2👍2❤1
02:31
❤3
#shunchaki

Bugun ishdan holi bo’lib, kitob do’konlarni va Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga bordim.
Odam sezilarli darajada ko’p. Bundan qariyb 3 4 yil avval bo’m-bo’sh xonalar bo’lardi. Hozir esa aksincha.
Bundan tashqari Yoshlar Ijod saroyiga ham bordim va u yerda co-working zonalarida yoki kitob o’qish, dars qilishga joy yo’q. Bir tarafdan odamni ko’zini quvnatadigan holat-a.
Bugungi kundagi yoshlarga e’tibor mevasi shu bo’lsa kerak aslida

Shaxsan o’zimga universitetdan ko’ra mana shunaqangi joylarda dars qilish avzalroq tuyuladi.
Negaligini bilasizmi? Universitetda hamma ham o’zi uchun o’qimaydi va deyarli kutubxonalari bo’sh bo’ladi. Lekin bunaqangi joylarda yoshlarni baxs-munozara bilan dars qilishliklari, ijodkorlarning sukuti boshqacha estetik zavq beradi insonga.

Bilmadim-u boshqalarda qanday, menda esa shunaqa fikrlar.


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2🔥2👏2
Nafratga sevgidan ko’proq ishonaman. Chunki nafratning soxtasi bo’lmaydi

©️ Dostoyevskiy “Jinoyat va Jazo”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3❤1
Eng go’zal qo’shiqni to’pponcha so’ylar…

©️ Jontemir Jondor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2👌2
Shahrisabz mozorlaridan,
Bitta qabr qarzim bor mening…)

©️ Jontemir Jondor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3😢2🆒2
“…jantag’am (yantoq ham) o’z elida ko’garsinakan”

©️Sherbek Bobonor o’g’li “Qora suyuklar”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👏2🥰1
…Menda vijdon yo’q, asablar bor, xolos.

©️Ryunoske Akutagava
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2👏2🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men baxtni ko’rganman,
Ko’rganman aniq.
Hatto ko’zlarimiz uchrashgan bir zum,
O’rtada bo’lgani yo’q salom-u alik,
Faqat lablariga qo’ngan tabassum.


Yaqinda Usmon A’zim bilan ham ma’zmunli suhbatimiz bo’lib o’tdi.

Yuqorida uning “Baxt haqida ballada”si


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥3❤2👍2👏1
📝✏️

Har bir bolaning qismati otasiga bog’liqmi?
Yusuf bundayin ko’rgulikka munosibmidi? Ota aybi deb jabrni u ko’rishi kerakmi? Hamid, Aziz amaki unga nega bu qadar shavqatsiz?

Bu kabi savollarga hanuzgacha javob topolganim yo’q. O’ylashimcha Gurna kitob so’ngida bularga yechim bergan bo’lsa kerak.

Saviya va ma’no ajoyib darajada.
Hali yakunlamadim, yakunda yana fikrlasharmiz-a😉

📍”Minor” masjidi

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2🥰2
Kuyib ketmaydimi hammasi.
Faqat qalblarimiz to’ridan o’rin olgan kimsalar baxtli bo’lsalar bas.

©️Yana o’sha Dotoyevskiy

Qarang hech narsadan qo’rqmaydigan “razil”da bu inson. Qoyil


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2👏1
Tirik ekansan…
Yo’l bor, imkon bor, umid bor…
🔥3❤2👍2🥰1
Rumiyda bir gap bor;
Kitob qalbing ko’zi,
Sevgi esa uning nuridir..!
❤2👍2🥰2👏1
#bugungi_kun_voqeasi

Bugun ertalabdan ta’sirli voqeaga duch keldim. Xullas bekatda avtovus kutish uchun turgandim. Bir yoshlari kattaroq inson oldimga kelib telefonimdan gaplashib olishni istadi. Dastavval o’g’liga telefon qildi va ukang reanimatsiyada yotibdi yordam ber dedi o’g’il esa jerkib har xil so’zlar bilan ota dilini og’ritdi (telefon ovozi ko’tarilgan ya’ni “gromkist”da edi). Keyin yana bir marotaba telefon qilishni so’ragandi shu paytda men ketadigan avtobus kelib qoldi…
Avtobus o’tib ketdi haligi odam esa hamon kimlardandir yordam so’rayotgandi shu paytni o’zida uch to’rt kishidan yordam so’radi va ularning orasida bir kishi yordam qo’lini cho’zishini aytib otani tinchlantirdi. Otaning ko’ziga chuqur qaradim. Ko’zidagi yosh va hamin qadar uning ancha holdan toyganini ko’rsatib turibdi.

Hech qaysi otani farzand dog’ida, farzand dardi bilan qiynamasin ekan. Lekin men achingan narsa katta o’g’lini jerkishi va gaplari otani ohhh va ufff tortishiga sabab bo’ldi. Bilmadim uning ertasi nima bo’ladi.
Keyingi avtobus kelguncha ancha suhbat qurdik. 13 yoshli o’g’li pul topaman deb reanimatsiyada yotibdi ekan hozir. Ota adoyi tamom bo’lgan. Bola 2 yarim oydan oshiqroq reanimatsiyada ekan. Shu qadar achinadigan holat-aa.

Qani shu paytda qo’lingda imkon bo’lganda yordam bersang lekin faqatgina yaxshi so’z va farzandi tuzalib ketishi uchungina duo qiloldim xolos.

Hozir avtobusda manzilim tomon ketyapman.

Alloh shifo bersin barcha bemorlarga. Qalbi bemorlarga ham…

Jumaning xayri barokati sizga bo’lsin🌕

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢5👍2👏1
Faqat bolalargina nima izlab yurganini biladi...

© Antuan de Sent Ekzyuperi ("Kichkina shahzoda" kitobidan)

📌 @kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2❤1🔥1