Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Rejalaringni tuzar ekansan, hayot ham senga o’z rejalarini tayyorlab qo’yadi…
❤4
#dostoyevskiy_daho deymiz-u , bu fikr ham ayni haqiqat

Faqat men “Kambag’allar” kitobini 2021- yilda o’qigandim “Molxona” bilan birgalikda
❤3
Bir necha kun oldin kitoblar harid qilgandim. Qo’yish yodimdan ko’tarilibdi. Bugun bittasini boshladim. Sherbek Bobonor o’g’li. “Qora suyakalar”.

O’qib ko’ramiz, tahlil qilib sizga ulashaman fikrlarimni
❤4🔥1
Bobomning oti Boboqul edi.
Odamlar uni: “Buvaqul”, derdi.
Odammaslar: “Buvang— qul”, derdi.

©️ Sherbek Bobonor o’g’li “Qora suyaklar” asaridan
❤4💯1
Duo taqdirni o’zgartiradimi nima deb o’ylaysiz?
❤3
#tahlil

Fotih Duman “Men”

Internetda juda mashhur asar.
Bu kitobni men yaqinda olgandim va yo’l-yo’lakay 10 sahifacha mutolaa qilgandim. Va o’qib turib bir hayolga bordim, bizning tarjima darajamiz shunchalikmi, yoki yozuvchining o’zi hamin qadar sayoz yozadimi. Men bu bilan asarni yomon demoqchimasman, asar biz maktab paytida yozgan esse mavzularining jamlanmasidek go’yo.
To’g’ri, asar tili oddiy, tushunuvchanlik bor. O’ylashimcha shu sababli ham ko’pchilik o’qisa kerak.
Bitta shu asari shu darajada bo’lsa, qolgan “urug”lari qay darajada bo’lishi mumkina.
Bilasizmi, bu fikrlar bitta mendan chiqayotgani yo’q. Oldinroq bu fikrga kelgan edim va bir necha sahifalardan ham shuni o’qib qoldim.
Bu fikrlarga albatta isbotlar ham. Taklifim asarni boshini o’qib ko’ring, shuni o’zi yetarli bo’ladi.

Bu kitob ayrim kitobxonlarni sevimli asari bo’lishi mumkin shu sababli sizlardan uzr so’rayman “sevimliyingiz” uchun bildirgan fikrlarimdan.

Hammasi subyektiv fikr..)



Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2👍2
“Sentyabr-tuyg’ular kasalxonasi”

©️ Jontemir Jondor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5⚡1
Qo’lyozmalar yonmaydi

©️Mixayil Bulgakov “Usta va Margarita
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1👏1
Xayrula Hamidov aytgan bir satr bor:

Yo meni tanlaysiz, yo onangizni,
Shart qo’ydi eriga bir sohibjamol.
Er dedi: eshikni qattiq yopib ket
Onam sovqotmasin ko’chada shamol..!
❤4🔥1
#yakun

Sherbek Bobonor o’g’li. “Qora suyaklar”. Oddiy qishloqning oddiy odamlari. Tili, sof ayni paytda samimiylikka yo’g’rilgan.
Xotiralar. Qishloqdagi deyarli barcha insonlar bilan o’tgan umr, taqdir haqida. Muallifning hayoti. Menda muallif tomondan so’zlab bergan hikoyalari orasida bobosiga bag’ishlagan joyi katta taassurot qoldirdi.
Asarning jonliligini ta’minlagan narsa bu qahramonlar tili(suhbati) shevada berilgan. Ta’sir kuchi anchagina.
Ta’sirli joylari ko’p. Asarda zamon qiyinchiliklari, yo’qsillik paytida ham bolani o’qitishga bo’lgan umid oddiy yo’q ular oddiy emas mehnatkash insonlar qalbida orzu bo’lgan.
Aytishadiku orzular orzuligicha qolmaydi qachonki harakat yetarli bo’lsa.


O’qib ko’ring, ancha saviyali asar.


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉


@kenjayeffnote
👍3🐳2❤1
Hammasiga qaramay, “Alloh” deya bilsang, demak, hali ham umid bor. Go’zallashtiradigan sening ichingdir, atrofga nur sochadigan — sening ichingdir. Yomonlashtiradigan, zindonga aylantiradigan ham sening ichingdur.
Dunyoda yomonlik yo’q yomon joy yo’q. Ularning bari ichingdadir.

©️Kadir Akel “Afv et, Allohim”


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Noyabr kuz tutgan so’ngi sahifa


©️Jontemir Jondor


Noyabr-qahraton muzeyga chipta
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
Forwarded from The Stranger
​​Fyodor Dostoyevskiyning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan kitobi – "Yer ostidan maktublar"ini oʻqiyapman. Doimgiday hissiyotlarga boy, mulohazaga chorlovchi joylari koʻp. Quyida asardan ozginasini tarjima qildim:


– Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki, Liza. Bitta odamni tanirdim. Turqidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi tomizmas, qizidan esa soʻngi chaqasini ham ayamas, qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyda qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
– Qizlarini hurmat-izzatda uzatish nari tursin, sotishga ham rozi oilalar qancha.
– Sevgi nimaligini bilmaydigan badbaxt oilalarda shunaqa boʻladi. Sevgi yoʻq joyda aql ham boʻlmaydi.

@salimov_blogi
❤2🥰1👏1
The Stranger
​​Fyodor Dostoyevskiyning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan kitobi – "Yer ostidan maktublar"ini oʻqiyapman. Doimgiday hissiyotlarga boy, mulohazaga chorlovchi joylari koʻp. Quyida asardan ozginasini tarjima qildim: – Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan…
Rosti buni o’qib turib shunchaki o’tkazib yuborishni ep ko’rmadim o’zimga. Ilhom Salimov “jinni” yozadi. Yaxshi tarjimon.

Shu fikrlarni kech kechasi bilab o’ylab chiqqandim aynan shu fikr jumlalar bilan xayolimga keltirmagan bo’lsamda deyarli shunga o’xshash va hozir o’qib qoldim. Tasodifmi??
❤2🔥1👏1
Yana Dostoyevskiy haqida gapiraman.
Uning bir jumlasi bor: Sevish va kutish bir xil narsa emas. Hamma seva oladi, lekin hamma ham kuta olmaydi…)


#dostoyevskiy_daho
❤3👏2🔥1
Abdurazzoq Gurna. “Jannat”. Yaxshi asar deyishdi. Nobel mukofoti sovrindori bo’lgan ekan 2021-yil. Qani ko’ramiz Nobel mukofoti nega berilganini.

O’qib ko’rib tahlil qilamiz va fikr almashamiz.

Darvoqe, Gurna afrikalik yozuvchi

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉


@kenjayeffnote
❤2🔥1👏1
Faxrlanadigan joyi. Sahifaga aloqador bo’lmasada shu yerda shu rasmni turishini xohladim.

Omad Abduqodir🇺🇿

Xayrlisi uchun harakatda bo’ling do’stim😉

(Ma’lumot uchun yoshimiz teng)
❤2🔥1👏1
Bir qadar Dostoyevskiy haqida yozmoqchiman.

Asarlari jonli, qahramonlari donishmand “kambag’allar”. Bosha adiblar agar biror bir ijobiy fikrlaydigan insonlar haqida yozishmoqchi bo’lishsa, ularni maqtab, ulug’laydilar. Rus ijodkorida esa umuman aksi, zo’r asarni oddiy, kamtarona, agar qo’pol tuyulmasa kambag’allar orqali tasvirlaydi. Bu o’ylashimcha Dostoyevskiy tomonidan qahramonlarga bo’lgan “hurmat”.
Adib ijodiga nazar solsak yohud mutolaasiga tushsak birdaniga kimsasiz joylarda, yolg’izlikda, umuman qilib olganda qo’rqinchli muhitda yashashizga to’g’ri keladi. Sanjar Nazar ta’biri bilan aytganda dunyo hali bunaqa maraz yozuvchini ko’rmagan.
(Qo’pollik uchun uzr-u, lekin bu meni gapim emas)

Lekin bir narsa aniq #dostoyevskiy_daho dir…!!!

U ham xayrlisi uchun harakatda bo’lgan😉
Xuddi asarlari kabi…


@kenjayeffnote
❤2🥰1👏1
Hammangizni tashlab ketmoqchi edim, lekin hech kim yo’q ekan

©️ Dostoyevskiy
❤4🔥1👏1
Qayerga qarab ketyapmiz? Nega bu darajada nashriyotlarimiz saviyasiz?

Bugun bir necha kitoblar keldi va ular orasida o’qimaganimga ancha bo’lgan bir asar, o’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarini yangi nashri keldi.
Yangi nashridagisini o’qib ko’rmoqchi edim. Ammo ne ko’z bilan ko’rayki men “Roman” emas “Ruman” olibman, yuqoridagi rasm guvoh va bu asaxiy.uz saytida turgani biroz ko’ngilni xira qiladi.

Endi ikkinchi rasmga e’tibor qarating kitobning orqa jildi “roman” yozilgan. O’ylashimcha oxiriga kelib axir bu roman ekanku deb xayol qilishgan bo’lishsa ajabmas.

To’g’ri, bu darajada maydalashma oddiy xatoku deyishingiz bu mumkin. Lekin tasavvur qilib ko’ring biron chet ellik o’zbek romanchiligidagi dastlabki asarni so’rasa “ruman”ni ko’rsatamizmi? Yoki bu uzr oddiy xatolik deymizmi?

Agar biz nashriyotlarga e’tibor qaratmasak bu kabi saviyali asarlarni yerga uraveramiz.

Bularning ham hammasi subyektiv fikr. Bo’lganda ham ayni haqiqat.

Siz yana qanday nashrdagi kitoblarni xatoliklarini ko’rgansiz. Izohlarda yozib qoldiring

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👏3❤2🔥2