Kenjayeff’s note
144 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Dunyoda ikkita yolg’ondan bittasi statistika..)
❤4
Niyatlar ko’pincha amallarga bog’liq..!
❤4
Shu o’rinda bir ma’lumotni aytib o’tishim joizki. 2024-yil yakunida @mutolaaxona loyihasi bilan birga faoliyat yuritamiz deb aytib o’tgan edim. Va bu loyihaga bir jamoa shakllantirmoqchiligimni aytib o’tgandim. O’sha paytdagi va postdan bir necha kundan so’ng 3 nafar inson biz bilan birgaligini ma’lum qilishdi.

Bu harakat haliham o’z kuchida. Bemalol jamoaga qo’shilishingiz mumkin. Biz birgalikda rivojlanamiz.
Yaqinda bir safarimiz bor shundan so’ng jamoa tarkibi va qabulni tugatamiz.

Bizga qo’shilmoqchi bo’lsangiz @thekenjayef ga murojaat qiling

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤1
Yurt posbonlari bayram muborak..)
❤4
Azob uqubatlar buyuklik sari yo’ldir…)

#dostoyevskiy_daho
❤3
Rumiy aytadi: aql qo’ydur, nafs bo’ri, iymon esa cho’pon. Iymon kuchli bo’lmasa nafs aqlni yeydi

#rumiy_daho
❤3
Kimlar baxtli bilasizmi?

Baxt haqida umuman o’ylamaydiganlar baxtlidirlar..!

Boshqa biror insonning kulgusidan quvonadiganlar baxtlidirlar…!

Yaqinlariga baxt ulasha oladiganlar baxtlidirlar..!

O’z xonadonida baxtli yashayotganlar baxtlidirlar…!

Boy bo’lish uchun emas baxtli hayot sari intilyotganlar baxtlidirlar…!

Ota onasi hayotligida ularni rozi qilish uchun harakat qilayotganlar baxtlidirlar…!

Kimlargadir baxtli ko’ringan emas o’z oilasida chinakam baxt ulashayotganlar baxtlidirlar…!

Baxt Quronni o’rganib o’rgatyotganlardir…!

Alloh yo’lida yashamoqdir…!

Siz baxtni qanday tassavur qilasiz???
❤2👍2
Bugun bir necha insondan hozirga qadar yigirmaga yaqin sovg’alar keldi. Turli xildagi kitoblar, statuetkalar, suviner va boshqa turdagilar keldi.

O’zimga ham uzoq kutgan asarimni sovg’a qilgandim vaholangki ichimni kimdir bilib turib shu kitobdan yana bittasini sovg’a qilishibdi. Alloh rozi bo’lsin. Lekin bu inson hali o’zi tanishtirmadi. Agar bu inson hozir sahifamda bo’lsa, rahmat sizga notanish inson.

2025-yil uchun olgan birinchi kitobim ikki hissa bo’ldi vada beraman bitta kitob bo’lsa ham ikkalasini ham o’qiyman😊



Asarga to’xtaladigan bo’lsak, anchadan beri kutilgan “Ibn Xaldunning Muqaddima” asaridir. Bugungi kunda kitobxonlar orasida juda ko’plab ommalashgan asardir.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2
U Zot yerdan rizq va nasibamiz olishni oson qilib qo’ydi

©️ Ibn Xaldun “Muqaddima”
❤3👍1
Tanlov xato bo’lsa, badali umring bo’larkan…)
❤5
Ko’p o’ylashlik ba’zida insonni halok qiladi..)🙃
❤3
Birinchi nigohlar tushadi,
Keyin ko’ngil tushadi.

Nigoh tushmasdan ko’ngil tushmaydi.
Ko’ngil tushishi uchun avval nigoh tushishi kerak.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤5
Bilasizmi, menda shunaqa hislat bor, ya’ni sahifaga to’g’ri kelgan narsalarni yozavermayman. Masalan hayotimdagi muammolar yoyinki boshqa holatlarni. Ko’pchilik o’ylashi mumkin hayoting shunchalik ham zerikarlimi deya. Yo’q menda ishda o’qishda voqealar konfliklar juda ko’p bo’ladi. Negaki men har bir yozadigan narsamni filtirlab, mulohaza qilib yozaman. Chunki o’zim ba’zi kanallarda o’qib filtirlanmagan note(qayd)larni o’qib qolaman.
O’ylayman odamlarni o’zi shuncha dardi yetmaganday o’zimni fikrli muammolarimni tiqishtirmay qo’ya qolay deyman. Kirib o’qigan odam bekorchi gaplarni emas, hayoti uchun qandaydir mulohaza yuritishini xoxlayman. Mayli u odamlar soni 1 2 5 20 bo’lsin.

Shunaqa gaplar🙃🙃

Kun yakuniga qadar ishdamiz.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤3
Barchamiz o‘zimizning eng aziz orzularimizni ro‘yobga chiqarishdan qo‘rqamiz, chunki o‘zimizni ularga noloyiq deb bilamiz yoki baribir ularni amalga oshira olmasligimizni o‘ylaymiz.

✍️P. Koelo
📖"Alkimyogar”
❤2
Palanik yaxshi yozuvchi. Lekin hozir bir joyda “Jang klubi” asaridan parcha o’qib biroz qo’shilmagandayman: Sen faxrlanadigan barcha narsalar, ertami-kechmi axlat qutisiga tashlanadi.
Balki faxrlanadigan narsamiz yo’qdir. Yoyinki u narsa emas inson bo’lsachi
❤2
Shahrisabz baridan pesh,
Biroq ko’ngil visolga esh,
Diydorlashsin ikki darvesh,
Tabrizga eltinglar mani.

Bugun shu inson bilan uchrashdim. Shoir Jontemir Jondor. Ko’pchilikka telba shoir nomi bilan mashhur inson. Ancha suhbat qurdik. Fikrlar o’xshash. Oddiy gaplarsiz suhbat bo’ldi. Ikki Shahrizabzlikning suhbati anchaga cho’zildi. Darveshona suhbat. O’zining kitobidan sovg’a berdi.

(Suhbat qiziqligidan suratga tushish esdan chiqibdi)

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2
Hech narsasi yo’qni,
Hech kimi bo’lmaydi..)
❤3
Kitobni sevuvchi qizlar boshqalardan butunlay farqlidirlar..!

©️F.Dostoyevskiy

Kitobxon qizlar hurmatdasiz!!!

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤3🔥1
Bilasiz yaqinda bir kitob haqida yozgandim va o’qishni boshlaganimni. Ibn Xaldun “Muqaddima”. Va hozir bir narsani ma’lum qilmoqchimanki Abror Muxtor Aliy ta’biri bilan aytganda 500 yoshga kirishingiz mumkin ammo juda og’ir asar. 398 betli asarning 122 sahifasiga kelib afsuski to’xtatishga majburman.

Negaki 3 kunda shuncha sahifa o’qidim. Bu nima degani asar og’ir va hazm qilish ancha qiyin. Bir o’tirishda 100 sahifadan ortiq o’qiydigan men atigi 5 10 betdan naryog’iga o’tolmadim. Haliyam qo’limda qalam, ruchka belgilab ketadigan joyi ko’p esda qolishi qiyin so’z va jumlalar.

O’ylagandim ma’nosi kuchli o’qilishi oddiy bo’lsa kerak deb, yo’q rostan ham kuchli . Men to’xtatmayman faqat biroz vaqt kerak va albatta 100+ ro’yxatimdan joy egallaydi. Bu asarni hozir to’liq o’qib chiqqanim bilan tushunishim qiyin chunki bir martalik asar emas. Hozircha boshqa kitoblar bilan mashg’ul bo’laman bu kitobni keyingi oydagi ro’yxatimga qo’shdim va tugatishni niyat qildim.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤3
Hech kim va hech narsa abadiy emas!
❤4