Kenjayeff’s note
144 subscribers
696 photos
258 videos
1 file
68 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Sezdingizlarmi? Avgust keldi...

Nogoh salqin keldi avgust so‘nggida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab sabrning ko‘zi o‘ngida
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi– bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir-
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.

Tushundim, taqdiring ishin yuritgan 
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim-
Albatta, meni unutgan!
Albatta, baxtlidir!
Albatta, baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi, Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...       
Baribir yig‘ladim.

ⓒ Usmon Azim

@kenjayeffnote
❤2🤗11
Pul erkakning kosmetikasidir!!!

@kenjayeffnote
❤2💯2⚡1🆒1
Buyuk qalblar bir-birlarini tushunishda alohida qobiliyatga ega; ular o‘zlariga o‘xshaganlarning yuragini uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan kitobni o‘qigandek o‘qiydilar; ularda faqat o‘zlarigagina ayon bo‘lgan, omma uchun tushunarsiz belgilar mavjud; ularning og‘zidan chiqqan birgina so‘z ba’zan butun bir hikoya, barcha nozik jihatlariga ega bo‘lgan butun bir ehtiros ifodasi bo‘lishi mumkin.

✍Mixail Lermontov

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊332❤1🔥1
Insonning ko’zini faqat tuproq to’ydiradi!!!

@kenjayeffnote
💯3❤1🔥1😢1
Har odam suvni ham rizqdan ortiq yutolmas!!!

@kenjayeffnote
💯3🕊11
Yolg'izmanmi?..
Bunga ko'ndimmi?.. Qanday qilib?

Taqdir deya tasalli beraymi o'zimga?! Yoki bularning bari xatolarimning sababi va oqibati bo'lgan oddiy voqelik ekanini tan olaymi?

Yo'q. Aslo yo'q.

Bu mudhish voqelikni bo'ynimga olishga jur'atim yetmaydi.

Yaxshisi, hayotdan noliyman. Shunisi qulayroq. Omadsizligimni ro'kach qilib siqilaman. Mungli ohanglar ta'siriga otaman o'zimni.

Qalbimga qora afyundek ta'sir qilishadi. Bu holat ta'sirida o'zligimni ham, haqiqatni ham unutaman.

Tong otadi baribir. Tunda totganim afyunning ta'siri tarqaladi. Kunduz boshlanadi. Ko'zni qamashtirguvchi haqiqatlar mudroqni qochiradi.

Va yana o'sha mudhish tungacha pitirchilab, yelib-yuguraymi?..

Yana tun keladi.

Yana yolg'izlik keladi.

Yana afyunlar.

Yana tonggacha jon saqlashga urinish...

O'lib qoladigandeksan. Ammo o'lib qolmaysan...

Baribir tong otadi.

@kenjayeffnote🪓
😢2❤‍🔥1💔1
Amerikani bulutlariga🌫️ oshiq bo’ldim

@kenjayeffnote
🤩3🕊2😇2❤1
Juma Muborak☪️

@kenjayeffnote
👍3🕊3❤2🥰2😍1
Inson g'ishtga o'xshaydi, kuyganda pishadi.

@kenjayeffnote
😁3🔥2💯1
Boy qul bo‘lishdan ko‘ra, erkin kambag‘al bo‘lgan ma’qul.

@kenjayeffnote
❤2👏2💯1
Forwarded from Kenjayeff’s note
Har kulgan baxtli bo'lmaganidek, har yig'lagan ham kuchsiz emas.

©️G'olib Safo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2❤1❤‍🔥1🔥1🕊1
"Eng muhimi, hamma narsani gapirib berish mumkin bo'lgan inson borligini bilish. Dunyoda bundan ortiq baxt bormi?"

​ⓒ Sabohaddin Ali — "Mo'yna mantoli Madonna"
❤‍🔥2❤1🕊11
Ertalabdan kechgacha ishlaymiz. Ertangi ishga kuch to'plash uchungina tunda tin olamiz. Umuman hayot tarzimizni solishtirib ko'rsak, avvalgi zamonlardagi qullardan farqimiz qoldimi?..

Juda ko'p o'yladim. Bitta farqini topdim. U zamonlarda qullarni krediti, qarzi bo'lmagan. Mana farqimiz 🤦‍♂ @kenjayeffnote
😁4❤1💯1
Aqlli bo'lishing shart emas, azizam. Muhabbatni tushunsang bo'ldi.

@kenjayeffnote
❤2🕊2💘22
Menga yangi sarguzashtlar, yangi sahifalar yoqadi. Odamlarda hammi? Yo’q. Ishda, hayotda, rivojlanishda. Yaqinlarning esa eskilari yaxshi. Faqat ular doim har ishda, har safar yangi rejalarimda yonimda bo’lishsa bas. Qolgani mendan…

@kenjayeffnote
❤‍🔥4🕊32
Erkakning yagona Do’sti — Otasi bo’ladi!!!

@kenjayeffnote
💯3❤‍🔥1😇1
- Idealingdagi inson qanaqa o'zi seni?
- Menga onam qaragan nigoh bilan qarashi kerak: ishonch bilan, umid bilan, mehr bilan, sevgi bilan. Butun vujudi bilan! Men esa uni xuddi otam onamni ardoqlagani kabi ardoqlayman.

@kenjayeffnote🪓
❤2🕊211