Kenjayeff’s note
144 subscribers
696 photos
257 videos
1 file
68 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Odam bolasining ko‘zidan yosh chiqmasa qiyin ekan. Yurak-bag‘ringizni o‘rtagan alamlar aynan shu ko‘z yoshi bilan tashqariga chiqib ketadi. Kimki dardini faryod urib yig‘lay olmasa, ko‘zidan yosh chiqara olmay alamlarini ichiga yutsa — dardga chalinadi. Shuning uchun keksalarimiz g‘am chekayotgan kishiga: "Yig‘la, ko‘nglingni bo‘shat", deydilar. Bu gapda hikmat ko'p.

✍Said Ahmad
📚"Jimjitlik"

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2💯21
Forwarded from Kenjayeff’s note
Temirni zang,
Odamni g’am chiritadi…)
😢3💯3💔1
Uni Avgustda ham seving
5❤4🥰3😁1
Forwarded from Abdulla Oripov she'rlari (Xo'jayor)
Abdulla Oripov

AVGUST

Bearmon suzdim men ummon bag‘rida,
Zerikkan chog‘imda nabiralar do‘st.
Olis Amriqoning chet bir shahrida,
Xayr-xo‘sh qilaman sen bilan, Avgust.

Mevalar g‘arq pishgan yurtimda hozir,
Kunduz jazirama, salqindir tunlar.
Ishkomlar hosilin ko‘targay bazo‘r,
Tugab ketgandir ham gurvak  qovunlar.

Men bugun musofir, sargashta sayyoh,
Balki qumloqlarga singmish so‘zlarim.
Sen ham sog‘indingmi, ey ona dargoh,
Meni kutgaysizmi, xumor ko‘zlarim.

Vatandan yiroqda kechdi ko‘p damlar,
Baytlarim o‘xshadi ko‘priklarimga.
Do‘rmon bog‘larida toza shabnamlar,
Qo‘nib turgan kabi  kipriklarimga.

Mana, oqshom  tushdi  ummonga asta,
Olis samolarda yulduzlar bodroq.
Shundoq jo‘sh uradi Jayhun ham pastda,
Sahro qo‘yniga ham tun cho‘kar shundoq.

Rahmat,  qo‘ymading sen meni toldirib,
Avgust, hali senga she’rlar biturman.
Qalbimning bir qismin bunda qoldirib,
Yurtga sihatimni olib keturman.

2015 yil avgust, Texas

✍ Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
3❤2❤‍🔥1
Bu hayotda


Oddiylik yo’q, tabiiylik yo’q, hammasi plastmassa…

@kenjayeffnote
❤‍🔥2❤1💯1💔1
Qishdan keyin bahorni berganing kabi, qiyinchiliklardan keyin osonchilik ber Allohim.

Amin
@kenjayeffnote
🙏33🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xudoga qochgan odamni quvib yetib bo’lmaydi…

@kenjayeffnote
💯3🕊2❤1❤‍🔥1
Bolalik paytlarimizda ro'molsiz ayolni ko'rsak ajablanar edik. Hozir kiyimsizlargayam ajablanmay qo'ydik.

#Zamonamizdan_aylanay

@kenjayeffnote
😢3💯1💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juda ajoyib suhbat. Ayni oila qurish va undan keyingi hayot uchun dolzarb mavzudagi muhokamalar.

Oxirigacha ko’ring albatta manfaat olasiz.

Videoni ko’rish uchun havola ustiga bosing🎞

Fikrlaringizni izohlarda yozib keting

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3❤1❤‍🔥1
Bolangizga sevishni, muhabbatni o’rgating, nafratlanishni hayot shundog’am o’rgatadi

@kenjayeffnote
❤‍🔥3❤2🕊2💯1
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
E’tibor bu - hamma narsa😉
🕊1💯1💔1
Sezdingizlarmi? Avgust keldi...

Nogoh salqin keldi avgust so‘nggida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab sabrning ko‘zi o‘ngida
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi– bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir-
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.

Tushundim, taqdiring ishin yuritgan 
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim-
Albatta, meni unutgan!
Albatta, baxtlidir!
Albatta, baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi, Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...       
Baribir yig‘ladim.

ⓒ Usmon Azim

@kenjayeffnote
❤2🤗11
Pul erkakning kosmetikasidir!!!

@kenjayeffnote
❤2💯2⚡1🆒1
Buyuk qalblar bir-birlarini tushunishda alohida qobiliyatga ega; ular o‘zlariga o‘xshaganlarning yuragini uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgan kitobni o‘qigandek o‘qiydilar; ularda faqat o‘zlarigagina ayon bo‘lgan, omma uchun tushunarsiz belgilar mavjud; ularning og‘zidan chiqqan birgina so‘z ba’zan butun bir hikoya, barcha nozik jihatlariga ega bo‘lgan butun bir ehtiros ifodasi bo‘lishi mumkin.

✍Mixail Lermontov

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊332❤1🔥1
Insonning ko’zini faqat tuproq to’ydiradi!!!

@kenjayeffnote
💯3❤1🔥1😢1
Har odam suvni ham rizqdan ortiq yutolmas!!!

@kenjayeffnote
💯3🕊11
Yolg'izmanmi?..
Bunga ko'ndimmi?.. Qanday qilib?

Taqdir deya tasalli beraymi o'zimga?! Yoki bularning bari xatolarimning sababi va oqibati bo'lgan oddiy voqelik ekanini tan olaymi?

Yo'q. Aslo yo'q.

Bu mudhish voqelikni bo'ynimga olishga jur'atim yetmaydi.

Yaxshisi, hayotdan noliyman. Shunisi qulayroq. Omadsizligimni ro'kach qilib siqilaman. Mungli ohanglar ta'siriga otaman o'zimni.

Qalbimga qora afyundek ta'sir qilishadi. Bu holat ta'sirida o'zligimni ham, haqiqatni ham unutaman.

Tong otadi baribir. Tunda totganim afyunning ta'siri tarqaladi. Kunduz boshlanadi. Ko'zni qamashtirguvchi haqiqatlar mudroqni qochiradi.

Va yana o'sha mudhish tungacha pitirchilab, yelib-yuguraymi?..

Yana tun keladi.

Yana yolg'izlik keladi.

Yana afyunlar.

Yana tonggacha jon saqlashga urinish...

O'lib qoladigandeksan. Ammo o'lib qolmaysan...

Baribir tong otadi.

@kenjayeffnote🪓
😢2❤‍🔥1💔1
Amerikani bulutlariga🌫️ oshiq bo’ldim

@kenjayeffnote
🤩3🕊2😇2❤1
Juma Muborak☪️

@kenjayeffnote
👍3🕊3❤2🥰2😍1