Kenjayeff’s note
143 subscribers
696 photos
261 videos
1 file
68 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Forwarded from Behzod Fazliddin
Жавобсиз жавоблар ўрнимга айтар:
Кўнглимнинг кўнглини топар Кўнгил йўқ...

© Беҳзод Фазлиддин @Behzod_Fazliddin

#Шеърлавҳа #Эски_дафтардан
👍3💔2❤1😢1
#olga_Ozbekiston🇺🇿

💚

Bugun tarixiy kun. Bu haqida eshitmagan, yozmagan inson qolmadi. Bugun O’zbek xalqi birlashadigan kun. 34 yillik orzuning mevasidan bahramand bo’ladigan kun.

Nima haqida gapiryotganimni yaxshi bilib turibsiz. ⚽️

Milliy jamoa o’ynayotganda 7 yoshdan 70 yoshgacha hamma bir tan-u bir jon bo’lib muhlislik qiladi. Har qanday natija biz uchun birinchisi.
Yutsak birinchi g’alabamiz!
Durrang o’ynasak birinchi durrangimiz!
Yutqizsak birinchi yutqiziqimiz!

Ular biz uchun har qanday holatda ham qahramonlardir!!!🫡

Olg’a O’zbekiston!!!
🇺🇿

Xudo omadimizni bersin!!!

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤‍🔥2🔥2🤩2🙏1💯1😇1
Ha yuqorida aytganimdek hammasi birinchisi bo’ldi. Yutqaziqimiz, golimiz, o’yinimiz ham

Nasib ersa ishonamiz keyingilarida albatta zafar qozanajakmiz
.

Olg’a O’zbekiston🇺🇿

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3❤2⚡1👍1🔥1
Munosabatlarda doim bir taraf haq, ikkinchi taraf esa erkak bo'ladi.

@kenjayeffnote
❤3💯22🔥1🥰1💔1
Hayotdan to'yganini aytayotgan odamning gaplarida yashashga bo'lgan telbavor tashnalik ufurib turadi.

@kenjayeffnote
❤3🕊1💯1
​ 1
“Bir yoqlarga ketmaymizmi?” – dedi ayol.
“Qayoqqa?”
“Bi-i-ir yoqlarga…”
“Bir yoqlar qaysi tarafda? – dedi erkak.
– Nomi bormi bir yoqlarning?
U yoqlarga qanday borsa bo‘ladi?”
“Bilmayman, – dedi ayol.
– Faqat bir yoqlarga ketgim kelgani-kelgan
Siz bilmaysizmi o‘sha yoqlarni?”
“Bir yoqlarni men qaydan bilay?
Sen o‘zing bilasanmi bir yoqlarni?”

Xo‘rsindi ayol.
Javob bermadi.
Faqat
uzoqlarga tikildi g‘amgin.
So‘ng ketdi.
Qaytib kelgani yo‘q.
Ehtimol,
bir yoqlarga ketib qolgandir.

2
Erkakning esa
endi
tunlari bedor,
“uh” tortgani-tortgan;
bog‘larda
yolg‘izgina kezgani-kezgan;
ko‘ngli bilan
suhbat qurgani-qurgan;
ho‘ngrab yig‘lagisi kelgani-kelgan…
Xullas,
bi-i-ir yoqlarga
ketgisi kelgani-kelgandir
erkakning.
Bir yoqlar esa
sog‘inchga aylangan:
xuddi o‘sha ayolday
sog‘inchga aylangandir.

Usmon Azim

@kenjayeffnote
🔥2❤1❤‍🔥1🥰11
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi,
18000 ming olam sen bo’lolmaydi
Borim ham yog'im ham sarsona sensiz…

@kenjayeffnote
❤‍🔥3😢1💔1
Garchi piyodamiz, garchi otliqmiz,
Kim yaxshi, kim esa yomonotliqmiz.
Qanchalar fursatni o'tkazdik zoye,
Xudoning oldida ko'p uyotliqmiz.

@kenjayeffnote
💯3🔥11
Ba'zida tomoqqa tiqilgan narsa taom bo'lmaydi.

@kenjayeffnote
💯3😢1💔1
Ba'zi narsalarni kutasan ammo kelsa, nima qilishingni bilmaysan. Manzilga qarab ketyapsan oshiqib, ammo borgach ne qilaringdan bexabarsan. Sevasan ammo visoldan xavotirdasan.

Ba'zan odamni "ammo"lar yeb bitiradi.

@kenjayeffnote
❤1❤‍🔥1💯1💔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🕊2💘11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xulosa chiqarish vaqti kelmadimikan?

@kenjayeffnote
❤2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1🔥1😢1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1💔11
Ha yutqizdik, lekin ich ichimizdagi gap qanaqa edi Portugaliya yutadi deb qay birimiz o’ylamadik.

Men bugun yutqizganimizga achinmadim. Eng achinganim Abduqodirni yig’lagani bo’ldi. U nimadan yig’ladi? Yutqiziqdanmi, yoki yirik hisobdanmi, yoyinki avtogol urib qo’yganidanmi?
Yo’q u bunday janglarda toblandi, pishdi, kuydi va bir o’zi hech narsa qilolmaganidan alamidan yig’ladi. Boshqalar barbr yutqazardik degan ma’noda o’yinni yakunladi. Husanov esa chidolmadi. Og’riqli-aa????

Nazarimda undan bosimni yechib olib tashlash kerak shundagina u o’z o’yinini namoyish etadi.

Olg’a O’zbekiston🇺🇿


O’zbekiston, seni boshqacha yaxshi ko’ramiz. Vatanimiz, tug’ilib, o’sganimiz uchun emas. Qandaydir boshqacha tuyg’u ila.


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4👏3💯2🆒2❤1
Kimki seni Allohdan so’rab olsa, seni qadrlaydi.
Chunki u seni nasib deb, omonat deb biladi!!!

@kenjayeffnote
❤3💯22❤‍🔥1
— Yaxshimisiz? — deysan.
— Xudoga shukur, yaxshi, — deyman.

Ammo!..

Ammo aytmayman senga hayotim alg'ov-dalg'ovligini.

Tugallanmagan kitoblarim, jo'natilmagan xatlarim, chala yozilgan she'rim borligini pinhon tutaman.

Yolg'izlikka yakka o'zimning kuchim yetmayotganini, sog'inch meni qora tunday bag'riga yutib borayotganini, iztiroblar yuragimni ezayotganini ayta olmayman.

Aytilishga intiq bo'lgan izhorlarim bag'rimni o'rtayotganini senga qanday aytay?!

Sog'inchim bo'g'zimga tiqilar chog'i, ko'zimdan chiqmasin deya osmonga qarashlarimni ham aytmayman.

Sensizlikda sukutning bu qadar g'alayonli ekanini aytib, seni qo'rqitishni xohlamayman.

Ko'ryapsanmi, men bu azoblarga munosibman. Ko'ryapsanmi, men naqadar xudbinman... Chunki faqat o'z dardim bilan yonib, sendan so'rashni unutdim.

— Yaxshimisan? — deyman.
— Xudoga shukur, yaxshi, — deysan sen ham.

Ammo!..

Post ko’chirildi boshqa kanaldan


@kenjayeffnote
❤‍🔥2😢2💯1
Bilasiz-a? Tong otishi chog'ida ajib shabada yoyiladi havoga.

Bu shabadani Xudoyim, tun paydo qilgan mudhish o'y-xayollarni botinimizdan haydash uchun jo'natsa ne ajab.

@kenjayeffnote
❤‍🔥22🔥1💯1
​Hech kim butunlay unutilib ketmaydi ammo qadrsizlashadi. Xiralashadi, eskiradi, oʻtmishda qoladi. Go'yo uzoq bir uyquga ketgandek eslanadi.

@kenjayeffnote
💯22💔1
Bilasizmi bizda yoshlikdan bir xislat o’rgatilganmi, yoki ulardan o’tganmi, biz hech qachon mol-dunyoga o’ch bo’lmaganmiz. Ortidan quvmaganmiz. Dadam aytardilar va hozir ham, sen pulni ortidan quvma pul sening ortingdan quvsin derdilar. Endi tushunyapman.

Pulga, mol-dunyoga ruj’u qo’ygan insonlarni ko’rsam chidab turolmayman. Ha to’g’ri kimdur majburlikdan, umuman iloji bo’lmagandan shunaqa qilishi mumkin. Lekin bu dunyoni o’lchovi pul emasku.

Men hech kim bilan biror manfaat ustiga munosabatlarga kirmayman. Hoh ishda, hoh ishqda. Va shunday insonlardan yuzimni o’giraman.

Bu dunyoni o’lchovini mol-davlat bilan o’lchaydiganlar, sizning taroziyingiz, haqiqiy tarozi oldida hech narsa ekanligini unutmang. O’zining o’lchavi albatta mol-dunyodan bo’lmaydi.

Endi.endi ota-onamga mingdan ming rahmat aytaman chunki ular yoshlikdan moddiyatdan ko’ra ma’naviyat orqali tarbiya qilishgani uchun.

Dada, Aya boringizga shukur❤️

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤3💯2❤‍🔥1😢111