Kenjayeff’s note
144 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Sevaman deysanmi, aldama. Hayot sevish uchun qisqalik qiladi, dunyosi esa torlik qiladi.

@kenjayeffnote
💯3🥰11
Odam bolasining eng ayanchli ojizligi uning xotirasidir.

Biz o'z xotiramizdan hech nimani, hech qachon butunlay o'chirib tashlashga qodir emasmiz.

@kenjayeffnote
❤‍🔥3💯3❤2💔1
Oshiqlik nedir?
- Sen qiziqadigan narsalarga u ham qiziqishi, sen “tushun” demasingdan avval uning tushunishidir…

@kenjayeffnote
33💯2❤1
Yolgʻizlikda hech qanday qoʻrqinchli narsa yoʻq. Ertami-kechmi hammamiz yolgʻiz qolamiz: bizni ota-onamiz, sadoqatiga qasamyod qilgan doʻstlarimiz, vafodor boʻlishiga ishontirgan sevganlarimiz tark etishadi. Eng asosiysi — oʻz-oʻzingni yoʻqotib qoʻymaslik. Oʻz uygʻunligingni. Hech kim seni oʻzingdan koʻra yaxshiroq tushuna olmaydi. Sen uchun eng yaqin va eng sadoqatli inson — bu sening oʻzing ekanligini anglab yetganingda esa senga hech narsa qoʻrqinchli boʻlmay qoladi. Yolgʻizlik shunchaki quruq soʻzdek tuyuladi, axir oʻzingda doim yaqin va sadoqatli insoning bor boʻlsa, qanday qilib yolgʻiz boʻlishing mumkin?

@kenjayeffnote
💯2❤‍🔥11
Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi. Bilmadim, ehtimol o'sha oq, oydin kechalarda onam ilk bor qo'limga qalam tutqazgandir, yulduz to'la osmonga tikilaman, ehtimol osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir, ehtimol onalarning so'ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari ehtimol shundandir.

🖌O'tkir Hoshimov
📚"Dunyoning ishlari"

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢22👍1😇1
— Faqatgina tikuvchim o‘zini oqilona tutadi. U meni har safar ko‘rganida o‘lchovlarimni qaytadan oladi, boshqalar esa meni hamon eski qoliplari bilan o‘lchashadi va hamisha o‘sha andazaga mos tushishimni kutishadi. O‘zgalarning kutishlari va eski qarashlari sening qafasingga aylanishiga yo‘l qo‘yma.

✏️Jorj Bernard Shou

@kenjayeffmote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2💔2🔥11
Forwarded from Oçilboyev.uz
#ijod

Kimga kimni sotdik, kimlarni otdik,
“Adolat” dedigu, zulmatga botdik.
G’ururdan voz kechib, boshimiz egib,
“Tur” desa turdigu, “yot” desa yotdik.


🖌 Azizbek Ochilboyev

🔹 @ochilboyev_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2😇22❤1
Haqiqiy baxt sukutda – ichki osoyishtalikda yashaydi.

@kenjayeffnote
💯5🕊33
Sevgi – bir-biriga tikilish emas, bir-birining ichki dunyosini o'rganishdir.

© Antuan de Sent Ekzyuperi

@kenjayeffnote
❤2❤‍🔥2💯22
Sevgi in qursa, oshiqqa mahbubasining husnbuzari ham kulgich bo'lib ko‘rinadi.

© Yapon xalq maqoli

@kenjayeffnote
3❤2❤‍🔥22
Hayotda o'z yo'lidan qat'iy yuradigan har bir inson – chinakam qahramon. Haqiqatda, o'z qobiliyatini to'liq namoyon etgan, hatto ahmoqona yoki orqaga ketuvchi ishlarga qo'l urgan bo'lsa ham, u qahramonlikka loyiqdir. Chunki u, faqat go'zal g'oyalar haqida vaysab, ammo ular uchun hech narsani qurbon qilishga tayyor bo'lmagan minglab boshqalardan ustun turadi – ular orasida u yagona haqiqiy harakat qiluvchidir.

🪶Hermann Hesse

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3❤221
Iymon — biz ko‘rmayotgan narsalarimizga ishonishimizdir; iymonning mukofoti esa — biz ishongan narsalarimizni ko‘rish imkoniyatidir.

✍Avreliy Avgustin

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5😇2❤‍🔥1
#bir_nima

...ko'chadagi manaman degan fasfudni onangni bir kosa sho'rvasi va issiq noniga almashging keladi. Ha, men yigirmadan oshdim, balki bu u narsalarni xohlaydigan yoshmasdir ammo…😕

@kenjayeffnote
❤‍🔥6💯4🤗3🥰2❤1
#nimadur

​...yaxshimisan?" deganda, yaxshi emasligini ayta oladigan odaming bo'lsin.
👀333⚡2💯2
#endida

...dindan gapiradiganlar ko'paygan zamonda axloqning tanqisligi, munofiq ekanimizni anglatadi.
💯3⚡2💔2
#nimadirda_endi

“Necha soatda kelasan” degan gaplar,
“Necha oy, yilda kelasan” degan jumlalarga o’zgardi…)
😢5💯22
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
E’tibor bu - hamma narsa😉
🕊4⚡2💯2
Donishmanddan so’rashibdi
-Inson ming yil yashasa bo’ladimi?
-Albatta bo’ladi. Nega, yo’q?
-Qanday qilib?
-Agar inson kitob o’qisa ulg’ayadi chunki biror bir asar bir insonning 20 yillik, 30 yillik umri davomida yashab o’rgangan narsalarini yozib qoldiradi va siz uni 3 yoki 4 kunda o’qib tugatsangiz birdaniga shuncha yilga ulg’ayasiz. - deydi
-Va yana ba’zi bir asarlar bor 100 yildan oshiq vaqt mobaynida yoziladi o’rganiladi siz esa kitobdan o’qish orqali shu bilimga qisqa muddatga erishasiz va bu fizik emas aqlan yosh ulg’ayishidir.- degan ekan donishmand

#podkastdan

@kenjayeffnote
❤‍🔥4👍111
Bilasanmi? Og’riqlar seni qiynayotganda, ishlaring yurishmay turganda, hayoting alg’ov-dalg’ov paytida hamma sendan charchaydi, sendan uzoqda bo’lishni xohlaydi. Ha endi bu insonga xos xislat deysiz ammo men bilgan narsa shuki inson insonga qachon qadrli bo’ladi eng qiyin paytda o’z yordan qo’lini beminnat cho’zgan inson bo’ladi. U insonga butun umr qay bir rishta orqali bog’lanib qolasiz.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
😢3❤2💯2💔1
"Umid — ajoyib nonushta, ammo juda yomon kechki ovqatdir."


@kenjayeffnote
💔5⚡2💯2