Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Navoiyga o'xshash-chun
Patdan qalam yo'ndirdim.
Chopon kiydim sal uzun,
Boshga salla qo'ndirdim.

Sotib oldim bir juft sham,
Vazirbop par yostiqcha...
Endi faqat talant kam
Va... xotin ham ortiqcha.

©️ Anvar Obidjon

@kenjayeffnote
6321
Inson tabassum ila tarbiyasini,
Nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qilur..)
👏32💯1
Vijdon — bu insonning eng tiniq ko'zgusi. Odam bolasiga eng ko'p azob beradigan ham aynan o'sha ko'zgu bo'lsa kerak.

Shu kunlarda ko'zguyimga qarashga qo'rqyapman.

@kenjayeffnote
5💯21
Baxtga eltuvchi yo’l sabr va shukurda..)
3211
Maqsadim ne edi murodim nima, boshqa bo'lib chiqdi men mingan kema
4❤‍🔥111
Men charchoqni tan olmayman, og‘riqni ichimga yutaman. Dam olishni kechiktirib, hech kim ishonmagan paytda o‘zimga ishonaman. Yiqilsam yana turaman, hamma ketganda qolib ishlayman. Sukutda kuch yig‘ib, och qolib ham maqsaddan qaytmayman. Uyquni emas — natijani tanlayman. Bugungi azobni ertangi g‘alabaga almashtiraman. Komfortni emas, o‘sishni sevaman.
Bahona emas — mas’uliyat. Oson yo‘lni yomon ko‘rib, qiyin yo‘lni tanlayman.

@kenjayeffnote
6❤2💔2🔥1😢11
Qanaqa ishonch?
Og'zidan bol tomgan arining ham belida ignasi bor...

© Charlz Bukovskiy
⚡52🔥1💯1
Onam tufayli barcha ayollarni hurmat qilaman…)

Hali ham
❤‍🔥6💔1😇11
Bugungi sevgi: ko‘ngilmi yoki ko‘nikma?

Zamon o‘zgarar ekan, sevgi tushunchasi ham o‘zgarayotganga o‘xshaydi. Avvallari yurak bilan tanlanardi, hozir esa ko‘proq qulaylik, manfaat, “status” bilan tanlanyapti. Bir-birini tushunish o‘rniga, kim ko‘proq vaqt ajratdi, kim avval yozdi degan hisob-kitoblar yuradi. Sevgi tobora soddalashgandek, lekin ayni paytda murakkablashganday.

Bugun chin yurakdan sevgan odam ko‘p hollarda his-tuyg‘usidan “uyaladigan” bo‘lib qoldi. Chunki rost sevgi “oddiylik” deb qaralayapti, sadoqat “zaiflik” deb qabul qilinyapti. Balki shuning uchun ham muhabbat uzoqqa bormayapti…

Siz nima deb o‘ylaysiz: hozirgi sevgi haqiqiymi yoki faqat vaqtinchalik illyuziyami?

Bu mavzu haqida soatlab uzoq gaplashish, bahslashish mumkin.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
1❤‍🔥32🔥11
Forwarded from ReadingMindss 🪬
Сен танийдиган хар бир инсоннинг ичида сен танимайдиган бошка инсон бор.
1💯5❤22⚡1🔥1
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
Esingizda bo’lsa oldinam takrorlardim, yana takrorlayman: Baxtga olib boradigan yo’llar doim “probkadir”.
💯52❤111
Oshiq hasta boʻlsa...
Mashuqa sogʻligidan uyalar ekan :(

@kenjayeffnote
14❤1111
Sizni yoqotishdan qoʻrqmaydiganlarni, siz ham yoqotishdan qoʻrqmang. Chunki orqangizdagi koʻpriklar qancha baland yonsa, oldingizdagi yoʻl ham shuncha yorugʻ koʻrinadi.

Umar Hayyom

@kenjayeffnote
142❤111
Eng og’iri nima bilasizmi ikki o’t o’rtasida qolish…)
1💯63😢2🔥1
Juft tanlash paypoq tanlashdek emas, negaki yoqmagam paypoqni bemalol almashtira olasiz ammo juftnichi.

Bu juda og’ir mavzuligi yosh o’tgan sari bilinarkan. Chunki seni ishingga seni muhitinga o’zga biri kelib ko’nib ketishi qiyin. Shunda ham ko’nikib ketadiganlari aksi ham mustasno emas.

To’g’ri yo’lni O’zi ko’rsatadi…

@kenjayeffnote
1💯733❤11
Muhabbatning dardli kuylariga sen o'z baxtingni topgan holda kulib raqsga tush. Musiqani esa men chalay. Buni nimaga o'xshatay? Xuddi, o'z qo'llarim bilan bir zaharli tovush yaratyabman-u, uni sening baxting uchun quloqlarimga qattiq-qattiq bosyapman, deymi? Menga baxtdan raqsga tushish yarashmaydi. Illo, men faqat dardli musiqa ohanglarini eshitish uchun yaralgan edim.

@kenjayeffnote
144❤221
Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi.

🖌Bobur

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15211
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!

“Kuldirishni bilgan inson, yig’latishni ham bilishi kerak” (Farhod Mannopov)

Bu insonni xazillaridan tashqari shaxsiyatlarini boshqacha hurmat qilardim va shunday bo’lib qoladi…

Dilshod Musabekov
13/02/2026
51 yosh

Xayrlisi uchun harakatdamiz

@kenjayeffnote
1😢5💔311
Munavvarqoridek sodiq bo'l, Qodiriydek fikrla, Cho'lpon kabi o'rgan, ammo aslo Fitrat kabi fitratingni almashtirma...

@kenjayeffnote
1❤5⚡3💯221
Ruhlar bir biriga intilganda, tanalar to’sqinlik qilolmaydi..)
7❤‍🔥3❤1111
Umar Xayyom:

Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum, na so‘ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu, keturmiz qayon.


@kenjayeffnote
4111