Kenjayeff’s note
144 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Do'stlik, sevgi boringki, har qanday rishtalarni asta-sekin, lekin ayovsiz yo'q qiladigan narsa — bu shubha.

Shubha biz o'ylaganimizdan ancha qudratli. Hayotingizda unga aslo o'rin bermang. Yo'qsa, bor-budingizdan ayiradi. Kamiga aybni bo'yningizga ilib ketadi.

Aytib qo'ymasam bo'lmas: aslo rashk bilan shubhani adashtirmang. Rashk — muqaddas tuyg'u.

@kenjayeffnote🪓
❤4🔥3💯2
Mehrdan ko'ra mas'uliyatni qadrlay boshlasang ulg'ayibsan.

@kenjayeffnote
❤4🔥3😢3
Jahlimiz bir lahza. Samimiyatimiz esa o'lguncha. Bir lahzamizga chidagan qadrdonlar butun umr samimiyatimizga guvoh bo'lishadi.

@kenjayeffnote
❤7👍2💯2
Ha hozir hayotingni eng qiyin pallasidasan. Qanday qiyinchiliklar bo’layotganini o’zing va O’zidan boshqa hech kim bilmaydi. To’g’ri hozir hech ishlaring oldinga yurishmayapti ammo bir narsani unutma bu ham o’tar..). Qiyin paytlaringdagina yoningda bo’lgan insonlarni qadrla chunki ular seni borligingcha qabul qilishadi..)

@kenjayeffnote
💯6😢2💔2
Hayotni o’rgan..)
Faqat bir narsasi yoqdi.. nomi..
“Yaralangan qush hamon uchmoqda..!”

©️Osmondagi bolalar

Men ham
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3😢2🕊2
Bugungi sevgi: ko‘ngilmi yoki ko‘nikma?

Zamon o‘zgarar ekan, sevgi tushunchasi ham o‘zgarayotganga o‘xshaydi. Avvallari yurak bilan tanlanardi, hozir esa ko‘proq qulaylik, manfaat, “status” bilan tanlanyapti. Bir-birini tushunish o‘rniga, kim ko‘proq vaqt ajratdi, kim avval yozdi degan hisob-kitoblar yuradi. Sevgi tobora soddalashgandek, lekin ayni paytda murakkablashganday.

Bugun chin yurakdan sevgan odam ko‘p hollarda his-tuyg‘usidan “uyaladigan” bo‘lib qoldi. Chunki rost sevgi “oddiylik” deb qaralayapti, sadoqat “zaiflik” deb qabul qilinyapti. Balki shuning uchun ham muhabbat uzoqqa bormayapti…

Siz nima deb o‘ylaysiz: hozirgi sevgi haqiqiymi yoki faqat vaqtinchalik illyuziyami?

Bu mavzu haqida soatlab uzoq gaplashish, bahslashish mumkin.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4🔥4🤷‍♀3
Ko’zdan uyqu qochdi,
Dildan xalovat..)

…
😢5💔2🔥11
Ulg'ayish — sen yashagan yillar soni bilan emas, senda yashagan lahzalar bilan o'lchanadi.
❤7💯4🔥2
Seni yaxshi ko'rgan yaxshi odamlarning muhabbati uchun ham yaxshi odam bo'lging keladi.

Ammo doim ham bunga erishib bo'lmaydi.

@kenjayeffnote
❤4🔥2💯2🕊1
“Sevsang kek saqlay olmaysan kishi, berilgan ozorlarni tez unutasan”, — degan edi bir doʻstim. Tan olishdan qoʻrqsamda, u haq)

✅@pn_tov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2😁2
O'z muammolaring boshingdan oshib yotganda, o'zga birining ilojsiz holatiga ko'zing tushsa, yuraging suv bo'lib ketadi. Unga ham o'zingga ham hech qanday yordam bera olmaysan.

Shundoqqina ko'z o'ngingda fojea ro'y beradi. Seni esa qo'lingdan hech narsa kelmaydi. Go'yoki harakatlana olmay yotganday his qilasan o'zingni. Bunday holat faqat tushda bo'ladi deb o'ylardim.

Yashayversang, insonning naqadar ojiz ekaniga amin bo'laverar ekansan.

@kenjayeffnote
❤6💯6🆒2
Xudo ko’rsatmasin yiqilsam agar,
Mening atrofimdan qochganlar qancha..)
❤3💔3😢2😁1
Yuksak tuyg'ular, inja hislar haqida to'lib-toshib muhokama qilamiz.

So'ngra, o'zimizning chirkin hayotimizda jirkanch qiliqlarimiz bilan yashashda davom etamiz.

@kenjayeffnote
👍3💯3❤2
Bugun Rodjestvo(Christmas). Erta tongda uyg’onsam hammayoq oppoq qorga burkangan deb o’yladim. Chiqib qarasam oppoq tuman ekan😁
Christmasni qorsiz ko’rish boshqacha bo’lar ekan. Hammayoqda bayram hamma xursand…

Bugun hammada dam olish kuni bizda esa ish.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
😁7❤3🔥2⚡1
Kenjayeff’s note
Christmasni qorsiz ko’rish boshqacha bo’lar ekan.
Ichimdagi odamcha: O’zi birinchi marta Christmas ko’ryapsanku, yana boshqacha bo’larkan deysanmi😅😅😅😁
😁6🤪2😎1
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
#katta_yil_sarhisobi


#Albatta_oqib_chiqing


Assalomu alaykum. Aziz do'stlar. Har bir narsaning boshi bo'lgani kabi yakuni ham mavjud. Shu boisdan ham 2024 - yilni ham tamomlayabmiz. Hamin qadar yil kim uchundir baxtli hodisalarga boy, shu bilan birga kim uchundir bir qadar musibatli o'tgandir. Har ne bo'lganda ham faqat Alloh deymiz. 2024-yil shaxsan o'zimning hayotimda ancha ko'zga ko'rinarli darajadagi voqeliklarga boy bo'ldi. Allohni qadari bilan bir qancha yutuqlarga, ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu yil ko'plab insonlar bilan tanishdim, taniganlarimni esa asl yuzini ko'rdim(ayrimlarini😉). Kanal yurtish faoliyatini qaytadan yo'lga qo'ydim bu safar nafaqat ijod yo'li, kitob mutolaasiga ham kuchli e'tibor qaratdim.7 oy mobaynida tinimsiz mutolaaga kirishdim. Tanqidlarga uchradim. "Bo'ladigan ishni qilsangchi", "Yigit kishi ham ko'p kitob o'qiydimi", "O'qib olim bo'larmiding", "Undan ko'ra pul topsang bo'lmaydimi' shu va shunga o'xshash ko'p tanqidiy mulohazalarga uchradim. Ba'zida sizning nima ishing bor degim keldi lekin ko'pligidan qaysi biriga aytay dedim va jimlikni maqul ko'rdim.

Yil sarhisobiga qaytadiigan bo'lsam aynan mutolaada 63 ta kitobni yakuniga yetkazdim. 100 ta bo'lishiga esa 37 ta qoldi. O'zi niyatim yil yakuniga qadar bundan ham ko'proq natijaga erishmoqchi edim, ammo ish va yangi lavozimlar bilan bo'lib oxirgi 2-3 oyda biroz kitobni o'qishda dangasaga aylandim. Alohni qadari ekan nima ham deymiz. Bu yil meni kuzatib turganingiz uchun tashakkur. Kichik mehnatimni qadrlab kelayotganing uchun rahmat. Aziz qadrdonlarim. 2025 - yildan esa umidlarim katta. Allohdan so'raganlarim ko'p. Yetqazsin O'zi. Yangi marralar, yang joylarda karyera qilish nasib etsin. Sizning ham uyingizdan qut-baraka, sihat-salomatlik, mehr-oqibat tark etmasin. Yangi yil bilan emas kelayotgan 2025- yil bilan qutlamoqchiman.

HURMAT BILAN FAXRIDDIN KENJAYEV

XAYRLISI UCHUN HARAKATDAMIZ😉


@kenjayeffnote
❤3🔥2🥰1
Kenjayeff’s note
#katta_yil_sarhisobi #Albatta_oqib_chiqing Assalomu alaykum.…
Bu o’tgan yilgi sarhisob yaqin kunlarda esa 2025 yilgisini taqdim etaman
❤3👍1🔥1
Gulni asramoqni istardi tikon…!
Gul esa izlardi oʻziga makon.

@kenjayeffnote
❤6😢3👍2
Har qanday holatingda ham senga zarracha shubha qilmay, sen aytgan tomonga sen bilan ketoladigan insoning bo'lsin.

@kenjayeffnote🪓
💯6❤‍🔥32⚡1
Bir joyda o’qidim mehrning kichigi ham shirindir…)
💯4❤2🐳1