Kenjayeff’s note
145 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Havas qilinadigan ko'plab hayotlarda ham tasavvur qilib bo'lmaydigan sinovlar bor.

@kenjayeffnote
❤6⚡2🔥2💯2👍11111
Chet elda yashaydigan har bir yigitning hech kimga aytmaydigan gaplari..

— Ba’zan o‘ylayman: qaytsam yaxshiroq bo‘ladimi?
— Ota-onamga yetarlicha xizmat qilmayotgandek tuyuladi.
— Tengdoshlarim allaqachon uy-joy qilib, oila qurgan. Men-chi?
— Qanday qilib ko‘proq pul topib, uydagilarni quvontirsam ekan?
— Men yo‘q paytimda ota-onamga biror narsa bo‘lib qolmasin…
— Bu yoqqa kelmaganimda, bugun kim bo‘lardim?
— O‘zimni yanada yaxshiroq versiyaga aylantirish uchun yana nima qilishim kerak?
— Balki boshqa davlatga o‘tib ko‘rish kerakdir?
— Balki qaytib, boshqadan boshlashdir to‘g‘risi?
— Taqdirim meni yana qayerlarga olib borarkin?
— Hech kim bilmaydi, lekin ba’zan “xato qildimmi?” degan savol ham bezovta qiladi…

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉


@kenjayeffnote
💔8❤5😢21111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizchi? Kim bo’lishimni xohlaysiz?

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4💘4🕊2❤‍🔥1🤩1😍1111
Kimdandir ko'ngling to'lmasa uzoqlashasan. O'zingdan ko'ngling to'lmasa qayga qochasan.

@kenjayeffnote
❤7⚡2👍2🔥2🕊2💔1
"Dono kishi hech qachon o‘ylagan barcha narsasini aytmaydi, lekin doimo aytgan har bir so‘zini o‘ylab gapiradi."
Aristotel nafaqat donishmandlarning shubhalanishi va mulohaza yuritishi haqida gapirgan, balki ular qanday qilib birinchi kelgan fikrga yoki xatti-harakatga berilmasligini ham ta’kidlagan.
U aytishicha, dono odam o‘zi aytmoqchi yoki qilmoqchi bo‘lgan narsani kuzatish va eng maqbul tarzda munosabat bildirish imkonini beradigan o‘rinni egallaydi.

@kenjayeffnote
❤7🔥3⚡2👍2
Ko'ngildan qolish emas, ko'ngilda qolish muhim.

@kenjayeffnote
❤7🔥3💯1
Forwarded from Kenjayeff’s note
Quyosh bugun ham sharqdan chiqdi. Demak, hali umid bor.

@kenjayeffnote
❤6🔥4👍1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefonni tushunmasayam qiyinde😁😁


@kenjayeffnote
😁7🤣6❤4
Uni dekabrda ham seving..)
🔥5❤4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3🥰2🤩1😇1
Rivoyatlarda keladigan farovon hayot rivoyatlarda keladi.

@kenjayeffnote
❤5💯53
Yomg'ir yog'ar ekan, yerga o'zi bilan osmonning bir qismini olib tushadi. Har birimizni mo'jiza va g'ayritabiiyliklar o'rab turadi. Lekin buni anglash uchun ba'zan qit'alar osha dunyoning narigi chetiga borishimizga to'g'ri keladi. Bu yo'lda xazinalarga duch kelamiz. Uni yo'qotib, qayta topish uchun yana yo'lga otlanamiz. Axir, hayotni qiziqarli qiladigan narsa shu-da: xazinalar qidirish, mo'jizalar kutish.

✍Paulo Koelo
📚”Alif”


@kenjayeffnote
🔥4❤3
Ba'zan bolalikdagi bezorilik qilib yurgan damlarimga qaytgim keladi. Axir shikastlangan qalbdan ko'ra, shilingan tizzaning bitishi osonroq...

© Anton Chexov

@kenjayeffnote
❤11💯2🔥1🕊1
Ohooo 20 yilda oʻzgardi har ne
Bazisi tezlikda bazisi sekin
Issiqroq kiyinib ol bolam degan
Onamning gapi oʻzgarmas lekin

@kenjayeffnote
❤8🔥3
Ochig'ini aytganda, bir umr sevishga arzigulik mukammal shaxs yo'q. Agar shunday inson topilsa ham, uni umr bo'yi sevib yashay oladigan qalbni topish mushkul bo'lar edi.

Shunga qaramay, inson qalbini — hatto bir lahzaga bo'lsa ham — chinakam baxtga to'ldira oladigan yagona narsa bu: sevish va sevilishning bir paytda sodir bo'lishidir.

@kenjayeffnote🪓
❤12💯1
Bir kuni kechasi buyuk fransuz yozuvchisi Onore de Balzakning kvartirasiga o'g'ri tushadi. Oʻgʻri u yerdan pul topish ilinjida stolning tortmasidagi qulfni ochishga harakat qiladi. To'satdan qorongʻulik qaridan yozuvchining baland kulgusi yangraydi va:

-Azizim, oʻzingizni bu darajada xavfga qoʻyib bekor qilibsiz. Chunki men kunduzi ham topa olmagan narsani siz tunda topishga harakat qilayapsiz
- degan ekan Balzak karavotida yotgancha...

@kenjayeffnote
❤9😁2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi odatda ba’zilarda do’stlik yaqin bo’ladi ammo qay bir yumush yoyinki vaj bilan hamma har yerda. Lekin bir narsa o’rtadagi yaqinlik hech qachon yo’qolmaydi.

Post Instagramga joylandi va u yerda ham like, comment hamda repost ulashsangiz mamnun bo’lar edim.

✅ Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥4❤‍🔥2🥰1😍1😇1💘11
Kasal bo'lsam, birinchi ayam hayolimga keladi. Duxtrlar, dorilar birortasi emas.

Boshingni silasa, hammasi o'tib ketadigandek.

@kenjayeffnote
❤9🥰4😢2
O'zimni sog'inganimni kitob o'qigim kelganidan bilaman.

Siz-chi?

Kitob ham o’qishga vaqt bo’lmayapti so’ngi paytlarda..

@kenjayeffnote🪓
❤5🔥4🤯2👍1
#sal_uzun_post

Hurmat haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rdim...


Hurmat – eng muhim, eng nozik, eng tez yo‘qoladigan va eng qadrli narsalardan biri.

Ko‘pchilik uchun bu odatiy tushuncha bo‘lib tuyuladi:
— Kattalarni hurmat qilish kerak
— Ota-onaga hurmat
— Ustozga hurmat
— Yoshga, maqomga, tajribaga hurmat

Ammo hurmat faqat yoshga yoki lavozimga bog‘liq emas.

Aslida biz kimlarni hurmat qilamiz?
— Gapida turgan odamni
— Ko‘p bilgan emas, qilgan ishiga mas'ul bo‘lgan insonni
— Yomon holatda ham izzatni saqlagan, jim qolgan, indamaganlarni
— "Men shunchaki aytdim", deb qochmaydigan, aytgan so‘zining ortida turganlarni

Hurmat bizni nima qiladi?
Hurmat – bu halollik mezoni.
U isbotga muhtoj bo‘lmagan haqiqat.
Siz kimligingizni uzun bio yozuvida emas, va’dangizga sodiq qolgan kuningizda ko‘rsatishingiz mumkin.

Hurmat — sinovdan o‘tgan qadriyat.

U vaqtni qadrlashdan boshlanadi:
— Vaqtida javob berish
— Vaqtida kelish
— Vaqtida kechirim so‘rash
— Vaqtida ketishni bilish

Va yana muhimroq savol: biz o‘zimizni hurmat qilamizmi?
Odamlar oldida emas, yolg‘iz qolganimizda o‘zimizni qanday tutamiz?
Soat 5 da uyg‘onaman degan odam uyg‘onadimi?
O‘qishga kiraman degan inson tayyorlanadimi?
Kitob o‘qiman, deb yozgan odam uni oxirigacha o‘qiydimi?

O‘zimizga bo‘lgan hurmat — o‘zimizga bergan va'dalarga bo‘lgan munosabatimizdan boshlanadi.

Hurmat faqat tashqaridan berilmaydi. U ichkaridan boshlanadi.
O‘zini qadrlamagan, so‘zini og‘ir tutmagan odam — boshqalardan hurmat kutmasligi kerak.

Qachon hurmat boshlanadi?
— Yolg‘izligimizda ham o‘zimizni tarbiyalay olganimizda
— "Ko‘rmayapti" degan paytda ham halol qolganimizda
— Hech kim yodda saqlamaydi deb o‘ylasak ham, aytilgan so‘zda turganimizda

Hurmat — yashirin sodiqlik.
U biz haqimizda boshqalar nima deb o‘ylaydi emas, biz o‘zimizni kim deb bilamiz, shundan boshlanadi.

O‘zingizdan so‘rang:
— Bugun o‘zimni hurmat qildimmi?
— Bugun bergan so‘zimda turdimmi?
— Bugun vaqtimni hurmat qildimmi?

Agar yo‘q bo‘lsa, hurmatni boshqalardan kutishga shoshilmang.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤7🔥4💯2👍1